|
-rasm. G‘aroyib ishchilar
|
bet | 112/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi45-rasm. G‘aroyib ishchilar
Gallyusinatsiya
Voqelikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish analizatorlarga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo‘lishidan iborat idrokning psixopatalogik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyusinatsiya deyiladi. Gallyusinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati, ba’zan qo‘rqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig‘idagi qo‘zg‘alish jarayonlarining nuqsonli sust (patologik) harakati natijasida goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Gallyusinatsiya hodisasi bir necha xil ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin, ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: a) yo‘q narsalarning ko‘zga ko‘rinishi; b) u yoki bu ovozlar, tovushlar eshitilishi; v) yo‘q sharpalar, hidlar sezilishi kabilardir.
Odatda illyuziyani gallyusinatsiyadan farq qila olish lozim. Illyuziya shu lahzada shaxsning sezgi a’zolariga ta’sir etib turgan biror narsani yanglish, noto‘g‘ri idrok qilish jarayoni bo‘lsa, gallyusinatsiya yo‘q mavjud bo‘lmagan narsalarni tashqi ta’surosiz idrok qilishdir. Masalan, yo‘q narsalarning ko‘zga bordek ko‘rinishi, yo‘q ovozlarning quloqqa eshitilishi, yo‘q hidlarning dimoqqa urilishi kabilar gallyusinatsiyaning mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Gallyusinatsiya shaxsning biror narsa va holatni ko‘rgandek, eshitilgandek, his qilgandek kabi tasavvurning aks etishidir xolos. Gallyusinatsiya hodisasi ko‘pincha kasallikdan (isitma, alahsirashdan) darak beruvchi alomatdir, u nerv tizimini buzadigan kasalliklarning oqibatida ro‘y berishi mumkin.
2.Idrok qilish qonunlari
Shaxs idrok qilishi jarayonlariga xos bo‘lgan bir nechta qonuniyatlar psixolog olimlarning yozgan ilmiy adabiyotlarda keltirilgan, biz ularning ayrimlarini belgilaymiz:
Figura va fonning ilgarigi harakat bilan bog‘liqligi qonuni
A. Figura va fonning ilgarigi harakatga bog‘liqligi qonuni. Bu qonunning ma’nosi: odam ilgarigi tajribasida bo‘lgan, bevosita to‘qnash kelgan narsalarini idrok qilishga moyil bo‘ladi. Agar biror predmetni u ilgari figura sifatida idrok qilgan bo‘lsa, demak, keyingi safar ham uni aynan figuraday idrok qiladi, agar fon bo‘lgan bo‘lsa, tabiiy, fonday qabul qiladi. Bu qonunning hayotdagi o‘rni chet davlatlarda borgan turistlar tajribasiga tayanib tushuntirilishi mumkin. O‘zbekistonliklar er kurrasining qaysi burchagida bo‘lmasin, o‘zbek do‘ppisi yoki atlas ko‘ylakni juda tez ilg‘ab oladilar va suyunib ketadilar ham. YOnidagi sheriklari o‘zbek bo‘lsa ham, aynan do‘ppili o‘zbekni ko‘rib, ko‘zlari yashnab ketadi. Boshqa millat vakillari, masalan, nigeriyalik ham milliy ko‘ylagida yurgan bo‘lishi mumkin, lekin o‘zbek turist uchun bu kiyim fon edi, fonligicha qoladi ham.
|
| |