• 12-mavzu. Kasbiy motiv va motivatsiya mehnat faoliyati motivlari
  • «servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi




    Download 43,37 Mb.
    bet72/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    Nazorat savollari
    1. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs?
    2. Shaxsning ijtimoiylashuv jarayoniga nimalar kiradi?
    3. Kasbiy saralashda shaxslarning anotomik xususiyatlarini hisobga olish ?
    4. Kasbiy saralash jarayonida amalga oshiriladigan ishlarga nimalar kiradi?
    5. Kasb tanlash yo‘nalishlarini gapiring?
    6. Kasbiy tayyorgarlik haqida tushuncha bering?
    12-mavzu. Kasbiy motiv va motivatsiya mehnat faoliyati motivlari
    Reja:
    1. Ishdagi psixologiya
    2. Shaxs motivatsiasi Amerikalik olimlar talqinida
    3. Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish muammosi
    4. Motiv tasnifi.
    Tayanch iboralar: karera, ish, shaxs nazariyalari, motiv va motivatsiya, shaxs motivatsiasi, ijtimoiy ustanovka


    Ishdagi psixologiya
    Mehnat faoliyati eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib, uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishdir.
    Z.Freydning ta’kidlashicha sog‘lom turmush tarzi mehnat va sog‘lom muhabbat bilan to‘ldiriladi. Bizning ko‘pchiligimiz uchun mehnat hayotning eng katta va faol mashg‘ulotidir. Yashash bu mehnatdir. Mehnat faoliyati Maslou piramidasidagi ehtiyojlarni qondirishga yordam beradi. Mehnat faoliyati bizni ta’minlaydi. Mehnat faoliyati orqali biz boshqalar bilan kommunikativ aloqaga kirishamiz. Mehnat faoliyati bizning kim ekanligimizni anglatadi. Birinchi bor kim bilandir ko‘rishganimizda qiziqib «Siz kimsiz?» «Qanday faoliyat bilan shug‘ullanasiz?» «Nima ish qilasiz?» deb savol beramiz.
    Ishimizga bo‘lgan e’tibor, munosabatlar yoki tenglikdan qoniqish hosil qilmasak, kim uchun yoki qaerda ishlashimizdan qat’iy nazar ish joyimizni o‘zgartirishimiz mumkin. Masalan, Avstraliyaliklarning 16 foizi xuddi shu sabab bilan o‘z ishlarini o‘zgartirdilar. (Trevin 2001). Shuning uchun ko‘pgina odamlar na muqim ish joyiga emas va o‘zlari hohlagan karera bo‘yicha faoliyat yuritmaydilar. Yigirma yil oldin hozirgi kunda sizning qo‘lingizdagi bu kitobni o‘qiyotganingizda mehnat faoliyati qanday bo‘lishini hozirgiday tasavvur qila olmagan bo‘lar edingiz. Siz o‘zingiz uchun kollej litsey yoki universitetlarni tanlashda o‘zingizning layoqat qobiliyatlaringizni anglashingiz va tushunishingiz o‘sha ish muhitiga moslasha olishingizga yordam beradi. Emi Vrzesnievskiy va uning kollegalari (1997- 2001) insonlarning ishlariga bo‘lgan munosabatlarini identifikatsiya yordamida o‘rganadilar.
    Buning natijasida qo‘yidagilar ma’lum bo‘ldi: ba’zi odamlar o‘z ishlarini faoliyat sifatida, bajarish kerak bo‘lganligi uchun pul topishning bir yo‘li deb bajaradilar. Boshqalar esa o‘z ishlarini jamiyatda ijtimoiy mavqeiga ega bo‘lishning bir imkoniyati sifatida ya’ni karera uchun bajaradilar. Qolganlari esa o‘z ishlarini ijtimoiy foydali mehnat deb biladilar va ishidan mazmun va qoniqish hosil qilib, maza qilib, rohatlanib ishlaydilar.18
    Oddiygina biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador bo‘lgan ma’lumotlarni eslab qolish va kerak bo‘lganda yana esga tushirish orqali uni bajarish bo‘lmay, balki ham ichki (psixik), ham tashqi (predmetga yo‘naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bog‘liq murakkab jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan shug‘ullanishiga majbur qilgan psixologik omillar - sabablar muhim bo‘lib, bu faoliyat motivlaridir.
    Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi.
    Olimlar, maslahatchilar va professional boshqaruvchilar, sanoatlashgan ruhiy tashkilotlar ish davomida xilma xil soha yo‘nalishlarini topishmoqda. Kasbiy faoliyat chuqur, umumiy va maxsus tayyorgarlik ko‘rilgan, ishlash tajribasi natijasida egallangan maxsus bilimlar va amaliy ko‘nikmalar to‘plamiga ega insonning faoliyati, mashg‘ulot turidir.
