|
«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi
|
bet | 116/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasiNazorat savollari
1. Idrok qilish qonunlari sanang?
2. Figura va fonning ilgarigi harakatga bog‘liqligi qonuni tushuntiring?
3. Kutishlar va taxminlarning idrokka ta’sirini ayting?
4. O‘zgarmas ma’lumotning idrok qilinmasligi qonunini gapiring?
5. Anglanganlik qonunini izohlang?
6. Taxminlarni tekshirish jarayonida idrok qilish qonuni nima?
7. Kasb tanlash yo‘nalishlarini izohlang?
15-mavzu. Xotira va kasbiy maslahat .
Reja:
1. Xorij olimlari xotira haqida
2. Xotira va shaxs tajribasining boyligi
3. Xotira turlari
4. Kasbiy maslahat
Tayanch iboralar: xotira, xotira turlari, xarakter aksentuatsiyasi, xotira jarayonlari, kasbiy maslahat, kasbga yo‘naltirish.
1. Xorij olimlari xotira haqida
Inson xotirasi vaqtni inobatga olib bizning hayot tarzimizni hal qiladi. Xotiraga minnatdorchilik bildirishimiz lozim. Chunki borliqdan olgan ma’lumotlarni saqlash, oila a’zolarimizni tanish, til bilish, o‘z uyimizga qaytib kelish, suv va oziqa topish imkoniyatlarini beradi. Aynan xotira bizga zavq va lazzat his-tuyg‘ularini takrorlanishiga qodirdir. Bizning xotiralarimiz o‘zaro munosabatlarimizni saqlashga yoki aksincha uzoq yurishga asoschi bo‘ladi, u yoki bu qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslikka ko‘mak beradi. O‘qish jarayonida siz xotirangizda saqlab qolgan bilim, ko‘nikmalarning har biri quvonch yoki g‘azab og‘riqli bir xotiralar bilan bog‘liq.
Djeyms Mayk Gaux (2003). Aytishicha “Xotirani yo‘qotsangiz siz karam yoki sholg‘om bo‘lishingiz mumkin.” Chunki siz o‘zingiz uchun ham begonasiz, o‘zingizga xos his-tuyg‘ular, xotiralarga ega emassiz “92 yoshda mening otam mikroinsultni boshdan kechirdi va g‘alati bo‘lib qoldi. U oldingidek mehribon harakatlanuvchi bo‘lib bizlarni tanigan lekin hafta kunlarini, akasini o‘lganligini, oilada bo‘lgan ba’zi voqea va suhbatlarni bir-biri bilan bog‘lay olmas edi.” Bu holat hatto ba’zi to‘tiqushlarda ham bo‘ladi. 7-9 belgili so‘zlarni ularga orasida uch soniyani tashlab 70 marta tinch takrorlasa ular ham bu so‘z yoki raqamlarni eslay oladi.
Yorkning yangi kolleksiyasida (1992y.) Robert Mankoff xotirani saqlash va ma’lumotni izlash qobiliyatiga e’tiborni qaratdi. “Ofitsiant men ovqat emagan bo‘lsam hisobni olib keladimi va qanaqa hisobni olib keladi?” Bu savolga javob aynan xotira bilan bog‘liq. Inson xotirasi tug‘ish, ovoz kuy, ta’m, hid, chehra, joy va hodisalarni eslab qolishga qodir. Lekin, agar 10 soniya ichida 2500ta slayd ko‘rsatsak o‘shalardan 280 tasi juftli bo‘lib joylashgan bo‘lsa, Ralf Xaber (1970) fikricha 90% odam bu slaydlarni oldin ham ko‘rganman deb javob beradi.
Devid Mitchell (2006) tajribasi bo‘yicha inson ko‘p yillar oldin ko‘rgan ob’ektini keyinchalik kichkina bir qismini ko‘rsa ham xotira yordamida qolganini tasavvur qila oladi. YOki chigirtkalarning dastidan 17 yil oldin zarar ko‘rgan bo‘lsa, uning xotirasida birgina nom bilan bog‘liq qandaydir nafrat his- tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Lekin shu bilan barobar 1 daqiqa oldin tanishgan insonimizning ismini unitib yuborishimiz mumkin, ba’zi noxush hodisalarni esa xohlasakda unita olmaymiz.
