Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning




Download 22,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/32
Sana19.01.2024
Hajmi22,32 Mb.
#140856
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva i

« tT F s s x x K & x b
* - —
161 




- sekinlik bilan rivojlanib boradi. 4. Sakrovchan inflyatsiya - tez 
sur’atda rivojlanib boradi. 5. Ma’muriy inflyatsiya - narx-navoni 
ma’muriy tarzda boshqarish oqibatida yuzaga keladi. 6. Ijtimoiy 
inflyatsiya - mahsulot sifatiga, atrof-muhit muhofazasiga bo'lgan 
yangi ijtimoiy talablarning paydo bo'lishi oqibatidagi chiqimlarning 
o'sishi ta’sirida narx-navoning o'sishini yuzaga keltiradi. Bunday 
holat xo'jalik yuritish borasidagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish 
davrida, mahsulot ishlab chiqarish kamaygan hollarda qo'shimcha 
pul chop etish natijasida yuzaga keladi.
INFLYATSIYA DARAJASI - ma’lum vaqt ichida (oy, yil) narxlar darajasining
foizdagi o'zgarishi.
INFLYATSIYA SUR’ATI - narxlar o'rtacha ko'rsatkichining o'sish sur’ati quyidagi
i=(R1-R0)/R 0 formula bilan hisoblanadi. Bu yerda i - 0 momentdan 
1 momentgacha bo'lgan davr ichidagi inflyatsiya sur’ati; R - 0 
momentdagi o'rtacha narx, R -1 momentdagi o'rtacha narx.
INFORMATSIYA (axborotlar, ma’Iumotlar) - l ) ishlarning ahvoli haqida
xabardor qilish; 2) tadbirkorlik, marketing va boshqa faoliyat turlari 
oldida turgan vazifalarni bajarishda yordam berishi mumkin bo'lgan 
turli xil bilim va ma’Iumotlar; 3) marketing tizimi subyektlarining 
o'zaro munosabatlar jarayonidagi bevosita va teskari aloqa natijalari 
tavsifnomasi; 4) turli xil energiyalaming o'zaro aloqalari natijasi.
INGLIZCHA AUKSION - bunda stavka pastdan yuqoriga tovar sotilgunga
qadar oshib boradi, tovar taklif qilingan maksimal narxda sotiladi.
INJINIRING - tijorat ko'rinishida har tomonlama maslahatlarini beruvchi
mustaqil faoliyat doirasi. Bu faoliyat ishlab chiqarishning o'sishi, 
mahsulotlarni sotish, obyektlar qurish va ulardan foydalanish 
jarayonini ta’minlaydi. Injiniring xizmati ikki guruhga bo'linadi: 
l ) ishlab chiqarish jarayonini tayyorlash; 2) ishlab chiqarish va 
mahsulot sotish jarayonini to'la ta’minlash.
INJINIRING FIRMALARI - ichki va xalqaro bozorlarda injiniring xizmatini
ко'rsatish bo'yicha ixtisoslashgan korxona, firmalar. Bu firmalar 
bir korxona, kompaniya faoliyati bilan cheklanmaydi. Ular turli 
tarmoqlarda xizmat ko'rsatishlari, ko'p ta’minotchilar va pudrat 
firmalari bilan aloqa qilishlari mumkin.
INJINIRING KORXONA - muhandislik maslahat xizmatlarini tijoratchilik
qoidalariga asoslangan holda amalga oshiradigan korxona.
INJINIRING XIZMATLAR BOZORI - xalqaro bozorning bir turi, injiniring
xizmatlarining davlatlar tomonidan oldi-sotdi qilinishi. Loyihalash, 
korxonalarni qurish, ularni jihozlash. Ekspluatatsiya qilish yuzasidan 
bo'lgan xizmatlami maxsus injiring firmalari bajaradi.


