« * & & < & * £ * * * »
1
84
—
IQTISODIYOTNING REAL SEKTORI - iqtisodiyotning bevosita moddiy
ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish bilan bog'liq
sohasi bo'lib, u sanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish, transport, aloqa
tarmoqlarini o'z ichiga oladi.
IQTISODIYOTNING TARKIBIY TUZILISHI - iqtisodiyotning turli
qism va bo'laklari o'rtasidagi proporsiyalar va o'zaro nisbatlar.
IQTISODIY ISLOHOTLAR - iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sifat jihatidan
takomillashtirish, uning barqaror va mutanosib rivojlanishini
ta’minlash imkonini beruvchi, maqsadga muvofiq holda va izchil
ravishda amalga oshiriluvchi tub o'zgarishlar, chora-tadbirlar
majmuyi.
IQTISODIY NOCHOR KORXONA
-
kreditorlarning
tovar
(ish,
xizmat) lar haqini to' lash bo'yicha talablarini qondirish, shuningdek,
budjet va nobudjet fondlariga majburiy to'lovlarni ta’minlashga
layoqatsiz bo'Igan korxona.
IQTISODIY O'SISH - real yalpi ichki mahsulot umumiy hajmining yoki aholi
jon boshiga to'g'ri keladigan real yalpi ichki mahsulotning oldingi
yilga nisbatan o'sishi.
ISH - tabiat va inson tomonidan birlashgan kuchlarning obyektiv natijasidir.
ISH BERUVCHI - yuridik shaxs hisoblanmish biron-bir tashkilot, uning rahbari
yuridik shaxsning vakili sifatida ish yuritadi yoxud yollanma ishchi
bilan mehnat shartnomasini tuzgan jismoniy shaxs.
ISH BILAN BAND BO'LG AN JAMI AHOLI - ishchi kuchi (iqtisodiy faol
aholi)ning ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo'Igan qismi.
ISH FAOLLIGI SOLIG'I - bir necha xorijiy mamlakatlarning (masalan,
AQSHda) soliqqa tortish amaliyotida qo'llanilib, o'z tarkibiga ikki
elementm oladi: 1) korxonaning umumiy yillik oborotni soliqqa
tortish (odatda, 1,0 %dan 2,5 % gacha); 2) ish haqi fondini soliqqa
tortish.
ISH HAQI - joriy davrda ish beruvchi tomonidan yollangan xodimga bajargan
ishlari uchun berilgan pul yoki natura usulidagi to'lovlar bo'lib, ular
hisoblangan summalar yig'indisidan tashkil topadi va ikki qismga
bo'linadi: ish haqi va ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar.
ISH HAQI MINIMUMI - ish haqining eng kam stavkasi, uni tadbirkor
qonuniy asosda xodimga ish vaqti birligiga to'laydi. Ish haqi
minimumi davlat tomonidan belgilanadi, tadbirkorlar esa undan
kam ish haqi to'lashga haqi yo'q. Chunonchi, O'zbekistonda 2017-
yil oktabrdan boshlab eng kam ish haqi miqdori 149755 so'm
miqdorida belgilangan.
ISH HAQI SOLIG'I - yuridik shaxslardan ish haqi xarajatlariga nisbatan va
xodimlarning ish haqidan ma’lum foizda olinadigan soliq.
ISH HAQI STAVKASI - vaqt birligiga sarf qilingan mehnat bahosi. Ishsizlikning
tabiiy darajasi (
Qarang: ishsizlik darajasi).
ISH HAQINING SHAKLLARI VA TIZIMLARI - mehnatning miqdor
natijalari va sifatiga (uning murakkabligi, intensivligi, shart-
sharoitlari) bog'liq ravishda ish haqini belgilash mexanizmi.
ISH JOYIDA TA’LIM BERISH - ish joyining o'zida xodimning boy tajribaga ega
bo'lgan murabbiy tomonidan ishni to'liq o'zlashtirib olgunga qadar
o'qitilishi (o'rgatilishi) bilan bog'liq bo'lgan holat.
ISH KUCHI BOZORI - yollanma ishchi aqliy va jismoniy mehnatining
oldi-sotdi qilinishi. Ishchi kuchi bozori mazmuniga ko'ra mehnat
bozorini ifodalaydi. Mehnat bozorida bir tomonda ishchi kuchi,
ikkinchi tomonda esa unga muhtoj bo'lgan korxona turadi hamda
ular o'rtasida yollash va yollanish shaklida tovar bo'lgan ishchi
kuchini sotish va sotib olish yuz beradi.
ISH KUCHI MIGRATSIYASI - ishchilarning boshqa hududga yoki bir
mamlakatdan ikkinchisiga ko'chib yashashi va joyini o'zgartirishi.
Ishchi kuchi migratsiyasi aholini yangi joyga doimiy, uzoq yoki
qisqa muddatga ko'chirishdan iborat. Bir hududda ishchi kuchiga
talabning ortishi tufayli mavsumiy migratsiya ham vujudga keladi.
ISH KUCHIGA SARFLANGAN XARAJATLAR -
ish beruvchilar
tomonidan ishchi kuchini yollash va uni asrash bilan bog'liqbo'lgan
xarajatlar yig'indisi.
ISH KUCHINING XALQARO MIGRATSIYASI - mehnat resurslarining
ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlanishi maqsadida bir
mamlakatdan boshqasiga ko'chib o'tishini bildiradi.
ISH KUNI - ishchi yoki xizmatchining korxona yoki muassasada bir sutka
davomida ishlash vaqti.
ISH NORMASI - vaqt birligi (soat, smena, kun, oy)da ishchi ishlab chiqarishi
kerak bo'lgan mahsulot yoki bajarishi lozim bo'lgan ish miqdori.
Ish normasi mehnatning turi va texnologiyaga, mehnat va ishlab
chiqarishni tashkil etish darajalari hamda ishchilarning malakasiga
bog'liq holda belgilanadi.
ISH O'RN I - ishlab chiqarish makonining bir qismi bo'lib, unda barcha asosiy
va yordamchi texnologiya uskunalari, moslamalar, ish mebellari
va maxsus qurilmalar joylashgan. Ular muayyan turdagi ishlarni
bajarish uchun mo'ljallangan bo'ladi.
ISH SOHASIDAGI FAOLLIK (ISHCHANLIK) - kishida (yoki tashkilot
miqyosida) namoyon bo'ladigan alohida xususiyatlar majmuyi.
Ular jumlasiga quyidagi sifatlami kiritish mumkin: tashabbuskorlik,
ijodkorlik, samaradorlik, intensivlik, foydalilik.
ISH VAQTI - korxona yoki muassasada muayyan ishni bajarish uchun qonuniy
berilgan muddat ish kuni va ish haftasi bilan belgilanadi. Ish vaqti
davomida ishlanmagan vaqt (nima sababdan sodir b o'lgani dan qat’i
nazar) bekor turish vaqti deyiladi.
ISH VAQTI ZAXIRASI - ishlar boshlanishining erta va kech muddati oralig'ida
yotgan, ishlar bajarilishi kechiktirilishi mumkin bo'lgan vaqt.
ISHBAY ISH HAQI - ishchining bajargan ish miqdoriga ko'ra haq to'lash usuli.
ISHBAY-MUKOFOT HAQ. TO'LASH - bajarilgan ishlar va yetishtirilgan
mahsulot uchun to'lanadigan ish haqi tizimi.
ISHBILARMONLIK
FAOLIYATININ G
SEGMENTI
-
subyektning
ayrim faoliyat turi, mahsulot turi bo'limi, bozor manzili va hokazo.
ISHCHI KUCHI - insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlari yig'indisi va
mehnatga layoqati bo'lib, har qanday jamiyat ishlab chiqarishining
asosiy sharti hisoblanadi. Mamlakat aholisining jismoniy va
mehnatga layoqatli qismi uning ishchi kuchi hisoblanadi.
ISHCHI KUCHI BOZORI - ish kuchining egasi va ish beruvchilar orasidagi
ijtimoiy munosabatlar tizimi.
ISHCHI KUCHI SIFATINING KO'RSATKICHI - ishchi kuchining
ma'lumot darajasi va ishlab chiqarish tajribasi hisoblanadi.
ISHCHI KUCHINI TAKROR ISHLAB CHIQARISH - insonning aqliy
va jismoniy qobiliyatlarining uzluksiz ravishda tiklanib borishi,
doimiy ravishda uning bilim va malaka saviyasi ko'tarilib, yangilanib
borishidir.
ISHCHI
QOG'OZLARNI
KODLASHTIRISH
audit
tekshiruvi
jarayonida tuzilgan barcha ishchi qog'ozlarni auditorlik firmasida
qabul qilingan raqamlashtirish tizimi asosida joriy va doimiy
fayllarda arxivlash.
ISHCHINING NAFLILIGINI MAKSIMALLASHTIRISH SHARTI -
bo'sh vaqtni daromad bilan chekli almashtirish normasining ish
haqiga tengligi.
ISHGAYOLLOVCHILARIJTIMOIYSUG'URTAUCHUNAJRATADIGAN
HAQIQIY AJRATMALAR - yollanma xodimlar foydasiga
uchinchi shaxslar uchun yollovchilar o'tkazadigan mablag‘dan,
masalan, ijtimoiy ta’minot jamg'armasi, sug'urta korporatsiyalari
yoki boshqa turdagi mustaqil va ijtimoiy sug'urta dasturining
boshqaruviga mas’ul bo'Igan institutsion birliklarga o'tkaziladigan
mablag'lar.
ISHGA YOLLOVCHILAR IJTIMOIY SUG'URTA UCHUN SHARTLI
HISOBLAB CHI QILADI GAN AJRATMALAR - yollanma
xodimlar uchun shartli hisoblab chiqiladigan rag'batlantirish
mablag'i. Bu mablag*, aslida, (de fakto) ijtimoiy nafaqa olish
huquqiga ega bo'Igan shaxslarga ajratiladigan ijtimoiy sug'urta puli
yig'indisiga teng bo'lishi kerak.
ISHLAB CHIQAISH XARAJATLARI - tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish
va iste’molchilarga yetkazib berishda qilinadigan barcha sarflardan
iborat.
ISHLAB CHIQARILGAN AKTIVLAR - inson tomonidan yaratilgan
aktivlardan iborat. Bularga: yer, konlar, suv havzalari, daryo va
uning irmoqlari, o'rmonlar, tabiiy o'tloqlar, patentlangan iqtisodiy
obyektlar, hali ishlab chiqarilmagan aktivlarga egalik huquqi va h.k.
ISHLAB CHIQARISH - barcha tarmoqlar moddiy ishlab chiqarishining
umumlashgan shakli bo'lib, ishlab chiqarish uchun shart-sharoit
- ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlarini ishlab
chiqaradi. Ishlab chiqarish sohasiga sanoat, qishloq va o'rmon
xo'jaligi, transport, aloqa, energetika, savdo, umumiy ovqatlanish,
xo'jalik omborxonalari va xizmat ko'rsatish tarmoqlari, ilm-
fan (innovatsion) yutuqlari kiradi. Chunki ular ishlab chiqarish
jarayonida qo'llaniladi. Bu jarayonda ishchi kuchi va ishlab
chiqarish vositalari birlashadi. Ishlab chiqarish iste’mol kabi
uzluksiz davom etadi, ya’ni takror ishlab chiqarish amalga oshiriladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarishning besh usuli ma’lum: ibtidoiy,
quldorlik, feodal, kapitalistik, ijtimoiy. Buxgalteriya hisobida ishlab
chiqarish xarajatlari, olingan mahsulotlar va ularning iste’moli aks
ettiriladi. Ishlab chiqarish vositalari - mehnat vositalari va mehnat
buyumlari majmuasi. Ishlab chiqarish zaxiralari - korxonadagi
barcha materiallar majmuasi. Ishlab chiqarish zaxiralari 1000
“Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar” va boshqa schyotlarda
hisobga olinadi.
ISHLAB CHIQARISHNING ASOSIY VOSITALARI - moddiy ishlab
chiqarish sohasida ishlatilib, ishlab chiqarish jarayonida qayta-
qayta qatnashib, asta-sekin eskirib, o'z qiymatini yaratilgan
mahsulot tannarxiga qisman o'tkazib boradi. Ularga moddiy ishlab
chiqarish sohasida ishlatiladigan imoratlar, inshootlar, o'tkazuvchi
moslamalar, mashina va asbob-uskunalar, transport vositalari, ishlab
—
188
—
chiqarish va xo'jalik inventarlari, yirik ish va mahsuldor hayvonlar,
ko'p yillik ко‘chat qilingan daraxtlar va boshqa mehnat vositalari
kiradi.
ISHLAB CHIQARISH BAHOSI - firmaning aynan mahsulotni ishlab
chiqarish va marketingga sarflangan xarajatlariga kutilayotgan
daromad hajmini qo'shish orqali aniqlanadi.
ISHLAB CHIQARISH CHEGARASI - tizim tarkibiga qo‘shiladigan ishlab
chiqarish faoliyati quyidagicha ta’riflanishi mumkin: individual
(yakka) yoki jamoa tarzida mahsulot ishlab chiqarish va xizmat
ko'rsatish. Bu mahsulot va xizmatlar ularni ishlab chiqarishda
ishtirok etmagan boshqa birliklarga yetkazib beriladi. Yoki ana shu
tovar va xizmatlar ana shunday tovar ishlab chiqarish va xizmat
ko'rsatish jarayonida ishlatiladi; Ishlab chiqaruvchilar o'zining
pirovard iste’moliga qoldirilgan yoki ishlab chiqarish moddiy oborot
zaxirasini oshirishda foydalanish uchun ishlab chiqariladigan barcha
tovarlar; o'z ehtiyoji yo'lida pirovard iste’mol talabini qondirish
uchun ko'rsatiladigan xizmat. Buning tarkibiga uyda ko'rsatiladigan
yoki shaxsiy xizmat kiritilmaydi, chunki uy xo'jaligi sharoitida
bunday xizmatlar o'z iste’moli uchun yaratiladi. Ammo xizmat ishlab
chiqarish tarkibiga muayyan haq evaziga uy xizmatchisi bajargan
ishlar hamda o'z istiqomat joyiga, ya’ni o'z turar joyiga qilingan
xizmat hajmi qo'shiladi.
ISHLAB CHIQARISH CHIQINDILARI - materiallar va yarim tayyor
mahsulotlarni qayta ishlash jarayonida to'la yoki qisman iste’mol
qilish sifatini yo'qotgan material yoki yarim tayyor mahsulotlar
qoldig'i.
Chiqindilar
qaytariladigan
va
qaytarilmaydigan
chiqindilarga bo'linadi.
ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYASI - ishlab chiqarilgan mahsulot
miqdori bilan shu mahsulotni ishlab chiqarishdagi sarflangan ishlab
chiqarish omillari miqdori o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalovchi
funksiya.
ISHLAB CHIQARISH HISOBI - bevosita ishlab chiqarish jarayoniga
aloqador operatsiya (harakat) larni ko'rsatadi. Bu hisob tarmoqlar va
sektorlar miqyosida olib boriladi. Ishlab chiqarish hisobining resurs
qismi mahsulot ishlab chiqarishni, foydalanish qismi esa oraliqdagi
iste’mol holatini o'z ichiga oladi.
ISHLAB CHIQARISH IMKONIYATLARI - mamlakat resurslaridan
to'la foydalanib, ikki mahsulot chiqarishni qo'shib olib borish.
ISHLAB CHIQARISH IMKONIYATLARI EGRI CHIZIG‘ 1 - iqtisodiyotda
to'la bandlik va ishlab chiqarishning boshqa omillaridan to'la
foydalanilgan sharoitda ikkita mahsulot (mahsulotlar guruhlari)
ni ishlab chiqarishning har xil kombinatsiyalarini ko'rsatuvchi egri
chiziq. Bunda ishlab chiqarishning texnologik asosi va yer resurslari
doimiydir.
ISHLAB
CHIQARISH
INFRATUZILMASI
-
ishlab
chiqarishning
rivojlanishi uchun tashqi shart-sharoitlarni ta’minlovchi tarmoqlar
majmuyi bo'lib, o'z ichiga temir va avtomobil yo'llari, elektr, gaz
va suv ta’minoti, aloqa kommunikatsiyalari, ombor xo'jaligi va
boshqalarni oladi.
ISHLAB CHIQARISH IXTISOSLASHUVI - ayrim korxonalarda bir
turdagi mahsulotni ishlab chiqarishga qaratilgan jarayonlarning
to'planishi. Mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligi
o'sishining asosiy omillaridan biri.
ISHLAB CHIQARISH JARAYONI - jamiyat ixtiyoridagi barcha resurslardan
foydalanib, jamiyat a’zolari uchun zarur bo'Igan tovar va xizmatlami
yaratish.
ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI JADALLASHTIRISH - ishlab
turgan apparat (unga xizmat ko'rsatayotgan kishilar sonini
oshirmagan holda) vaqtbirligi ichida ishlab chiqarayotgan mahsulot
miqdorini oshirish uchun qo'llaniladigan barcha tashkiliy tadbirlar
yig'indisi.
ISHLAB
CHIQARISH
KO'LAM I
(MASSHTABI)NING
SALBIY
SAMARASI - firma ishlab chiqarish hajminingxarajatlarga nisbatan
orqada qolishiga xos bo'Igan holat.
ISHLAB CHIQARISH KONSENTRATSIYASI -
qishloq xo'jaligida
ixtisoslashtirish tobora chuqurlashib, har bir korxonada ishlab
chiqarish vositalari, ishchi kuchlari va buning natijasida mahsulot
ishlab chiqarish jarayonining mujassamlanib borishi jarayoni.
ISHLAB CHIQARISH KONSEPSIYASI - ishlab chiqarish faoliyatini
ifodalovchi va hisobga olish tartib-qoidalaridan iborat. Ishlab
chiqarish va iqtisodiy ishlab chiqarish bir xil mazmunda qo'llaniladi.
ISHLAB CHIQARISH KOOPERATIVI - fuqarolarning shaxsiy ishtirok
etish hamda a’zolar (ishtirokchilar)ning mulk bilan qo'shiladigan
pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish
yoki boshqa xo'jalik faoliyatini olib borish uchun a’zolik negizidagi
ixtiyoriy birlashmasi.
ISHLAB CHIQARISH KOOPERATSIYASI - ijtimoiy mehnat taqsimoti
natijasida
ixtisoslashgan
korxonalar
o'rtasida
mahsulot
ishlab chiqarish va xizmatlarni bajarish bo'yicha faoliyatini
muvofiqlashtirish shakli. Ishlab chiqarish kooperatsiyasi bir xil
korxonalarda ortiqcha quwatlar bo'lib, boshqasida yetishmagan
hollarda ham tashkil etiladi.
ISHLAB
CHIQARISH
KO'LAMI
(MASSHTABl)NING
IJOBIY
SAMARASI - firmada qo'llanilayotgan resurs va xarajatlarga
nisbatan uning ishlab chiqarish hajmi tez o'sishigaxos bo'lgan holat.
ISHLAB CHIQARISH MUNOSABATLARI - hayotiy ne’matlaming ishlab
chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida
kishilar o'rtasida paydo bo'ladigan iqtisodiy munosabatlardir.
ISHLAB CHIQARISH NARXI - tovar (xizmat) ni ishlab chiqarish bilan
bevosita va bilvosita bog'liq bo'lgan xarajatlar qiymati.
ISHLAB CHIQARISH NATIJASIDA MAHSULOT YARATISH - jarayon
ishlab chiqaruvchi birlik buxgalteriya hisobotida aniq bir ко ‘rsatkich
orqali ifo dalanmaydi. MHTda bu j arayonni aniq bir ko'rsakich orqali
ifoda etish mumkin. Bu ko'rsatkich - sof qo'shilgan qiymat deb
ataladi va mamlakat miqyosida sof ichki mahsulot deb yuritiladi.
ISHLAB CHIQARISH NORMASI - tegishli malakaga ega bo'lgan bir xodim
(brigada) tomonidan muayyan vaqt birligi (soat, ish smenasi)
davomida ma’lum tashkiliy-texnikaviy sharoitda ishlab chiqarilishi
lozim bo' lgan mahsulot miqdori. t, kg, m, dona hisobida ifodalanadi.
ISHLAB
CHIQARISH
OBYEKTLARINING
KOMPYUTER JOY-
LASHISHI TAQQOSLASH METODI - (Computerized
Relative Allocation o f Facilities Technique - CRAFT). Uskunalarni
texnologik prinsip bo'yicha joylashtirishning optimal yo'lini topish
imkonini beradigan kompyuter metodi.
ISHLAB CHIQARISH OMILLARI - ishlab chiqarish jarayonini amalga
oshirishda qatnashuvchi inson (ish kuchi), mehnat vositalari va
mehnat sarflanadigan xomashyolar yig'indisi. Insonlar nimadir
yordamida mehnat ashyosiga o'z ta sirlarini o'tkazsalar, shu narsalar
mehnat vositalari (qurollari) hisoblanadi. Ular turli xil mashina va
mexanizmlar, asbob-uskunalar, turli qurilmalar va hokazolardan
tashkil topadi. Ishlab chiqarish jarayonining ro'y berishi uchun
ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari bilan mehnat jarayonida
inson o'z ta’sirini o'tkazadigan tabiat narsalari (xomashyolar)
mehnat omillarini ifodalaydi.
—
sf l N* . —
191
—
ISHLAB CHIQARISH Q U W A T I - asosiy ishlab chiqarish va aylanma fondlar,
shuningdek, moliyaviy resurslardan iloji boricha to'liq va oqilona
foydalangan holda ishlab chiqarish mumkin bo'lgan mahsulotning
maksimal hajmi.
ISHLAB CHIQARISH RENTABELLIGI - umumiy (balans) foydaning
asosiy ishlab chiqarish fondlari va normalashtiriluvchi aylanma
mablag'laming o'rtacha у illik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanuvchi
ishlab chiqarish samaradorligi ko'rsatkichi.
ISHLAB CHIQARISH RESURSLARI - moddiy va insoniy resurslardan
tashkil topadi. Moddiy resurslar tabiiy resurslardan, ya’ni yer va
yer osti boyliklari; o'rmonlar, suv resurslaridan tashkil topadi.
Insonlar yaratgan resurslar esa ishlab chiqarish vositalari: asbob-
uskunalar, mashinalar, texnikalar, xomashyo va hokazolardan tashkil
topadi. Insoniy resurslar insonlarning ishlab chiqarish jarayonida
qo'llaniladigan jismoniy, aqliy qobiliyati yoki insonlarning mehnat
qila olish qobiliyati va tadbirkorlik layoqatidan tashkil topadi.
Tadbirkor layoqati - bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqa resurslarni
samarali ishlata olish qobiliyatiga ega bo'lgan insoniy resursdir.
ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI - ishlab chiqarishning natijasi,
ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati hajmini ishlab chiqarish
xarajatlari qiymatiga bo'lgan nisbatida ifodalanadi.
ISHLAB CHIQARISH SARFLARI - ishlab chiqarish davomida bo'ladigan
chiqim, xarajatlar; mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan jonli
va moddiy mehnat sarflari yig'indisi miqdori, ishlab chiqarilgan
tovar uchun sarflangan ish vaqti.
ISHLAB CHIQARISH SIKLI - ma’lum sanoat korxonasida muayyan
mahsulotni tayyorlash uchun zarur bo'lgan vaqt. Mahsulot ishlab
chiqarish sikli - ish davri (tayyor mahsulot olish uchun ketgan vaqt)
va ishlab chiqarish jarayonidagi tanaffuslar (operatsiyalar orasida
davr va smenalar o'rtasidagi vaqt) dan iborat. Ishlab chiqarish
siklining asosiy texnik iqtisodiy ko'rsatkichi uning muddati
hisoblanadi. Bu muddat ishlab chiqarish xarakteriga qarab soat,
kun, oy bilan o'lchanadi.
ISHLAB CHIQARISH SOHASI - mahsulot, tovarlar ishlab chiqaruvchi
tarmoqlar yig'indisi. Masalan, mahsulot, energiya, mahsulotlarni
saqlash, sarflash va boshqa funksiyalar. Ular muomalada ishlab
chiqarishning davomi hisoblanadi.
ISHLAB CHIQARISH SOLIQLARI - ishlab chiqaruvchi o'zi ishlab chiqargan
va o'zi sotadigan, boshqalarga beradigan yoki boshqacha tarzda o'zi
foydalanadigan mahsulot, tovar va xizmatlarga solinadigan soliqlar.
Bular, asosan, mulk yoki binolardan, boshqa turdagi aktivlardan
yoki yerdan foydalanganlik solig'i, agar ishlab chiqarishda yoki
ishchi kuchi yollashda yollanma ishchi kuchiga ish haqi to'lashda
foydalanilgan b o‘ Isa, bunday sarf-xarajat ham ishlab chiqarish solig'i
tarkibiga kiritiladi.
ISHLAB CHIQARISH TIZIM I - bu korxonaning operatsion resurslaridan
kiritilayotgan ishlab chiqarish omili
(“kirish”)ni korxona
tomonidan tanlangan mahsulot (“chiqish” )ga aylantirish maqsadida
foydalanadigan tizimdir.
ISHLAB CHIQARISH TUZILMASI - korxonaning mahsulot ishlab chiqarish
jarayonida bevosita yoki bilvosita ishtirok etadigan ishlab chiqarish
bo linmalari - sexlar, uchastkalar, xizmat ko'rsatish xo'jaligi
aloqalarining yig'indisi.
ISHLAB CHIQARISH UCHUN BOSHQA SUBSIDIYALAR - subsidiyalar
rezidentli korxonalar u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishda
ishtirok etganligi uchun olgan subsidiyalardan tashqari barcha
subsidiyalar.
ISHLAB CHIQARISH USULI - jamiyat taraqqiyotining turli tarixiy
bosqichlarida
ishlab
chiqarish
munosabatlari
hamda
bu
munosabatlarga xos bo'lgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning birligi
va o'zaro ta’siri birgalikda ishlab chiqarish usulini tashkil etadi.
Uning quyidagi turlari mavjud. 1. An’anaviy ishlab chiqarish usuli.
Bu usul sust rivojlangan ko'pgina mamlakatlarda mavjud. Bu ishlab
chiqarish usulida ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar
ko‘p yillab o'zgarmaydi. U sekin o'zgaradigan urf-odatlar bilan
belgilanadi. An anaviy ishlab chiqarish oddiy takror ishlab chiqarish
holatida bo'ladi. 2. Ma’muriy buyruqbozlik tizimidagi ishlab
chiqarish usuli. Bu usul ijtimoiy tizimda bo'lgan davlatlarga oid
bo'lib, bu davlatlarning iqtisodiyoti aralash iqtisodni tashkil etadi.
Mazkur ishlab chiqarish usuli xususiyati mulkning umumiy ekanligi
va ishlab chiqarish natijasi bo'lgan moddiy ne’matlar markazdan
taqsimlanishiga, xo'jalik bo'g'inlarida iqtisodiy mustaqillikning
mavjud ekanligiga asoslanadi. 3. Aralash iqtisodiy tizimdagi ishlab
chiqarish usuli. Davlatning iqtisodga aralashuvi inkor etilmaydi.
Lekin ishlab chiqarish usuli rivojlanishi turli mulk shakllariga
asoslangan holda uni bozor belgilaydi. Davlat bilan bozor ishlab
chiqarish usuli rivojlanishini ta’minlaydi. 4. Bozor iqtisodiyoti
tizimidagi ishlab chiqarish usuli turli mulkchilik shakllari va erkin
raqobatga asoslangan holda tashkil topadi.
ISHLAB CHIQARISH VA IMPORT SOLIG‘ 1 - davlat tomonidan ishlab
chiqaruvchi birliklardan tovar va xizmatlar ishlab chiqargani yoki
ishlab chiqarish omillaridan foydalangani uchun olinadigan soliqlar
- majburiyat, qaytarilmas to'lovlardir. Ularga mahsulotlar ishlab
chiqarishga bo'lgan soliqlar va import soliqlar kiradi.
ISHLAB CHIQARISH VA SOTUV IMKONIYATLARI TAHLILI - firma
maqsadlariga tovar g'oyasi va marketing strategiyasi mos kelishini
aniqiash uchun aniqiangan sotish ko'rsatkichlari, xarajatlar va
daromadlarni tahlil qilish.
ISHLAB CHIQARISH VOSITALARI - ishlab chiqarish jarayonida
qatnashadigan va moddiy ne’matlar tayyorlashda odamlar
foydalanadigan mehnat predmetlari va vositalari. Mehnat
predmetlari - kishi mehnati sarflanadigan obyektdir. Yer, o'rmon,
qazilma boylikJar, xomashyo, binolar, mashina va mexanizmlar,
asbob-uskunalar birgalikda ishlab chiqarish vositalarini tashkil
etadi.
ISHLAB CHIQARISH VOSITALARI BOZORI - mehnat qurollari,
xomashyolar va yonilg'i moylash materiallari savdosi. Ishlab
chiqarish vositalari bozor tovar birjalari, yarmarkalar ko'rinishida
bo'lib, asosan, uigurji savdo qilinadi.
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI - mahsulot tayyorlash uchun
qilingan barcha moddiy va ma’naviy mehnat sarfi. Uning qiymat
shakli mahsulot tannarxini o'zida aks ettiradi. Korxonalarning
ishlab chiqarish xarajatlarini ikkita qismga: doimiy va o'zgaruvchan
xarajatlarga bo'lish mumkin. Doimiy xarajatlarga: ijara to'Iovi,
qorovullik va ma’muriyat xizmati kabilar kiradi. O'zgaruvchan
xarajatlarga xomashyo, yoqilg'i, energiya, ish haqiga qilingan sarf-
xarajatlar kiradi.
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI - u yoki bu mahsulot
birligining tannarxini aniqlashda qo'llaniladigan usullar tizimi.
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI INFLYATSIYASI - ish vaqti va
xomashyoga narxlarning ko'tarilishi natijasida jami taklifning
qisqarishi asosida yuzaga keladigan inflyatsiya, bunda ishlab
chiqarishning real hajmi va bandlik darajasi pasayadi.
ISHLAB CHIQARISHDAGI BOSHQA SOLIQLAR - soliq korxona u yoki
bu mahsulotni ishlab chiqarishda ishtirok etganligi uchun solingan
soliqdan tashqari barcha soliqlar.
ISHLAB CHIQARISHDAGI YAROQSIZ MAHSULOT - o'z sifatiga ko ra
belgilangan standart va texnik sharoitlarga to'g'ri kelmaydigan detal
hamda yarim tayyor mahsulotlar.
—
194
—
—
ISHLAB CHIQARISHNI IXTISOSLASHTIRISH - yirik korxonalarda
texnologiya va tuzilmasi bir xil bo'lgan mahsulotlarni ommaviy
ravishda ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish xo'jaligi aloqalarining
yig'indisi.
ISHLAB CHIQARISHNI KIMYOLASHTIRISH - mahsulot ishlab chiqa-
rishda kimyoviy mahsulot va suniy materiallar, shuningdek,
kimyoviy usullardan keng foydalanish.
ISHLAB CHIQARISHNI MAHALLIYLASHTIRISH - sanoat ishlab
chiqarishining turlibosqichlarida import shaklida xarid qilish orqali
qo'llaniluvchi detallar, butlovchi qismlar, yarim tayyor mahsulotlar
va tayyor mahsulotlarni mahalliy xomashyo va materiallar asosida
ishlab chiqarishga o'tkazish jarayoni.
ISHLAB CHIQARISHNI MODERNIZATSIYALASH - ishlab chiqarishni
zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan
yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi
chora-tadbirlarni o ‘z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni
modernizatsiyalashning asosiy yo'nalish va vositalari quyidagilar
hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarib,
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan almashtirish; mahalliy
resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni
joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini
kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni
tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish;
chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.
ISHLAB CHIQARISHNI YIRIKLASHTIRISH - mahsulotni yirik korxo
nalarda chiqarishni tashkil qilish.
ISHLAB CHIQARISHNING DIVERSIFIKATSIYASI - bir tomonlama,
ko'pincha bitta mahsulotga asoslanuvchi ishlab chiqarishni keng
nomenklaturada tayyorlanuvchi mahsulodarga asoslangan ishlab
chiqarishga o'tkazish.
ISHLAB CHIQARISHNING IXTISOSLASHUVI - korxona yoki hududning
bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishga yo'naltirilganligi. Ishlab
chiqarishning ixtisoslashuvi ishlab chiqarish jarayonining turli
bosqichlarida hudud, tarmoq va korxonalar o'rtasida ichki mehnat
taqsimoti shaklidir. Ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish mahsulot,
texnologik jarayon, asbob-uskunalar va tegishli mutaxassisliklarning
bir xilligi bilan tavsiflanadi.
ISHLAB CHIQARISHNING POTENSIAL M IQDORI - resurslardan to'liq
foydalanilganda iqtisodiyot ishlab chiqara oladigan mahsulot ishlab
chiqarishning real hajmi.
ISHLAB CHIQARUVCHANLIK - resurslardan samarali foydalanish
ko'rsatkichlari.
ISHLAB CHIQARUVCHANLIK (UNUMDORLIK) - tizimdan chiqishda
olinadigan natijani ushbu tizimning kirishiga bo'lgan nisbati.