    Kasbning rivojlanish mantiqi shundaki, u boshlanishida odamlarning ma’lum bir talablaridan paydo bo‘ladi. Keyin amaliy tajribani yig‘ish va uni chuqur mulohaza qilishda amalga oshiriladi. Kasbiy faoliyatning nazariy bazasi shakllantiriladi. Kadrlarni tayyorlash masalasi hal qilinadi. Mutaxassisning amaliy faoliyatiga ilmiy asoslar beriladi, bu tashqarida, kasbiy jurnallar, monografiyalar, o‘quv-uslubiy adabiyotlarning paydo bo‘lishida aks etadi; kasbiy tashkilotlar yaratiladi.
    Jumladan, turli shakllar va nomlar bilan ataladigan ijtimoiy xizmatchining kasbi turli tarixiy va turli madaniy-tarixiy davrlardan buyon ma’lum. Ijtimoiy ishning birinchi marta tilga olinishi eramizdan avvalgi 1750 yilga taalluqlidir. Bu vaqtda Bobilda adolat kodlari – fuqarolik aktlari yaratilgan bo‘lib, ular odamlarni o‘z yaqinini sevishga, kambag‘allar to‘g‘risida qayg‘urishga chorlaydi. Qadimgi Gretsiyada ijtimoiy ish «filantropiya» (yunon tilidan tarjima qilinganda «insoniyatga nisbatan muhabbatni ifodalash» ma’nosini bildiradi) sifatida ma’lum bo‘lgan, Rimda esa– «xalq an’anasi» sifatida qadimgi inklar yordam berish jarayonini «minka» deb, ma’jusiy slavyan qabilalari «slepnya» deb ta’riflaganlar. Rossiyada ijtimoiy ish 1864 yildagi er islohotlarini o‘tkazish davrida paydo bo‘ldi, lekin u paytda bu nom bilan atalmagan edi. Ijtimoiy xizmatchilarning e’tiborini ko‘rlarga, kambag‘allarga, qarovsiz bolalarga, boshpanasiz yoshi katta odamlarga qaratish bo‘yicha funksiyalarni maxsus vakillar bajarganlar. Bu faoliyatning muvaffaqiyati, boshqa istalgan har qanday faoliyatdagi kabi, odamlarning bilimlariga, hayotiy tajribasiga va kasbiy mahoratiga bog‘liq edi.
    Jahon amaliyotidagi zamonaviy yondashish ijtimoiy ish, ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan faoliyat shakllaridan biri ekanini aniq-ravshan tushuniladi. Shu nuqtai nazardan ijtimoiy ish jamiyatdagi ijtimoiy katalizmlarni va ziddiyatlarni qat’iy to‘xtatib turadigan vosita hisoblanadi va unga jamiyat va davlat qanchalik ko‘p mablag‘ ajratsa, u shunchalik samaraliroq bo‘ladi. Demak, jamiyatning katta qismini oldindan tayyorlamasdan va roziligini olmasdan ijtimoiy qayta taqsimlashga yo‘g‘rilgan zamonaviy Rossiyaga tadbiq qilinsa, ijtimoiy xizmatlarning jadallik bilan rivojlanishi, ijtimoiy ishga jamoat birlashmalarini, xayriya jamg‘armalarini, ijodiy va kasbiy ittifoqlarni, konfessiyalarning qo‘shilishi siyosiy masala va ayni paytda milliy xavfsizlik sohasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biridir.19
    Bizning mamlakatimizga ijtimoiy ish amaliyotida, uning paydo bo‘lishidan boshlab hozirgi vaqtgacha, ijtimoiy pedagogikaning asosiy, hal qiluvchi rol o‘ynashi xosdir. Bunda «ijtimoiy pedagogika» tushunchasi «maktabdagi ijtimoiy ish» tushunchasiga teng emasligini tushuntirish muhim. Ijtimoiy pedagogika yoki sotsiumdagi pedagogik munosabatlar aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati uchun ilmiy asos sifatida ko‘riladi. Bu sotsiumdagi munosabatlarga tashxis qo‘yish, ularni aniqlash va pedagogik maqsadga muvofiq ta’sir etish imkonini beradi.
    Ijtimoiy ish va ijtimoiy pedagogika muammolarining ko‘lami katta va o‘zida hayotiy vaziyatlarning juda ko‘p qirralarini va turli yoshdagi va ijtimoiy holatdagi odamlarning kolliziyalarini mujassamlashtiradi.
