Qarang: Arastu
).
IQTISODIY AKTIV - shunday iqtisodiy obyektki, unga institutsion birliklar
qonun bo'yicha yolg'iz yoki jamoa tartibida mulkka egalik qiladi
va ana shu egalik yoki undan foydalanish tufayli mulkdor yoki
mulkdorlar muayyan davr mobaynida iqtisodiy manfaat (samara)
ko'radi.
IQTISODIY BOSHQARUV USULLARI - boshqaruv subyekti va obyekti
o'rtasidagi munosabatlarni mamlakat va hududning soliq tizimi,
moliya-kredit mexanizmi, bojxona tizimi, sifatli mehnat uchun
motivatsiya tizimi, menejment maqsadlarini muvofiqlashtirish
usullarini qo'llash yordamida iqtisodiy tartibga solish usullaridir.
1 76
--
IQTISODIY EKSPERIMENT - ilmiy asosda amalga oshirilgan iqtisodiyotni
rivojlantirish va boshqarishni takomillashtirish sohasidagi u yoki
bu g'oyalar yoxud gipotezalarni amalda tekshirishni maqsad
qilib qo'yadigan tajriba. Iqtisodiy eksperiment quyidagi tartibda
o'tkaziladi: nazariy va tashkiliy tayyorgarlik, iqtisodiy-matematik
modellash, eksperiment borishini kuzatish, yakun chiqarish,
natijalaridan foydalanish xususida xulosalar va takliflar chiqarish.
IQTISODIY FAOL AHOLI - aholining tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar
ко‘rsatish uchun ishchi kuchini taklif etishni ta’minlaydigan qismi.
Iqtisodiy faol aholi soni ish bilan bandlar va ishga joylashishga
muhtoj shaxslami o'z ichiga oladi.
IQTISODIY FAOLIYAT - inson tirikchiligini ta’minlash usullari va vositalari
majmuyidir.
IQTISODIY FOYDA - firmaning umumiy daromadi (tushumi) va barcha
xarajatlari o'rtasidagi ayirma. Agar korxona qiyinchilik bilan ishlab
chiqarish xarajatlarini qoplayotgan bo'Isa, unda iqtisodiy foyda
ololmaydi. Iqtisodiy foyda ishlab chiqarish xaraj atlariga kiritilmaydi.
Agar buxgalteriya xarajatlaridan kapital foiz daromadi, yer va
imoratlarga renta va boshqaruv uchun to'lov chegirib tashlansa,
iqtisodiy foyda qoladi. U ishbilarmonlik qobiliyatini ishga solib,
aql-idrok bilan ish yuritish, tavakkalchilik qilgani uchun tegadigan
mukofotdir.
IQTISODIY HAMKORLIK - xalqaro savdoni boshqarish maqsadida
birlashgan davlatlar guruhi.
IQTISODIY HUDUD - rezident birliklarning erkin faoliyat yuritish huquqiga
ega bo'lgan hududlar majmuasidan iborat.
IQTISODIY INQIROZ - ijtimoiy ishlab chiqarish harakatida uzilishlar,
nomutanosibliklar yuzaga kelishi. Iqtisodiy inqiroz davrida ayrim
tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarishning
qisqarishi, baholarning pasayishi yoki ko'tarilishi, ishsizlar
sonining ortishi, ish haqining pasayishi, aholi turmush darajasining
yomonlashuvi kabi holatlarda namoyon bo'ladi.
IQTISODIY INTEGRATSIYA - milliy xo'jaliklar o'rtasida chuqur, barqaror
o'zaro aloqalar va mehnat taqsimoti, ularning turli bosqich va har xil
shakldagi takroriy ishlab chiqarish tuzilmalarining o'zaro aloqalari
asosida mamlakatlarning xo'jalik-siyosiy jihatdan birlashuvi
jarayoni.
IQTISODIY ISHLAB CHIQARISH - institutsion birlik nazorati ostida
mehnat yoki mablag' sarfi, tovar yoki xizmat sarfi natijasida boshqa
turdagi tovar va xizmat turini yetkazib beradigan faoliyat.