Umumiy unumdorlik, odatda, tizimning chiqishida olinadigan
natijalarning pul qiymatini (masalan, sotilgan mahsulotlar yoki
ko'rsatilgan xizmatlar) barcha kiritilgan ishlab chiqarish omillari
qiymatiga bo'lish orqali hisoblanadi.
ISHLAB CHIQARUVCHI KUCHLAR - ishchi kuchi va ishlab chiqarishlar
vositalari yig'indisi. Ular ishlab chiqarishni harakatga keltiradi.
Asosiy ishlab chiqarish kuchlariga moddiy ne’matlar yaratuvchi
mehnatkashlar va mehnat vositalari kiradi.
ISHLAB CHIQARUVCHI NARXI - yetkazib berilishi mumkin bo'lgan
mahsulot va xizmat sifatida ishlab chiqarilgan va ishlab chiqaruvchi
tomonidan olinadigan tovar va xizmat birligining narxi. To'lanishi
zarur bo'lgan turli mahsulot soliqlar (qo'shilgan qiymat uchun
olinadigan soliqdan tashqari), sotilgan va foydalanilgan mahsulot
uchun olingan subsidiyalar ham ishlab chiqaruvchi narxi tarkibiga
kiritiladi. Ishlab chiqaruvchi mol yetkazib berishva xizmat ko'rsatish
uchun alohida qo'shadigan chiqim-sarflar. U ishlab chiqaruvchi
narxiga qo'shilmaydi.
ISHLAB CHIQARUVCHI NARXI BO YICHA YALPI QO'SHILGAN
QIYMAT - ishlab chiqaruvchi narxida baholangan va undan sotib
oluvchi narxidagi oraliq iste’mol qiymati chegirib tashlangach hosil
bo‘ladigan narx.
ISHLAB CHIQARUVCHI ORTIQCHALIGI (YUTUG‘1) - tovarlarning
haqiqiy narxlaridan chekli (bir birlik qo'shimcha tovar ishlab
chiqarishga ketgan) xarajatlarning ayirmalari yig'indisiga teng.
ISHLAB CHIQARUVCHILAR NARXLARINING INDEKSI - bazis
davriga nisbatan xomashyo materiallar va oraliq tovarlar narxlari
o ‘zgarishining o'rtacha darajasini aks ettiruvchi ko'rsatkich.
YalMning maksimal darajada detallashtirilgan komponentlari
narxini solishtirma narxlarga o‘tkazishda ishlatiladi.
ISHLAB CHIQJSH OMILLARI BOZORI - yer, mehnat, kapital kabi ishlab
chiqarish omillarini sotib olish va sotishni nazarda tutadi. Yer
deganda fermerlar va tadbirkorlar tomonidan ishlatiladigan faqat
bevosita yerning o‘zi emas, shu bilan birga, yer ostidan qazib
olinadigan yoki yer yuzasida yig'ishtirib olinadigan xomashyo,
masalan, paxta tushuniladi. Mehnat barcha ishlovchilarning,
shu jumladan, malakasiz ishchilar, tadbirkorlar, firmalarning
boshqaruvchilari va rahbarlarining xizmatlari sifatida izohlanadi.
Mehnat birjasi ushbu bozorning eng muhim vositasi hisoblanadi.
Bu yerda turli xil ishchi kuchiga talab va uni taklif etish bevosita
shakllanadi. Mehnat birjasi ishchi kuchining butun rezervini ham
aks ettiradi. Ishsizlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ijtimoiy
ishlarni tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Kapital tarzidagi ishlab
chiqarish omili ishlab chiqarish vositalari, binolar, inshootlar,
dastgohlar, uskunalar, shuningdek, ishlab chiqarish vositalarini
sotib olish uchun talab qilinadigan pul mablag'laridan iboratdir.
G'arbdagi ayrim iqtisodchilar ishlab chiqarish omillariga tovarlar
va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etuvchi, qanday tovarlar
yoki xizmatlarni ishlab chiqarish xususida qarorlar qabul qiluvchi
va xavfni o'z zimmasiga oluvchi, yangi texnika, texnologiyani ishlab
chiqarish, yangi tovarlarning innovatsiya usullarini joriy etuvchi
tadbirkorlik talantini ham kiritadilar.
ISHLAR - bajarilishi uchun ma’lum vaqt talab qilinadigan WBS loyihasi ishlari
tuzilmasining dastlabki elementlari. Berilgan loyihada ko'rsatilgan
barcha ishlarning tugatilishi - butun loyiha tugashi demakdir.
ISHLAR (XIZM ATLAR)N 1EKSPORT QILISH - ishlarni bajarish (xizmatlar
ko'rsatish) joyidan qat’i nazar, O'zbekiston Respublikasining
yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan chet davlatning yuridik
yoki jismoniy shaxsi uchun ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatish.
ISHLATILISH KOEFFITSIYENTI - ma lum bir resursning faktik ishlatilish
vaqtining uning ishlatilishi mumkin bo'lgan vaqtga nisbati.
ISHLAB CHIQARISH JARAYONI - jamiyat ixtiyoridagi barcha resurslardan
foydalanib, jamiyat a’zolari uchun zarur bo'lgan tovar va xizmatlarni
yaratish.
ISHLAB CHIQARISH MUNOSABATLARI - hayotiy ne’matlarning ishlab
chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida
kishilar o'rtasida paydo bo'ladigan iqtisodiy munosabatlardir.
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI - tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish
va iste’molchilarga etkazib berishda qilinadigan barcha sarflardan
iborat.
ISHLAB CHIQARUVCHI KUCHLAR - ishchi kuchi yoki boshqacha
aytganda, ma’lum malakaga, tajribaga ega bo'lgan kishilar hamda
ishlab chiqarish vositalaridan tashkil topgan.
ISHONCHSIZ KREDITLAR - ishonchsiz deb turkumlangan aktivlar qaytishi
mumkin bo'lmagan aktivlar deb qaraladi. Bunday aktivlar juda
past qiymatga ega va ularni bank aktivlari sifatida hisobga yuritish
maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi. Bunday turkumlash bu
aktivlarning hech qanday likvidatsion bahosi yo'q degani emas, lekin
banklarga bunday aktivlarni o'z balansida yuritish tavsiya etilmaydi
va bu aktivlar likvidatsiya qilinishi kerak.
—
197
—
—
ISHSIZLIK - sog'lig'i yoki yoshi jihatidan ishga Iayoqatli kishining ish o'rnini
yo'qotib, bosh bo'lib qolishi. Ishsizlik uch xil ko'rinishda uchraydi:
1. Ixtiyoriy ishsizlik (boshqa hududga ko'chish, o'qishga kirish,
bolani parvarish qilish kabi sabablarga ko'ra ishdan bo'shashi
natijasida yuzaga keladi). 2. Tarkibiy ishsizhk (ayrim kasblar, ish
turlariga bo'lgan talabning susayishi natijasida yuzaga keladi). 3.
Davriy ishsizlik (ayrim hududlar va tarmoqlarda ishchi kuchiga
bo'lgan talabning kamayishi natijasida yuzaga keladi).
ISHSIZLIK DARAJASI - ishsizlik sonining iqtisodiy faol aholi soniga nisbati.
16 va undan yuqori yoshdagilar, lekin ishga ega bo'lmaganlar, faol
ish qidirayotganlar, ishni boshlashga tayyor turganlar ishsizlar deb
ataladi.
ISHSIZLIKNING TABIIY DARAJASI - real va potensial yalpi milliy
mahsulotning o'sishi bir-biriga mos keladigan iqtisodiy rivojlanish
davri oraliqlariga xos bo'lgan ishsizlik darajasi. U iqtisodiy
rivojlanishning haqiqiy va strukturaviy ishsizlik ko'rsatkichlari
yig'indisi sifatida ham hisoblanishi mumkin. Shuningdek, NARU
(natural rate o f unemloyment) atamasi ishsizlikning o'smaydigan
darajasi ko'rsatkichi tarzida ham qo'llaniladi. Bu ko'rsatkich ijtimoiy
jihatdan nisbatan neytral bo'lib, inflyatsiyaning turg'un, barqaror
darajalari hamda real va potensial yalpi milliy mahsulot (YaMM)
mos tushgan holatidagi ishsizlik darajasini aks ettiradi.
ISLOHOT - turli ravishda o'tkazilgan o'zgarish: isloh qilish, reforma. Iqtisodiy
islohot iqtisodni inqiroz holatidan chiqarish borasida o'tkazilgan
chora-tadbirlar yig'indisidir.
ISLOM VII asrda (hijriy 622-yil) - dastlab Arabistonda tarqalgan so'nggi
muqaddas din. Islomning muqaddas kitobi Quroni karimda
(arabchada o'qish, qiroat degani) Alloh taolo tarafidan shaxsiy
mulk muqaddas deb e’lon qilingan, unga ko'z olaytirish katta gunoh
deyilgan va sudxo'rlik harom qilingan, ortiqcha sarf-xarajatlar
qoralangan, ayniqsa, “yenglar, ichinglar, hadya qilinglar, lekin isrof
qilmang” degan oyatlar bugungi kun uchun ham ahamiyatlidir.
ISTE’MOL XARAJATLARI - tovarlar va xizmatlarni yakuniy iste’mol qilish
maqsadida xarid qilish uchun qilingan xarajatlar. Uy xo'jaliklari va
davlatning iste’mol xarajatlariga bo'linadi. YalMning xarajatlariga
ko'ra tarkibida eng katta va barqaror komponent.
ISTE’MOL - ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining oxirgi fazasi, ijtimoiy
mahsulotdan aholining iqtisodiy talablarini qondirish jarayoni.
ISTE’MOL BAHOLARI INDEKSI - iste’mol savatiga kiritilgan tovar va
xizmatlar bahosining u yoki bu davrdagi o'rtacha o'zgarishini
ifodalovchi indeks. U, odatda, Leypeyres formulasi bo'yicha
aniqlanadi.
ISTE’MOL BOZORI - aholi iste’moli uchun zarur bo'lgan tovarlar va
xizmatlarning ayirboshlanishi.
ISTE’MOL BOZORIDAGI MUTANOSIBLIK - iste’mol bozoriga taklif
etilayotgan tovarlar va xizmatlar hajmi bilan aholining to'lovga
qodir talabining o'zaro mosligi.
ISTE’MOL BUDJETI - moddiy-ma’naviy ne’matlar va xizmatlar iste’moli
salmog'i va tarkibining qiymati bahosi hamda soliqlardir.
ISTE’MOL DARAJASI - ma’lum paytda haqiqiy iste’molning istalgan,
mo‘ ljallangan yoki ratsional iste’molga nisbatan erishgan darajasi.
ISTE’MOL FUNKSIYASI - jami iste’mol sarflari bilan har ma’lum paytda
iste’molchi ixtiyoridagi daromadning har xil miqdorlar o'rtasidagi
bog'liqlik. Ma’lum bir paytda iste’molchi ixtiyoridagi daromadning
mumkin bo'lgan har xil darajalaridagi iste’mol sarflari.
ISTE’MOL KREDITI - bu aholining iste’mol talablarini qondirishga yordam
beruvchi kreditdir va uy-ro'zg'or buyumlari: radio-elektron va
maishiy asbob-uskunalar, mebellar, interyer buyumlari, turar uy-
joylarni ta’mirlash bilan bog'liq tovarlarni xarid qilish, avtomashina
sotib olish va aholiga ko'rsatiladigan tibbiy xizmatlar va boshqa
xizmatlarning haqini to'lash uchun 3 yilgacha bo'lgan muddatga
beriladi.
ISTE’MOL ME’YORI - mahsulotlar iste’moli ratsional darajasining
ko'rsatkichlari.
ISTE’MOL MOLLARI VA XIZMAT - uy xo'jaliklari, notijorat tashkilotlar
tomonidan ishlab chiqarish jarayonida, tizimda ko'rsatilganidek,
qo'shimcha o'zgartirishsiz foydalaniladigan tovar va xizmatlar.
Bunday foydalanish uy xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi subyektlar,
shaxslarning bevosita ehtiyoji va xohishini yoki jamiyat a’zolarining
umumiy ehtiyojlarini qondiruvchi umumdavlat boshqaruvbirliklari
tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
ISTE’MOL MUVOZANATI - iste’molchining holati, u barcha daromadiga
tovar va xizmatlarni ma’lum baholarda va shunday miqdorda xarid
qiladiki, ularning nafliligini oshiradi.
ISTE’MOL NARXLARINDEKSI - o'rtacha oila tomonidan, odatda, iste’mol
qilinadigan tovar va xizmatlar narxining bazis davriga nisbatan
o'zgarishi o'rtacha darajasini aks ettiradigan ko'rsatkich, inflyatsiya
ko'rsatkichi sifatida ishlatiladi.
ISTE’MOL SAVATI - insonning salomatligini saqlash va uning hayot faoliyatini
ta’minlash uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-
ovqat tovarlari va xizmatlarning minimal to'plamidir. Bu yig'indi
aholi iste’molining tarkibi va darajasini to'liqroq ifodalaydi.
ISTE’MOL SOLIG‘1 - bir necha mamlakatlardagi soliqlar guruhi, daromad sarf
qilinayotgan paytda olinadi. Qo'shilgan qiymat solig'i va aksizlar
ana shunday soliq tarkibiga kiradi. Bojxona bojlarini ham iste’mol
soliqlari qatoriga kiritish mumkin. Bu soliqlarning ayrimlari davlat
foydasiga olinsa, boshqa birovlari mahalliy budjetlarga borib
tushadi.
ISTE’MOL STRUKTURASI - iste’mol yo nalishlari va iste’mol qilinadigan
mahsulot turlari.
ISTE’MOL TOVARLARI - insonlarning bevosita ehtiyojlarini qondiruvchi
tovar va xizmatlar, masalan, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh,
maishiy xizmatlar va shu kabilar.
ISTE’MOL TOVARINING XIZMAT MUDDATI - mahsulotning o'z
iste’mol xossalarini yo'qotmay saqlab turish davri.
ISTE’MOLCHI - o'z ehtiyojini qondirish uchun mahsulot, tovar, xizmatlardan
foydalanadigan shaxs, oila, jamoa, korxona, tashkilot, muassasa.
ISTE’MOLCHI JAMOA - korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va boshqa
jamoalar.
ISTE’MOLCHI ORTIQCHALIGI (YUTUG‘ 1) - iste’molchi tovarlar
uchun to'lashi mumkin bo'lgan narxlar bilan tovarlarga bozorda
haqiqiy to'langan narxlar ayirmalarining yig'indisi.
ISTE’MOLCHI ULUSHI - bozor ulushini kengaytirishdan iste’molchilar
sonini ko'paytirishga o'tish. Buning uchun kompaniyalar dolzarb
iste’molchilarga tovarlarning kengaytirilgan assortimentini taklif
etadilar, xodimlarni o'zaro o'rnini bosuvchi tovarlarni sotishga va
savdo hajmini oshirishga o'rgatadilar.
ISTE’MOLCHILAR PANELI - ko'p marta marketing tadqiqotlari uchun
maxsus tanlab olingan, sinaladigan kishilar majmuyi.
ISTE’MOLCHILAR TALABI - ma’lum paytda yoki davrda iste’molchilar
ehtiyojining to'lov vositasi bilan ta’minlangan qismi; to'lov
qobiliyatiga ega bo'lgan ehtiyoji; odamda biror narsaga talab paydo
bo'lishi uchun o'sha narsaga ehtiyoji va shunga yarasha mablag'i
bo'lishi kerak; bozor mexanizmining muhim elementi bo'lib,
xaridor tomonidan bozorga chiqadi; ehtiyojningbozorda ko'rinishi,
qondirish shakli.
ISTE’MOLCHILAR XARID FONDLARI - iste’molchilar (aholi) pul
daromadlarining tovarlar sotib olish uchun mo'ljallangan va
ajratilgan qismi.
ISTE’MOLCHILAR XARID QOBILIYATI - iste’molchilarning o'zlariga zarur
tovarlar (xizmatlar) ni sotib olish uchun moliyaviy imkoniyatlari
bo'lib, xarid fondlarining tovarlar narxlarida ifodalangan shakli.
200
ISTE’MOLCHINING
MUSTAQILLIGI
(suvereniteti)
-
iste’mol
huquqining mustaqilligi, qaram emasligi, huquqning mustaqil
yo'nalishi bo'lib, tovar va xizmatlar bozorida iste’molchining
manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qoida va yo'riqnomalar
majmuyidan iborat.
ISTE’M OL (JAMG'ARISH)GA CHEGARALANGAN MOYILLIK - iste’mol
xarajatlaridagi (jamg'arish hajmi) o'zgarishning bu o'zgarishni
keltirib chiqargan daromadlarning o'zgarish miqdoridagi ulushi.
