|
«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi
|
bet | 100/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi34-rasm Xayolning paydo bo‘lishi
Ijodiy xayol tiklovchi xayoldan farqli o‘laroq original va qimmatli moddiy, ijodiy mahsulotlarda gavdalanuvchi yangi obrazlarning yaratilishidan iborat xayolning turidir.
4.Tasavvurning asosiy turlari
Ixtiyoriy tasavvur inson uchun katta ahamiyatga ega. Tassavurning bu turi, inson oldida birov tomondan keltirilgan, yoki insonning o‘zi belgilagan aniq obraz yaratish vazifasi turganida paydo bo‘ladi. Bunday holatlarda, tasavvur jarayoni insonning o‘zi tomonidan nazorat qilinib yaratiladi. Tasavvurning bunday ishlashining asosi ostidan kerakli tasavvurni chaqirish va o‘zgartirish deb ataladi. Ixtiyoriy tasavvurning turlari va formalari ichida yaratuvchi tasavvuri, ishlab chiqaruvchi (ijodiy) tasavvur va orzuni ajratish lozim. YAratuvchi tasavvur, inson, ob’ektni iloji boricha uning tasavvuriga mos qilib yaratishga harakat qilganday bo‘ladi. Bu tasavvur turiga inson, geografik joylar, tarixiy hodisalar va adabiy qahramonlar haqida o‘qiganda duch keladi.
Shuni aytib o‘tish lozimki, yaratuvchi tasavvur nafaqat ko‘rish tasavvurini shakllantiradi, balki sezish va eshitish hamda boshqa tasavvurlarini ham oshiradi. A.S. Pushkinning "Poltava Jangi" ni o‘qiganimizda urush qurollarini otilishi, askarlarning qichqirishi, miltiq o‘qining hidi, barabanlar jarangini aniq tasavvur qila olamiz. Ko‘p holatlarda yaratuvchi tasavvur bilan, so‘zlar orqali tasvirlanganda, tasavvurni yaratish uchun to‘qnash kelamiz.
Biroq shunday holatlar borki, inson, so‘zsiz biror predmetni tasavvurida obraz yaratishning muvaffaqiyati, insonning fazoviy tasavvuri qobiliyatlarida aniqlanadi. YA’ni, insonning obrazli hajmini joyda yarata oladi. Bu demakki, yaratuvchi tasavvurning jarayoni insonning fikrlash va xotirasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ixtiyoriy tasavvurning keyingi turi - ishlab chiqaruvchi ijodiy tasavvurdir. Uning tarifi shundaki, inson tasavvurni o‘zgartiradi va yangisini paydo qiladi. Berilgan namuna bo‘yicha emas, balki mustaqil ravishda, yaratilayotgan obrazning chizmalarini hamda kerakli materiallarni tanlagan holatda paydo qiladi.
Ishlab chiqaruvchi tasavvur, yaratuvchi tasavvur kabi xotira bilan chambarchas bog‘liq, chunki uni paydo qilishda inson o‘zining tajribasini ishlatadi.Tasavvurni bu ikki turlari o‘rtasida aniq chegaralar yo‘q. YAratiluvchi tasavvurda, tomoshabin, kitobxon yoki eshituvchi o‘zining ijodiy tasavvurini ishlatgan holda obrazini to‘ldirishga harakat qiladi.
Tasavvurning alohida bir shakli orzu bo‘ladi. Ushbu shaklini asl ma’nosi shundaki mustaqil ravishda xayolan yangi qiyofa yaratishdir. Lekin orzu ijodiy tasavvurdan bir necha farqlar bilan ajratiladi. Birinchidan, orzuda odam doimo o‘zi istagan qiyofani yarataoladi, ijodda esa ilg‘or g‘oyalarni gavdalantirib ko‘rsatish doimo yaratuvchining xohishiga bo‘ysinmaydi. Orzuda odam o‘zining xohishini va intilayotgan narsalarini joylashtirishga ega bo‘ladi. Ikkinchidan, orzu ijodiy faoliyatni o‘z ichiga olmagan jarayon bo‘ladi, ya’ni darrov va be’vosita ob’yaktiv mahsulotni ijodiy asaridir.
Orzuning asosiy fazilati shuki, u faqat kelajakka yo‘nalgan bo‘ladi, ya’ni orzu - bu, kelajakda istagan narsamizga yo‘naltirilgan tasavvur. Bunda bir necha turlarini farqlash lozim.
35-rasm. Tasavvurning paydo bo‘lishi
Ko‘plab odam o‘z rejalarini kelajakga munosabati va orzularini ruyobga chiqarish yo‘llari orqali aniqlaydi. Bu holatda orzu aktiv, ixtiyoriy va ongli jarayon deb ataladi.
Ammo shunday odamlar borki ular uchun orzu faqat harakatning o‘rin bosaridir. Bularda orzu shunchaki orzuligicha qoladi. Buning sabablaridan biri shundaki ular doimo muvaffaqiyatsizlikka uchrashi. Oqibatda bir necha omadsizlikdan keyin odam o‘z rejalarini amaliyotda bajarishdan bosh tortadi va orzularga berilib ketadi.
Agar ixtiyoriy yoki aktiv, tasavvur oldindan belgilangan bo‘lsa, ya’ni odamning irodali taraflari bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda tasavurning passiv tomoni oldindan belgilangan va belgilanmagan bo‘lishi mumkin. Oldindan belgilangan passiv tasavvur o‘z xohishi bilan bog‘lanmagan obrazlar yaratadi. Bu obrazlar orzu nomini olgan. Bunda odamning tasavvuri va hojatlari orasida yorqin aloqa paydo bo‘ladi. Ushbu holatda odamning u uchun muhim paytda nima orzu qilayotganini payqab olishi judayam oson. Odamlar uchun yoqimli va jiz etadigan narsalar haqida o‘ylash xos narsadir. Lekin orzu harakatni o‘rnini bosishni boshlasa bu psixologik buzilish hisoblanadi. Odamning psixologik jarayonida orzuning ustunligi uning haqiqatdan uzoqlashishiga olib keladi, va o‘zi o‘ylab chiqqan dunyoga olib ketadi, bu holatlar esa odamning psixologik va sotsial rivojlanishlarga to‘siq buladi.
Beg‘araz qilingan passiv tasavvur ongning zaiflashgan faoliyatida kuzatiladi, uning buzilishi, uyqusiragan va tush ko‘rayotgan paytlarda. Passiv tasavvurning eng katta ko‘rsatkichi bu gallyusinatsiya holatidir, bunda odam yo‘q narsalarni ko‘radi, eshitada va sezadi. Gallyusinatsiya psixologik tarafdan zaiflashgan odamlarda kuzatiladi.
|
| |