1 7
7
------
IQTISODIY ISLOHOT - iqtisodiy kategoriya bo'lib, bozor iqtisodiyotiga
o'tayotgan mamlakatlarda yangicha mazmunga ega bo'ladi. Jahon
tajribasining ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan har bir
mamlakat bundan keng miqyosda, tubdan, yaxlit iqtisodiy islohot
o'tkazishning o'z yo'lini va demak, yangi jamiyat barpo etishning
o'ziga xos va mos andozasini ishlab chiqishi kerak. Mustaqillikka
erishayotgan har bir davlat o'z mustaqilligini nafaqat siyosiy, balki
iqtisodiy jihatdan ham ta’minlashi lozim. Bu holatda korxona va
birlashmalar mustaqilligi keskin ortadi. Birlashma va korxonalar
to'liq xo'jalik hisobi asosida o'z-o'zini qoplashga o'tadi. Mehnat
jamoasining huquqi ortadi. Ishchilarning o'z qobiliyatlarini
namoyon qilishga imkoniyat kengayadi. Yuqori sifatli mehnatni
moddiy va ma’naviy rag'batlantirish uchun qulay imkoniyat
yaratiladi.
IQTISODIY ITTIFOQ_ - integratsiya jarayonida qatnashuvchi mamlakatlar
o ‘ziqtisodiyvaijtimoiysiyosatlarini,xususan,pul, kredit, soliq, savdo,
ishchi kuchi va sarmoya ко‘chib yurishiga nisbatan siyosatlarini
muvofiqlashtirish orqali kelishilgan holda faoliyat qilishining oliy
shakli.
IQTISODIY KATEGORIYALAR - jamiyatning iqtisodiy hayot sharoitini
umumlashtirib aks ettiruvchi mantiqiy tushunchalar bo'lib, ular real
iqtisodiy voqelikning in’ikosi, ifodasidir. Kategoriyalar ilmiy fikrlash
mahsuli bo'lib, hayotda uchraydigan tushunchalardan farq qiladi.
Kategoriyalarni uch guruhga bo'lish mumkin. 1. Umum iqtisodiy
kategoriyalar-jamiyatiqtisodiytaraqqiyotiningbarchabosqichlariga
xos bo'lgan ishlab chiqarish, mulk, ish vaqti, mehnat taqsimoti,
jamg'arish, ehtiyoj kabi tushunchalar. 2. Formatsion maxsus
kategoriyalar - faqat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muayyan
bosqichigaxosbo'lgano'tkinchimunosabatlarni ifodalovchi maxsus
kategoriyalar ekspluatatsiya, renta, ortiqcha aholi, qashshoqlanish,
monopoliya va boshqa shu kabi tushunchalardan iborat. 3. Davriy,
oraliq kategoriyalar - umuminsoniy xarakterga ega, bir nechta
iqtisodiy tizimlar doirasida amal qiluvchi, uzoq tarixiy davrda
saqlanuvchi tovar, pul, talab, taklif, marketing, narx, inflyatsiya va
boshqa shu kabi tushunchalardan iborat.
IQTISODIY KATEGORIYA - asosiy iqtisodiy tushunchalar. Xo'jalik faoliyatida
tannarx, baho, foyda, samaradorlik, xo'jalik hisobi va boshqa
iqtisodiy kategoriyalar katta ahamiyatga ega.
IQTISODIY KONYUNKTURA - iqtisodiy o'sish, tuzilmaviy siljishlar,
moliyaviy ahvol,eksportimkoniyatlarikabilarnixarakterlabberuvchi
iqtisodiy holat.
1 78
--
IQTISODIY MANFAAT MARKAZI - turar joy, ishlab chiqarish yoki boshqa
binolar joylashgan hududda institutsion birlik o'zining iqtisodiy
manfaat markaziga ega bo'ladi. Bu yerga joylashgan markaz
muayyan aniq yoki noaniq muddat davomida, yoki uzoq davr ichida
keng miqyosdagi iqtisodiy faoliyat va operatsiyalarda ishtirok etishi
yoki ishtirok etish niyatida bo'lishi mumkin.
IQTISODIY MANFAATLAR - kishilarni harakatga keltiruvchi, ularning xatti-
harakatini, intilishini, xulq-atvorini belgilovchi kuch. Shaxs, jamoa,
davlat va milliy manfaatlardan iborat.
IQTISODIY MAQSADLAR - maqsadlar, unga erishish jamiyatga barqarorlik
va farovonlikni ta’minlab berishi mumkin. Ular quyidagilardan
iborat: barqaror iqtisodiy o'sishga erishish; mo'tadil inflyatsiyaning
mavjudligini nazarda tutuvchi baholarning barqaror darajasini
ta’minlash;
yuqori
bandlik
darajasiga
erishish;
iqtisodiy
samaradorlikka erishish, daromadlarning adolatli taqsimlanishiga
erishish.
