• Sezgi turlarining psixologik tavsifi
  • 3. Xayol va kasbiy faoliyat
  • -rasm. «Dunyo element» idrok etish Sezgilarning umumiy qonuniyatlari va sezgirlik




    Download 43,37 Mb.
    bet99/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    33-rasm. «Dunyo element» idrok etish


    Sezgilarning umumiy qonuniyatlari va sezgirlik. Sezgilar o‘zlariga adekvat bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilarni aks ettirish shakllaridan biri hisoblanmish bilish jarayonlaridir.
    Sezgilarning o‘zgarishi adaptatsiya va sensibilizatsiya holatlarida o‘z ifodasini topadi.
    Adaptatsiya (lot. – moslanmoq, adapto) – sezgi organlari, ya’ni a’zolari (analizatorlar)ning taassurot kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning o‘zgarishidan iboratdir. Adaptatsiya hodisasida sezgirlik ortishi yoki kamayishi mumkin. Kuchli ta’sirdan kuchsiz ta’sirotga o‘tganda, sezgirlik asta-sekin ortib boradi, ta’sirot kuchayganda esa sezgirlik kamayib boradi (ko‘ruv, eshituv, hid bilish, teri-tuyush va hakazo).
    Sezgilarga bag‘ishlangan ekspremental tadqiqotlar quyidagi yo‘nalishlarda olib borilganligini sanab o‘tish maqsadga muvofiq:
    1. Veber va Fexnerlarning “psixofiziologik qonuni”ning ochilishi.
    2. G. Ebbingauzning xotira yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotlari negizi.
    3. G. Gelmgolsning sezgi organlari to‘g‘risidagi psixofiziologik ishlari va ishlamalari.
    4. V. Vundtning psixofiziologiyadagi sezgilar va harakatlar bo‘yicha olib borgan izlanishlari.
    5. P. P. Lazerov tomonidan yorug‘lik toni muammosining o‘rganilishi.
    6. E. N. Sokolov, S. V. Krakov kabi tadqiqotchilar o‘tkazgan tajribalar va olingan qonuniyatlarning talqini.
    Sezgi turlarining psixologik tavsifi: psixologiya fanida uchta katta guruh (turkum)ga ajratilgan sezgilar (eksteroretseptiv, prioretseptiv, interoretseptiv) o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi:
    1. Ko‘rish sezgilari.
    2. Eshitish sezgilari.
    3. Hid bilish sezgilari. Eksterotseptiv
    4. Ta’m bilish sezgilari
    5. Teri sezgilari.
    6. Muskul-harakat (kinestetik).
    7. Statik sezgilar Propriotseptiv
    8. Organik sezgilar. Interotseptiv


    3. Xayol va kasbiy faoliyat
    Xayol va kasbiy faoliyat: psixologiyada xayol tafakkur singari bilish jarayonlaridan biri hisoblanib, u insonining ichki va tashqi xususiyatli va izlanishli faoliyatida, muayyan darajaga ega bo‘lgan muammoli vaziyatning vujudga kelishi va uning hal qilinishida ishtirok etadi. Agarda xayolni genetik jihatidan kelib chiqishi tahlil qilinadigan bo‘lsa, u albatta insonning mehnati mahsulini obrazlar, timsollar yordami bilan aks ettirmasdan turib, bevosita faoliyatga kirishish mumkin emas, chunki fikri mulohazalarni tasavvur qilish tufayli yaqqol tafakkurning predmetiga uzatiladi. Xuddi shu boisdan xayol yordami bilan inson tomonidan kutilayotgan natija, ya’ni kutilmagan tasavvur obrazlari yaratiladi, go‘yoki bu jarayonda ijodiy faoliyatning modeli ishlab chiqiladi, fantastik timsollar tizimi yangiliklarning mutlaq tarkiblari bilan boyib boradi, ichki faollik esa uning mexanizmiga aylanadi.