    Quyidagi uchtagina misol yordamida hozirgi kun ijtimoiy pedagoglari va ijtimoiy xizmatchilari nima ishlar bilan bandligini tasavvur etish mumkin;
    1. Ijtimoiy xizmatchi birinchi navbatda qaysi muassasalar bilan aloqa o‘rnatishi lozim?
    2. Bu oila bilan qanday reja asosida ish olib borish kerak?
    Ijtimoiy xizmatchilar inson va jamiyatning quyidagi ijtimoiy muammolarini yechish uchun tashkil etilgan:
     ijtimoiy va psixologik ziddiyatlar, inqirozlar, stressli vaziyatlar;
     hissiy va ruhiy muammolar;
     muhtojlik va qashshoqlik;
     ichkilikbozlik va giyohvandlik;
     zo‘ravonlik va diskriminatsiya;
     irqiy va milliy muammolar;
     jinoyatchilik va qonunbuzarlik;
     ishsizlik va kasbiy moslashish;
     nogironlik va yolg‘iz qarilik;
     uy-joy muammosi;
     vosiylik, vasiylik, farzandlikka olish;
     ota-ona shafqatsizligi va boshqalar.
    Ijtimoiy ish boshiga kulfat tushgan odamlarga yordam berish bilangina chegaralanadi, deb o‘ylash noto‘g‘ri. Shu bilan birga u ijtimoiy nazoratning eng nozik vositalaridan biri hamdir. G‘amxo‘rlik qilish va nazoratning funksiyalari o‘rtasidagi ziddiyat, yordamning har qanday turida nazorat qilish elementlarining muqarrar mavjud bo‘lishi – ijtimoiy xizmatchilar har doim to‘qnash keladigan dilemmalardan biridir. Bu dilemma yana bitta jiddiy muammo bilan, ya’ni: ijtimoiy xizmatchi birinchi navbatda kimning manfaatlarini ifodalaydi – davlatningmi, ish beruvchiningmi, mijozningmi yoki umuman jamiyatning?-degan masala bilan ham bog‘liq.
    Kasbiy qadriyatlar tizimi nuqtai nazaridan, ijtimoiy xizmatchi eng avvalo mijoz manfaatlarini undan keyin – jamiyat va undan ham keyin esa - o‘zining tashkiloti va davlat manfaatlarini ifodalashi kerak. Ustuvorliklarning bunday tizimini hayotga tadbiq etish har doim ham yengil ko‘chmaydi. Ko‘pincha ijtimoiy xizmatchiga hamkasblarining qo‘llab-quvvatlashi va umuman kasbiy hamjihatlikka tayangan holda ular uchun kurashishga to‘g‘ri keladi.
    Bugungi kunda «ijtimoiy ish» kasbiga ko‘plab va turfa mutaxassisliklar ko‘lami mos keladi: ijtimoiy pedagog-psixolog; etnolog; ijtimoiy huquqshunos, ekolog, valeolog, ijtimoiy animator, gerontolog, yanada torroq mutaxassisliklar, ijtimoiy xizmatchilar (qochqinlar, nogironlar, «xatar guruhlari» bilan ish olib boradigan mutaxassislar, tibbiy ijtimoiy xizmatchi va boshqalar) yoki ma’lum muassasalarda (maktabdagi, ishlab chiqarishdagi ijtimoiy xizmatchi), mikromuhitning maxsus sohalaridagi (qabiladagi, qishloqdagi ijtimoiy xizmatchi; harbiy sohadagi ijtimoiy xizmatchi; favqulodda vaziyatlardagi ijtimoiy ish; ijtimoiy ishni tashkil etish).