ISTE’MOLGA O'RTACHA MOYILLIK - iste’mol xarajatlarining daromaddagi
(yoki shaxsiy tasarrufdagi daromad hajmidagi) hissasi.
ISTE’MOL BOZORIDAGI MUTANOSIBLIK - iste’mol bozoriga taklif
etilayotgan tovarlar va xizmatlar hajmi bilan aholining to'lovga
qodir talabining o'zaro mosligi.
ISTIQBOLLI MOLIYAVIY MA’ LUMOTLAR - ma’lum voqealar sodir
bo'lishi vaxo'jalikyurituvchisubyektrahbariyatitomonidanmuayyan
harakatlar amalga oshirilishi taxminlaridan kelib chiqadigan xo'jalik
yurituvchi subyektning kelajakdagi moliyaviy holati, faoliyatining
kelajakdagi moliyaviy natijalari, pul mablag'larining yoki moliyaviy
xo'jalik faoliyatidagi alohida tarmoqlarining harakatlari to'g'risida
ma’lumot.
ISTIQBOLLI REJALAR - uzoq muddatli davrlar uchun korxonani iqtisodiy-
ijtimoiy rivojlantirish nisbatlari va yo'nalishlarini belgilab beruvchi
rejalar.
ISTIQBOLNI ANIQLASH - moliyaviy mexanizmining asosiy qismi bo'lib,
u moliyaviy rejalar va balanslar hamda moliyaviy ko'rsatkichlar,
norma va normativlar tizimini o'z ichiga oladi.
ISTIQBOLNI BELGILASH MALAKASI - ijtimoiy va bilish jarayonlarini
rejalashtirish va boshqarish.
ISTE’MOL TOVARLAR! - inson ehtiyojini qondirishga mo'ljallangan iste’mol
buyumlarining tovar shakli; pulga sotib olib, iste’mol etiladigan
moddiy mahsulotlar va har xil xizmatlar.
IXTILOF - bir-biriga qarama-qarshi yo'naltirilgan maqsadlar, manfaatlar,
nuqtayi nazarlar, fikrlar yoki ikki va undan ortiq kishining qarashlari
to'qnashuvidan iborat.
IXTILOFLARNI BOSHQARISH - ixtilofni vujudga keltirgan sabablarga
barham berish (kamaytirish) sohasida aniq maqsadli tasir ko'rsatish
yoki ixtilof qatnashchilari xulq-atvorini o'zgartirishga qaratilgan
ta’sir ko'rsatish.
IXTILOFLARNI HAL QILISH - ularning sabablari va oqibatlariga barham
beradigan jarayon yoki aniq maqsadga qaratilgan faoliyatdir.
—
201
—
IXTILOFLI VAZIYAT - tomonlarning biron-bir xususda qarama-qarshi,
ziddiyatli nuqtayi nazari, ziddiyatli maqsadlarga intilishi, ularga
erishish uchun turli-tuman vositalardan foydalanishi, manfaatlar,
istaklarning bir-biriga mos kelmasligi va shu kabilar.
IXTIRO - turli sohalardagi mahsulot (xususan; qurilma, modda, mikroorganizm
shtamplari, o'simlik va hayvonlar hujayralari) yoki usul (moddiy
vositalar yordamida moddiy obyektlar ustidan harakatni amalga
oshirish jarayoni)ga tegishli texnik yechim.
IXTISOSLASHGAN BANKLAR - muayyan mijozlar guruhiga xizmat
ко rsatadigan yoki ayrim harakatlarga ixtisoslashgan banklar.
Masalan, eksport banklari, ipoteka banklari, investitsion bank va
shu kabilar.
IXTISOSLASHTIRISH - 1. Faoliyatni biron-bir mashg'ulotga, kasb-hunarga
yo'naltirish; ijtimoiy mehnat taqsimoti shaldlaridan biri. 2. Biron-
bir cheklangan sohada ma’lumot olish. 3. Ishlab chiqarishni
ixtisoslashtirish, sanoatda, qurilishda, qishloq xo'jaligida, xizmat
ko'rsatish sohasida texnologiyani ixtisoslashtirish - faoliyatini
muayyan mahsulot, buyum, detal ishlab chiqarishga yo'naltirish.
Ishlab chiqarish ixtisoslashtirish - fan-texnika taraqqiyoti va ishlab
chiqarish ko'lami oshganligining ifodasi, uning samaradorligini
oshirish va mehnat unumdorligini ko'tarishning eng muhim
yo'llaridan biri.
IXTISOSLASHUV - ishlab chiqarishning muayyan mahsulot ishlab chiqarish
yoki xizmat ko'rsatishga moslashuvidir. Ixtisoslashuv asosida
mehnat taqsimoti turadi.
IXTIYORIYISHSIZLIK - qarang: friksion ishsizlik.
IXTIYORJY SUG'URTA - tomonlarning xohish-irodasiga ko'ra amalga
oshiriladigan sug'urta.
IZOHLASH (TUSHUNTIRISH) - og'zaki izoh, yoritilishi lozim bo'lgan turli
materiallarni izohlash, isbotlash, tahlil qilish.
IZOKOSTA - yig'indisi bir xil yalpi xarajatga teng bo'lgan resurslar sarflari
kombinatsiyalarini ifodalovchi chiziq.
IZOKVANT KARTA - izokvantlar jami si, ularning har biri, qo'llanilayotgan
resurslarning har xil birikmalarini qo'llashda erishish mumkin
bo'lgan maksimal ishlab chiqarish hajmini ko'rsatadi.
IZOKVANTA - mahsulotni ishlab chiqarishda qo' llanishi mumkin bo' lgan barcha
o'zgaruvchan resurslarning o'zaro birikish kombinatsiyalarini aks
ettiruvchi egri chiziq. Foydalanish bir xil xarajatlarni talab etuvchi
resurslarning barcha birikish kombinatsiyalarini ko'rsatuvchi egri
202
JADALLASHTIRILGAN AMORTIZATSIYA - kamayayotgan balans usuli da
hisoblanadigan amortizatsiya. Bunda foydalanishning birinchi
yilida ajratiladigan mablag'lar me’yori ikki baravarga oshiriladi,
ikkinchi yilda esa qoldiq qiymatdan 20% ajratiladi va h. k.
JAHON BAHOSI - talab va taklif egri chiziqlari tasirini hisobga olgan holda
milliy narx ko'rsatkichlari ta sirida xalqaro savdo markazlarida hosil
bo'ladi.
JAHON BANKI - rasman nomi xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki. 1944-y ilda
Xalqaro valyuta jamg'armasi bilan bir vaqtda tuzilgan birinchi
davlatlararo investitsiya institutidir. Bank o'zining faoliyatini 1946-
yil 25-iyundan boshlagan. Jahon banki o'zaro bir-biri bilan bog'liq
beshta institutdan tarkib topgan ko'p tomonlama kredit tashkiloti
hisoblanadi.
JAHON BANKINING BOSH MAQSADI - uzoq muddatli iqtisodiy o'sishga
yordam ko'rsatish, buning natijasi o'laroq, rivojlanayotgan
mamlakatlarda qashshoqlikni tugatish. Jahon banki qarzlari faqat
rivojlanayotgan mamlakatlarga ularning uzoq muddatli rivojlanishni
hal etish uchun beriladi. O'zbekiston Jahon bankiga 1992-yilda a’zo
bo'Igan. Jahon ankida 3 ta sho'ba bor, bular XTTBdan ancha keyin
tashkil etilgan.
JAHON BOZORI - xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biriga bog'langan
mamlakatlar o'rtasidagi barqaror oldi-sotdi munosabatlari. Jahon
bozorida ishtirok etish uchun mamlakatning eksport salohiyatini
yuksaltirish kerak. Jahon bozori tovarlar, xizmatlar, valyuta,
investitsiya, iimiy ishlanmalar bozorlaridan iborat.
JAHON BOZORI KONYUNKTURASI - jahon tovar bozorlaridagi sotish
sharti, ushbu bozorlardagi talab, taklif, narxlar darajasi, ularning
o'zgarish tendensiyalari.
JAHON INFRATUZILMASI - jahon mamlakatlari o'rtasidagi barcha
munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan kema, samolyot,
poyezd, avtomobil transporti, xalqaro gaz va neft quvurlari, elektr
energiyasini yetkazib berish tarmoqlari, reklama, axborot yetkazib
berish kommunikatsiyalari (telefon, radio, oynayijahon, kompyuter
tizimi), xalqaro birjalar, moliya markazlari, banklar tizimini o'z
ichiga oladi.
2
0
3
----------------
JAHON IQTISODIYOTI NAZARIYALARI - jahon bozorida mahsulot,
valyuta, ishchi kuchi va boshqalarning harakat jarayonlariga xos
qonun va qonuniyadarini o'rganuvchi nazariyalar. “Ishlab chiqarish
omillarining xalqaro taqsimoti” nazariyasi tipikdir (E. Xeksher,
B. Olin, P. Samuel son); “Mahsulot hayoti sikli” nazariyasi (G.
Xufbauer, R. Vernon, M. Pozner); Monopolistik raqobat nazariyasi
(E.X. CHemberlin) va boshqalar.
JAHON ISHCHI KUCHI BOZORI (JIKB) - milliy xo'jalik tizimlari va jahon
iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqaruvchi kuchlarning darajasi,
tabiati va joylashuviga sezilarli ta’sir etuvchi iqtisodiy faol aholining
mamlakatlar va hududlar o'rtasida jami migratsion aylanmasi.
JAHON MOLIYAVIY INQIROZI - bu bank-moliya tizimida ro'y bergan
chuqur tanglik holati, buning natijasida yirik banklar va moliyaviy
tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to'lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy
inqirozga aylanib ketishi, dunyoning yetakchi fond bozorlarida
eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati
halokatli darajada tushib ketishi, oqibatda ko'plab mamlakatlarda
ishlab chiqarish va iqtisodiy o'sish sur atlarining keskin pasayib
ketishi bilan bog'liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib
chiqaruvchi holatdir.
JAHON PULI - xalqaro miqyosda hamma uchun umumiy xarid va umumiy to' lov
vositasi, boylikning umumiy moddiy timsoli, baynalmilal qiymat
ifodasi bo'lgan pul. Ilgarilari jahon puli vositasini oltin yombilari
bajargan, hozir esa bu vazifani dollar, yevro, funt sterling, nemis
markasi, yapon iyeni, Fransiya va Shvetsariya franki bajaradi.
JAHON SAVDO TASHKILOTI - xalqaro savdoning institutsional va huquqiy
asosini tashkil etuvchi mustaqil davlatlararo tashkilot.
JAHON VALYUTA TIZIM I - xalqaro pul-kredit munosabati bo'lib, jahon
bozorining rivojlanishi natijasida tarkib topgan va davlatlar o'rtasida
tuzilgan bitimlar bilan mustahkamlangan. Jahon valyuta tizimining
asosiy unsurlari quyidagilardan iborat: zaxiradagi milliy va jahon
valyuta birliklari, valyutalarning oltin nisbati hamda kurslari
mexanizmi, o'zaro qaytarilish sharti, cheklanish hajmi, xalqaro
hisob-kitoblar shakli, xalqaro valyuta va oltin bozorlari tarkibi,
valyuta munosabatlarini boshqaradigan davlatlararo valyuta-kredit
tashkilotlarining maqomi va boshqalar. 3 ta jahon valyuta tizimi
mavjud: a) XIX asr oxirida oltin va kumush andozasi asosida yuzaga
kelgan tizim; b) oltin andozasi asosida yuzaga kelgan tizim. Bu
tizim 1944-yili AQSH va Brutton-Vuds konferensiyalarida yuridik
204
jihatdan rasmiylashtirilgan; v) 1971-yilda AQSH o'z dollarini
oltinning rasmiy bahosi bo'yicha almashtirib olishdan bosh tortdi
va uzoq yillar davom etgan oltinning jahon bozoridagi bahosiga
ko‘ra belgilanadigan valyuta fondi tizimi puturdan ketdi. 1976-yilda
“Xalqaro valyuta fondi a’zolari” bo'lgan davlatlaming kelishuvlariga
muvofiq “Tebranib turuvchi boshqariladigan valyuta kursi tizimi”
belgilandi. Unga ko'ra, XVF ga a’zo bo'lgan davlatlar o'z valyuta
kurslarini mustaqil tanlab olish huquqiga ega.
JAHON XO'JALIGI - jahon xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etuvchi va
jahon mamlakatlari bilan iqtisodiy munosabatlar tizimi orqali
bog'liq bo'lgan mamlakatlar milliy xo'jaliklari yig'indisi. XVI
asrdagi buyuk geografik kashfiyotlar tufayli rivoj topgan, ayniqsa,
II Jahon urushidan keyin avj olgan xalqaro iqtisodiy munosabatlar
majmuyi. Xalqaro mehnat taqsimoti bu xo'jalikning moddiy asosini
tashkil etadi. Xalqaro integratsiyada baynalmilallik xos.
JAHON
XO'JALIGI
INTEGRATSIYASI
-
jahon
xo'jaligi
ishlab
chiqarishining asosiy ko'rinishlaridan biri mamlakatlararo ishlab
chiqarish,savdo, valyutamunosabatlarivaboshqasohalardaiqtisodiy
hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan u yoki bu mintaqadagi
davlatlar ittifoqining shakllanishi bo'ldi. Buning asosida yuzaga
keladigan xo'jalik aloqalarini bog'lovchi va birlashtiruvchi iqtisodiy
jarayonlar davlatlar o'rtasidagi integratsiya nomini oldi.
gU
JAHONSHUMUL MUAMMOLAR - dunyodagi ijtimoiy hodisalar va
jarayonlarning alohida qatorini tashkil etadi. Bular o'z miqyosi va
ahamiyatlari jihatdan olamshumul xususiyatga egaligi bilan ajralib
turadi. Bu muammolarni ijtimoiy tuzum, taraqqiyot darajasi, dini,
jo'g'rofiy mavqeyidan qat’i nazar, barcha davlatlaming hamjihatligi
bilan hal etish mumkin. Bu muammolarga urush va tinchlik,
qurolsizlanish va rivojlanish; inson-jamiyat muammolari; jamiyat-
tabiat muammolari kiradi.
JAMGARIB BORILADIGAN IXTIYORIY PENSIYA BADALLARI -
shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisob-raqamlariga ixtiyoriylik
asosida kiritiladigan pul mablag'lari kiradi.
JAMGARIB BORILADIGAN PENSIYA TA’MINOTI - fuqarolarni shaxsiy
jamg'arib boriladigan pensiya hisob-raqamlaridagi mablag'lardan
davlat pensiyasiga qo'shimcha ravishda pul mablag'lari bilan
ta’minlash.
JAMGARISH - 1. Ixtiyordagi daromadning bir qismi bo'lib, u oxirgi iste’mol
maqsadlari uchun sarflanmaydi, balki jamg'arish uchun sarflanadi.
205
Kengaytirilgan
takror ishlab
chiqarishni
amalga
oshirish
maqsadida asosiy fondlar, aylanma mablag'lar va moliyaviy aktivlar
hajmi orttiriladi. 2. Mavjud daromaddan foydalanish hisobida
balanslantiruvchi modda. Bu modda mavjud daromadning pirovard
iste’mol qilinadigan tovar va xizmatlar uchun hali sarflanmagan
qismini ko'rsatadi.
JAMG'ARISH FONDI - milliy daromadning bir qismi bo'lib, asosiy va
aylanma fondlar, zaxirani ko'paytirish uchun foydalaniladi. Ishlab
chiqarish jamg'arish fondi va noishlab chiqarish jamg'arish fondi
mavjud. Jamg'arish fondi kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning
sur’atlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omildir.
JAMG'ARISH FUNKSIYASI - har qanday yillik potensial daromad
darajasidan qat’i nazar, ishlab chiqaruvchi tomonidan sarf
qilinmoqchi bo'Igan investitsion sarflar.
JAMG'ARISH NORMASI - jamg'arish fondining milliy daromadga nisbatan
foizda ifodalanishi.
JAMG'ARISH VA KAPITAL TRANSFERTLAR TUFAYLI XUSUSIY
KAPITAL SOF QIYMATINING O'ZGARISHI - kapital
muomalasi hisobidagi manbayi xususiy kapital yoki birlikning sof
qiymati o'zgarganligini ko'rsatadi. Bu o'zgarish jamg'arish va kapital
transfertlari tufayli ro'y beradi.
JAMG'ARISHGA CHEGARALANGAN MOYILLIK - jamg'arish hajmi
o'zgarishning bu o'zgarishni keltirib chiqargan daromadlarning
o'zgarish miqdoridagi ulushi.