    Odamning har qanday izlanishli, mehnat va ijodiy faoliyatlari xayoliy jarayonlarni o‘z ichiga qamrab oladi, kashfiyotning dastlabki obrazlari, tarkiblari aniq voqelikdan uzoq bo‘lishidan qat’i nazar taraqqiyot (rivojlanish), turtkisi vazifasini bajaradi. Odatda xayol inson faoliyatining zaruriy tarkibi, muhim sharti sifatida uning turlari atamasi nomlari bilan ifodalanadi, chunonchi badiiy, adabiy, ilmiy izlanishli, musiqaviy, loyihaviy, konstruktorlik. evristik (fikriy topqirlik), ijodiy faoliyat kabilar. Shaxs tomonidan bajarilishi, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan har qanday faoliyatning mahsuli oldindan tasavvur qilinishi, yaxlit timsol shaklda ko‘z o‘ngiga keltirilishi shart.
    Jahon psixologiyasida xayol insonning ijodiy faoliyatning tarkibiy qismi sifatida talqin qilinadi, u tizimiy xususiyatli xatti-harakatning oraliq va yakuniy mahsullari orqali aks etadi, muammoli vaziyatda noaniqlik, noma’lumlik alomatlari vujudga kelsa, u holda faoliyat rejasini qayta ko‘rib chiqishni ta’minlaydi. Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, hech qachon xayol ijodiy faoliyat dasturining yaratuvchisi sifatida namoyon bo‘lmaydi, balki uning ayrim o‘rinlarini to‘ldirishning va almashtirishning timsollarini yaratadi, xolos.
    Xayolning bilish jarayoni sifatidagi asosiy vazifasi shundan iboratki, u amaliy faoliyat boshlanmasdan turib, uning mahsulini oldindan tasavvur qilish va ularning timsollar tariqasida vujudga keltirishdan iboratdir. Inson shaxsiy faoliyatida ayrim qiyinchiliklar vujudga kelsa, ularni bartaraf qilish uchun odam o‘ylanadi, fikriy obrazlarni yaratadi, ularga yangi qo‘shimchalar kiritadi, xullas mahsulotning sifatli chiqishini, uning buyum tariqasida namoyon bo‘lishini xayol uzluksiz ravishda ta’minlab turadi. Aytaylik, inson stul yasamoqchi bo‘lsa, u eng avval unga oid qismlarni tayyorlaydi, shaxs xayolan uning sifatiga e’tibor beradi, keyin ularni yaxlitlaydi, o‘zaro birlashtiradi hamda buyum shaklida gavdalantiradi. Binobarin, xayol ishning har bir bosqichida bevosita ishtirok qiladi, yo‘l-yo‘lakay ko‘rsatmalar, qo‘shimchalar kiritib boradi.
    Xayol bilish jarayonlari bilan uzviy aloqada hukm suradi, ularni aks ettirish imkoniyatining to‘laroq ro‘yobga chiqishiga yordam beradi. Ayniqsa, u tafakkur bilan bevosita aloqada bo‘ladi, xuddi shu boisdan ularning har ikkalasi ham bashorat qilish, oldindan payqash, sezish, istiqbol rejasini tuzish imkoniyatiga ega. Shuning uchun ular o‘rtasida bir qator o‘xshashliklar va ayrim farqlar mavjuddir. Bu holat quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: 1) xayol tafakkur singari muammoli vaziyatda, masala va topshiriqlar echish jarayonida tug‘iladi; 2) yangi echim, usul, vosita qidirishda va ularni saralashda umumiylik mavjud; 3) xayolning ham, tafakkurning ham paydo bo‘lishi shaxsning ehtiyojlariga bevosita bog‘liq; 4) ehtiyojlarni qondirishning dastlab xayoliy obrazlari yaratiladi, uning natijasida vaziyatni yorqin tasavvur qilish imkoni tug‘iladi; 5) xayolda oldindan aks ettirish jonli tasavvurlar tarzida, yaqqol timsollar shaklida vujudga kelsa, tafakkurda ular umumlashmalar, tushunchalar bilvositalik xususiyati orqali ro‘yobga chiqadi.