INKASSA - bank operatsiyasining bir turi, bankning turli hujjatlar orqali (veksel,
chek va boshqalar) mijozlar nomidan va ular hisobidan oladigan 
puli.
INKASSALASH (lot. - yashikka solish) tolov hujjatlarini ko'rsatib, u asosida
pulni olish.
INKASSATOR - asosan, muassasalardan tashqarida yurib pul yig'ish va pul
to'lashga vakil qilingan mansabdor shaxs.
INKASSATSIYA - turli to lov xizmatlari asosida bankdan naqd pul olish.
INKASSO - xalqaro savdodagi hisob-kitob shakllaridan biri. Unga muvofiq bank
o'z mijozining topshirig'iga ko'ra jo'natilgan tovarlar va xizmatlar 
uchun hisob-kitob hujjatlari asosida to'lanishi lozim bo'Igan pul 
mablag'larini haq to'lovchidan oladi hamda bu mablag'larni o'z 
mijozining bankdagi hisob-raqamiga o'tkazadi.
INKROMENT XARAJATLAR VA DAROMADLAR - qo'shimcha mahsulot
guruhini ishlab chiqarish holadarida ro'yobga chiqadigan 
qo'shimcha xarajatlar va daromadlar.
INNOVATSION FAOLIYAT - tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishda
yangi shakllar qo'llanilishiga asoslangan faoliyat.
INNOVATSION KADRLAR MENEJMENTI - bozor iqtisodiyoti va
raqobatning kuchayishi sharoitida kadrlarga oid yangiliklar mehnat 
jarayonining ajralmas qismiga aylanishi va ularning tashkil etishni 
hamda boshqarishni talab qilishi.
INNOVATSION SALOHIYAT - innovatsion jihatdan istiqbolni o'ylab
belgilangan maqsadlarga erishish imkoniyatlari.
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR - iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq
etish bosqichlarida qo'llaniluvchi usul va vositalar majmuyi bo'lib, 
o'z ichiga joriy etish, trening, konsalting, transfert, audit, injiniring 
kabilarni oladi.
INNOVATSIYA-yangiliklarniishlabchiqarishgajoriyetishjyangitexnologiyaning
birinchi marta tijorat asosida qo'llanishi. Intensiv iqtisodiy o'sish
- resurslardan yanada samarali foydalanishga asoslangan iqtisodiy 
o'sish. Uning asosiy omili fan-texnika taraqqiyoti. Masalan, biror- 
bir korxona mahsulot hajmini oshirishga yangi sex qurish bilan 
emas, balki ishlab chiqarishni fan-texnika taraqqiyotining oxirgi 
talablariga javob beradigan dastgoh, yangi texnologiyalar bilan 
qayta jihozlash bilan erishadi.
INNOVATSIYA BANKI - tijorat bankining ko'rinishi bo'lib, uning asosiy vazifasi
- ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish, shuningdek,