JAMG'ARMA - aholining kelajak ehtiyojlarini qondirish va kelajakda xarid qilish
uchun saqlab qo yilgan pulli daromadlari. Uning hajmi ixtiyoridagi
daromaddan iste’mol xarajatlarni ayirish yo'li bilan belgilanadi.
JAMG'ARMA BANKI - kredit muassasasi bo'lib, uning asosiy vazifasi aholining
pul jamgarmalari va vaqtincha erkin pul mablag'larini jalb qilish va
aholiga kredit berishdan iborat.
JAMG'ARMA SERTIFIKATLARI - bank tomonidan chiqariladigan va uning
egasiga oldindan shartlashilgan vaqtda belgilangan summani olish
huquqini beruvchi qimmatli qog'ozdir.
JAMG'ARMACHI - tijorat banklariga pul mablag'i qo'ygan jismoniy va yuridik
shaxslardir.
JAMI BAND AHOLI - band bo'Igan aholi va harbiy xizmatchilar.
206
JAMI IJTIMOIY MAHSULOT - ma’lum davr mobaynida, jamiyatda
hosil qilingan barcha iste’mol mahsulotlari qiymatlari yig'indisidan
iborat. Uijtimoiyishlabchiqarishningbarchabo'g'inlaridasarflangan
mehnatni mujassamlashtiradi va ayrim ishlab chiqaruvchilarning
shu vaqt oralig'idagi mahsulotlarining yig'indisi sifatida ta’riflanadi.
JIM tarkibiga turli-tuman moddiy va moddiy bolmagan ne’matlar
va xizmatlar kiradi.
JAMI TAKLIF - iqtisodiyot ishlab chiqaradigan hamma tovar va xizmatlar;
mumkin bo'lgan har bir baho darajasidagi ishlab chiqarishning real
hajmi. Unga baho ta’sir etadi. Bu ta’sir proporsionaldir, ya’ni baho
darajasi o'sgan sari jami taklif miqdori ham o'sadi. Undan tashqari,
jami taklifga resurslarga baholarning o'zgarishi, ishlab chiqarish
unumdorligining o'sishi va shu kabi omillar tasir ko'rsatadi.
JAMI TAKLIF EGRI CHIZIG'INING KLASSIK KESMASI - jami taklif
egri chizig'ining vertikal qismi iqtisodiyotda to'liq bandlik
sharoitidagi yoki ishsizlikning tabiiy nuqtasidagi holatini ifodalaydi,
bunda real YaMM hajmi o'zgarmasdan qoladi, faqat baholar oshadi.
JAMI TAKLIF EGRI CHIZIG'INING ORALIQ.KESMASI - ishlab chiqarish
real hajmining o'sishi bilan baholar ham o'sayotgan vaziyatni aks
ettiradi. Milliy ishlab chiqarish miqdorining ortishi baholarning
o'zgarishi sharoitida yuz beradi.
JAMI TALAB - mumkin bo'lgan har qanday baholar darajasida iste’molchilar,
tadbirkorlar va davlat tomonidan sotib olinishi mumkin bo'lgan
mahsulot hajmi. Jami talabga baho darajasi teskari proporsional
ta’sir ko'rsatadi, ya’ni baho o'sgan sari talab kamayadi va aksincha,
shuningdek, jami talabga aholi daromadlari, investitsion sarflardagi
o'zgarishlar kabi omillar tasir qiladi.
JAMI TASHQI SAMARA - ma’lum ne’matning ishlab chiqarish hajmi. Unda
me’yoriy umumiy naflilik me’yoriy umumiy xarajatlarga teng
bo'ladi.
JAMIYATNING
SOF YO'QOTISHLARI
(MONOPOLIYALARNING
IJTIMOIY BAHO SI) - monopoliya mahsulot ishlab chiqarish
hajmini samarali darajada past qilib qisqartirishi natijasida ortiqcha
iste’molchi va xaridorlar kamayishi.
JAM LAN GAN BUDJET - O'zbekiston Respublikasi budjet tizimining
geografik tuzilishiga muvofiq turli darajadagi barcha budjetlar
yig'indisi.
207
JAMLANMA (KONSENTRIK) DIVERSIFIKATSIYA - firma texnikaviy yoki
bozor nuqtayi nazaridan korxonaning ilgarigi tovarlariga o'xshash
yangi mahsulotni ishlab chiqarish.
JAMOA - birgalikda mehnat qiladigan shaxslar guruhi bo'lib, unda kishilar bir-
birlari bilan shunday o'zaro harakat qiladilarki, har kim boshqa
shaxsga murojaat qiladi, ayni vaqtda uning tasirini ham his etadi.
JAMOA ISTE’M OL XIZMATI - ayni bir vaqtda jamiyatning barcha a’zolariga
yoki alohida ijtimoiy guruh a’zolariga, masalan, muayyan tumanda
yashovchi uy xo'jaliklariga ko'rsatiladigan xizmat.
JAMOA MULKI - madaniylashgan jamiyatda mulkchilikning bir shakli bo'lib,
uning asosiy belgisi ishlab chiqarish vositalari va uning natijalariga
jamoa-guruh tarzida egalik qilishdir. O'zbekistonda qabul qilingan
mulkchilik to'g'risidagi qonunda ishlab chiqarish vositalari
sifatida jamoa egalik qilishining kooperativ (jamoa), shirkat ijara,
aksionerlik, konsern mulk shakllari mavjud bo'lishi ko'rsatilgan.
JAMOANING FUNKSIYALARI - insonning jamoaga mansubligini his qilishi;
shaxs uchun uning yashashiga zarur ijtimoiy muhit yaratishdir.
JAMOATCHILIK BILAN ALOQA O'RNATISH - tashkilot, ishlab
chiqariladigan tovar (xizmat)lar, kompaniyaning bosh menejerlari,
ish uslubi, korporativ madaniyatga nisbatan jamoatchilik fikrining
shakllantirilishiga yo'naltirilgan faoliyat turi.
JARAYON - tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning ma’lum bir
qismiki, bunda ishlab chiqarishning kiritiluvchi omillari (“kirish”)
tugallangan mahsulotga (“chiqish”) aylantiriladi. Bu bilan korxona
o'z qiymatini ishlab chiqarishning kiritiluvchi omillariga nisbatan
balandroqbo'lishini ta’minlaydi.
JARAYONNING О ' TKAZUVCHANLIK QOBILIYATI - jarayonning
ma’lum bir vaqt oralig'idagi kutilayotgan unumdorligi. Bu sikl
vaqtiga teskari o'lchamdir.
JARAYONNING TOR JOYI - cheklangan qobiliyat resursi. Bu berilgan
jarayonning ishlab chiqaruvchanligini cheklab qo'yadigan resurs.
JARIMA - qonun, shartnoma yoki belgilangan qoidani buzganligi uchun
ko'riladigan tadbir, pul to'lovi; jarima.
JENEVA KONVENSIYASI - (veksel va cheklarni ishlab chiqarish yuzasidan) -
xalqaro bitim. 1949-yilda urushda azob chekkan fuqarolarni himoya
qilish maqsadida tashkil etilgan.
2 0 8
1 "I Г
----
JIHAT - biror-bir maxsus fan (falsafa, siyosiy iqtisod, sotsiologiya, psixologiya va
h.k.) tomonidan maxsus tadqiqot qilinadigan munosabatlar ostida
namoyon bo'ladigan boshqaruv munosabatlarining bir tomoni, bir
xususiyatini o'rganishga imkon beradi.
JIRANT - vekseldagi shaxsning, egasining mablag‘ini o'chirish to'g'risidagi belgi.
JIROKONTO - shu bankda joriy hisob-raqami bo'Igan uchinchi shaxs bilan
hisob-kitob qilish maqsadida hisob-raqamini ochish.
JISMONIY ESKIRISH - mehnat vositalarining foydalanish va tabiat kuchlari
tasiri ostida moddiy jihatdan yemirilishi. Mehnat vositalarining
ma’naviy eskirishi ularning to'liq jismoniy eskirishidan oldinroq,
ishlab chiqarish ko'rsatkichlari yuqoriroq va tejamkor bo'Igan
mashina va qurilmalar paydo bo'lishi tufayli yuz berishi mumkin.
JISMONIY SHAXS - iqtisodiy faoliyatda qatnashuvchi va bu jarayonning to'la
huquqli subyekti sifatida faoliyat ko'rsatuvchi shaxs. Jismoniy shaxs
o'z nomidan ish yuritadi, firma yoki korxona kabi hokimiyatda
ro'yxatdan o'tish majburiyatidan ozod. Jismoniy shaxslar yuridik
shaxs maqomini olmasdan faoliyat yuritayotgan yoki har xil
sabablarga ko'ra ishlamayotgan - pensionerlar, nafaqaxo'rlar va
boshqalardir. Bunday shaxslarga O'zbekiston Respublikasi fuqarosi,
fuqaroligi bo'lmaganlar va chet el mamlakatlari fuqarolari kiradi.
JISMONIY SHAXS LARD AN OLINADIGAN MAHALLIY SOLIQLAR -
yer uchun to'lovlar (yer solig'i, yer uchun ijara haqi), reklama
solig'i, mahalliy yig'imlar (birjada amalga oshirilgan bitimlar
bo'yicha yig'im, mahalliy auksion va lotoreya o'yinlarini o'tkazish
huquqi uchun litsenziya yig'imi, savdo qilish huquqi uchun yig'im
va boshqa maqsadli yig'imlar) dan iborat.
JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR - daromad
solig'i, fuqarolarning mulkidan olinadigan soliqlar (transport
vositalari solig'i, mol-mulk solig'i, uy-joy solig'i, meros tariqasida
o'tadigan mulkdan olinadigan soliq va boshqalar), tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan olinadigan qayd
etish yig'imi, boshqa soliq, yig'im va to'lovlardan iborat.
JISMONIY SHAXSLARNING DAROMADIGA SOLINADIGAN SOLIQ,
- umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, budjet daromadlarining
muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Moliya yilida soliq
solinadigan daromadga ega bo'Igan jismoniy shaxslar bu soliqning
to'lovchilaridir. Soliq progressiv xarakterga ega. U quyidagi
shakllarda to'lanishi mumkin: daromad manbayidan, ya’ni asosiy
209
ish joyidan va boshqa ish beruvchilardan; agar daromad bir necha
manba hisobidan olinsa va qonuniy tarzda belgilangan daromadning
yilhk summasidan oshsa, daromadlar to'g'risidagi deklaratsiya
ko'rinishida; tadbirkorlikfaoliyatidan olinadigan daromadni soliqqa
tortish shaklida. Jami yillik daromad bilan qonunda belgilangan
chegirmalar o'rtasidagi farq sifatida hisoblangan soliq solinadigan
daromad soliqqa tortish obyektidir. Jismoniy shaxslarning jami
yillik daromadiga soliq to'lovchi olishi lozim bo'lgan (olgan) yoki
tekinga olgan pul yoki boshqa mablag'lar, shu jumladan, mehnatga
haq to'lash shaklida olinadigan daromadlar, jismoniy shaxslarning
mulkiy daromadi va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan
keladigan yalpi daromad kiradi.
JON LOU (1671-1729) - asli shotlandiyalik, ammo ko'proq Fransiyada ijod
etgan. Merkantilizmning bir oqimi, ya’ni korxonalar va savdo haqiqiy
boylikdir, degan g'oyani ilgari surgan. Bank, aksiya, obligatsiya va
qimmatli qog'ozlar sotish yo'lini tutgan. Hozirgi “piramida” usuli
muallifi. Oxir-oqibatda inqirozga uchradi (Moskvadagi “МММ”
va boshqa shu kabi aksioner jamiyatlarining ibtidosi). Banklarning
ijobiy tomonini ko'ra bildi.
JON SOLIG‘1 - har bir soliq to'lovchidan teng summalarda olinadigan soliq.
JONLANISH - iqtisodiy davr (sikl)ning turg'unlikdan keyin keladigan bosqichi.
Unda ishlab chiqarish tushkunlik arafasidagi darajasiga yetadi,
iste’molchilarning sotib olish qobiliyati o'sadi, narxlar oshadi,
ishsizlik kamayadi, jonlanish bosqichining boshlanishi ozmi-ko'pmi
darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga o'tishini
bildiradi. Iqtisodiy siklning ishlab chiqarishning barqaror kengayib
borishiga o'tishini tavsiflovchi fazasi.
JORIY (AYLANMA) AKTIVLAR - asosan, qayta takroriy sotish maqsadida yoki
qisqa muddatda saqlab turilgan bo'Isa va undan hisobot vaqtidan
keyingi 12 oy mobaynida aktivlar foydalaniladigan obyektlar.
JORIY HISOB VARAQASI - banklardagi pul mablag'larini saqlash va hisob-
kitoblarda amalga oshirishga xizmat qiluvchi hisob-varaq (schyot)
turi.
JORIY KONYUNKTURA - muayyan davrda tovarlarga bo'lgan talab va
taklifning tarkibi, dinamikasini shakllantiruvchi iqtisodiy sharoit va
omillar majmuyi. Joriy konyunktura ayni davrdagi milliy va jahon
iqtisodiyotining u yoki bu omillaridan tarkib topgan vaqtinchalik
vaziyatni ifodalaydi.
JORIY LIKVIDLILIK - Iikvid shakldagi balans aktivlari bankning talab qilib
olinguncha saqlanadigan va muddati 30 kungacha bo'Igan hisob-
varaqlar bo'yicha majburiyatlari summasi o'rtasidagi nisbatni
tavsiflaydi.
JORIY NARX - aniq tovarga shakllanib amal qilib kelayotgan narx.
JORIY NAZORAT - ichki xo'jalik nazoratining uzviy qismi, butun korxona va
uning ichki bo'linmalari ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini
tezkor boshqarish va tartibga solish jarayonining tarkibiy qismi.
JORIY OPERATSIYALAR HISOB-RAQAMI - mamlakat to'lov balansi
bo'limi. Unda mamlakatning tovar va xizmatlar importi va
eksporti hajmi, investitsiyalardan olingan sof daromadi va transfert
to'lovlarining sof hajmi ko'rsatiladi.
JORIY OPERATSIYALAR HISOBI - tovarlar va xizmatlarni xarid qilish
hamda sotish, transfert tarzidagi o'tkazishlar, investitsiya bilan
bog' liq foizlar, dividendlar vaboshqa daromadlarni hamda nafaqalar,
ish haqi, elementlarni o'tkazish singari boshqa operatsiyalardan
keladigan daromadlaming mamlakatlararo harakatini aks ettiradi.
JORIY QIYMAT - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo'yicha
asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga
oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o'rtasida bitimni amalga
oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun
yetarli bo'Igan summa.
JORIY TA’MIRLASH - asosiy vositalar obyektini ishchi holatida saqlab turish
maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
JORIY TRANSFERTLAR- kapital bo'lmagan barcha transfertlardan iborat.
JORIY XALQARO HAMKORLIK - turli mamlakatlardagi davlat birliklari
va xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi pul yoki natura shaklida ro'y
beradigan joriy transfertlarni o'z ichiga olgan hamkorlik.
JOYLASHISHNI TIZIM LI REJALASHTIRISH METODI - uskunalarni
texnologik prinsip bo'yicha bo'limlar orasidagi material oqimining
sonli o'lchash imkoni kam bo'Igan hollarda joylashtirish imkonini
beradi.
-
аи— —
711
—
—
KABINET TADQIQOTLARI - rasmiy bosma axborot manbalari asosida
umumxo'jalik konyunkturasi holati, ayrim bozorlar taraqqiyoti,
ayrim mamlakatlar iqtisodiyotini o'rganish va ular to'g'risida tegishli
tasawurlar berish.
KADASTR - l ) jon boshidan olinadigan soliq to'lovchilar ro'yxati; 2) vaqti-
vaqtida yoki uzluksiz kuzatish natijasida tegishli obyekt xususida
struktura, tuzilma ma’Iumotlar to'plami; masalan, suv kadastri
- daryolar, ularda o'tkazilgan tekshirishlar haqidagi ma’Iumotlar
to'plami; 3) ko'chmas mulkni baholash, uning ro'yxatini yuritish
bilan shug'ullanuvchi davlat tashkiloti.
KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI - “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuni 1997-
yil 29-avgustda qabul qilingan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
“Ta’lim to'g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuni qoidalariga
muvofiq holda tayyorlangan bo'lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim
tizimining jahon miqyosidagi yutuqlari asosida tayyorlangan hamda
yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy
faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to‘g'ri
ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish
va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga
yo'naltirilgan.
KADRLAR ZAXIRASINI REJALASHTIRISH - xodimlarning lavozimlarga
ko'tarilib borishini maqsad qilib qo yadi. U muayyan xodimlarning
lavozimlarga ko'tarilishi, almashinishi, bo'shatilishining butun bir
zanjirini ishlab chiqishni talab qiladi.