Xotirani bu qobiliyati qaerdan paydo bo‘lgan?
Nima qilsak xotirani kuchaytirsa bo‘ladi?
Bizning miyamizda xotiralar qanday saqlanadi?
Nima uchun ba’zi og‘riqli xotiralar kutilmaganda bizga tashrif buyuradi?
Nima uchun bitta xodisaga guvoh bo‘lgan ikki kishining xotirasi keskin farq qiladi. Aynan shu savollarni biz o‘rganib javob berishga harakat qilamiz va xotirani o‘ganish natijasida shuni aytishimiz mumkinki, xotira ma’lumotni qabul qilish so‘ng qayta ishlash va tayyor modelni chiqarib berish xususiyatiga ega.
Inson xotirasiga xos bu hislatlar komp’yuter tizimiga ham kiritilgan. Kompyuter ham inson kabi ma’lumotni qabul qiladi, o‘z xotirasida kodlaydi, saqlaydi va uni zarur paytida chiqarib beradi. Shu kabi kompyuter bor ma’lumotini klavyatura orqali elektron tiliga, inson miyasi sensor ma’lumotlarni neyron tiliga o‘tkazgani kabi o‘tkazib beradi.
Kompyuter juda ko‘p ma’lumotlarni diskida saqlaydi va ular qayta tiklanish xususiyatiga ega. Bizning xotiramiz ham juda ko‘p ma’lumotni qayta ishlab saqlaydi. Bu ishni sekinroq bajaradi, lekin, barobariga ko‘p ishni bajaradi. Ma’lumotni qayta ishlash modelini bir nechta yo‘lini psixologlar taklif etishdi. Misol, Richard Atkinson va Richard SHiffrin (1968) zamonaviy bir modelni taklif etishdi. Undan matn, fikr, xotira, ularni bog‘lab turuvchi neyron to‘qimalarini chiqib kelishi 3 bosqichga bo‘linadi:
1. Xotira birinchi ma’lumotni shunchaki tez qabul qilish orqali sensor xotiraga tashlaydi.
2. U erdan biz ma’lumotni xotirada qisqa muddatli ma’lumotni kodlaymiz.
3. Ma’lumot uzoq muddatli xotiraga joylashadi va undan keyinchalik foydalaniladi.
Bu tarixiy muhim ahamiyatga ega uch bosqichli sodda model ba’zida pand beradi. Bu bobda yangilangan model taklif qilinadi unda 2 muhim tushunchalar kiritilgan:
- ba’zi ma’lumot Atkinson va Shiffrining birlamchi ikki etapi ishlovdan o‘tib avtomatik ravishda uzoq muddatli xotirada bizning ongimiz ishtirokisiz o‘tkaziladi;
Atkinson va Shiffrin ta’kidlashi bo‘yicha ikkinchi etapda ishchi xotira o‘zida bor diqatni jamlaydi va ma’lumotni faol qayta ishlashga tushadi.
Biz bor ma’lumotga o‘zimzning e’tiborimizni qarata olmaymiz va e’tiborni qaratish stimullarga bog‘liq bu kirib kelayotgan stimullar ham ma’lumot bilan birga xotiramizga joylashadi va olinadi.
Baddeli (2001-2002) ta’kidlashicha ishchi xotira o‘zida eski va yangi ma’lumotlarning muammolarini hal qiladi.
Keyn, Ansvort va Engl (2007) lar tahlili bo‘yicha inson xotirasi uning ish faoliyati bilan bog‘liqdir. Ishchilarni xotirasini sig‘imi sirkda koptok otuvchidan keskin farqlanadi, Jonglyor xotirasi kaptokni tez otgani kabi so‘z harf yoki raqamlarni xotirasiga tez saqlaydi. Bu uni xotirasini muntazam ravishda bir xil qolibda qabul qilishga o‘rgangan va bunuqa shaxslar yuqori intellekt egasi ekanligidan dalolat beradi. Yangilangan modelga chuqurroq nazar tashlasak biz kodlagan qisqa yozuvlarni sensor ma’lumotlarni tizimli xotiraga joylashganini ko‘ramiz.
