|
Xorij psixologiyasida sezgi nazariyalari
|
bet | 98/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi3. Xorij psixologiyasida sezgi nazariyalari.
Psixologiya fanida shunday ilmiy dalillar mavjudki, mobodo inson axborotlarning shaxobchasidan mahrum bo‘lsa, u holda u uyqu faoliyatiga sho‘ng‘iydi. Masalan, teri tuyish sezgilari patologiyaga uchrasa, unda odam (ko‘pincha vaqtincha muvaqqat) ko‘rish, eshitish, hid sezgisidan mahrum bo‘lishi mumkin. Mobodo axborotlarni kuzatish shaxobchasi ilk bolalik yoshi davrida buzilsa, kar yoki ko‘r bo‘lib holsa, u taqdirda uning aqliy rivojlanishida keskin to‘xtalish, vaqtincha orqada qolish yuzaga keladi. Agar bola maxsus usul yoki uslubga o‘rgatilmasa, tabiiy ravishda mavjud kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydi.
Madaniyat va sharoitning ayol boshiga ta’siri. Bir tekshiruvda deyarli barcha sharqiy Afrikaliklar bilan savol-javob o‘tkazilganida, ular ayolni metall qutida muvozanat saqlagan holda va oilasi bir daraxt ostida o‘tirishini tasvirlashdi. Burchaklar va qutisimon binolar urfda bo‘lgan g‘arbliklar oilani uy ichida derazaning oldida ayoli bilan o‘tirgan holda tasavvur etishadi. (rasmga qarang)27
31-rasm. Sezgining emotsiyaga ta’siri
Qanday qilib sezgi biz kutgan narsamizga, emotsiyalarmizga ta’sir etadi?
Hamma ko‘rgan narsasiga ishonadi. Bizda kam bo‘lsada to‘liq ma’lumot bo‘lsa, biz unga ko‘proq ishonamiz. Tajribamiz, kutgan narsamiz bizni sezishimizni ta’minlaydi, yoki aqliy qobiliyatimiz sezgi hissimizga katta ta’sir ko‘rsatadi. Odamlar o‘spirinlarning o‘ziga o‘xshagan juftiga ularning ota-ona yoki bolasi bo‘lishsa ularga ishonishadi. (Bressan & Dai Martello, 2002). Va ular shunday hisoblashadi: Qo‘yidagicha rasmdagi ayolmi yoki saksafon chalayotgan insonmi deb tasavvur qilishadi? Rasmdagi ikkita rasmga qarasak, ularning har ikkovida ham yaqqol tasvirni ko‘rishimizga ta’sir etadi.
32-rasm Ikki yoqlama tasvir
Bir paytlar biz reallik haqida noto‘g‘ri xulosaga borgan edik, va natijada haqiqatni ko‘rish biz uchun biroz qiyin bo‘lgan edi.
Bunga sezgiga oid bir qator misollarda duch kelamiz. 1972-yilda Britaniya gazetalarining birida SHotlandiyadagi Loch Ness qo‘lidagi mahluq haqida ma’lumotlar bosib chiqarilgan edi. Va undagi rasm olingan rasmlar ichidagi eng hayratlilaridan bir bo‘lgan edi. Agar bu ma’lumot sizda ham ishonch hissini uyg‘otgan bo‘lsa demak, siz ham xuddi ko‘plab mushtariylar singari 32-1-rasmda bu mahluqning rasmini ko‘rishga musharraf bo‘lasiz. 32-2-rasm: Ishontirish. Do‘stingizga ikkala rasmni ham ko‘rsating. Va rasm markazini ko‘rsatib o‘rtada nimani ko‘rayotganini so‘rang agar do‘stingiz bir qarashda ikkala rasmda saksafonchi va ayolning rasmini payqayolsa, demak bunda u ishonchiga asoslangani aniq bo‘ladi.
Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, gavdaning fazodagi holati sezgirligi statik sezgilarda o‘z ifodasini topadi.
Gavdaning fazodagi holati.
Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo‘lib o‘zaro bir-biriga perpendikulyar bo‘shliqda tutash holatda yotadi. Masalan, bosh holatining o‘zgarishi quyidagi sxemaga binoan amalga oshadi:
a) o‘zgarish endolimfa suyuqligiga bog‘liq qo‘zg‘alish;
b) eshitish nervi;
v) vestibulyator nerv;
g) bosh miya po‘stining chakka bo‘lmasi;
d) miya apparatiga o‘tadi.
Vestibulyator sezgirlik apparati qurish bilan bevosita aloqada bo‘lib, fazoni orientirlash jarayonida ishtirok etadi. Masalan, avtomabilning yo‘ldan o‘tishi (qatnovi), halin o‘rmonni kesib o‘tish payti va hakazo. Xuddi shunday holat uchishda ham yuzaga kelishi mumkin. Patologiya holatida ham xuddi shunday jarayonga duch kelinadi.
Ekstroretseptiv sezgilar moddalikdan (5 tadan) tashqari intermodal nospetsifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi. Masalan, eshitish organi (a’zosi) orqali sekundiga 10-15 tebranishni sezish mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopqog‘i, tirsak, tizza uchlari orqali) payqash – vibratsiya sezgirlik deyiladi. Masalan, karlarning tovushlarning idrok qilishi, pianinoni ushlab turish, pol yoki mebelning harakati kabilar. Odatda vibratsion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. Intermodalning boshqa bir ko‘rinishi mana bunday holatda namoyon bo‘ladi:
a) hid, ta’m va maza sezgilarida;
b) o‘ta kuchli tovushda, o‘ta yorqin yorug‘likda;
v) tricheminal, ya’ni uch xil ta’sirning uyg‘unlashgan, integrativ holatida kabilar.
Sezgining nospetsifik shakli – terining foto sezgirligi ranglarning nozik jilolarini ajratish, qo‘l uchlari bilan sezish orqali ro‘yobga chiqadi. Terining foto sezgirligi A. N. Leontev tomonidan kashf qilingan bo‘lib, bu narsa ko‘pgina holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Ushbu kashfiyot qo‘l uchiga yashil va qizil rangli yorug‘lik yuborish orqali dunyo yuzini ko‘rgan. Rang signallarining og‘riq qo‘zg‘atuvchilar bilan munosabati qiyosiy jihatdan olib borilganda, insonni faol mo‘ljallash (orientirlash) jarayonida uning qo‘l uchi terisiga kelib tushadigan rang nurlarini farqlashga o‘rgatish mumkin ekan.
Psixologiya fanida trening foto sezgirligi tabiati hali etarli darajada o‘rganilgani yo‘q. Shunga qaramasdan, talamitik tizim va po‘st ostining qo‘zg‘alganida asab tizimi hamda teri ektodermlaridan kelib chiqqan, atrofga yoyilgan (tarqalgan), rudimentlar yorug‘lik sezish elementlari maxsus sharoitda muaffaqiyatli harakat qiladi. Ko‘pincha “oltinchi tuyg‘u, hissiyot” sharofat bilan inson tomonidan ―masofa‖ni sezish, ko‘r odamlarda to‘siqni his qilish ushbu jarayon uchun yorqin misol bo‘la oladi. Ehtimol, yuz terisining issiq havo to‘lqinlarini idrok qilish, to‘siq oralig‘ida mavjud bo‘lgan tovush to‘lqinlarini (tebranishlarini) o‘zida aks ettirish terining foto sezgirligini ilmiy jihatdan izohlashga muayyan negiz (asos) bo‘lib xizmat qilish mumkin.
Kasbiy psixologiya fanida sezgi nazariyalari: kasbiy psixologiya fanida shunday ilmiy dalillar mavjudki, mabodo inson axborotlarning shaxobchasidan mahrum bo‘lsa, u holda u uyqu holatiga sho‘ng‘iydi. Sezgini bunday tarzda tushuntirilishiga nisbatan har xil munosabatlar psixologiya tarihida mavjud bo‘lib ularning hech qaysisi asosiy manba ekanligiga shubha bilan qarashga moyildirlar. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz va haqiqiy mohiyatini ochib berishga intilamiz.