KADRLARGA OID YANGILIKLAR - kadrlarga oid yangiliklarni joriy qilish
sohasidagi aniq maqsadli faoliyatdir.
KADRLARNI IZLASH VA TANLASH - yangi samarali kadrlar potensialini
yaratishdir.
KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH
BILAN BOG'LIQ, YANGILIKLAR - mazkur sohadagi yan-
giliklar, ehtiyojlarni aniqlash usullarini takomillashtirish va shu
kabilardir.
KADRLARNI
QISQARTIRISH
VA
FOYDA
BERMAYDIGAN
KADRLARNI TUGATISH - ortiqcha kadrlarni qisqartirish
hamda eng kam ish beradigan hamda istiqboli yo'q kadrlar potensiali
qismi va ish o'rinlarini korxona miqyosida tugatishdir.
—
212 1
***&&*&***—
KADRLARNI REJALASHTIRISH - odamlarga zarur vaqtda kerakli
miqdordagi ish o'rinlarini ularning qobiliyatlari, mayllari va ishlab
chiqirish talablariga muvofiq ta’minlab berish.
KAF - tashqi savdo shartnomasi bo'yicha yuklami belgilangan portgacha
(joygacha) yetkazib berish sharti. Bunda tashilayotgan tovarning
qiymatiga dengiz transportida tashish bilan bog'liq xarajatlar
kiritiladi. Ushbu shart bo'yicha tovarlami sug'urta qilish tovar
yetkazib beruvchi (sotuvchi)ning majburiyatiga kirmaydi.
KAFOLAT - fransuz tilidan olingan bo'lib, ta’minot degan ma’noni bildiradi.
Fuqarolik huquqida shartnomaga ko'ra qarzdor kreditor oldidagi
majburiyatini to'la yoki qisman bajarmaganda, kafillik beradi;
kafillik garov; garantiya.
KAFOLAT BERUVCHI BANK - o'z mijoziga kafolatlik qiladigan bank.
Talabnomalar va mijozlar hisobidan kafillik beradi.
KAFOLAT FONDI - davlat qarzi bo'yicha to'lovlami o'z vaqtida amalga
oshirish hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag' jalb
qilish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi majburiyatlaridan kelib
chiquvchi to'lovlami amalga oshirish uchun mablag'larnijamlashga
shart-sharoit yaratish maqsadida respublika budjeti tarkibida
tuziladigan fond.
KALENDAR REJALASHTIRISH - korxonada har bir ishni aniq bajarish vaqti
ko'rsatilgan mahsulot ishlab chiqarish rejasi.
KALKULATSIYA (lot. calculatio - hisoblash) - korxona faoliyatini boshqarish
jarayonida sarflangan xarajatlami aniqlash va ishlab chiqarilgan
mahsulot, ish va xizmat birligining tannarxini aniqlash usulidir.
Ushbu usulda mahsulot tannarxi aniqlanib, ma’lum bir faoliyat
turidan olingan foyda va zararlar aniqlanadi. Kalkulatsiya ishlab
chiqarilgan mahsulot va sotib olingan moddiy boyliklarning
tannarxini aniqlash usuli bo'lib, buxgalteriya hisobi obyektlari
haqida umumlashgan ma’lumotlar olish uchun zarur.
KALKULATSIYA OBYEKTI - bu korxonalarda tayyorlanadigan ayrim
mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, biron-bir buyurtma turi yoki
bajariladigan xizmat turlaridan iborat. Korxona uchun kalkulatsiya
obyektining ro'yxati awaldan ishlab chiqiladi va mutasaddixodimlar
tomonidan tasdiqlanadi.
KALKULATSIYALASHNING BO'LIM LI USULI - xarajatlami hisobga
olish va kalkulatsiya qilishning bo'limli (poperedel) usuli, asosan,
metallurgiya, to'qimachilik, yengil, kimyo va boshqa sanoat
korxonalarida qo'llaniladi. Bu korxonalarda ishlab chiqarish ayrim
213
"wU'WeSKasCM'----
ishlab chiqarish bo'limlari, bosqichlaridan tashkil topgan bo'ladi.
Bo'limli usulning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda har
bir sexdagi ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarishning har bir
bo'limli bosqichi bo'yicha alohida hisobga olinib, bu xarajatlar
hisobi mahsulotning ayrim turlari yoki guruhlari kalkulatsiya
moddalari bo'yicha yuritiladi.
KALKULATSIYALASHNING BUYURTMALI USULI - bu usulning
mohiyati shundan iboratki, bunda hamma asosiy xarajatlar
kalkulatsiya moddalari va har bir ishlab chiqarish buyurtmasi
bo'yicha alohida hisob qilinadi. Ishlab chiqarish buyurtmalari
chetdan mahsulotning ma’lum turlarini ishlab chiqarish uchun
beriladi.
KALKULATSIYALASHNING NORMATIV USULI - bu usul, asosan, ishlab
chiqarishning ommaviy va yirik tarmog'i bo'lmish mashinasozlik
hamda metallni qayta ishlash korxonalarida qo'llaniladi. Bu
usulning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. Mahsulotning
me’yordagi tannarxi aniqlanadi.
Buning uchun normativ
kalkulatsiyasi tuziladi. Mahsulotning normativ tannarxi material,
yoqilg'i, ish haqi va boshqa asosiy xarajatlarning tasdiqlangan
chorakli smetalari asosida aniqlanadi. 2. Hisobot oyi davomida asosiy
ishlab chiqarish xarajatlari (xomashyo va yordamchi materiallar,
ish haqi)ning haqiqiy summasi emas, balki haqiqiy summasi bilan
me’yorlashtirilgan summasi o'rtasidagi farq, ya’ni me’yordan chetga
chiqish hisob qilinadi.
KALKULYATSION SCHYOTLAR - ishlab chiqarilgan mahsulot va bajarilgan
ishlar tannarxini hisoblashda zarur bo'ladigan ma’lumotlarni olish
uchun xizmat qiladigan buxgalteriya hisobi schyotlari.
KALKULYATSIYA OBYEKTI - tannarxi aniqlanadigan sotib olingan moddiy
qiymatliklar, tayyorlangan buyum yoki bajarilgan ishlarning turi
yoki bir xil guruhi.
KAMAYIB BORUVCHI NAFLILIK QONUNI - o'zgaruvchan xarajatlarga
qo'shiladigan turli chiqimlar (bino va inshootlarga qilinadigan
sarflar) to'g'ri kelgan paytda ularning birligi hisobiga mahsulot
ishlab chiqarish ko'payib boradi. Natijada ushbu jarayon kamayib
boruvchi daromadlilik qonuni amal qila boshlaydigan paytga kiradi.
Endi chiqim birligiga mahsulot ishlab chiqarish kamaya boshlaydi.
KAMERALISTIKA - merkantilizmning Germaniyadagi shakli. Bu g'oya
tarafdorlari yirik feodallar xo'jaliklarini boshqarish masalasini
yuqori qo'yadilar va buni idora doirasida hal qiladilar.
——•«’’гезиждогс-Ф"—
214 —
—
KAMOMAD - mol; pul va shu kabilaming tegishli miqdoridan kam chiqqan qismi.
KAPITAL (nem. kapital - asosiy mulk; lot.capitalis - eng muhim, asosiy, bosh)
- biror maqsadga yo'naltirishga mo'ljallangan pul mablag'i,
boshlang'ich, doimiy, o'zgaruvchan, asosiy va aylanma kapital kabi
turlari mavjud. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilot, korxona,
firma va boshqalarda ustav kapitali, zaxira kapitali va aksionerlik
jamiyati kapitali kabi turlari mavjud. Aksionerlik jamiyati kapitali
o'z aksiya obligatsiyalarini sotishdan tushgan pullardan tashkil
topadi. Kapital doimiy va o'zgaruvchan, asosiy va aylanma kapitalga
bo'linadi; sanoat kapitali, savdo kapitali, ssuda kapitali shakllarida
faoliyat yuritadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxona, firma,
turli jamoalarga tegishli aksionerlik kapitali, zaxira kapitali, ustav
kapitali singari ko'rinishlari mavjud.
KAPITAL BOZORI - bozorda jismoniy va yuridik shaxslarning uzoq muddatli
omonadarini moliyaviy vositachilar investitsion kredit sifatida
ishlatadilar.
KAPITAL INVESTITSIYALAR - asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror
ishlab chiqarish, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning boshqa
shakllarini rivojlantir ishga qo'shiladigan investitsiyalar.
KAPITAL JORIY SOLIG‘1 - institutsion birliklarning mulki yoki boyligining sof
qiymatiga vaqt-vaqti bilan, odatda, bir yilda bir marta to'lanadigan
soliqdir. Korxonalarga qarashli yoki ular ishlab chiqarishda
foydalanish uchun ijaraga olgan yerlar yoki boshqa turdagi aktivlarga
solinadigan soliqlar bundan mustasnodir. Bunday soliqlar boshqa
turdagi ishlab chiqarish solig'i jumlasiga kiradi.
KAPITAL QO'YILM A - natijada asosiy vositalarni ko'paytiradigan xarajatlar.
Korxonalarda kapital qo'yilmalar tasdiqlangan titul ro'yxati va
loyiha-smetahujjatlaribo'lsaginaamalgaoshirilishimumkin. Kapital
qo'yilmalar ularning yo'nalishi, rejalashtirish tartibi, kapital ishlar
turlari, qurilish obyektlarining qiymati, qurilish ishlarini olib borish
usullari bo'yicha guruhlanadi. Yo'nalishi bo'yicha ishlab chiqarish
obyektlari turar joy, maktab, shifoxona va h.k.larga bo'linadi.
Rejalashtirish tartibiga qarab kapital qo'yilmalar davlat rejasida
nazarda tutilgan va davlat rejasida nazarda tutilmagan qo'yilmalarga
bo'linadi. Davlat rejasida nazarda tutilmagan kapital qo'yilmalar
korxonaning o'z mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi. Kapital
qo'yilmalar “Kapital qo'yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar”
bo'yicha hisobga olinadi.
KAPITAL QO'YILM A О ВYEKTL ARIDAN FOYDALANUVCHILAR -
bular yuridik va jismoniy shaxslar hamda davlat organlari, mahalliy
2
1
5
hokimiyat, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar bo'lib, ushbu
obyektlar ular uchun yaratiladi.
KAPITAL QURILISH - asosiy fondlami yangi korxona qurish, mavjud
korxonalarni qayta tiklash, kengaytirish, texnik jihatdan qayta
qurollantirish va zamonaviylashtirish yo'li bilan yaratish hamda
mukammallashtirish jarayoni.
KAPITAL SIG'IMI - asosiy kapitalning mos keluvchi davri mobaynida ishlab
chiqarilgan mahsulot yoki uning biron-bir qismini - milliy daromad,
sof daromad, foydaga nisbatini tavsiflovchi ko'rsatkich.
KAPITAL TA’MIRLASH - asosiy vositalarni yirik ko'lamda butkul detallari,
qismlarini almashtirish bilan bog'liq qayta ta mirlash tushuniladi.
KAPITAL TRANSFERTLAR - bepul berilgan (olingan) ishlab chiqarish vositasi
sifatida ishlatiladigan moddiy va nomoddiy aktivlardan iborat.
KAPITAL VA KREDITLAR HARAKATI BALANSI - mamlakatlarning
to'lov hamda hisob-kitob balanslari bo'lib, unda mazkur
mamlakatning chet ellardan olgan va uning boshqa davlatlarga
bergan kreditlari, kapitallar eksporti va importining nisbati
ko'rsatiladi.
KAPITAL XARAJATLAR - asosiy kapitalga kiritiladigan mablag'lar va
zaxiralarning o'sishi.
KAPITAL XARAJATLAR DEGANDA - bir hisobot davridan ko'proq vaqtda
ishlab chiqarishda foydalanish mumkin bo'lgan moddiy va
nomoddiy aktivlarni kapital tiklash, ularni yaratish uchun qilingan
sarflarga aytiladi.
KAPITAL UCHUN JORIY SOLIQLAR - institutsion birliklar tomonidan
o'zlari egalik qilayotgan va ijaraga olgan mulklari (yer va inshootlar),
sof boyliklari va boshqa qimmatbaho buyumlari uchun muntazam
ravishda (odatda, yilda bir marta) to'laydigan soliqlar.
KAPITALIZM - ishlab chiqarish omillarining xususiy mulkligi, raqobat va foyda
olish maqsadiga asoslangan iqtisodiy tizim.
KAPITALLAR VA
KREDITLARNING
HARAKATI
BALANSI
-
tadbirkorlik bilan ssuda kapitalining harakati aks ettiriladi.
KAPITALLASHTIRISH DARAJASI - aktivlardan foydalanish natijasida
kutilayotgan hajmining aktivlar qiymatiga bog'liqlik darajasini
o'rnatadigan koeffitsiyent.
KAPITALNING
HARAKATI
HISOB-VARAG'I
-
mamlakat
to'lov
balansining bo'limi. Unda kapitalning mamlakatga kirishi va chiqib
ketishi miqdori ko'rsatiladi.
216
KAPITALNING TARKIBIY QISMI BILAN BOG'LIQ, RISKLAR - risklar
passivlarning tarkibiy qismi va ishbilarmonlik riski bilan bog'liq.
KARGO - transport vositasida tashiladigan va sug'urtalanishi mumkin bo'lgan
yukning nomlanishi.
KARLMARKS (1818- 1883),FRIDRIXENGELS (1820-1895) -ilm iy sotsializm
nazariyasi asoschilari. Kapitalizmning o'rniga sotsializm kelishini
bashorat etishgan. Xususiy mulkni inkor qilishgan. Umumxalq
mulkini asosiy deb qarashgan (tarix bulami inkor etmoqda).
KARTEL (fran. cartel; ital. cartello carta - qog'oz, hujjat) - monopolistik
birlashmaning bir ko'rinishi. Yirik korxona egalarining bozorda
tanho hukmdorlik qilish, ko'p foyda olish maqsadida tuzgan
uyushmasi. Uyushmaga kiruvchilar mahsulot hajmi, narxi, ishchilar
yollash sharti, patentlar ayirboshlash, bozorlarni bo'lish, umumiy
mahsulot ishlab chiqarishdagi har bir qatnashchining kvotasi va
shu kabilar bo'yicha kelishib olishlari. Karter ishlab chiqarish
quwatlarining ish bilan ta'minlanishini talabga moslashtirish,
narxlami barqarorlashtirish, bozordagi ta’sir ko'rsatish sohalarini
taqsimlash, mahsulotni o'tkazish sanoatning xorijiy raqobat va
chet el firmalarining mahsulot narxlarini ataylab pasaytirishidan
himoyalanmagan yangi sohalariga sarmoya sarflanishini bir
maromda saqlab turish uchun narxlar va ishlab chiqarishda ishtirok
etish ulushlarini belgilash maqsadida mustaqil firmalar o'rtasida
tuzilgan bitimga asoslangan tadbirkorlik birlashma turi. Kartel
narxlar ustidan nazorat o'rnatish maqsadida ishlab chiqarish hajmini
cheklash xususida o'zaro imzolangan firmalar yoki korxonalarning
monopol birlashmasi shakli. Uning boshqa uyushmalardan farqi
shuki, unga kiruvchilar xo'jalik yuritish mustaqilligini saqlab qoladi.
Kartel bitimlari ko'proq yirik trest va konsernlar o'rtasida tuziladi.
KASABA UYUSHMALARI - o'z a’zolarining manfaatlarini himoya qilish uchun
tuzilgan ishchilar uyushmasi.
KASABA UYUSHMASI - bu ishchilar uyushmasi bo'lib, u o'zining a’zolari
nomidan va ko'rsatmasiga ko'ra tadbirkorlar bilan muzokara olib
borish huquqiga ega tashkilot.
KASANACHI (NADOMNIK) - muayyan korxona yoki shu korxonaga qarashli
ishxonalarda o'z ish joyiga ega bo'lmagan, taxminiy kelishuv yoki
shartnoma asosida ishlab, muayyan korxonaga muayyan miqdorda
tovar yetkazib berish yoki xizmat ko'rsatishga rozi bo'lgan shaxs.
KASANACHILIK - yirik sanoat korxonalari bilan tuzilgan shartnoma asosida uy
sharoitida mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish.
«eras»*кггт*»»-— 217
KASB SOLIG'I (KASBIY SOLIQ) - mahalliy hokimiyat organlari tomonidan
tadbirkorlik faoliyatining barcha turlaridan har yili olinadigan
to'g'ri (bevosita) soliqlardan biri. Kasb solig'i (kasbiy soliq)ning
summasi asos raqamlari va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan
belgilanadigan koeffitsiyent asosida hisoblanadi. Bunda uning
summasi korxonada yangidan yaratilgan mahsulotning ma’lum bir
foizidan (masalan, 5%) oshmasligi lozim.
