• 40-rasm. Idrokning paydo bo‘lishi
  • Idrokning anglangan bo‘lishi




    Download 43,37 Mb.
    bet108/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    Idrokning anglangan bo‘lishi- Garchand idrok qo‘zg‘atuvchisining retseptorlarga bevosita ta’siri natijasida hosil bo‘lsa ham, perseptiv obrazlar hamisha muayyan ma’noli ahamiyatga ega bo‘ladi. Kishining idroki uning tafakkuri bilan, narsaning mohiyatini tushunib etishi bilan uning ko‘plab xossalarini bilishi bilan ham bog‘liqdir. Narsani anglab idrok etish - unga fikran nom berish, ya’ni idrok etilgan narsani narsalarning muayyan guruhiga, sinfiga kiritish, uni so‘z vositasida umumlashtirish demakdir. Shu nuqtai nazaridan olganda goh shakl, goh fon navbatma navbat idrok etish, “Ikki mazmunli” deb ataladigan rasmlar bilan tajribalar o‘tkazish diqqatga sazovordir. (Kubiklar nechta?, vaza yoki bir biriga qarab turgan odamlarmi? va hokazo rasmlar.)

    40-rasm. Idrokning paydo bo‘lishi
    Shunday qilib, idrok sub’ektning bundan oldingi tajribasiga bog‘liq bo‘ladi. Kishining tajribasi qanchalik boy bo‘lsa, uning bilimlari qanchalik boy bo‘lsa, uning idroki shunchalik to‘liq bo‘ladi, buyumda u shunchalik ko‘p narsalarni ko‘ra oladi.
    Idrokning mazmuni kishi oldiga qo‘yilgan vazifa bilan ham uning faoliyati sabablari bilan ham belgilanadi.
    Sub’ektning ustanovkasi (yo‘l-yo‘rig‘i) ham, his-hayajonlari ham idrok mazmuniga ta’sir etadi.
    Idrok ham sezgi kabi reflektor jarayondir. SHartli reflekslar, miya pustlog‘idagi muvaqqat bog‘lanishlar idrokning fiziologik asosini tashkil etadi. Bosh miya po‘stida eng kuchli, dominant qo‘zg‘alish uchastkalarining yuzaga kelishi shaxsning xususiyatlari yoki holati bilan bog‘liq bo‘lgan idrok yo‘nalishining fiziologik asosini tashkil etadi.
    Idrok qilish, sezish orqali biz nimalarni o‘rganamiz. Nemis olimi Immanuel Kant (1724-1804) tabiiy yo‘llar bilan qabul qiluvchi tajribalrini tashkil qilish haqidagi fikrlarini qo‘llab- quvvatlagan. Haqiqatdan ham, biz ma’lumotlarni qabul qilish jarayonimizda olgan bilimlar bilan ta’minlanishimiz mumkin. Ammo ingliz faylasufi Jon Lokke (1632-1704) bundan farqli o‘laroq biz o‘z tajribalarimiz orqali olamni idrok qilishni o‘rganishimiz mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan. CHindan ham, biz predmetlarni ularning masofasi va o‘lchamlarini bir-biriga bog‘lash orqali o‘rganamiz. Xo‘sh, bunday holatda tajriba qanday muhim ahamiyatga ega?
