• Idrokning predmetliligi
  • 39-rasm . Idrokning paydo bo‘lishi
  • G‘ayritabiiy sezuvchi Idrok mavjudmi?




    Download 43,37 Mb.
    bet106/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    G‘ayritabiiy sezuvchi Idrok mavjudmi?
    G‘ayritabiiy sezuvchi Idrok - bu ichki sezgilardan ajralgan holatda telepatiya (fikran so‘zlashish), Kleyarens (normal holatdagi sezgi organlari bilan sezib bo‘lmaydigan sezgilarni seza olish qobiliyati) hamda kelajakni oldindan ko‘ra olishni idrok qila olish qobiliyatining bahsli tasdiqlash hisoblanadi.
    Parapsixologiya - bu odatdagi voqea hodisalarni g‘ayritabiiy sezuvchi idrok hamda g‘ayritabiiy aqliy iste’dodni o‘z ichiga qamrab olgan holatda izlanishlar olib boradi. G‘ayritabiiy sezuvchi Idrokining qanaqa tasdiqlari mavjud, tasdiqlarni testdan o‘tkazgach psixologlar qanaqangi xulosaga kelishdi?28.
    Idrokni klassifikatsiya qilinishida ham sezgilardagi kabi idrok etishda ishtirok etuvchi analizatorlardagi mavjud farqlarga asoslanadi. Idrok etishda qaysi analizator ustunroq kelganiga muvofiq ko‘rish-eshitish, paypaslab ko‘rish, kinestezik, hidlash va ta’m bilish yo‘li bilan idrok qilinishi farqlanadi.
    Idrok qilish jarayoni odatda o‘zaro birgalikda bir qancha analizatorlar vositasida sodir bo‘ladi. Harakat sezgilari u yoki bu darajada idrokning barcha turlarida ishtirok etadi.
    Idrokning predmetliligi- ob’ektivlashtirish hodisasi deb atalgan hodisada, ya’ni tashqi olamdan olinadigan axborotlarning o‘sha narsaga mansubligida ifoda qilinadi.
    18-jadval
    IDROKNING TASNIFI

    Predmetlilik idrokning belgisi sifatida xatti-harakatni boshqarishda alohida rol uynaydi. Biz narsalarga ularning ko‘rinishiga qarab emas balki ularni amaliyotda qay tarzda ishlatishimizga muvofiq holda, yoki ularning asosiy xususiyatlariga qarab ham baholaymiz. Predmetlilik perseptiv jarayonlarning o‘zini, ya’ni idrok jarayonlarning bundan keyingi shakllanishida ham rol o‘ynaydi.

    39-rasm. Idrokning paydo bo‘lishi
    Idrokning yana bir xususiyati uning yaxlitliligidir. Sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan narsaning ayrim xususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farqli o‘laroq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblanadi. YAxlit obraz narsaning ayrim xususiyatlari va belgilari haqida turli xil sezgilar tarzida olinadigan bilimlarni umumlashtirish negizida tarkib topadi.

    Download 43,37 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    G‘ayritabiiy sezuvchi Idrok mavjudmi?

    Download 43,37 Mb.