Qisqa muddatli xotiraga misol qilib telefonning 7 ta raqamini kiritishimiz mumkin. O‘sha raqamlarni terganimizda ularni saqlangani yoki unitilgani aniq bo‘ladi.
Uzoq muddatli xotira xotiraning doimiy va chegarasiz zahirasidir. U o‘zida bilim, ko‘nikma va tajribani saqlaydi. Ishchi xotira yangi tushunchalarni qisqa xotiradan olib ongli faol ishlovga kirib kelayotgan tovushli vizual ma’lumotlarga qarab uzoq muddatli xotiraga joylashtiradi.
Atkinson va SHiffrinlarning 3 bosqichli moslashgan modeli bizga xotiralarni qay darajada ishlanganligini o‘ylashga yordam beradi.
Lekin zamonaviy tadqiqotchilar uzoq mudatli xotirani eslashni boshqa yo‘llarini tan olishadi Masalan ba’zi ma’lumot uzoq muddatli xotiradan o‘tib ketadi. Bizning xotiramiz ongli ravishda hech qanaqa e’tiborni qaratmadi.
Qisqa muddatli xotirada ishlovdan o‘tayotgan ma’lumotlar ko‘pligidan zamonaviy psixologlar ishchi xotira terminini ko‘proq tan olishadi. Sensorli joylashuv. Xotiramizning sensor registorlari bizning miyamizda ko‘p chehralarni bir daqiqaga joylashtirish bilan band. Biz o‘z e’tiborimizni muhim deb topgan, masalan, olamon orasidagi g‘azabli chehraga qaratamiz va uzoqroq qarab turamiz (repititsiya), agar biz xotirjam bo‘lmasak, (bu muhim) deb uzoq muddatli xotiraga kodlaymiz va 1 soatlardan yoki ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng biz o‘sha chehrani ko‘z oldimizga keltirishga muvaffaq bo‘lamiz.
46-rasm. Xotira jarayonlari
Xotiralash jarayonlari:
ma’lumot qabul qilish
kodlash
Qabul qilish
Uzoq muddatli xotiraga joylash
Sensor xotira
Qisqa muddatli/ishchi
Ongsiz ishlovlar
Tashqi hodisalar
Ba’zi ma’lumotlar masalan, oxirgi sinfga kirganligingiz, osonlik bilan kechishi, operativ xotira yordamida bu notashish boshqa hodisalarga e’tibor qaratishimizga imkoniyat yaratib beradi.
Do‘stingizning telefon raqamini eslab qolish uchun ko‘proq diqqatimizni jal etamiz va avtomatik ishlovga murojat qilamiz. Miyamizning qobiliyati evaziga baravariga (parallel) faoliyat yuritish mumkin. Ko‘p narsa bizning ongli diqqatimizsiz bajarilib keladi.
(Kosmos) Masalan, ongli harakatsiz avtomatik ravishda kosmos haqida ma’lumotni o‘qish jarayonida qabul qilingan bilimlarga tayangan holda eslab chiqarish mumkin. Aniq ko‘rgan material vizualizatsiyasi keyinroq chiqib keladi.
(Vaqt) Bir kunimizni oladigan bo‘lsak o‘sha kundagi hodisalarning ketma-ketligiga e’tiborimizni qaratsak o‘zimiz paltoyimizni qaerda holdirganimizni eslab xuddi shu ketma-ketlikdagi harakatlarimizni takrorlashimiz mumkin.
(Takrorlanish) Ba’zi bir hodisalar yoki narsalarni bir necha bor takrorlanishini hayotda ko‘p uchratishimiz mumkin “Bu kishini bugun 3 chi marta uchratdim”, “bir xil raqamli mashina 4 marta oldimizdan qayta o‘tdi.”
(Ma’lumot) Ma’lumotlarni yaxshi o‘zlashtirish ayniqsa ona tilida qabul qilingan ma’lumotlarning qayta ishlanishi oson kechadi30.
|
| |