KASBIY JAVOBGARLIK - chet el tajribasida vrachlar, advokatlar, auditorlar,
notariuslar, buxgalter, arxitektor va boshqa kasb egalarining
uchinchi shaxsga zarar keltirish kasbiy javobgarligini sug'urtalash
shartnomasini tasdiqlaydigan sug'urta polisining atalishi. Ushbu
kasb egalari xususiy amaliyot bilan shug'ullanganlarida, ularda
sug'urta polisining bo'lishi majburiydir.
KASB-TA’LIM SOHASIDAGI YANGILIKLAR - oliy o'quv yurtlarida,
kollejlarda va boshqa o'quv yurtlarida kadrlarni kasbiy jihatdan
tayyorlash sohasidagi yangiliklar.
KASKO - transport vositasi borti. Kasko sug'urtasi transport vositasiningyaroqsiz
holga kelishi yoki shikastlanishini o'z ichiga oladi.
KASSA - 1) pul, qimmatbaho qog'ozlar saqlanadigan po'lat sandiq, quti, shkaf; 2)
muassasa, korxonalarning pul qabul qilish, pul berish, bilet sotish
va shu kabilar bilan ish yurituvchi, muomala qiluvchi bo'linmasi; 3)
muassasa, korxona va shu kabilardagi bor pul.
KASSA KITOBI - korxona kassiri kassa jarayonlari hisobini yurgizishiga
mo'ljallangan hisob registrlari.
KASSA LIMITI - korxona kassasida doim bo'lishi mumkin bo'Igan pul
mablag' larining summasi. Bu summa kunlik mayda xarajatlar uchun
ishlatiladi.
KASSA NAQDI - banklar o'z seyflari va kassalarida saqlaydigan pullar.
KASSANING ORDERLARI - korxona kassasiga pul kirimi va chiqimining
qonuniyligi hamda belgilangan
maqsad bo'yicha
amalga
oshirilganligini asoslovchi hujjatlar.
KASSANING
UMUMLASHTIRILGAN
SMETASI
- budjetlashtirish
tizimidagi ishlab chiqarish muomalalariga to'g'ri keladigan ma’lum
vaqtda kassadagi naqd pullarni hisoblash.
KATON STARSHIY (m.a. 234-149) - Qadimgi Rimdagi qulchilikni himoya
qilgan. Dehqonchilik to'g'risidagi asarida qishloq xo'jaligiga
ko'proq e’tibor berishni taklif etadi, ko'proq sotish va kam olishni
ma’qullaydi. Qullar mehnatidan ratsional foydalanishni taklif etadi
218
(Villa xo'jaligi). Yaxshi ishlagan qulning sharoitini yaxshilash va
gunohkor qattiq jazolanishi kerakligini ta’kidlaydi.
KATTA YIGIRMALIK - 20 ta yirik mamlakatlar guruhi bo'lib, unga jahondagi
eng boy mamlakatlar va yirik rivojlanayotgan davlatlar kiradi. Ular
hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 90 foiz ulushi to'g'ri keladi.
KECHIKTIRILGAN TALAB - biror sababga ko'ra hozir qondirish iloji
yoki zarur bo'lmay, ma’lum vaqtdan so'ng qondiriladigan talab; u
qondirilmagan talabning bir ko'rinishi hisoblanadi.
KELGUSI DAVR DAROMADLARI - hisobot davrida olingan, ammo kelgusi
davrga tegishli bo'lgan mablag'lar.
KELISHIB HAL QILINADIGAN IXTILOFLAR - ixtilof qatnashchilari
maqsadlarining, o'zaro harakat qilish muddatlari va shartlarining
o'zaro o'zgarishi hisobiga ularni hal etishning bir necha variantiga
yo'l qo'yadi.
KELISHUV - nizoli holatda muvaffaqiyatli chiqishning eng muhim sharti.
KELTIRILGAN (DISKONTLANGAN) SOF QIYMAT - boshlang'ich
investitsiya xarajatlari summasiga kamaytirilgan, diskontlangan
qiymat.
KELTIRILGAN NARXLAR - inflyatsiya sur’atiga moslab to'g'rilangan narxlar.
KEMBRIJ MAKTABI (Angliya) - asosiy vakili Alfred Marshall (1842-1924).
U “qiymatsiz baho” nazariyasi asoschisi. Bahoga “eng yuqori naf”
va ishlab chiqarish chiqimlari ta’sir qiladi, degan fikrni ilgari surgan.
Marksning “qiymatning mehnat nazariyasi’ ga qarshi. “Siyosiy
iqtisod’ ni “Ekonomiks” bilan almashtirdi. Asosiy asari “Iqtisodiyot
prinsiplari” (1890), 3 jilddan iborat, rus tiliga o'girilgan.
KENE FRANSUA (1694-1774) - fransuz iqtisodchi-fiziokrati, klassik iqtisodiyot
nazariyasi maktabi namoyandasi. “Iqtisodiy jadval” (1758) asarida
u birinchi marta oddiy takror ishlab chiqarish shartlarini tahlil etib,
qanday qilib ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning muomalada
taqsimlanishi, natijada ishlab chiqarishning takrorlanishiga sharoit
yaratilishini ko'rsatib berishga harakat qilgan. Shuningdek, kapital
masalalariga alohida e’tibor berib, uni doimiy va o'zgaruvchan
shakllargabo'lgan.Ammoumumiyfoydavaboylikqishloqxo'jaligida
yaratiladi, shu bois undagi mehnat unumli mehnat hisoblanadi,
sanoatda qishloq xo'jaligi mahsulotlari qayta ishlanganligi sabab
undagi mehnatni unumsiz mehnat, deb hisoblagan (
Qarang:
KENGASH - muayyan masalani muhokama etish va oqilona qaror qabul qilish
maqsadida uyushtiriladigan majlis.
219
KEPTIV SUG'URTA KOMPANIYASI - ta’sischilarning manfaatlarini sug'urta
himoyasiga oladigan yoki yirik konsern, korporatsiyalar, yirik
sanoat-moliya guruhlari tarkibiga kiruvchi sug'urta kompaniyasi.
Raqobatdagi boshqa sug'urta kompaniyalarining keptiv sug'urta
kompaniyasi mavjud bo'Igan tarmoqqa kirishi murakkabroq
hisoblanadi. O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan keptiv sug'urta
kompaniyalariga “ALSKOM”, ''Universal sug'urta” kompaniyalarini
misol keltirish mumkin.
KERI GENRI CHARLZ (1793-1879) - amerikalik iqtisodchi, “Manfaatlar
uyg'unligi” (1872) asari muallifi. Shu g'oyaning tarafdori bo'Igan,
millatlar uyg'unligi g'oyasini ilgari surgan, Rikardo va Maltusga
qarshi chiqqan. Erkin savdoni rad etdi, proteksionizm va qulchilikni
qo'lladi.
KEYNS JON MEYNARD (1882-1946) - ingliz iqtisodchisi, iqtisodiyotning
davlat tomonidan tartiblanishi nazariyasi asoschisi. Uning asosiy
g'oyalari “Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi" asarida
o'z aksini topgan. Uning fikricha, bozor bir qator kamchiliklarga
ega va davlat ulami bartaraf etishi zarur. U davlat o'zining
iqtisodiy siyosati yordamida jami talab va jami taklifni o'zaro
muvofiqlashtirishi, iqtisodiyotni tanazzul holatidan chiqarishi
va keyinchalik barqarorlikni ta’minlashi zarur deb hisoblagan.
Birinchi marta jami talab va jami taklif, milliy daromad, jamg'arish,
investitsiyalash kabi kattaliklarning o'zaro harakatini tahlil qilgan.
Nazariy jihatdan iqtisodiyot nazariyasining yangi makroiqtisodiyot
bo'limi vujudga kelishiga sabab bo'Igan. Amaliy jihatdan esa
Ikkinchi jahon urushidan so'ng uning g'oyalari AQSh va G'arbiy
Yevropa mamlakatlaridagi hukumatlar olib borgan siyosatning
asosini tashkil etgan. Milliy daromad, kapital mablag', ish bilan
bandlik, iste’mol, jamg'arish va boshqa iqtisodiy miqdorlarning
tahliliga alohida e’tibor berdi. “Boshqariladigan kapitalizrn’ning
tarafdori bo'ldi, turli yo'nalishlari mavjud. A. Marshallning do'sti,
marksizmning ashaddiy dushmani, “Aralash iqtisodiyot’ ning otasi
va “Iqtisodiy jurnaTning muharriri hisoblanadi.
KEYNSCHA IQTISODIY NAZARTYA - makroiqtisodiy konsepsiya, unga
binoan bozor iqtisodiyoti mustaqil (davlat aralashuvisiz) mavjud
resurslaridan samarali foydalana ololmaydi, binobarin davlat
iqtisodiyotni tartibga solishga aralashishi zarur. Shuning uchun u
mamlakatni to'la ish bilan bandlikka erishish va iqtisodiyotning
rivojlanishiga ta’sir etish uchun faol fiskal va monetar (pul-kredit)
siyosatni olib borishi zarur.
220
KEYNSCHILIK - J.M. Keynsning fikrlarini ilgari suruvchi yo'nalish bo'lib, uch
oqimi mavjud: 1. O ng oqim - o'ta reaksion oqim, qurollanish
tarafdori, tartibga solish takliflari bor. Germaniya va Italiyada keng
tarqalgan. 2. Liberal oqim - monopoliya manfaatlarini himoya
qiluvchi va qurollanishni inkor etuvchi oqim. Uning asosiy vakili
Jenni Robinson xonim. Bu oqimda kasaba uyushmalariga keng
о Yin berilgan. Fransiyada “dirij izm” (dirijor sozidan olingan)
nazariyasi vujudga kelgan. 3. Yangi keynschilik, keyinroq ortodoksal
keynschilik - J.M. Keyns qoidalari to'la qabul qilingan holda A.
Xansen tomonidan stagnatsiya nazariyasi bilan to'ldiriladi. A.
Xansen va K. Klark multiplikator prinsipini akselerator prinsipi
bilan to'ldirdilar, industriallangan investitsiya tushunchasini
kiritdilar. Imperativ (zaruriy) va Indikativ (taklif majburiy emas)
rejalashtirishlardan foydalanish mumkinligi aytiladi (Fransiya va bir
qancha mamlakatlardakengtarqalgan). Asosiy vakillari fransiyalik G.
Ardan, G. Mendes-Frans, F. Perru, S. Harrislardir. Yangi keynschilik
o'rniga postkeynschilik vujudga keldi. Uning vakillari J. Robinson,
N. Kaldor, P. Sraffa (Angliya), L. Eyxner, Vayntraub (AQSh). Bu
oqimda o'sish va taqsimot markaziy deb hisoblanadi. Iqtisodni
tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish taklif etiladi.
K1CHIK BIZNES - bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda o'ziga
mustaqil mayda korxonalarning daromad olish maqsadida amalga
oshiradigan faoliyati.
KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI - korxona ko'lami, ishlab chiqarish hajmi,
ishlovchilar soni, moliyaviy mablag'lari miqdori va boshqalar
jihatidan imkoniyatlari cheklangan ishlab chiqaruvchi subyektlar.
Respublikamizda sanoat ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida
(masalan, yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va
asbobsozlik sanoati va h.k.) 100 kishigacha, ayrimlarida (masalan,
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg'i-energetika sanoati va
boshqalarda) 50 kishigacha, xizmatko'rsatish sohasida 25 kishigacha
ishlovchi korxonalar kichik biznes subyektlari hisoblanadi.
KIRITILADIGAN XARAJATLAR - kelgusida daromad olib keladigan sotib
olingan va mavjud bo'lgan resurslar.
KLEYTONNING TRESTLARGA QARSHI QONUNI - AQSH Kongressi
tomonidan 1914-yilda qabul qilingan qonun. Unda qaysi qonun
hujjatlarini “Savdo erkinligini cheklash” deb hisoblash lozimligi
ko'rsatib berilgan.
KLIRING (ingl. clearing, clear - tozalash, ravshanlashtirish) - o'zaro talab va
majburiyatlarni hisobga olib amalga oshiriladigan naqd pulsiz
hisob-kitob tizimi. Mamlakat ichidagi kliring banklar o'rtasidagi
to'lovlar, naqd pulsiz hisob-kitoblami o'z ichiga oladi. Xalqaro
hisob-kitoblarda kliring kelishuvlar (kliring kelishuvlari, valyuta
kliring) ko'rinishida amalga oshiriladi. Davlatlararo o'zaro
qarzlarini tilla va valyutaga o'tkazmasdan savdo-sotiq talablariga
ko'ra amalga oshiradi. Masalan, paxta tolasi o'rniga uning qiymatiga
teng miqdorda mashina, asbob-uskuna olish.
KLIRING BANKI - 1. Bank, hisob-kitob palatasi a’zosi. Bank o'zida ochilgan
schyotlar bo'yicha xizmatlar ko'rsatadi (moddiy qiymatlar holati,
qimmatli qo'g'ozlar olish va ularni yetkazib berish, to'lov va hisob-
kitoblarni amalga oshirish qaydnomalarini yuritish). 2. O'zaro
zachyot talabnomasi asosida chek va boshqa to'lovhujjatlarini naqd
pulsiz amalga oshiruvchi maxsus banklararo tashkilot. 3. O'zaro
hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi banklararo organ; tovar va fond
birjasi a’zolari o'rtasida o'zaro hisoblar o'tkazish mexanizmi.
KLIRING NUQTA (MUVOZANAT NUQTASI) - bozorda talab va taklifning
teng bo'lishi yoki talab bilan taklif chiziqlarining kesishish nuqtasi.
KNIS KARL (1821 -1892) - nemis iqtisodchisi, uningcha, iqtisodiy qonunlar yo'q
va tabiiy qonunlar bor. Karl xususiy mulk va kapitalizmni abadiy
deb hisoblagan. Iqtisodiy siyosatga katta o'rin bergan.
KO'CHMAS MULK - yer bilan mustahkam bog'liq bo'lgan yer maydonlari,
alohidalashtirilgan suv obyektlari, o'rmonlar, ko'p yillik o'simliklar,
binolar, inshootlardan iborat. Ularning ko'chirilishi shu narsalarning
mo'ljallanganligiga zarar yetkazadi. Ko'chmas mulkning tarkibiga
davlat qaydidan o'tgan havo va dengiz kemalari, kosmik obyektlar
ham kiradi. Ko'chmas mulkning asosiy belgisi sifatida yer hisobga
olinadi. Qonun bo'yicha ko'chmas mulkning tarkibiga boshqa
mulklar, masalan, korxona yoki xonadonlar ham kiritilishi mumkin.
KO'CHMAS MULK - yer, tabiiy hududlar va yer bilan bog'langan mulk. Yerga
egalik huquqlari ham ko'chmas mulkka kiradi.
KO'P KANALLI MARKETING TIZIM I - bir korxona tovarlari yoki bir xil
tovarlarni iste’molchilarga bir necha kanal orqali yetkazib berish
tizimi.
KO'P POG'ONALI (BO 'G 'IN LI) KANAL - tovarning ishlab chiqaruvchidan
iste’molchigacha harakatida bir necha vositachilar ishtirok etadigan
yo'li.
KO'P UKLADLI IQTISOD - turli mulk shakllari va har xil xo'jalik
turlarining yaxlitligidan tashkil topgan iqtisodiyot.
KO'RGAZM A ISHLAB CHIQARISH - ma’lum bir standart mahsulotlarni
nisbatan kichik partiyalar bilan ishlab chiqarish imkonini beradigan
tizimga ega ishlab chiqarish oqimi. Bu mahsulotlar uskunalarning
qayta tayyorlanishiga ketadigan vaqt xarajatlarini qisqartirish
imkonini beruvchi periodik takrorlanadigan partiyalar bilan ishlab
chiqariladi.
KO'RSATMALI TA’S IR - ular o'rnatilgan tashkiliy aloqalardan joriy foydalanish
va ish sharoitlari o'zgarganda ularni qisman to'g'rilashni aks ettiradi.
Ko'rsatmali ta’sir asosida vakolat va majburiyatlar yotadi. Mazkur
uslublarga qarorlar, buyruqlar, ko'rsatmalar, rezolyutsiyalar kiradi.
KOBBA-DUGLAS ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYASI - iqtisodiyot
rivojlanishini tahlil qilishda foydalaniladigan darajali ko'rinishidagi
funksiya.
KODLASH - belgili usulda o'ylab topilgan aloqa jarayoni.
KOLLEGIYA - kollegiya, guruh, bir guruh saylangan kishilar.