yangi, yuksak samarali mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan 
kashfiyot va ixtirolarni tatbiq qilishni mablag' bilan ta’minlash va 
kreditlashdan iboratdir.
INNOYATSIYA INVESTITSIYALARI - texnika va texnologiyalarning yangi
avlodini ishlab chiqish va o'zlashtirishga qo'shiladigan investitsiyalar.
INN ОVATSIYA JARAYONI - yangilik g'oyasini rivojlantirishdan uning
pirovard iste’molchi tomonidan iste’mol qilinishigacha bo'lgan 
mantiqiy izchillikda harakatlanuvchi jarayon. Bu yangilikning ilmiy- 
texnik, ishlab chiqarish-iqtisodiy va ijtimoiy-tashkiliy salohiyatini 
yaratish, rivojlantirish va undan foydalanish jarayonidir. Innovatsiya 
jarayonining quyidagi bosqichlari mavjud: yangilik yaratish, uni 
o'zlashtirish, tarqatish va takomillashtirish.
INQIROZ - l) taraqqiyotning orqaga qaytishi, pasayishi, tanazzuli, regress,
tushkunlik; 2) tugash, bitish. Rivojlanish negizidagi ichki 
ziddiyatlarning nihoyat darajada keskinlashuvi; bankrotlikka, 
tanazzulga uchrash xavfining o'sib borishi; iqtisodiy, moliyaviy 
va boshqa xildagi tizimlar faoliyatida uchraydigan nomuvofiqlik; 
ozgarishlar jarayonidagi tub burilish.
INQIROZ XAVFINING 
OLDINI 
OLISHGA 
MO'LJALLANGAN
MARKETING 
FAOLIYATI 
DASTURI 
-
bozorlardagi
real vaziyatni o'nglash va to'lovga layoqatsizlik (boshqaruv 
samaradorligini, raqobatbardoshlikni oshirish) holatidan qutulish 
uchun kompaniya tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan 
chora-tadbirlar majmuasi.
INQIROZ XAVFINING 
OLDINI 
OLISHGA 
YO'NALTIRILGAN
HARAKAT DASTURI - korxonani tang holatdan olib chiqishga 
(inqiroz oqibatlarini biroz yumshatish, kechiktirish, bartaraf etish 
va hokazo) qaratilgan chora-tadbirlar majmuyi; tashkilotni inqirozli 
vaziyatdan olib chiqishga yo'naltirilgan boshqaruv qarorlarini qabul
INQIROZGA QARSHI MO'LJALLANGAN CHORALAR DASTURI -
O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 2009-2012-yillarga 
mo'ljallangan inqirozga qarshi ishlab chiqilgan choralar dasturi 
bo'lib, mazkur dasturda talabni rag'batlantirishga yo'naltirilgan bir 
qator moliyaviy imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o'sish sur’atlarini 
ta’minlovchi chora-tabdirlar majmuyi o'z aksini topgan.
INSOF - adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg'usi, ishda, kishilarga
munosabatda 
halollik, 
to'g'rilik, 
barobarlik, 
sofdillik 
va 
haqiqatgo'ylikdir.
——
164 —


INSON KAPITALI - investitsiyalar natijasida shakllangan bilimlar, ko'nikmalar,
malakalar va sabablar zaxirasidan iborat bo‘ lib, u shaxsning jismoniy, 
aqliy va psixologik sifatlari hamda qobiliyatlarini aks ettiradi.
INSON KAPITALI NAZARIYASI - inson kapitaliga investitsiya qo'yish
natijasida ish haqining har xil darajada bo'lishi sabablarini 
tushuntirib beruvchi nazariya.
INSON KAPITALIGA INVESTITSIYA QILISH - odatda, malakaviy
qobiliyatni, 
demakki, 
mehnat 
unumdorligini 
oshirishga 
yo'naltirilgan har qanday xarajat tushunilib, u ta’lim olishga oid 
xarajatlarni, ish qobiliyati va mehnat unumdorligini ta’minlaydigan 
sog'liqni saqlashga ketadigan xarajatlarni va ishchi kuchini unumsiz 
yerlardan yuqori unumliyerlarga ко chirishga, ya’ni harakatchanlikka 
qilinadigan xarajatlarni o'z ichiga oladi. Ushbu investitsiyalar 
xodimlarning malakasini oshirish va layoqatlarini rivojlantirishga 
oid investitsiyalardir. Ular, asosan, xodimlarni o'stirish va malakasini 
oshirishga, qayta o'qitishga sarf qilinadi, pirovard natijada esa ishlab 
chiqarishning muhim omili - ish kuchining sifati oshadi va ishlab 
chiqarish iqtisodiy samaradorlikka erishadi.
INSON MUNOSABATLARI - bu modelda asosiy e’tibor ishlovchilar uchun
eng yaxshi mehnat sharoitlarini yaratishga qaratiladi. 
!
V-'
INSON OMILI - amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh yo'nalishi
va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beruvchi asosiy 
tamoyil. Inson omili tarkiban ikki muhim jihatni o'z ichiga oladi. 
Birinchi jihat - O'zbekistonda jami ijtimoiy tuzilma, ta’lim va 
sog'liqni saqlash, nafaqa bilan ta’minlash tizimi va aholini ekologik 
va boshqa xavf-xatardan himoya qilishdan iborat. Davlatning 
doimiy e’tiborini o'zida ifodalaydi. Ikkinchi jihat esa yalpi ijtimoiy 
taraqqiyot jarayonlarida shaxsning o'z ishtiroki, bunyodkorligi, 
yaratish zavqi, sa’y-harakatlari va shijoati ifodalanishini nazarda 
tutadi.
INSON RESURSLARI - modelida xodimlar ishlatilmagan zaxiralar manbayi
va korxona umumiy tuzilmasida oqilona rejalashtirish va qarorlar 
qabul qilishning muhim imkoniyati sifatida ko'riladi.
INSON RESURSLARIDAN EKSTENSIV FOYDALANISH - ishchilar
umumiy sonining, mehnatga layoqatli aholi bandligining o'sishi, 
mehnatga layoqatlilik davrining uzunligi, ish vaqtining uzunligi 
bilan ifodalanadi.
INSON RESURSLARIDAN INTENSIV FOYDALANISH - mehnat
faoliyati samarasini oshirishni bildiradi va u mehnat unumdorligiga 
asoslanadi.


