• Xotira psixik jarayon sifatida o‘rganilishi
  • Xotira va shaxs tajribasining boyligi




    Download 43,37 Mb.
    bet117/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    2.Xotira va shaxs tajribasining boyligi
    Odam ko‘rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina eslab qola oladi. Ma’lum bo‘lishicha, bir vaqtning o‘zida odam ongida 7 tadan ortiq belgiga ega bo‘lgan ma’lumotning qolishi qiyin ekan. Bu ettita so‘z, son, belgi, narsaningshaklibo‘lishimumkin. Agartelefonraqamlari 8 ta belgili bo‘lganda, uni yodda saqlash ancha qiyin bo‘larkan. Demak, ongning tanlovchanligi va ma’lumotlarni saralab, terib ishlatishi yana bir psixik jarayonni – xotirani bilishimiz lozimligini bildiradi.
    Xotira - bu tajribamizga aloqador har qanday ma’lumotni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bilan bog‘liq murakkab jarayondir. Xotira har qanday tajribamizga aloqador ma’lumotlarning ongimizdagi aksidir.
    Xotira psixik jarayon sifatida o‘rganilishi
    Xotira tufayli bizda ajoyib imkoniyatlar borlgini so‘zsiz qabul qilamiz. Xotira hayotimizni belgilaydi. Xotira tufayli biz oilamni taniymiz, o‘z tilimizda gapira olamiz, uyimizga olib boradigan yo‘lni yo‘qotmaymiz hamda oziq ovqat va suv bor joyini aniqlaymiz. Xotira tufayli biz tajribalarimizdan bahramand bo‘lamiz va uni qayta qo‘llay olamiz. Ammo ba’zan aynan xotira tufayli aybdorlarni va aybdorligimizni kechira olmaymiz. Biz nimani ko‘proq eslasak u xotiramizning katta qismini egallaydi. Agar xotiramiz bo‘lmaganida, o‘tgan quvonchli va alamli lahzalarimizni, aybdorlik hissini yoki g‘azabni sezmagan bo‘lardik. Uning o‘rniga biz hozirgi yangi lahzada yashagan bo‘lardik.
    Bunday holatda har bir kishi begona, har bir til yangi hamda har safar kiyinish, ovqat pishirish va velosiped haydash muammo bo‘lardi. Biz hatto o‘zimizga ham begona bo‘lardik. Uzoq o‘tmishimiz va hozirgi lahzamiz o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik bo‘lamasdi. Xotira tadqiqotchisi James Mc.Gaugxning ta’kidlashicha: “Agar sen oldingi xotiralaringni eslash qobiliyatini yo‘qotsang sen uchun hayot tugaydi”.
    Inson ko‘rgan, his etgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina eslab qola oladi. Ma’lum bo‘lishicha, bir vaqtning o‘zida odam ongida 7 tadan ortiq belgiga ega bo‘lgan ma’lumotning qolishi qiyin ekan. Bu ettita so‘z, son, belgi, narsaning shakli bo‘lishi mumkin. Agar telefon raqamlari 8 ta belgili bo‘lganda, uni yodda saqlash ancha qiyin bo‘larkan. Demak, ongning tanlovchanligi va ma’lumotlarni saralab, terib ishlatishi yana bir psixik jarayonni - xotirani bilishimiz lozimligini bildiradi.
    Psixolog sifatida shuni ta’kidlash lozimki, Xotira bu – doimiy va o‘zgaruvchan hamda saqlangan ma’lumotlarni o‘rganishdir. Xotira ustidagi izlanishlar uning qanday ishlashini tushunishimizda yordam beradi. Masalan 92 yoshli qariya insult bilan kasallangandan so‘ng u oldingidek harakatlana olardi. U oilaviy albomlarni ko‘rganda qarindoshlarini eslay olardi ammo kundalik yangi suhbatlarni va hatto haftaning qaysi kuni ekanligini eslay olmasdi. U har safar yangiliklarni eshitganda ta’sirlanardi va pochchasining o‘limini tez-tez eslardi. Buning aksi o‘laroq Xotira Olimpiadasida medallar sovridori rus jurnalisti Shereshevskii boshqa jurnalistlar intervyularni qayd qilsa u shunchaki tinglardi. Balki biz 7 yoki 9 tagacha bo‘lgan raqamlarni takrorlay olarmiz ammo Shereshevskiy 70 tagacha bo‘lgan raqamlarni 3 soniya ichida takrorlay oladi. Bundan tashqari u raqamlarni orqadan oldiniga ham osonlik bilan aytib bera oladi. Hatto u yuzlab ro‘yxatlar orasidan 15 yil oldingi ro‘yxatni aniq aytib bera olgan. U shunday boshlagan: “Biz stol atrofida o‘tirgan edik siz kursida kulrang kastyum kiygan holda o‘tirgan edingiz va menga mana bunday holatda qarayotgan edingiz.”