IQTISODIY MODEL - iqtisodiy obyektlarning soddalashtirilgan nusxasi.
IQTISODIY MUAMMOLAR - nima, qanday va kim uchun ishlab chiqarish.
Har bir iqtisodiyot oldida bir qancha muammolar turadi. Bular -
nimani ishlab chiqarish, ya'ni qanday mahsulot turlarini ishlab
chiqarish; mahsulotlarni qanday qilib ishlab chiqarish; mahsulotlar
jamiyatda qanday taqsimlanishi kerak kabi. Hozirda ushbu
muammolarni eng muvofiq qilib hal eta olgan iqtisodiy tizim
- bozor iqtisodiyoti hisoblanadi. Chunki unda bu muammolar
iste’molchilarning talabidan kelib chiqqan holda eng kam xarajatlar
bilan hal etiladi.
IQTISODIY MUNOSABATLAR - qarang: ishlab chiqarish munosabatlari.
IQTISODIY NE’MAT - ehtiyojni qondirish vositasi.
IQTISODIY NOCHOR KORXONALAR - muayyan miqdorda kapital
yo'qotish, ishlab chiqarish maydonlarining qisqarishi, ishsizlar
sonining ortishi, raqobatbardosh bo'lmagan mahsulot ishlab
chiqaradigan va buning uchun katta miqdorda materiallar,
xomashyo, yonilg'i, mehnat resurslari sarflaydigan qoloq, samarasiz
korxona.
IQTISODIY NOFAOL AHOLI - ishchi kuchi tarkibiga kirmaydigan mehnatga
qobiliyatli aholi. Uning jumlasiga quyidagilar kiradi: ishlab
chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan o'quvchilar va talabalar,
o'quv yurtlarining tinglovchilari va kursantlari; uy xo'jaligini
yuritishda, bolalarni, bemor qarindoshlarini parvarish qilishda
1
7 9
-------
band bo'lganlar va agar daromad keltiradigan ish taklif qilinsa, shu
ishga kirishish imkoniga ega bo'lmagan boshqa shaxslar; ishlashni
istamayotgan, ish bilan ixtiyoriy ravishda band bo'lmagan shaxslar,
shuningdek, ishlashni istaydigan, lekin ishga joylashish yoki o'zini
mustaqil daromad bilan ta’minlash uchun hech qanday harakat
qilmaydigan shaxslar.
IQTISODIY O'SISH - mamlakat iqtisodiy salohiyatining ortishi, ya’ni aholi
ehtiyoji uchun zarur bo'lgan moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va
xizmatlar ko'rsatishning ko'payib, yaxshilanib borishi. Iqtisodiy
o'sish mamlakatning rivojlanib, taraqqiy etib borishini ifodalaydi.
Iqtisodiy o'sish - yalpi milliy mahsulot va milliy daromad hajmining
ortib borishi, aholi jon boshiga yaratilgan mahsulotning ko'payishi
bilan o'lchanadi. Iqtisodiy o'sishning intensiv va ekstensiv turlari
mavjud.
IQTISODIY O'SISH SIFATI - iqtisodiy o'sishning umumlashgan sifat
xarakteristikasi bo'lib, uning qanday sarflar bilan ta’minlangani va
qanday ijtimoiy-iqtisodiy natija berganligini ifodalaydi.
IQTISODIY OPERATSIYALAR - har qanday iqtisodiy ma’noga ega bo'lgan
mun о s abatl ardir.
IQTISODIY QONUNLAR - iqtisodiy munosabatlar tizimida ishlab chiqarish,
taqsimot, ayirboshlash, iste’mol sohalarida o'zaro ichki bog'liqlikda
va aloqadorlikda yuzaga kelib turadigan uzviy iqtisodiy zaruratni
taqozo etuvchi sabab-oqibat, aloqa o'zaro bog'lanishlaridir.
