|
«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi
|
bet | 107/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasiIdrokning yaxlitligi- uning strukturaligi bilan bog‘langandir. Idrok ma’lum darajada bizning bir lahzalik sezgilarimizga javob bermaydi va ularning shunchaki oddiy yig‘indisi ham emas. Biz ana shu sezgilardan amalda mavhumlashgan va bir muncha vaqt davomida shakllanadigan umumlashgan strukturani idrok etamiz. Agar kishi biror kuyni tinglayotgan bo‘lsa, oldinroq eshitgan ohangi yangisi eshittirila boshlagandan keyin ham uning qulog‘iga chalinayotganday tuyulaveradi.
Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi manbalari, bir tomondan, aks ettiriladigan ob’ektlarning o‘ziga xos xususiyatlaridir, va ikkinchi tomondan insonning konkret faoliyatida gavdalanadi, ya’ni analizatorlarning reflektor faoliyati natijasidir.
Idroknning doimiyligi, konstantligi narsani idrok qilish sharoitlari o‘zgarishiga qaramay, narsaga xos bo‘lgan kattalik, shakl, rang va boshqa xususiyatlarning idrokimizga nisbatan bir xilda aks etishidir. Masalan, yoritish darajasi o‘zgarishiga qaramay, biz qorni oq, ko‘mirni qora narsa sifatida idrok qilaveramiz. Qizil chiroq ostida kitob sahifasi qizil bo‘lib ko‘rinsa ham uni oq deb, samolyotdan qaraganda erdagi odamlar va narsalar kichkina bo‘lib ko‘rinsa ham ularni odatdagiday kattalikda deb idrok qilaveramiz. Kitob qanday ko‘rinsa ham uni to‘rtburchak deb, stakandagi qoshiq siniq ko‘rinsa ham uni butun deb idrok qilamiz.
Narsalarning shakli, katta kichikligi, rangini doimo bir xilda idrok qilish amaliy jihatdan nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Idrokning konstantliligi tevarak atrofdagi narsalarni aslida qanday bo‘lsa shundayligicha ob’ektiv ravishda bilishga imkon beradi.
Perseptiv sistemaning faol ta’sir ko‘rsatishi idrok konstantliligining haqiqiy manbaidir. Bir narsaning bir necha ko‘rinishda bo‘lishi uning invariantliligi deb, ya’ni obraz invariantliligi, xilma xilligi deb aytiladi.
Idrok yaxlitligi va konstantligi kishining o‘tmish tajribasiga bog‘liq bo‘lib, bu xususiyat appersepsiya deyiladi.
Demak, idrok faqat narsaga emas, idrok etayotgan sub’ektning o‘ziga ham bog‘liqdir. Idrokda hamisha idrok etuvchi kishi shaxsining xislatlari, uning idrok etilayotgan narsalarga munosabati, kishining ehtiyojlari, qizikishlari, intilishlari, istaqlari va his-tuyg‘ulari u yoki bu tarzda aks etadi. (Qandaydir shakllarni «uchburchak» «aylana» «krujka» deb idrok qilish).
Shunday qilib, idrokning yaxlitligi va konstantligi uning teskari aloqa mexanizmi mavjud bo‘lgan va idrok etilayotgan ob’ektning xususiyatlariga hamda uning hayot sharoitlariga moslashadigan, o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi o‘ziga xos hodisa ekanligi bilan ham izohlanadi.
|
| |