Nemis faylasufi Xristian Volf “Ratsional psixologiya” (1732 yil) va “Emperik psixologiya” (1734 yil) kitoblarida: ongning ichki holati, aqliy fikr yuritishga qobiliyatlilik tabiiy moddiy asos zamiridan kelib chiqib, tashqi olamdan kelib tushadigan axborotlar shaxobchasiga, ya’ni sezgi kanaliga, hech qanday bog‘liq ematushuntirishga harakat qildi. Sezgilarga mana bunday yondashish nazariyotchisi “fanga ratsionalizm” tushunchasi bilan birga kirib keldi. X.Volf va uning tarafdorlari psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira va boshqalar) murakkab ijtimoiy – tarixiy taraqqiyot mahsuli emas, degan g‘oyani ilgari surdilar. Shuning bilan birga “Ong”, “Aql” tarixiy evolyusiya natijasi emas deb, inson psixikasiga o‘zgacha yondashib, uni izohlab berish mushkul bo‘lgan “birlamchi” xususiyat ekanligini tushuntirishga intildilar.
Mazkur nazariyaga asoslangan psixologlar insonning sezgilari uning tashqi olam bilan bog‘lab turuvchi birdan-bir shaxobcha ekanligini inkor qilishgacha borib etdilar va voqelikni mana bunday tarzda izohlashga harakat qildilar: go‘yoki sezgilar insonni tashqi olamdan ajratib turadilar, ular atrof-muhit o‘rtasidagi bartaraf qilib bo‘lmaydigan devor hisoblanadilar. Berkli, YUm, I. Myuller, Gelmgols singari olimlar sezgi organlarining «spetsifik energiyasi» nazariyasini ishlab chiqdilar Bu g‘oyaning asoschisi sifatida Iogann Myuller qat’iy pozitsiyada turib, uni butun vujudi bilan himoya qilishga intildi. Ushbu nazariyaga binoan, har qaysi sezgi a’zosi xoh quloq, xoh til, xoh teri bo‘lishidan qat’iy nazar, tashqi dunyoning ta’sirini aks ettirmaydi, atrof muhitda bo‘lib turgan real, yaqqol jarayonlar yuzasidan axborotlar berishga qobil emas, faqat u tashqi ta’sirdan shaxsiy jarayonlarning qo‘zg‘atuvchisidan turtki oladi, xolos. Mazkur nazariyaga ko‘ra, har bir sezgi a’zolari o‘zining “spetsifik energiyasi”ga ega, har qanday ta’sirdan qo‘zg‘aladi. Masalan, ko‘zni bosib, unga elektr toki bilan ta’sir qilib ko‘rilsa, unda yorug‘lik sezgisi hosil qilinadi; quloqqa elektr qo‘zg‘atuvchisi bilan ta’sir o‘tkazilsa, u holda tovush sezgisi vujudga keladi. Binobarin, sezgi a’zolari tashqi ta’sirni aks ettirmaydi, balki ulardan, ya’ni ularning ta’siridan qo‘zg‘aladi, xolos. Inson hech qachon tashqi voqea, yaqqol dunyoning ob’ektiv ta’sirlarni idrok qilmaydi, balki sezgi a’zolari faoliyatida o‘zlarining shaxsiy sub’ektiv holatlarini aks ettiradi.
Mazkur nazariyaga binoan, inson ob’ektiv dunyoni idrok qila olmaydi, u sub’ektiv jarayonlarni aks ettiradi, oqibat natija “dunyo element” (mayda qism) larni idrok qilish vujudga keladi. Psixologiya tarihida “sub’ektiv idealizm” degan yo‘nalish ham yuzaga kelgan bo‘lib, ungacha, “inson faqat o‘zi”nigina biladi, xolos. Undan tashqari hech narsa hukm surishi mumkin emas. Bu nazariya o‘ziga xos g‘oyaga ega bo‘lib, fan tarixida “solipsizm” (yagona “Men”) nomini olgan edi.
|
| |