Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning




Download 22,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/32
Sana19.01.2024
Hajmi22,32 Mb.
#140856
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Bog'liq
Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva i

250 
1
 V I* 



chiqarish vositalari va shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladigan iste’mol 
predmetlari; mahsulot, masalan, yalpi mahsulot, sof mahsulot, 
sanoat mahsuloti.
MAHSULOT (ISH, XIZM AT) ISHLAB CHIQARISH TANNARXI -
mahsulot (ish, xizmat) ni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash 
jarayonida ishlatiladigan tabiat resurslari, xomashyo, material, 
yoqilg'i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari hamda ishlab 
chiqarish bilan bog'liq boshqa xarajatlaming puldagi ifodasidir.
MAHSULOT (TEXNOLOGIYA)NING HAYOTIY SIKLI - alohida mahsulot
(texnologiya)ning ichki (tashqi) bozorlarda konkret innovatsion 
maqsadlarning ro'yobga oshirilishini ta’minlay olish layoqati 
saqlanib turadigan muayyan davr.
MAHSULOT ATTESTATSIYASI - mahsulot sifatining texnik-iqtisodiy
ko'rsatkichlarini obyektiv baholashni tizimli ravishda amalga 
oshirishni ko'zda tutuvchi, tashkiliy-texnik va iqtisodiy chora- 
tadbirlar majmuasi.
MAHSULOT BIRLIGIDAN OLINGAN FOYDA - muayyan mahsulotni
sotishdan olingan foydaning shu mahsulotning ishlab chiqarish 
hajmiga nisbati.
MAHSULOT DIFFERENSIATSIYASI - tovarning o'ziga xos xususiyadari.
Iste’molchi shuning uchun ushbu tovarni shu kategoriyadagi boshqa 
tovarlarga nisbatan yoqtiradi.
MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH XARAJATLARI -
mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi tabiiy resurslar, 
xomashyo va materiallar, yoqilg'i va energiya, asosiy fondlar va 
mehnat resurslari, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish va 
sotishning boshqa xarajatlarining qiymat baholari.
MAHSULOT PARTIYASI ISHLAB CHIQARISH VAQTI - bitta mahsulot
ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan vaqtning partiya miqdoriga 
ko'paytmasi.
MAHSULOT RENTABELLIGI - ayrim mahsulot turining daromadliligi,
foydaliligini aks ettirib, mahsulot sotishdan olingan foydaning 
mahsulot to'la tannarxiga nisbati bilan hisoblanadi.
MAHSULOT SERTIFIKATI - mahsulot sifatini baholash va nazorat qilishning
xalqaro normalarini qabul qilish va amalga oshirish jarayoni; 
mahsulot ishlab chiqaruvchilarga qaram bo'lmagan, mahsulotning 
xalqaro standart normalariga mos kelishini nazorat qilish uchun 
kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlangan maxsus markazlarni 
yaratish bilan amalga oshiriladi.
' O
T
T
O
2
5
1
----------------------------------