    tashxis qo‘yish – mutaxassis «ijtimoiy tashxis» qo‘yadi, psixologik va yoshga oid xossalarni, insonning qobiliyatlarini o‘rganadi, uning manfaatlari olamiga, muloqot doirasiga, uning hayoti sharoitlariga kirib ketadi, nisbiy va salbiy ta’sirlarni, muammolarni aniqlaydi;
    tashkiliy - mutaxassis u yoki bu faoliyatni amalga oshiradi, dam olishning mazmuniga ta’sir ko‘rsatadi, ishga joylashishga, kasbiy yo‘nalishga va moslashishga yordam beradi, o‘smirlar va yoshlar tashkilotlari faoliyatini markazlashtiradi, mijozni tibbiy, ta’lim, madaniy, sport, huquqiy muassasalar va xayriya tashkilotlari bilan o‘zaro ta’siriga ta’sir o‘tkazadi;
    prognostik - mutaxassis mikrorayon va ma’lum bir mikrosotsiumning ijtimoiy rivojlanish jarayonini dasturlashtirish va oldindan aytib berish bo‘yicha ijtimoiy ishda qatnashadigan turli institutlarning faoliyatida ishtirok etadi;
    ogohlantirish – profilaktik va ijtimoiy-terapevtik – mutaxassis salbiy ta’sirlar oldini olish va bartaraf etishning ijtimoiy-huquqiy, yuridik va psixologik mexanizmlarini harakatlantiradi va ularda o‘zi ham qatnashadi, muhtojlarga sotsioterapevtik yordamni tashkil etadi, jamiyatda huquqlarning himoyasini ta’minlaydi, o‘smirlarga va yoshlarga ijtimoiy va kasbiy o‘zini-o‘zini aniqlash davrida yordam ko‘rsatadi;
    tashkiliy-kommunikativ – mutaxassis ko‘ngilli yordamchilarning, aholining ijtimoiy ishga, birgalikda mehnat qilish va dam olishga, xizmat bo‘yicha va shaxsiy muloqotlarga kirishishiga ko‘maklashadi, axborot to‘playdi va turli ijtimoiy institutlar o‘rtasida, ularning mijoz bilan ishlashida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
    qo‘riqlash-himoya qilish – mutaxassis mijozlarning manfaatlarini himoya qilish uchun huquqiy me’yorlarning barcha majmuini ishga soladi, mijozlar huquqiga nisbatan bevosita yoki bavosita g‘ayri qonuniy harakatlarga yo‘l qo‘yayotgan shaxslarga nisbatan davlat tomonidan majburlash va yuridik javobgarlik choralari qo‘llanilishiga yordam ko‘rsatadi.
    Ijtimoiy ishni tashkil etish va boshqarish sohasida band bo‘lgan xizmatchi ijtimoiy yordamning turli xil muassasalari bilan ishlashi, turli ko‘rinishdagi ijtimoiy ishlar olib borishiga to‘g‘ri keladi. Turli muassasalarda ijtimoiy yordam tashkilotchilarining ishida o‘ziga xosliklar ham mavjud bo‘lib, ular avvalo ijtimoiy ishning quyidagi yo‘nalishlarida namoyon bo‘ladi: a) oilaga yordam berish; b) ekstremal vaziyatlarda va “xatar guruhlari” bilan ishlash; v) sog‘liqni saqlash tizimida ishlash; g) ta’lim sohasida ishlash; d) bandlik xizmatlarida ishlash. Tegishli xizmatlarning xodimlari sifatida, ijtimoiy xizmatchilar va ijtimoiy pedagoglar o‘zlarini birinchi navbatda aholining ijtimoiy zaif guruhlarining himoyachilari deb his qilishlari kerak.
    O‘zining vazifasini professional darajada amalga oshirish uchun ular odamlarning qanday rivojlanayotganlari, o‘zaro ta’sir qilayotganlari, o‘zgarishlari, o‘qishlari, qiyinchilik va muammolarga munosabatlari, alohida odamlarga ijtimoiy shart-sharoitning ta’sir o‘tkazishini bilishlari, shuningdek, ishontirish va majburlash usullarini ularning o‘z faolliklarini rag‘barlantirish yo‘lida nozik biriktirishni bilishlari lozim. Ijtimoiy ishdagi muhim jihat - biz ko‘pincha boshqa odamlar uchun nima kerakligini hal qilish huquqiga ega emasligimizni anglashga, ularning o‘zlari mavjud variantlardan eng maqbulini tanlashga izn berishimizga bo‘lgan ishonch. Odatda, ularning mavjud muqobilliklarni anglab yetishida, xulq-atvorning mavjud variantlaridan har birining qiyosiy ustunliklari va kamchiliklarini baholashda, qarorlarni ongli va oqilona qabul qilishda yordam kerak bo‘ladi.
    Bunday yondashuv davlat vakillari odamlarning o‘zini qanday tutishlari lozimligini zo‘rlik bilan tushuntirish, ularga yordam ko‘rsatish xarakterini belgilashda o‘zlarining tavsiyalarini tiqishtirish an’anasi bilan bog‘liq avtoritar yondashuvdan keskin farq qiladi. Mushkul ahvolga tushib qolgan odamlarga o‘zlarining his-tuyg‘ularini ifodalash, tanglik holatidan chiqish yo‘llarini topish, tegishli qaror qabul qilish va uni hayotga tadbiq etishda yordam berish uchun avtoritar ish usullaridan voz kechishdan tashqari har bir odam o‘z hayotini o‘zi muvaffaqiyatli tarzda tashkil etish huquqiga egaligi va layoqatliligiga chindan ishonish ham zarur.20



    Download 43,37 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi

    Download 43,37 Mb.