• Illyuziya Idrok jarayonining navbatdagi yana bir o‘ziga xos xususiyati idrok qilishda ba’zan yuz beradigan illyuziya hodisasidir. Illyuziya
  • -rasm. To‘rtta bo‘rini idrok orqali toping?




    Download 43,37 Mb.
    bet110/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    41-rasm. To‘rtta bo‘rini idrok orqali toping?

    O‘smirlar amalda ishlatib ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalarni zo‘r qiziqish bilan idrok qiladilar. Shu sababli ular tajribalar ko‘rsatilishini juda yoqtiradilar.


    Yuqori sinf o‘quvchilarining idroki maqsadga ko‘proq yo‘nalgan bo‘ladi va ular idroklarini o‘zlari idora qila biladilar.
    O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar faoliyatiga maqsad ko‘zlagan holda rahbarlik qilish jarayonida o‘quvchilarning idroki rivojlanadi. Shuning uchun darsda, ekskursiyada idrok va kuzatishning to‘g‘ri uyushtirilishi katta ahamiyatga ega.
    Ta’lim jarayonida kuzatishlarni aktivlashtirish uchun o‘quvchining kuzatilgan va idrok qilingan narsalarni keyin gapirib berishi lozimligi to‘g‘risida ogohlantirishning ahamiyati kattadir. Agar o‘quvchi nimani kuzatganligi va idrok qilganligi haqida keyinchalik hisob berishi lozimligini oldindan bilsa, u kuzatish va idrok qilish jarayonida ancha faol bo‘ladi. Darsda o‘quvchilar bilimlarini avvalo o‘qituvchining og‘zaki tushuntirishlarini idrok qilish orqali o‘zlashtiradilar. So‘zlar yordamida tushuntirilgan materialning idrok qilinishi ko‘p jihatdan o‘qituvchi nutqining xususiyatlariga bog‘liq. Materialni muvaffaqiyatli idrok qilishning yana bir muhim sharti ko‘rgazmali qurollardan foydalanishdir.
    Illyuziya
    Idrok jarayonining navbatdagi yana bir o‘ziga xos xususiyati idrok qilishda ba’zan yuz beradigan illyuziya hodisasidir. Illyuziya – bizga ta’sir qilayotgan narsalarni yanglish idrok qilish demakdir. Odatda ikki xil illyuziya farqlanadi: a) ob’ektiv illyuziya; b) sub’ektiv illyuziya.
    Ob’ektiv illyuziya – hamma odamlar uchun umumiy xarakterga ega bo‘lib, uni geometrik illyuziya deb ham yuritiladi. Ob’ektiv illyuziya biz idrok qilayotgan narsalarning o‘zaro bir-biriga ta’siri tufayli yuz beradi. Illyuziyaning bu turi har xil geometrik shakllarni idrok qilishda juda yaqqol ko‘rinadi. Masalan, uzunligi baravar bo‘lgan ikkita gorizontal to‘g‘ri chiziq chizilsa, bu chiziqlarning uchlariga tashqariga qaratilgan va ichkariga qaratilgan chiziq kattaroq bo‘lib ko‘rinadi. Idrok jarayonida yuz beradigan illyuziyaning bu turiga juda ko‘plab misol keltirish mumkin. Masalan, baravar kattalikka ega bo‘lgan uchta ketma-ket turgan to‘g‘ri burchakli ustunchalarni chizib, ularning atrofiga uzoqlashtiruvchi chiziqlarni chizsak, bu uchta ketma-ket turgan ustunchalar har xil kattalikda bo‘lib ko‘rina boshlaydi. Bu erda uzoqlashtiruvchi chiziqlarning ta’sirida illyuziya hosil bo‘ladi.
    Sub’ektiv illyuziyalar odamning ayni chog‘dagi hissiy holati bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, odamning hissiy holatida ro‘y beradigan o‘zgarishlar idrok jarayoniga ta’sir qiladi. Masalan, yuqorida aytib o‘tilganidek, odam kechasi yolg‘iz ko‘chada qo‘rqib ketayotgan bo‘lsa, har bir sharpa uning qo‘rqinch hissini kuchaytirib yuboradi. Natijada uning ro‘parasidan chiqib qolgan butalgan daraxt qandaydir dahshatli mavjudotga o‘xshab ko‘rinadi.
    Hayotda keng tarqalgan har xil insu jins, devlar, ajinalar va shu kabi nojins narsalar haqidagi ko‘plab gaplar kuchli qo‘rqinch hissi ta’sirida noto‘g‘ri idrok qilish, ya’ni sub’ektiv illyuziya tufayli vujudga kelgandir. Ba’zan odam qattiq qo‘rqqan paytida bosh miya katta yarim sharlarining po‘stidagi muhim markazlardan birortasi uzoq muddatli tormozlanish holatiga tushib qolishi mumkin. Buni akademik I.I.Pavlov hayotni muhofaza qiluvchi tormozlanish deb atagan edi. Ana shunday paytda tormozlanib qolgan markaz bilan bog‘liq bo‘lgan organizmning biror qismida keskin o‘zgarish paydo bo‘ladi. Chunonchi odamning og‘zi yoki ko‘zi qiyshayib qolishi mumkin yoki qo‘li, oyog‘i falaj bo‘lib qolishi mumkin.
    Sub’ektiv illyuziya hodisasi, ya’ni qattiq qo‘rqinch hissi ta’sirida noto‘g‘ri idrok qilish hodisasi bolalarda ham uchrashi mumkin. Shuning uchun ana shu yuqoridagi mulohazalarni, ya’ni yanglish idrok natijasida paydo bo‘ladigan qo‘rqinchli obrazlarni nazarda tutib, hech vaqt bolalarni qo‘rqitish kerak emas.
    Psixologiyada ko‘rish illyuziyalarining o‘rganilishi muayyan o‘zining tadqiqot tarixiga ega. Masalan, agarda biz ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarimizni chalishtirib, no‘xot yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan holda ikkala barmog‘imizning uchi bilan bosib turib, shuningdek ayni bir davrda aylantiraversak, bu holda barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita no‘xot bordek his qilamiz.


    Download 43,37 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. To‘rtta bo‘rini idrok orqali toping?

    Download 43,37 Mb.