KOLLEKTIV SHARTNOMA - korxona xodimlari va ish beruvchilari o'rtasida
ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solishni mo'ljallab
tuziladigan huquqiy-normativ akt.
KOLLIZION NORMA - xalqaro xarakterdagi fuqarolik, mehnat va boshqa
huquq munosabatlarida davlat tomonidan qo'llanadigan huquq
normasi.
KOMBINAT - har xil ishlab chiqarish tarmoqlarining sanoat korxonalari
birlashmasi.
KOMBINATLASHUV
-
kooperatsiyalashuvga
o'xshab
korxonalar
birlashmasidan iborat. Kombinatlashuv ma’lum bir turdagi xom-
ashyoni texnologik qayta ishlash, uning chiqindilaridan to'la
foydalangan holda turli mahsulotlar ishlab chiqarishni anglatadi.
Kombinatlashuv sanoat tarmoqlarining ko'pchiligiga xosdir.
KOMBINATSIYALASH - bitta korxona, kombinat doirasida sanoatning
bitta yoki bir nechta tarmoqlaridagi turli xil ishlab chiqarishlarni
texnologik jihatdan birlashtirishda ifodalanuvchi, ishlab chiqarishni
umumlashtirish shakllaridan biri.
KOMBINATSIYALI SUG'URTA - bir necha sug'urta turlari bo'yicha sug'urta
qoplamasi sharti.
KOMISSION - uchinchi shaxs vositasida sotib olinadigan va sotiladigan narsalar;
komission savdo korxonalari yoki komissionerlar vositachilik ishi
uchun ma’lum haq, mukofot oladilar.
KOMISSION CHEGIRISH - kichik korxona ulgurji savdoda tovarni targ'ib
qiluvchiga beradigan baho chegirmasi (arzon bahoda sotish).
KOMISSION OPERATSIYA - komissioner va komitent o'rtasida bajariladigan
operatsiyalar. Komissioner vositachilik faoliyati uchun komission.
KOMISSION RAG'BATLANTIRISH - boshqa shaxsning topshirig'iga ko'ra
bir shaxsni xizmati uchun rag'batlantirish.
KOMISSIONER - pulli xizmat ko'rsatish, ish bajarilishi bo'yicha shartnomada
ko'rsatilgan bir tomon.
KOMISSIYA - komissiya, vositachiUk, saylanadigan guruh.
KOMISSIYA HAQI - mijozlarni sug'urtaga tortganligi uchun sug'urta
kompaniyasi tomonidan vositachilarga (sug'urta brokeri, agent)
to'lanadigan haq. Komissiya haqining miqdori sug'urtaning turiga
va kelib tushgan badalning hajmiga bog'liq holda sug'urta badaliga
nisbatan foizlarda to'lanadi.
KOMITENT - komissiya shartnomasidagi bir tomon. Boshqa tomon
(komissioner)ga bir nechta bitimni bajarishni topshiradi.
KOMMERSANT - xususiy savdo bilan shug'ullanuvchi shaxs.
KOMMIVOYAJER - savdo firmasining sayyor agenti, namunalar, kataloglar va
boshqalar yordamida tovarlar sotilishini ta’min etuvchi mutaxassis.
KOMMUNIKATIV MALAKA - boshqa kishilarni to'g'ri tushunish va ular
bilan samarali faoliyat olib borish uchun zarur bo'lgan mahorat.
KOMMUNIKATIV SIYOSAT - l ) korxonaning istiqboldagi harakatlar kursi
hamda talabni shakllantirish, iste’molchilar ehtiyojini qondirish
va foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarni bozorga olib kirish
bo'yicha samarali va barqaror faoliyatni ta’minlovchi marketing
tizimining barcha subyektlari bilan o'zaro harakatlarni tashkil etish
va kommunikativ vositalar (kommunikativ miks) majmuasidan
foydalanish strategiyasining mavjudligi;
2)
rag'batlantirish
majmuasini ishlab chiqish, yani biznes - hamkorliklarning o'zaro
aloqalari samarali bo' lishini ta’minlash bo'yicha, tadbirlar, reklamani
tashkil etish, savdoni rag'batlantirish usullari, jamoatchilik bilan
aloqa va shu kabilar.
KOMMUNIKATOR - ma’lumotni jo'natuvchi, muomaladagi aktiv subyekt.
KOMMUNIKATSIYA - aloqa munosabat akti. Ikki va undan ortiq individ
o'rtasidagi aloqa.
KOMPANION - biror mulkka birov bilan birgalikda ega bo'lgan kishi yoki
tashkilot.
KOMPANIYA - tadbirkorlarning huquqiy shaxs maqomiga ega bo'lgan, pay
KOMPANIYANING MOLIYAVIY HISOBOTI - kompaniyaning har xil
daromadlari, to' lov va ajratmalari hamda xarajadari aks etgan hujjat.
KOMPENSATSIYA - qoplash, rag'batlantirish yoki bir majburiyat to'lovini
ikkinchisi bilan to'lash; biror narsa uchun to'lanadigan pul, haq,
tovon, badal.
KOMPENSATSIYA BITIMI - kompensatsiya bitimi, kelishuvi. U yoki bu
shaklda kontragentlar manfaatini o'zaro ta’minlash yoki o'zaro tovar
yetkazib berish. Bunda belgilangan qiymatdagi tovarlarni boshqa
tovar yoki xizmatlarga ayirboshlash amalga oshiriladi.
KOMPROMISS - nizoli vaziyat qatnashuvchilarining bir-birlariga yon bosish
asosida kelishuvga erishishi; muzokaralar olib borish asosida
nizoli vaziyatda masalaning o'zaro kelishuv uchun asos bo'ladigan
jihatlarini izlab topish usuli.
KON UCHUN RENTA - kon egasining boshqa institutsion birliklarga kondan
ma’lum
muddatga
foydalanishiga
litsenziya
(ruxsatnoma)
berishi evaziga oladigan daromadiga aytiladi. Renta to'lovlari bir
marotabalikyoki kondan qazib olingan mahsulot miqdoriga bog'liq
ravishda to'lanadigan to'lovlardan iborat.
KONDITSIYA - tovaming shartnomaga asosan belgilangan sifat, andoza,
me’yorga mos bo'lishi.
KONFISKATSIYA - majburiy holda mulkning jami yoki bir qismini musodara
qilish va davlat ixtiyoriga o'tkazish.
KONGLOMERAT - monopolistik birlashma turlaridan biri. Konglomerat
ishlab chiqarish va turli iqtisodiy faoliyat sohalarini o'z ichiga olgan
kompaniyalarni bir shaxs qo'lida birlashtiradi.
KONGLOMERAT DrVERSIFIKATSIYA - firma assortimentini na firmada
qo'llanayotgan
texnologiyalarga,
na
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotlarga, na hozirgi bozorga hech qanday aloqasi bo'lmagan
mahsulotlar bilan to'ldirish.
KONGLOMERAT TARKIBI - unda firmaning bo'limlari turli belgilar bilan
tuzilgan bo'lib, masalan, bittasida vazifaviy tarkib ishlatilsa,
boshqasida hudud belgisi bo'yicha divizional tarkib, uchinchisida
esa matritsali tarkib ishlatiladi.
KONKURENSIYA (RAQOBAT) - tovar va xizmatlar bozorida iqtisodiy faoliyat
subyektlarining o'z mahsulotlarini xaridorlarga taqdim etish
borasida olib boradigan o'zaro kurashi.
KONKURS ASOSIDA BOSHQARUVCHI - joriy qonunchilik doirasida
konkurs asosidagi ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish uchun
xo'jalik sudining qarori bilan tayinlanadigan shaxs.
225
KONKURS ASOSIDAGI ISHLAB CHIQARISH - bankrotlikni rasman
e’tirof etish bilan bog'liq huquqiy taomillardan biri. Uning
bosh maqsadi imkon qadar kreditorlarning qonuniy talablarini
qondirishdan iborat.
KONOSAMENT - dengiz transportida yuklarni tashish shartlarini ifodalovchi
hujjat. Konosament shartnoma mavjudligi fakti vayuktashuvchining
yukni qabul qilib olganligini tasdiqlovchi hujjat. Konosamentga
imzo chekishi bilan yukni saqlash, uni tegishli manzilga yetkazish
mas’uliyati to'laligicha yuk tashuvchi kema zimmasiga o'tadi.
Imzolangan konosamentning asl nusxasi sotib oluvchiga yuboriladi
va ushbu hujjat unga tegishi bilan sotib oluvchi yukning huquqiy
egasi hisoblanadi.
KONSALTING - maslahatxizmatini ko'rsatish va ekspertiza o'tkazish. Konsalting
bilan shug'ullanadigan firmalar konsultativ deb ataladi.
KONSEGNATSIYA - vositachi konsegnatsiya omborlari orqali tovarlarni sotish
shakli.
KONSENSUS - qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha bahsli masalalar va
turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishishdir.
KONSENTRATSIYALI MARKETING - marketing harakatlarini yirik
bozorning kichik qismini egallashga qaratish o'rniga bir yoki bir
necha bozor segmentlarining katta qismiga qaratadi.
KONSENTRIK (MARKAZLASHTIRILGAN) DIVERSIFIKATSIYA - firma
assortimentini mavjud tovarlarga texnik va marketing nuqtayi
nazaridan o'xshash bo'lmagan mahsulotlar bilan to'ldirish.
KONSEPSIYA (lot. tizim ) - ma’lumpredmet, hodisa va jarayonlarni tushuntirish
uslubi, predmet va boshqalarga qaratilgan asosiy ko'zqarash; ularni
sistematikyoritib berish uchun bosh g'oya; bu matn ilmiy va boshqa
faoliyatdagi asosiy fikrni, konstruktiv tamoyilni belgilash uchun
ham qo'llaniladi. Masalan, tabiiy tartib konsepsiyasi va boshqalar.
KONSERN (ingl. concern) - ishlab chiqarish diversifikatsiyasi asosida tarkib
topadigan yirik, ko'p tarmoqli korporatsiya. Ular asta-sekin sanoat
monopoliyasining yetakchi shakliga aylanadi. Konsernlar bir-biri
bilan yaqin aloqada bo'lib, odatda, rasmiy mustaqilligini saqlab
qoladigan, yagona idora etish markazidan boshqarilib turadigan
bir guruh korxonalar birlashmasi. Bir konsern tarkibiga sanoat,
transport, savdo korxonalari va bank uyushgan bo'lishi mumkin.
Konsern tarkibidagi korxonalar ko'p sohalarda faoliyatlarini o'zaro
muvofiqlashtirgan holda hamkorlikda tashkil etadilar.
226
KONSERVATIZM - eskirib qolgan g'oyalarga, tartiblarga mutaassibona e’tiqod
qo'yish, berilish, ergashish, taraqqiyotga ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy
hayotdagi, fan, san’atdagi va boshqa sohalardagi yangiliklarga qarshi
harakat qilish.
KONSESSIYA (lot. ruxsat, yon berish) - biror davlatning chet el firmasi bilan
kapitalni jalb etish uchun tuzgan shartnomasi. Konsessiya chet el
xususiy yoki davlat firmasiga sanoat, transport va boshqa korxonalar
qurish, ularni ekspluatatsiya qilish, yer osti boyliklarini qazib olish,
ma’lum muddatga foydalanish huquqini beradi.
KONSESSIYA SHARTNOMALARI - tabiiy boyliklar, ayrim foydali
qazilmalarni qazib olish va o'zlashtirish uchun tuziladi.
KONSIGNATOR - sotiladigan tovarlar qo'lida bo'lgan, lekin uning egasi
bo'lmagan vositachi. U tovarlar uchun to'lovni ularni sotib
bo'lganidan keyin yoki muayyan muddatda amalga oshiradi.
KONSIGNATSIYA - tovarlarni vositachilar ombori orqali sotish shakli. Bunda
yetkazib beruvchi vositachi omboriga kelib tushgan tovarga egalik
qilish huquqini tovar xaridorga sotilgan paytga qadar saqlab qoladi.
KONSIGNATSIYA OPERATSIYA - vositachilik operatsiyalarining bir turi.
Konsignatsiya operatsiyada konsignant deb nomlangan bir tomon
konsignator deb nomlangan ikkinchi tomonga omborxonadan
tovarni o'z nomidan va konsignant hisobiga sotishni topshiradi.
Konsignatsiya operatsiya konsignatsiya shartnomasi asosida
amalga oshiriladi. Unga nisbatan komissiya shartnomasi haqidagi
qonun me’yorlari qo'llanadi. Konsignatsiya shartnomasi deganda
shunday shartnoma tushuniladiki, unga muvofiq bir tomon
(konsignator) boshqa tomon (konsignant) topshirig'iga ko'ra
muayyan vaqt davomida (konsignatsiya shartnomasi muddatida)
shartlashilgan mukofot uchun o'z nomidan va konsignant hisobiga
konsignator mamlakati omborxonasiga yetkazilgan tovarlarni sotish
majburiyatini zimmasiga oladi. Bu tovarlar ular uchinchi shaxslarga
sotiladigan paytgacha konsignant mulki bo'lib qoladi. Sotishning
konsignatsiya shaklidan bozor bo'sh o'zlashtirilganda yoki mahalliy
xaridorlarga kam ma’lum bo'lgan yangi tovarlarni yetkazib berishda
foydalaniladi.
KONSORSIUM (lot. consortium - shirkat, uyushma) - 1. Korxonalaming
vaqtincha tashkil etilgan birlashmalari. Ular, odatda, moliyaviy
ishlar yuzasidan tashkil etiladi. Unda davlat, banklar, moliyaviy
muassasalar, yirik firmalar eshtirok etadi. 2. Muayyan iqtisodiy
loyihalar yoki moliyaviy operatsiyalarni birgalikda amalga oshirish
maqsadida banklar va sanoat kompaniyalari o'rtasida tuzilgan
muvaqqat bitim.
227
KONSULLIK - biron davlat, firma yoki kompaniyaning boshqa bir mamlakat
ichidagi vakolatxonasi.
KONSYUMERIZM - iste’molchilar huquqi va manfaatlarini himoya qilish
maqsadida tashkil qilingan harakat. Iste’molchilar xavfsizligi,
ularning iqtisodiy manfaatlarini muhofaza qilish, sifatsiz tovar ishlab
chiqarish, g'irrom raqobatchilikka qarshi kurash bilan bog'liq.
KONTINGENTLASHTIRILGAN
SOLIQLAR
-
umumiy
summasi
oldindan o'rnatiladigan va so'ng mamuriy birliklardan tortib to
alohida soliq to'lovchilar o'rtasida taqsimlanadigan soliqlar.
KONTINGENTLASHTIRISH
-
eksport
va
import
kvotalarini
belgilashyordamida davlat tomonidan tashqi savdoni tartibga solish
shakllaridan biri.
KONTOKORRENT - l) bank bilan mijoz o'rtasidagi barcha operatsiyalarni
hisobga oladigan yagona schyot; 2) doimo savdo muloqotida
bo'Igan ikki savdo korxonasining o'zaro kelishuvi bo'yicha ochilgan
hisob-varag'i.
KONTOKORRENT KREDITI - bankning mijozi bo'Igan korxona ko'p
sonli korxonalar bilan ikki tomonlama aloqada bo'Igan hollarda
qo'llashdir.
KONTRABANDA (ital. contrabando) - davlat chegarasidan mollar, qimmatbaho
buyumlarva boshqa narsalarni qonungaxilof (yashirincha) ravishda
olib o'tish.
KONTRAGENT - shartnomabo'yichabelgilanganmajburiyatlarni o'z zimmasiga
olgan shaxs yoki muassasa.
KONTRAKT (lot. contractus - bitim, kelishuv) - mamlakatlar, firma, korxona
va boshqalar o'rtasida o'zaro huquq va majburiyatlarni belgilash,
o'zgartirish yoki to'xtatish to'g'risidagi ikki tomonlama yozma
kelishuv, shartnoma.
KONTRAKTATSIYA - l) biror narsani muayyan muddatga olish va ma lum
sharoitda foydalanish uchun tuzilgan shartnoma; 2) tayyorlash
tashkilotlari bilan ishlab chiqaruvchilar, dehqonchilikmahsulotlarini
tayyorlash yuzasidan har yili tuziladigan shartnoma.
KONTRAKTIV SCHYOT - moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks
ettirish uchun uning qoldig'iubilanbog'liqbo'lganaktivschyotining
qoldig'idan chegirib tashlanadi. Kontraktiv schyotlarga 0200
''Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar”, 0500
"Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar”,
2980 “Savdo ustamasi” 4910 “Dargumon qarzlar bo'yicha rezerv”
schyotlari kiradi.
■
>
« » т а >
а й
<
2 й
» г и
» >
—
2
2
8
—
|