• Taqrizchilar: K.F. Kerimov
  • Sh. A. Mengliyev, O. A. Abdug‘aniyev, S. Q. Shonazarov, D. Sh. To‘rayev




    Download 10.66 Mb.
    bet1/65
    Sana31.10.2023
    Hajmi10.66 Mb.
    #91592
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
    Bog'liq
    Python2022 dasturlash tili O`quv qo`llanma
    cybersecurity-artificial-intelligence 11111 (1) (1), 1. Nosimetrik shifrlash algoritmlari Assimetrik shifrlash algori, 402-guruh onlayn kurslar, Elektron ta\'limni boshqaruv vositalari 191 Begbo\'tayeva Sadoqat-fayllar.org, 4-labaratoriya mashg\'ulot topshirig\'i, Pythonda turtle kutubxonasi bilan ishlash (1), 1-mavzu. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qoʻllanilishii, Презентация Microsoft PowerPoint (4), Usmon, 9, SANOAT, 1427572, Matematika va informatika ta, 619-guruh dasturlash tillari oraliq nazorat 22.10.2022, Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi1

    SH.A. MENGLIYEV, O.A. ABDUG‘ANIYEV,
    S.Q. SHONAZAROV, D.SH. TO‘RAYEV





    PYTHON





    Dasturlash tili

    Termiz-2022


    UDK 681.3.07
    BBK 32.973.26
    Python dasturlash tili. O‘quv qo‘llanma. Sh.A. Mengliyev, O.A. Abdug‘aniyev, S.Q. Shonazarov, D.Sh. To‘rayev. – Termiz: “Xamidi xususiy firmasi”, 2022. – 165 bet.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’im vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘iga asosan chop etildi.
    Taqrizchilar: K.F. Kerimov – t.f.d.(DSc), dotsent, Toshkent axborot texnоlogiyalari universiteti “Tizimli va amaliy dasturlashtirish” kafedrasi mudiri;
    Ch.B. Normurodov – f.-m.f.d., professor, Termiz davlat universiteti “Amaliy matematika va informatika” kafedrasi mudiri.
    Respublikamizda axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini keng miqyosda qo‘llashni amalga oshirish yuqori malakali dasturchilarni tayyorlash masalasini ko‘ndalang qo‘ymoqda. Shu maqsadda tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma 5330200 – “Informatika va axborot texnologiyalari”(dasturiy ta’minot) ta’lim yo‘nalishi talabalariga “PYTHON dasturlash tili” fanini o‘qitishga mo‘ljallangan, xuddi shuningdek, ushbu o‘quv qo‘llanmadan 5130200 - “Amaliy matematika va informatika”, 5110700 - “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishlari va 5A130202 - “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxasissisligi talabalariga “PYTHON dasturlash tili”, “PHP dasturlash tili”, “Dasturlash tillari”, “Dasturlash asoslari” va “Yuqori bosqichli algoritmik tillar” fanlarini o‘tishga, hamda qo‘llanmadan PYTHON tilida dasturlash ko‘nikmalariga ilgaridan ega bo‘lmagan turli sohada faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin. Qo‘llanmada hozirgi kunda dunyoda keng miqyosida qo‘llanilayotgan PYTHON dasturlash tili ommabop tarzda bayon qilingan, unda foydali maslahatlar, ko‘plab misol va masalalar, hamda ularning PYTHON tilidagi dasturlari keltirilgan. O‘quv qo‘llanma nafaqat yuqorida ta’kidlangan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislik talabalari, balki o‘z faoliyatlari doirasida PYTHON tilidan foydalanuvchi tadqiqotchilar hamda tilni mustaqil o‘rganuvchilar uchun foydali manba vazifasini o‘taydi.
    Широкое применение информационно – коммуникационных технологий в Республике Узбекистан требует подготовки высококвалифицированных программистов. Подготовленное с этой целью данное учебное пособие предназначено для студентов образовательных направлений образования 5330220 – «Информатика и информационные технологии»(программное обеспечение) по проведенаю предмета «Язык программирования PYTHON», а также данное учебное пособие является полезным источником для студентов по направлениям образование 5130200 – «Прикладная математика и информатика», 5110700 – «Методика обучения информатике» и специальности 5А130202 – «Прикладная математика и информационные технологии» по предметам «Язык программирования PYTHON», «Язык программирования PHP», «Языки программирования», «Основы программирования» и «Алгоритмические языка высокого уровня». Также данное учебное пособие будет полезным для исследователей разных отраслей не имеющих навыков программирования. В учебном пособие популярно изложен язык программирования PYTHON, который широко применяется во всём мире. В пособии даны полезные советы, многочисленные примеры и задачи с кодами для них на языке PYTHON. Также пособие станет полезным источником для исследователей использующих в сфере своей деятельности язык PYTHON и для самостоятельно изучающих данный язык программирования.
    The widespread use of information and communication technologies in the Republic of Uzbekistan requires the training of highly qualified programmers. Prepared for this purpose, this tutorial is intended for students in educational areas of education 5330220 - "Informatics and Information Technologies" (software) on the subject "PYTHON programming language ", and this tutorial is a useful source for students in the areas of education 5130200 - "Applied mathematics and computer science ", 5110700 -" Methods of teaching computer science "and specialty 5A130202 -" Applied mathematics and information technology "in the subjects "PYTHON programming language"," PHP programming language "," Programming languages "," Programming basics "and" Algorithmic languages high level". Also, this tutorial will be useful for researchers from different industries who do not have programming skills. The tutorial popularly describes the PYTHON programming language, which is widely used throughout the world. The manual contains useful tips, numerous examples and tasks with codes for them in PYTHON. Also, the manual will become a useful source for researchers using PYTHON in their field and for those who independently study this programming language.