MAHSULOT SIFATI - mahsulotning inson va jamiyatning ma’lum bir
ehtiyojlarini qondirish qobiliyatlarini belgilovchi foydali xislatlari 
majmuyi.
MAHSULOT SIFATINI BOSHQARISH - mahsulotni yaratish va undan
foydalanish yoki uni iste’mol qilishda zarur sifat darajasini belgilash, 
ta’minlash va qo'llab-quwatlash maqsadida amalga oshiriluvchi 
xatti-harakatlar.
MAHSULOT SIFATINI BOSHQARISH TIZIM I - sifatni boshqarish
uchun zarur bo'lgan resurslar, jarayonlar va javobgarlikni aniq 
taqsimlovchi tashkiliy tuzilma.
MAHSULOT SOLIG'I - qandaydir tovar yoki xizmat birligiga solinadigan soliq.
MAHSULOT TANNARXI - korxonaning mahsulotni yaratish uchun qilingan
sarf-xarajatlarining puldagi ifodasi. Mahsulot tannarxi korxona 
iqtisodiy faoliyatining asosiy ko'rsatkichlaridan bo'lib, o'zida 
mahsulot yaratish uchun qilingan xomashyo, yoqilg'i-moylash 
materiallari, mehnat, elektr energiyasi sarfi, shuningdek, bino, 
inshoot va uskunalarning ishlab chiqarish jarayonida sotilgan qismi 
qiymatini ifodalaydi. Sanoatda tannarxning sex, korxona va to'la 
yoki kommersiya miqdori alohida farqlanib, xarajatlar tarkibi har 
bir sanoat tarmog'ida o'ziga xos xususiyatga ega bo'ladi.
MAHSULOT 
TANNARXI 
TARKIBIGA 
KIRITILADIGAN
MAHSULOTNI 
ISHLAB 
CHIQARISH 
VA 
SOTISH 
XARAJATLARI - maxsus nizom asosida belgilanib, uning 
tarkibiga mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish bilan bevosita 
bog'liq xarajatlar, tabiiy xomashyo, yer, o'rmon, suv resurslaridan 
foydalanish bilan bog'liq xarajatlar, ishlab chiqarishni tayyorlash va 
o'zlashtirish xarajatlari, texnologik jarayonlarni takomillashtirish 
va mahsulot sifatini oshirish bilan bog'liq nokapital xarakterdagi 
xarajatlar, tajriba-eksperimental va ixtiro xarajatlari, ishlab chiqarish 
jarayoniga xizmat ko'rsatish xarajatlari kabilar kiradi.
MAHSULOT UCHUN BOSHQA SUBSIDIYALAR - rezidentli korxonalar
ishlab chiqargan tovarlar va xizmatlar uchun beriladigan moliyaviy 
yordam. Bunday subsidiya mahsulot ishlab chiqarilganda, 
sotilgarida, boshqalarga ijaraga berilganda yoxud o'z istemoli va 
jamg'arish uchun ishlatilganda to‘lanishi zarur.
MAHSULOT UCHUN SUBSIDIYA - ishlab chiqarilgan tovar yoki
ko'rsatilgan xizmat birligi uchun beriladigan moliyaviy yordamdir.
MAHSULOT-JARAYON MATRITSASI 
- jarayonlar tizimlari, ishlab
chiqarish hajmlari va boshqa qator tavsiflar orasidagi o'zaro 
bog'liqlikni aks ettiradi.

2
5
2



MAHSULOTLARGA 
SOLIQLAR 
-
rezidentlar 
tomonidan 
ishlab
chiqarilgan va sotilgan yoki import qilingan mol va xizmatlarga 
mutanosib ravishda olinadigan soliqlar. Ularga, masalan, qo'shilgan 
qiymat solig'i, aksiz, bojxona to'lovlari va h.k.lar kiradi.
MAHSULOTNI ISHLAB CHIQARISHDAGI VAQT - mahsulotga butun
ishlab chiqarish jarayonini o'tashga talab qilinadigan o'rtacha vaqt. 
Bu vaqt mahsulotga ishlov berish vaqti va navbatda turish vaqtidan 
iborat. Bu vaqt buyurtma vaqti (lead time) tarkibiga kiradi. 
Buyurtma vaqti deganda mijoz o'z buyurtmasini kutishi kerak 
bo'lgan umumiy vaqt tushuniladi.
MAHSULOTNI SOTISHDAN OLINGAN YALPI FOYDA - mahsulotlar
(ishlar, xizmatlar) ni sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan 
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o'rtasidagi tavofut.
MAHSULOTNING BOJ QIYMATI - mahsulot chegaradan o'tayotgan
paytda uning egasi tomonidan e’lon qilinadigan qiymat. 
Uning to'g'riligini aniqlash ustidan nazorat mahsulotlarni 
rasmiylashtiruvchi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Mahsulotlarning boj qiymatini aniqlashda turli metodlardan 
foydalaniladi: a) kiritilayotgan mahsulotlarning bitim bahosi 
bo'yicha (eng ko'p qo'llaniladigan metod); b) turdosh (bir turdagi, 
birxildagi) mahsulotlar bitim bahosiga ko'ra; v) qiymatni hisoblash 
metodi bo'yicha; g) qiymatlarni qo'shish yo'li bilan; d) rezerv 
metodi bo'yicha.
MAHSULOTNING HAYOTIY DAVRI 
-
tovarning 
bozorga 
kirib
kelishidan boshlab to uning bozordan chiqib ketishiga qadar amalga 
oshiriladigan izchil chora-tadbirlar.
MAHSULOTNING MARJINALLIGI - olingan daromad (baho) nisbatan
foiz ko'rinishidagi bir birlik mahsulotga to'g'ri keladigan marjinal 
daromadning darajasi.
MAHSULOTNING MATERIAL SIG'IMI - xomashyo, materiallar va boshqa
moddiy resurslarning mahsulot birligiga sarflanuvchi xarajatlari. 
Material sig'imini kamaytirish tayyor mahsulot va materiallarni 
ko'paytirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va xomashyo 
tarmoqlarini rivojlantirishga sarflanuvchi xarajatlami kamaytirishga 
imkon yaratadi.
MAHSULOTNING 
MEHNAT 
SIG'IM I 
-
mehnat 
unumdorligi
ko'rsatkichlariga teskari bo'lgan kattalik. Moddiy ishlab chiqarish 
sohasida sarflangan mehnatning ishlab chiqarilgan mahsulot 
hajmiga nisbati orqali aniqlanadi.