    Shuni alohida ta’kidlash joizki, muammoli vaziyatda aql faoliyati natijalari ong nazoratidagi obrazlar, tasavvurlar hamda tushunchalar tizimida ifodalanadi. Obrazlar va tasvirlar tanlash (saralash) xayolning funksiyasi orqali tushunchalar va ularning yangilik alomatlari esa tafakkur yordamida ro‘yobga chiqadi. Tasavvurlar bilan tushunchalarning o‘zaro uyg‘unlashuvi ikkita ijodiy xususiyatli bilish jarayonlarining hamkorlikdagi ijodiy faoliyatida bir davrning o‘zida qatnashishni birdiradi. Faoliyatning tarkibiy qismlari ularning qanday amalga oshirilishi to‘g‘risidagi yaqqol obrazlarni uzviy bog‘lanib ketgan fikriy mulohazalarning qo‘shilishi tufayli harakatchanlik imkoniyatiga ega bo‘ladi.
    Xayol jarayoni tafakkurdan farqli o‘laroq muammoli vaziyatning ma’lumotlari qanchalik noaniq bo‘lsa, shunchalik ta’savur obrazlari yaralishi uchun qulay imkoniyat tug‘iladi, uning mexanizmlari tezkorlikda ishga tushadi. Masalan, yozuvchining xayoli asar qahramonlarining taqdiri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, konstruktor, muhandis, me’mor kabi mutaxassislarga qaraganda nihoyat darajada katta noaniqliklarga ega, voqelikdan tubdan uzoq fantaziya olamida obrazlar, chizg‘ilar, badiiy to‘qimalar yaratadi. Ma’lumki, aniq dunyoviy fanlarning qonuniyatlariga qaraganda insonning psixikasi, uning xatti-harakatlari qonuniyatlari murakkab va etarli darajada ma’lumotlarga ega emas. Xuddi shu boisdan bosh miya katta yarim sharlari funksiyasining qariyb uchdan bir qismini ilmiy dalillar asosida tushuntirib bera olishimiz mumkin, xolos.
    Muammoli vaziyat o‘zining xususiyatiga ko‘ra bir davrning o‘zida ham xayolning, ham tafakkurning ishtirok etishini taqozo qiladi. Agarda muammoning echimi, masalaning sharti aniq bo‘lsa, bu holda tafakkurning ishtiroki ustuvorlik qiladi, mabodo noma’lumliklarning miqdori ko‘payib ketsa, u taqdirda xayol yoki fantaziya etakchi rol o‘ynay boshlaydi. Muammo echimining turli usullari, ularning invariantlari, muayyan qonunlari, qoidalari ta’riflari mavjud bo‘lgan taqdirda faoliyat tafakkur yordami bilan amalga oshiriladi.
    Xayolning eng ahamiyatli tomoni shundan iboratki, u tafakkur predmetiga taalluqli holatlardagi etishmovchilikda ham u yoki bu yo‘l bilan muammoli vaziyatdan engilroq chiqib ketishga muhim zamin hozirlaydi. Insonda mavjud narsalarning ichki tuzilishi, uning rivojlanishi, o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning etishmasligi tufayli shaxs xayolga va fantaziyaga murojaat qiladi. Biosfera va neosferada insoniyat uchun noma’lum o‘rganilmagan sohalar mavjud ekan, demakki, xayol uzluksiz ravishda o‘z funksiyasini bajaraveradi, shuning uchun xayolning qaysi turi hukm surayotganligidan qat’i nazar u ijobiy hodisa sifatida baholanishi lozim. Chunki, xayol insonning aqliy zo‘r berishda, stress, affekt holatlarida asab tizimining tangligidan xalos etib, tana a’zolari funksiyasini tiklaydi, ishchanlik qobiliyatini barqarorlashtiradi.