    KIRISH
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019 yil yanvar oyida ilgari surilgan beshta muhim tashabbusidan uchinchi tashabbusida aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora – tadbirlariga oid dasturi doirasida 2019 – 2020 yillarda tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etish va ularda bepul ta’lim berish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha ob’ektini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash ko‘zda tutilmoqda.
    Hozirgi jadal rivojlanish va turli jarayonlarni avtomatlashtirish hamda robotlashtirish davrida dasturlashni bilish va uni o‘z ish jarayonida ishlata olish texnik va pedagogik yo‘nalishda ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalar uchun juda muhim deb hisoblanadi. Bu zamonaviy mutahassislar uchun eng zaruriy talablardan biridir. Sababi hozirgi kunda informatika turli-tuman sohalarda muvaffaqiyatli ravishda qo‘llanilishi mumkinligini hech kim ham rad eta olmaydi. Huddi shuning uchun ham, o‘quv -qo‘llanmaning asosiy maqsadi – o’quvchi talabalarga Python dasturlash tili misolida hisoblash texnikasi vositalarini ishlatish bo‘yicha bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni imkon darajasida singdirishdir. Amaliy maqsadlarda dasturlash tilining imkoniyatlarini ko‘rsatish matematika va ilmiy sohalarga oid bir qancha misol va masalalarni Python dasturiy tilidan foydalanib yechish misolida aniq va ravshan qilib ko‘rsatib o‘tiladi. Shunday qilib, o‘quv - qo‘llanma o‘quvchi talabalar uchun dasturlash tili vositasida turli xildagi amaliy masalalarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga imkon yaratadi. O‘quv - qo‘llanmani o‘qish va undagi materiallarni o‘rganish uchun dasturlash tajribasi bo‘lishi talab etilmaydi va undan endigina dasturchi bo‘lishni orzu qilganlar ham bemalol foydalanishlari mumkin. Shuni ham ta’kidlash kerakki, ushbu o‘quv - qo‘llanmada zamonaviy Python dasturlash tili imkoniyatlari boshlang‘ich o‘rganuvchilar, ya’ni maktab o‘quvchilari, talabalar va mustaqil o‘rganuvchilar tushunishi uchun nihoyatda yengil, tushunarli, kerakli izohlar bilan va sodda xalq tilda izhor qilingan. Python dasturlash tili samarador yuqori darajadagi ma’lumotlar tuzilmasini hamda oddiy, ammo samarador bo‘lgan ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Undan tashqari, bu til o‘rganish uchun oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo‘lgan oz sonli dasturlash tillari jumlasiga kiradi va shu bilan birgalikda unda dasturlash jarayoni juda ham oddiy amalga oshiriladi. Python dasturlash tilining rasmiy sayti – www.python.org bo‘lib, uning muallifi Niderlandiyadagi Matematika va informatika ilmiy adqiqot institutida ishlagan Gvido van Rossum deb hisoblanadi. Pythonning o‘ziga xosligi esa uning oddiyligi, o‘rganishga osonligi, sodda sintaksisga egaligi va dasturlash jarayonini boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minotga egaligidir. Undan tashqari, o‘z dasturingizni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olishingizga hech qanday hojat qolmaydi. Bu dasturlash tili ko‘plab platformalarda hech qanday o‘zgartirishlarsiz ishlay oladi va u interpretatsiya qilinadigan tillar jumlasiga mansub. Bulardan tashqari, Python dasturlash tili imkoniyatlari kengayishga moyil bo‘lgan dasturiy til hisoblanadi. Agar siz dasturingizning biror-bir joyini tezroq ishlashini xoxlasangiz, o‘sha qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib, keyin shu qismni Python kodingiz orqali ishga tushirsangiz (chaqirsangiz) bo‘ladi. Bundan tashqari, Python juda ham ko‘p, foydali hamda xilma-xil dasturlar kutubxonalarga egaligi ham juda muhimdir. Python dasturlash tili sodda va o‘qilishi oddiy bo‘lgan dasturlash tili bo‘lib u inglizcha so‘zlarni qo‘llaydi va u PERL va PHP ga tillariga o‘xshab ketadi. Python interaktiv dasturlash tili bo‘lib, ob’ektga yo‘naltirilgan tillar jumlasiga kiradi, ya’ni, Python ob’ektga yo’naltirish uslubini yoki dasturiy texnikasini qo‘llab-quvvatlaydi. Python boshlovchi dasturchilar tilidir, ya’ni u boshlang‘ich dasturchilar uchun ajoyib til bo‘lib, oddiy matnni ishlashdan tortib, veb-brauzerlaridagi o‘yinlarga qadar keng ko‘lamdagi ilovalarni ishlab chiqishni qo‘llab quvvatlaydi. Python ning buyruqlari va sintaksisi ABC, Modula-3, C, C++, Algol-68, SmallTalk va Unix shell kabi boshqa ko‘plab tillardan va skript tillaridan olingan. Python mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Xuddi Perl kabi, Python dagi manbaa kodi GNU General Public License (GPL) ostida mavjud. Pythonning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




    Download 10.66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sh. A. Mengliyev, O. A. Abdug‘aniyev, S. Q. Shonazarov, D. Sh. To‘rayev

    Download 10.66 Mb.