    Ajablanarli holat shunday emasmi. Siz ham imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishingiz mumkin atrofda turli tovushlar, qo‘shiqlar, yuzlar, ko‘rinishlar, turli joylar, turli ta’m va hidlar mavjud. Tasavvur qiling siz 2500 ta yuzlar va joylarni har biriga 10 soniyadan vaqt ajratib ko‘rdingiz. Keyinroq esa oldingisiga o‘xshamagan boshqa 280 ta yuzlar va joylarga e’tibor bering. Ralph Haberning axborotiga ko‘ra siz 90% oldingilarini eslab qolasiz. Keying tajriba tasavvur qiling siz oldin shakli aniq bo‘lmagan,har tomonlarga chizilgan rasmni ko‘rdingiz, so‘ngra shakli aniq bo‘lgan to‘liq rasmni ko‘rdingiz.
    David Mitchellning tadqiqotlariga ko‘ra to‘liq obektlarni ko‘rish va eslab qolish noaniqlariga nisbatan oson va tez. Shuningdek Xotira ham har 17 yilda yangilanadigan hashoroti singari oldingi tajribalarni tiklay oladi. Xotira tadqiqotchilari 1 asrdan ko‘proq vaqtdan buyon quyidagi savollarga javob izlamoqda: Qanday qilib biz xotira yutuqlariga erishishimiz mumkin? Nima uchun biz hatto bir daqiqa oldin uchrashgan insonimizning ismini unitib qo‘yamiz? Xotiralar miyada qanday saqlanadi? Nima uchun ayrim narsalarni tez unutamiz ammo alamli, istalmagan hodisalarni unutishimiz qiyin? Qanday qilib bir hodisa ikki shaxsning xotirasida turlicha qoladi? Xotiramiz imkoniyatlarini qanday o‘stirishimiz mumkin?31
    Insonlarning o‘rganish va axborotni qabul qilish bo‘yicha 3 turga ajratsak bo‘ladi. Bular: eshitish, ko‘rish va harakat xotiralar. Bular miyaga kirayotgan xabarning turiga bog‘liq.
    Ko‘rish: bunda yaqqol tasavvurlar hosil qilinadi. Bunda so‘z tasavvurdagi manzaralar timsolida xotiraga joylashadi. Doktor Medina fikricha: barcha sezgi organlari ichida eng muhimi aynan axborot qabul qilish bo‘yicha.
    Vizual xotira cheksiz. Tadqiqotlardan birida ishtirokchilarga 10000 ta rasm berilgan va so‘ng boshqa rasmlar bilan aralashtirilagan rasmlarni berib ularni ajratish topshirilgan. 99% aniqlikda rasmlar to‘g‘ri ajratilgan. Va hatto 3 oydan so‘ng ham shu natija takrorlangan. 10% o‘qiganda, 20% eshitganda, 30% o‘qib eshitganda, 50% eshitib ko‘rganlarda, 70% suhbatlashganda, 90% bajarayotganda eslab holingan. Tevarakdagi ma’lumotlarni hissiyotlarimiz orqali qabul qilamiz. O‘rganish va xotirada saqlashning turli usullari mavjud. Har bir odamda ma’lum usullarning majmui mujassam bo‘lib turlicha usullarda turlicha o‘rganish mumkin.32
    Odatda biz biror bir materialni o‘qiydigan bo‘lsak, uni hech bir o‘zgarishsiz eslab qolishga harakat qilamiz. Lekin ajablanarlisi shundaki, borgan sari material ma’lum o‘zgarishlarga yuz tutib, xotirada dastlabki paytdagisidan boshqacharoq bo‘lib saqlanadi. Ba’zi bir material yoki ma’lumot xohlasak ham xotiradan o‘chmaydi, boshqasi esa juda qattiq xohlasak ham kerak paytda yodimizga tushirolmaymiz. Bu kabi savollar, inson bilish jarayonlaridagi eng muhim savollar bo‘lib, ba’zan o‘z taraqqiyotimiz va kamolatimizni ham ana shunday omillarga bog‘lagimiz keladi.
    Ma’lum bo‘lishicha, inson miyasi har qanday ma’lumotni saqlab qoladi. Agar shu ma’lumot biror sabab bilan odamga kerak bo‘lmasa, yoki o‘zgarmasa, u ongdan tabiiy tarzda yo‘qoladi. Lekin har doim ham bizning professional faoliyatimiz manfaatlariga mos ma’lumotlarni esda saqlash juda zarur va shuning uchun ham ko‘pchilik ataylab xotira tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.

    Download 43,37 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xotira va shaxs tajribasining boyligi

    Download 43,37 Mb.