    Xayol o‘zining faolligi bilan atrof muhitni o‘zgartirishga yo‘naltirilgan shaxsni ijodiy faoliyatining muhim sharti sifatida xizmat qiladi. Ba’zi bir psixologik ma’lumotlarga qaraganda, goho xayol faoliyatning funksiyasini bajaradi, bunda u xatti-harakatlarning sun’iy ravishdagi majmuasi vazifasini ijro etadi, xolos. Inson quyidagi holatlarda yaqqol tasavvurdan yiroq bo‘lgan xayolot olamiga kirib borishi mumkin: 1)inson hech qanday yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydigan masalalar, muammolar iskanjasidan berkinish maqsadida; 2) turmushning og‘ir sharoitlaridan, zahmatlaridan himoyalanish niyatida; 3)shaxsiy nuqsonlarning ta’qibidan; 4) ushalgan armondan; 5) patologik holatga (ruhiy nuqsonga)uchraganda; 6)alkogolizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda. Xayolot (fantaziya) turmushda gavdalanishi mumkin bo‘lmagan, amalga oshirish imkoniyati yo‘q xatti-harakatlar dasturini namoyon etadi.
    Yuqoridagi mulohazalar negizidan kelib chiquvchi xayolning bunday shakli psixologiya fanida passiv (sust) xayol deb nomlanadi. Psixologiyada aktiv (faol), ixtiyoriy, ixtiyorsiz, tiklovchi va ijodiy turlar to‘g‘risida ham muayyan ma’lumotlar mavjuddir.
    Inson passiv xayolni oldindan ixtiyoriy rejalashtirib yuzaga keltirishi ham mumkin. Xuddi shu bois iroda bilan hech bir bog‘liq bo‘lmagan, jo‘rttaga «kashf» qilingan, biroq hayotda gavdalantirishga yo‘naltirilgan xayolning o‘ziga xos obrazlari majmuasi «shirin xayol» deyiladi. Odatda «shirin xayol»da fantaziyaning mahsullari bilan insonning ehtiyojlari o‘rtasidagi aloqa engillik bilan yuzaga kelganligi tufayli quvonchli, yoqimli, qiziqarli narsalar haqida odamlar xayol suradilar. Inson qanchalik shirin xayolga berilsa, u shunchalik darajada passiv shaxs sanaladi, bu ko‘rinish uning nuhsoni hisoblanadi. Passivlik (sustkashlik) kishinig qiyinchiliklarini engishdan chetlashtiradi, yashash uchun kurashga xohish yo‘qoladi, demak, u reallikdan tubdan uzoqlashadi. Goho passiv xayol hech o‘ylamaganda, ixtiyorsiz ravishda vujudga kelishi ham mumkin, bunda quyidagi holat yuz beradi; A) ong nazoratining kuchsizlanishi, B) ikkinchi signallar tizimining susayishi, V) insonning vaqtincha harakatsizlanishi, G) uyqusirash kezida, D) affektiv vaziyatdan, E) tush ko‘rishda, YO) gallyusinatsiyada, J) patologik holatlarda va hokazo.
    Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, passiv xayol ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga ajratilganidek, aktiv xayol tiklovchi va ijodiy ko‘rinishlarga bo‘linadi.
    O‘zining mohiyati bilan tasavvurlarga muvofiq keladigan tasavvurlar, tasvirlar tizimini yaratuvchi xayol «tiklovchi xayol» deb ataladi. Tabiyatga, jamiyatga va shaxslararo munosabatga, bilimlarga oid ma’lumotlar o‘rganilishida xayol bevosita ishtirok etadi hamda matnlarda, rasmlarda, xaritalarda aks ettirilgan narsalar qayta tiklanali. Ijtimoiy tajribada, ta’lim-tarbiya jarayonida fazoviy xayol, vaqt va harakat birliklariga oid axborotlar, masofa, hajm to‘g‘risidagi xabarlarga diqqat bilan sinchkovlik bilan qarash, tikilish jarayonida mazkur xayol turi rivojlanadi.


    Download 43,37 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. «Dunyo element» idrok etish Sezgilarning umumiy qonuniyatlari va sezgirlik

    Download 43,37 Mb.