    Villiam Molyneux kub va shar orasidagi farqni, ko‘r bo‘lib tug‘ilib, hozirda o‘smir bo‘lgan inson farqlay oladimi yoki ko‘rish qobiliyatiga ega inson farqlay oladimi degan savol bilan Joxn Lokkega yuzlanganda Lotske bu savolga nisbatan yo‘q deb javob qaytaradi, inson farqlarni ko‘rish orqali o‘rganmaydi. Malinyuxning taxminiy fikrlari bir nechta butunlay ko‘r bo‘lib tug‘ilgan o‘spirinlarni tajribaga qo‘yish orqali isbotlandi. Ularning ko‘pchiligi katarakta bilan tug‘ilgan bo‘lib, bu katarakta linzalari ularga oddiy tipdagi rangni ko‘rishga imkoniyat yaratadi. Katarakta operatsiyasidan so‘ng, bemorlar turli xil figuralarni va ranglarni bir-biridan farqlay oladilar shuning uchun sezishning barcha ko‘rinishlari tug‘ma qobiliyat deb baholashadi. Lekin Joxn Lokkening fikrlashicha, bunday bemorlar tegish, ushlab ko‘rish orqali ularga ma’lum, tanish bo‘lgan predmetlar hardoim ham ko‘rish orqali payqay olmaydilar
    Siz va men yakka holdagi yuzni bir butunlikda tasavvur qilishimiz va idrok qilishimiz mumkin. Bizga yuzning aynan bir xil qismi bilan juftlashgan ikki xil har xil eng pastki yarim qismi aynan yuzning eng yuqori yarim qismidan farqlanadi. 43 yoshli erkak 40 yillik ko‘rlik jarayonidan so‘ng ko‘rish qobiliyati tiklandi. Va u odamlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan moslashtirish qobiliyatiga ega bo‘ldi. Ammo u yuzni doimiy ravishda yodda saqlab qola olmasdi. Bundan tashqari, doimiy sezish qobiliyati ham etarli darajada bo‘lmasdan, masalan insonlar undan uzoqlashganda ularning hajmi kichiklashib borayotganday tuyuladi. Tadqiqotchilar Molyneuxning xayoliy tajribalari asosida yosh mushuklar va maymunlar ustida olib borilgan tadqiqotlarga rahbarlik qildilar. Bir tajribada hayvonlar faqat aniq va oddiy shakldagi yorug‘lik ko‘raoladigan ko‘z oynak bilan ta’minlanadi. Go‘daklik davrdan so‘ng, ko‘z oynaklar olingach hayvonlarning sezish muddati katarakta bilan tug‘ilgan insonlarniki bilan bir xil bo‘ladi. Ular ranglar va yorug‘likni farqlay oladilar. Lekin kvadratlar aylana kabi shaklarni farqlay olmaydilar. Ularning retinasi ya’ni ichki sezuvchi tashqi membranasi po‘stloq tomonidan berilayotgan belgilariga bog‘liq bo‘ladi.
    Stimulyasiyaning etishmasligi tufayli, ularning tashqi po‘stloq qavatidagi hujayralar to‘la rivojlanmagan bo‘ladi. Shuning uchun hayvonlar funksional jihatdan ko‘r holatda bo‘ladi. Kataraktalarning ko‘chirilishi natijasida normal ko‘rish qobiliyati oshadi. Endigina ko‘rishni o‘rgangan 3 yoshli Mike May portlash jarayonida ko‘rish qobiliyatini yo‘qotadi. 2000-yil, 7-mart kuni o‘ng ko‘ziga yangi sornea qo‘yilgandan so‘ng ko‘rish qobiliyati yana tiklandi va dastlab ayoli va farzandlarini ko‘rdi.
    Uzoq muddatli harakatsiz davrda signal kelib turganiga qaramasdan, ularni etkazib berish uchun etarli tajriba bo‘lmagan. YUzlari ba’zi bir xususiyatlardan tashqari, masalan, sochi tanish bo‘lmagan sezish qobiliyatimiz qanday darajada moslashuvchan?
    Bir juft yangi ko‘zoynak taqqanimizda biz o‘zimizni adashib qolgandek, ba’zan boshimiz aylanib yiqilgudek sezamiz.Bir yoki ikki kun ichida biz bu muhitga moslashamiz. Ammo bizning sezish bilan bog‘liq bo‘lgan moslashish qobiliyatimiz yana olamni avvalgidek normal holatda ko‘rishimizga yordam beradi. Lekin yangi bir juft ko‘zoynak taqsak predmetlarning aniq joylashuvini 40 daraja chapga o‘zgarib ko‘rsatadi. Siz uni birinchi marta kiyib do‘stingizga to‘p irg‘itganingizda bu predmet 40 daraja chapga tomon siljiydi.Siz bu buzib ko‘rsatilayotgan dunyoga moslasha olasizmi? Bu jarayonga jo‘jalar moslasha olmaydi. Ularning qaerda don mavjuddek tuyulsa o‘sha erni cho‘qishni davom ettirishadi. Lekin odamzot bu chalkashtiruvchi linzalarga tezda moslashadi. Dastlab, ko‘rish qobiliyatingiz qarama-qarshi yo‘nalishlarni adashtirishi, o‘ngga siljishi mumkin, lekin bir necha daqiqalar ichida bu vaziyatga yana qaytadan moslashamiz.