INSON 
RESURSLARINI 
BOSHQARISH 
FANINING 
PREDMETI
- korxonalarning samarali faoliyat ko'rsatishini ta’minlash 
va islilovchilarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida inson 
resurslariga maqsadga muvofiq ta sir ko'rsatish bilan bog'liq bilimlar 
tizimi.
INSON RESURSLARINI BOSHQARISH SUBYEKTI - boshqaruvchi
personal, obyekti esa ishlab chiqarish personalidir.
INSON RESURSLARINI BOSHQARISH VAZIFALARI - korxona va
tashkilotlarning muayyan maqsadga erishish yo'lida inson resurslari 
bilan ishlaganda amalga oshiriladigan asosiy yo'nalishlaridir, ya ni 
personalni tanlash, personalni tayyorlash va rivojlantirish, unga 
baho berish, rag'batlantirishdir.
INSON RESURSLARINI BOSHQARISHNING ZARUR OBYEKTI -
korxona va tashkilotning ijtimoiy muhitini rivojlantirishdir.
INSON RESURSLARINI JALB ETISH - ikki asosiy manba, ya’ni personalni
jalb qilishning ichki va tashqi manbalari hisobiga ehtiyojni 
qondirishdir.
INSON RESURSLARINING KASBIY TUZILISHI TUSHUNCHASI -
bir-biri bilan bog'liq bo'Igan quyidagi jihatlar, ya’ni ish kuchining 
kasbiy tuzilishi, uning malaka tuzilishi, malakaning mazmunidan 
iborat.
INSONIY KAPITAL - o'qish va amaliy faoliyatdan olgan insonning intellektual
qobiliyati va amaliy ko'nikmalari shaklidagi kapital.
INSONIY RTVOJLANISH KONSEPSIYASI - BMT tomonidan 90-yillarda
ilgari surilgan. Unda taraqqiyot natijalarining inson bilan hamohan 
bo'lishi ko'zda tutiladi, moddiy boylik (yalpi milliy mahsulot 
bilan birgasog'lom hayot, savodxonlik, demokratik institutlar bilan 
birinchi o'ringa qo'yiladi (ayrim davlatlar kambag'al bo'lishiga 
qaramay, bu sohada yuqori natijaga erishmoqdalar va aksincha) 
hamda “ijtimoiy rivojlanish indeksi” (IRI) bilan o'lchanadi.
INSONPARVARLIK YORDAMI - aholining ijtimoiy jihatdan nochor
guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam ko'rsatish, ijtimoiy soha 
muassasalarini qo'llab-quwatlash, tabiiy ofatlar, falokatlar va 
halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda 
vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun aniq 
maqsadli beg'araz ko'maklashish. Insonparvarlik yordami dori 
vositalari va tibbiy ahamiyatga molik buyumlar, xalq iste’moli 
tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan, asbob-uskunalar, transport 
va texnika, shuningdek, ixtiyoriy ravishdagi xayr-ehsonlar
bajarilgan ishlar va xizmadar, shu jumladan, insonparvarlik yordami 
yuklarini tashish, kuzatib borish va saqlash tariqasida beriladi
— т м в е я и » - — 1 6 6 —



