«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi




Download 43,37 Mb.
bet118/201
Sana20.06.2024
Hajmi43,37 Mb.
#264727
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   201
Bog'liq
«servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g‘oyaviy yo‘nalishi katta o‘rin egallaydi. Bu yo‘nalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta’sirida shakllantiradi. Kishi o‘zining shu faoliyati uchun muhim bo‘lgan voqea, hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega bo‘lgan narsalar yomon esda holdairiladi va tezda unutib yuboriladi. Shu o‘rinda xotira borasidagi ta’riflarga qaysak, ko‘pgina adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi. «Indvidning o‘z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin mazkur ta’riflarni tahlil qilgan professor E.G‘oziev tomonidan xotira tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi. «Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo‘l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo‘naltirilgan mnemik faoliyatdir».

Xotira
- bu tajribamizga aloqador har qanday ma’lumotni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bilan bog‘liq murakkab jarayondir. Xotira har qanday tajribamizga aloqador ma’lumotlarning ongimizdagi aksidir.


Shuni ta’kidlash joizki, keltirilgan mazkur ta’rif xotiraning murakkab, keng qamrovli jihatlarini to‘la ta’kidlash imkoniyatiga ega.
Shaxsning yo‘nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni yaxshi esda olib qolishini ta’minlaydi. Biz ko‘pincha u yoki bu narsa va hodisalarni yomon esda holdairamiz. Bu xotirani yomonligini emas, balki ularga qiziqish yo‘qligini ko‘rsatadi. Masalan, o‘quvchilar hamma fanlarni bir xil o‘zlashtira olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega ekanliklar bilan emas, balki o‘qitilayotgan fanga qiziqishning har xilligi bilan tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emotsional munosabati ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar ongda chuqur iz holdairib, puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan ta’sirlansak, o‘sha uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda sifatlariga ham bog‘liqdir. Kuchsiz, irodasiz kishilar har doim yuzaki yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni o‘zlashtirishga astoydil kirishadigan kishilar puxta va chuqur eslab qoladilar. Samarali xotira kishining umumiy madaniyatiga, uning aqliy saviyasiga, bilimiga, uquviga fikrlash qobiliyatiga, ko‘nikma va odatlariga ham bog‘liqdir. Shunday qilib, xotiraning tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Shaxs o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalari asosida o‘zining xotirlash jarayonini ongli ravishda tartibga soladi va boshqaradi.
Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bir-biridan farq qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi va belgilanadi. Ma’lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, ya’ni shaxsiy tajribani to‘plashbilan bog‘liqdir. To‘plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma’lum materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoddan chiqarishga olib keladi.



Download 43,37 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   201




Download 43,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi

Download 43,37 Mb.