    Psixolog George Stratton o‘zining tajribalarida 8 kun davomida kiyiladigan bosh kiyim yaratdi. Bu optikal bosh kiyimning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, u chapni o‘ngga, yuqorini pastga qilib ko‘rsatadi. Qachonki, Stratton bu moslamani kiyganda o‘zini adashgandek his qildi. U yurishni xohlaganda, u o‘z oyog‘ini qidirayotgan holatda topdi. Bu jarayonda ovqatlanish deyarli amrimahol. U bu jarayonda qattiq asabiylashgan holda bu vaziyatdan chiqish yo‘lini qidirdi. 8 kundan so‘ng, deyarli hech narsaga urilmagan holatda to‘g‘ri yo‘nalishda shu bilan birga qulay holatda o‘zi istagan predmetlarga etib bordi. U bosh kiyimini echganda, bu holatga yana qaytadan moslashdi.
    Mana bir nechta misollar: Tasavvur qiling, siz uzilib qolgan «aravada hol» degan shovqin eshitdingiz. Darhaqiqat, siz birinchi so‘zni g‘ildirak deb qabul qilasiz. «Apelsinda qo‘l» deb eshitganingizda siz birinchi navbatda apelsin po‘stog‘ini tasavvur qilasiz. Bu qiziqarli fenomen, Richard Uorren tomonidan topilgan, taxmin qilinadiki miya vaqt bo‘ylab orqaga ishlay oladi, oldingi yoddan chiqgan stimullarni aniqlab olish uchun uni undanda oldingi vaqtda qanday qabul qilganligimiz aniqlashtiriladi. Qandaydir vaqt oralig‘ida miya kutish ya’ni yangi ma’lumotni qabul kilish rejimida bo‘ladi. Va bu holatda biron bir signal qabul qilinsa miya buni qanday qabul qiladi. Qabul qilish bo‘limi ko‘z, quloq, burun, qo‘l ma’lumotlarni miyaga etkazib beradi. Miya esa xotiraga saqlaydi. (Grosberg, 1995)
    Kontekst va ma’lumotlarni qabul qilib saqlash effekti ko‘rsatadiki, qanday qilib miya qabul qilayotgan ma’lumotlarni tasavvur qilishni tajriba orqali ko‘rishimiz osonroq. Biz deyarli bilamiz har kuni eshitayotgan va qabul qilayotgan ma’lumotlarimizni - dedi Toro. Masalan: kundalik hayotda biron bir jins vakiliga tegishli bo‘lgan stereotiplarini (qabul qilishning bashqacha ko‘rinishlari) yanada yorqinroq qabul qilishimiz mumkin. Pushti yoki havorang degan ochiq taxminlarsiz. Notaniq odamlar begona chaqaloqlarning u yoki bu jins vakili ekanligini aniq aytishga harakat qiladilar. Agarda chaqaloqning ismi «Devid» bo‘lsa, uni jasur va katta o‘g‘il bola deb qabul qilishadi. Biroq u «Diana» ismli qiz bola bo‘lsa uni bunday qabul qilishmaydi. (Stern &arraker, 1989). Ba’zi bir farqlar qarab turgan odamgagina ko‘rinadi.
    Odamiylik faktori va ma’lumotlarni qabul qilish.
    Norman (2001) odamlar uchun moslashtirilgan jihozlarni proektlashda qo‘llaydi va veb saytini yurgizadi. Normanning aytishi bo‘yicha radio, kolonka, raqamli televediniyaning tiniqligi, videomagnitafon, uy kinoteatrini pultlarini yig‘ish qanchalik qiyin. Men APPLE kompaniyasining yuqori texnologiyalari bo‘yicha vitse-prezident edim- deydi Norman, PO‘D ning MIT bitiruvchisi. Men o‘nlab komp’yuter va ko‘plab tillarni dasturlay olaman. Televizorlarni mukammal darajada tushunaman axir ularni men yarataman. Bu ahamiyatsiz. Meni miyam keragidan ortiqcha. Agar uyingizdagi barcha audio, vizual kontrol, elektrto‘lqinlarini etkazib berish kabel va simlarini birlashtirsak va buni hammasini menyu tugmachasi boshqarib bosib o‘tirsa. Buni biz xuddi miyamiz ma’lumotlarni qabul qilib etkazib berishiga o‘xshatishimiz mumkin. Agarda injenerlar har doim odamzodning psixologiyadagi faktori bilan tinmasdan ishlashsa o‘zlarining dastur tushunchalarini real odamlarda tajriba qilishganda edi.29

    Download 43,37 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   201




    Download 43,37 Mb.