hamda O'zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan vakolatli 
tashkilotlar orqali taqsimlanadi
INSPEKSIYA-1. Taftish, tekshirish, nazorat. 2. Belgilangan qoida va qonunlarning
turi bajarilishini tekshiruvchi idora. 3. Ayrim ma’muriy huquqqa ega 
bo'lgan, nazorat funksiyasini bajaruvchi davlat boshqaruv organi.
INSTITUTLAR - iqtisodiy subyektlar harakatini cheklovchi, ularning o'zaro
munosabatlarini tartibga soluvchi me’yorlar, qoidalar hamda ushbu 
me’yor va qoidalar bajarilishini nazorat qilish mexanizmlari.
INSTITUTSION BIRLIK - aktivlariga mustaqil mulkdorlik qilish qobiliyatiga
ega bo'lgan, o'z zimmasiga majburiyatlar ola biladigan, boshqa 
shaxslar bilan iqtisodiy faoliyatda va operatsiyalarda ishtirok eta 
oluvchi iqtisodiy shaxslar.
INSTITUTSION REKLAMA - firma obro'sini yaxshilashga qaratilgan tadbir.
INSTITUTSIONAL BIRLIK - mustaqil ravishda iqtisodiy faoliyat yurituvchi
birlikdir.
INSTITUTSIONAL INVESTORLAR 
-
mutaxassislar bo'lib, 
ularga
begonalaming pulini boshqargani uchun haq to'lanadi.
INSTITUTSIONALIZM - lotincha “urf-odat”, “muassasa”, “ko'rsatma”, ya’ni
ayrim institutlar (oila, davlat, monopoliya, kasaba uyushmasi) 
ijtimoiy taraqqiyotning asosi deb qabul qilgan nazariya. XX asrning 
20-30-yillarida AQSHda keng tarqalgan. T. Veblen (1857-1920), 
J.R. Kommons (1862-1945), U.K. Mitchell (1874-1948), J. 
Gobson (1858-1940) va boshqalar bu nazariyaning 20-30-yillardagi 
vakillaridir. Klark, Berli, G. Minz (50-yillar), Lou, Myurdal, 
Gelbreyt, Xeylbroner (60-yillar va hozirgi davr)lar esa obyektiv 
iqtisodiy qonunlar mavjudligini inkor etadilar.
INSTITUTSIONAL SIYOSAT - davlat tomonidan mulkchilik, mehnat,
moliyaviy, ijtimoiy va boshqa sohalarda yangi iqtisodiy institutlarni 
shakllantirish, eskilariniyo'qotish, mavjudlarini transformatsiyalash 
bo'yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, xatti-harakatlar.
INSTRUKSIYA - instruksiya, yo'l-yo'riq, qo'llanma, ko'rsatma; qonun yoki
boshqa normativ aktni tushuntirish maqsadida chiqariladigan 
hujjat.
INTEGRATSIYA - 1. Turli bo'limlar, elementlar harakatining bir butunga
birlashish jarayoni. 2. 
Iqtisodiy integratsiya 
- iqtisodiy 
subyekt (davlat, korxona, firma)larning iqtisodiy, texnologik 
munosabatlarning o'zaro bog'liqligi oshishi natijasida vujudga 
keladi. Vertikal va gorizontal integratsiya ko'rinishida bo'lishi
------- 

Download 22,32 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Download 22,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning

Download 22,32 Mb.
Pdf ko'rish