|
Ekstereoretseptiv sezgilar
|
bet | 97/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasiEkstereoretseptiv sezgilar
Sezgilarning uchinchi katta sinfi ko‘p darajada tadqiq qilingandir, bular ekteroretseptorlar hisoblanadi, ular tashqi dunyodagi signallari tizimidir.
Eksteroretseptorlarning klassifikatsiyasida ikki xil tizim mavjud sistematik va genetik. Ekstereoretseptor sezgilarni shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin.
Kontakt sezgilar bu sezgilar bevosita aloqaga kirishadigan sezgilardir bular ta’m bilish, teri tuyush, hid bilishsezgisi hisoblanadi, distant sezgilar bular ko‘rish va eshitish sezgisi hisoblanadi. Kontakt va distant retseptorlar orasida miqdoriy farq mavjud. Kontakt retseptorlar vaqtli shakllangan bo‘lib diffuz, differensiallashmagan, predmetli bo‘lmagan sezuvchanlikni shakllantiradi. Distant retseptorlar sodda tuzilgan jonivorlarda yo‘q, jonzotlar qanchlik rivojlangan bo‘lsa distant retseptorlar shuncha katta o‘ringa egadir.
Bularning barchasi sistematik yondoshuvga misol bo‘ladi.
Eksteroretseptorlarning klassifikatsiyasini genetik yondoshuvi yoki sezuvchanlik ko‘rinishining evolyusion klassififkatsiyasi hozirga qadar sezuvchanlikni uch xil sinfi haqida so‘z yuritadi (intro, proprio, ekstro).
Bu sezgilarimiz turli tarixga ega. Propatik va epikritik atamalarni ingliz nevrologi Xed tomonidan fanga kiritilgan. Bu tushunchalar sezuvchanlikka tarixiy jihatdan yondoshish imkoniyatini beradi.
Hid sezuvchanlikni bilish uchun o‘zining teri nervlarini shoxchasini kesadi va qancha vaqt davomida shu nerv shoxchasini tiklanishi kuzatgan. Bir oy davomida umuman sezuvchanlik mavjud bo‘lmaydi, olti xaftadan so‘ng sezuvchanlik birinchi fazaga o‘tadi va sezuvchanlik tiklana boradi. Eng qiziqarli tomoni shundaki, birinchi navbatda primitiv sezgilar tiklanadi. Shu holatorqali ham sezgilarning diffuz holatini mavjudligini ko‘rishimiz mumkin.
Bu jarayonda ma’lum bir vaziyat, holat yoqimli yoki yoqimsiz sezgini vujudga keltirgan. Shu tariqa birinchi davrda sezuvchanlikning qadimiy o‘ziga xosligi tiklanar ekan. Bu shaklni Xed protopatik deb nomlagan. Faqat olti oydan so‘ng sezuvchanlikni murakkab shakliga o‘zgarishi mumkin ekan, bunda sezgining lokolizatsiyasi vujudga kelgan, sezgining affektiv toni o‘zgargan, ob’ektiv qo‘zg‘atuvchilarni qabul qilish boshlangan. Eng oxirgi yo‘nalish shakl sezgisi tiklangan. Bu epikritik sezuvchanlikni tiklanishi hisoblangan.
|
| |