Iqtisodiy qonunlar ma’lum iqtisodiy jarayon va ayrim hodisalarning
muqarrarligini aks ettirib, obyektivxarakterga ega, ya’ni odamlarning
ongi va irodasiga bog'liq bo'lmagan holda harakat qiladi. Kishilik
jamiyati bilan birga vujudga kelgan bo'lib, uch guruhga bo'linadi:
1. Umumiqtisodiy qonunlar - jamiyat taraqqiyotining barcha
bosqichlarida iqtisodiyotning aniq ijtimoiy shaklidan qat’i nazar
amal qiluvchi qonunlar. Bularga mehnat taqsimoti, jamg'arish,
mehnat unumdorligining o'sib borishi, ehtiyojlarning yuksalishi va
boshqa qonunlar kiradi. 2. Formatsion maxsus qonunlar - iqtisodiy
taraqqiyotning muayyan bosqichiga xos bo'lgan, shu tizimning
o'ziga xos xususiyatlarini ifoda etuvchi qonunlar. 3. Davriy, oraliq
qonunlar - iqtisodiy munosabatlarning, ishlab chiqaruvchi kuchlar
taraqqiyotining muayyan darajasini vujudga keltirgan xususiyatlarni
ifoda etadi. Bu xususiyatlar bir nechta ishlab chiqarish usuliga xos
bo'lib, ularni birlashtirib, bog'lab turadi. Ular jumlasiga qiymat
qonuni, iqtisodiy o'sish va boshqalar kiradi.
IQTISODIY RENTA - odatda, cheklangan tabiiy resurslardan foydalanilgandagi
(yoki ijara) haq-baho tushuniladi. Iqtisodiy rentani ko'pincha
resurs egasining undan foydalangandan oladigan renta daromadi
ma’nosida ham qo'llash mumkin.
IQTISODIY RESURSLAR - tabiiy, insoniy, moddiy, moliyaviy va intellektual
resurslardan iborat.
IQTISODIY RISK - iqtisodiy faoliyat amalga oshayotgan vaziyatning
noaniqligi. Bunday vaziyat voqealar dinamikasiga oid axborotning
yetishmasligi, chin emasligi, xatoliklarga yo‘l qo'yilishi tufayli
kasodgauchrash, moddiy zarar ko'rish, shuningdek,kattamiqdordagi
daromad olish ehtimolining mavjudligi bilan xarakterlanadi.
IQTISODIY RIVOJLANISH SAMARADORLIGI - iqtisodiyotni rivoj-
lantirish natijalarining bu borada qilingan sarf-xarajatlarga nisbati.
IQTISODIY RIVOJLANISH SUR’ATLARI - mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
ko'rsatkich va natijalarining miqdor jihatidan ko'payishi va sifat
jihatidan takomillashuvi darajasi.
IQTISODIY RIVOJLANISHNIN G “O ZB E K MODELI” - 1991-yil
1-sentabrdan mustaqil taraqqiyot yo'liga o'tgan respublikamizning
ijtimoiy
yo'naltirilgan
bozor
iqtisodiyoti.
O'zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov tomonidan ilgari
surilgan. Uning besh tamoyili mavjud: 1. Iqtisodiyotning siyosatdan
ustuvorligi va bunda iqtisodiyotning har qanday mafkuradan xoli
bo'lishi. 2. Davlat - bosh islohotchi. 3. Qonunning hamma narsadan
ustun turishi. 4. Kuchli ijtimoiy siyosat. 5. Bozorga bosqichma-
bosqich, tadrijiy (evolyutsion) yo'l bilan borish.
IQTISODIY SAMARA - ushbu natijalarga erishish uchun ishlab chiqarishdagi
natijalar va xarajatlarning taqqoslanishi.
IQTISODIY SAMARADORLIK - cheklangan resurslardan unumli foydalanib,
jamiyatning tovar va xizmatlarga bo'Igan cheksiz talabini maksimal
qondirish.
IQTISODIY SIKL - doimiy ravishda bir qancha yillar davomida iqtisodiy
faollikning birin-ketin ko'tarilishi va pasayishi. Iqtisodiy sikl
iqtisodiyotning rivojlanish shakli hisoblanadi va uning asosini
iqtisodiy inqirozlar tashkil etadi. Iqtisodiy siklning asosiy sababi
ishlab chiqarishning doimo kengayishiga harakat qilishi va undan
talabning orqada qolishi, buning natijasida, iqtisodiyotdagi jami
taklif va jami talab o'rtasidagi hamda asosiy kapitalga bo'Igan talab
va taklif o'rtasidagi muvozanat buziladi. Iqtisodiy sikl 4 bosqichdan
iborat: tushkunlik, turg'unlik, jonlanish, yuksalish
|