253


MAHSULOTNING MUVOZANAT M IQDORI - talab va taklif miqdorlari
teng bo'lganda mahsulotni bozorda sotish hajmi.
MAHSULOTNING TEXNIK DARAJASI - baholanayotgan mahsulotning
texnik takomillashganliginibelgilovchi, uning bazis ko'rsatkichi ariga 
mos keluvchi ko'rsatkichlarni taqqoslashga asoslangan mahsulot 
sifatining nisbiy tavsifnomasi.
MAHSULOTNING UMUMIY HAJMI - mehnat jarayonida qo'llaniladigan
ishlab chiqarish omillarining hamma miqdoridan to'liq foydalanib 
ishlab chiqarilgan mahsulot.
MAHSULOTNING YASHASH DAVRI 
-
mahsulot 
hayoti 
beshta
bosqichining almashinish davri: ishlab chiqish, ishlab chiqarish, 
bozorga chiqish, o'sish, bozorning to'yinishi va ma’naviy eskirish.
MAHSULOT ATrESTATSIYASI - mahsulot sifatining texnik-iqtisodiy
ko'rsatkichlarini obyektiv baholashni tizimli ravishda amalga 
oshirishni ko'zda tutuvchi, tashkiliy-texnik va iqtisodiy chora- 
tadbirlar majmuasi.
MAJBURIY SUG'URTA - sug'urta munosabatlarining qonun kuchiga ega
bo'Igan shakli. Majburiy sug'urta qonunchilik hujjadari asosida 
amalga oshiriladi. Ushbu hujjatda sug'urtaga tortiladigan obyektlar 
soni, sug'urta javobgarligining hajmi, sug'urta munosabatlarida 
qatnashadigan tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda 
boshqa rekvizitlar ko'rsatiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan
O'zbekistonda majburiy sug'urtani tegishli litsenziyaga ega bo'Igan 
har qanday sug'urta kompaniyasi o'tkazishi mumkin.
MAJBURIY TO 'LO V - egasining roziligisiz hisob-kitob schyotidan pul
mablag'ining o'tkazilishi. Masalan, majburiy to'lovlariga; davlat 
budjetiga, davlat ijtimoiy sug'urtasiga to'lov, sug'urta to'lovlari va 
boshqa belgilangan qoidalarga asosan to'lovlar kiradi.
MAJBURIY ZAXIRA (REZERV)LAR - qarang: bank rezervlari. Majburiy
bank rezervlarining me’yorini o'zgartirish siyosati - pul-kredit 
siyosati vositalaridan biri. Majburiy bank rezervlarining me’yori 
Markaziy bank tomonidan belgilanadi va o'zgartiriladi. Agar u 
kamaytirilsa, ortiqcha bank rezervlari ortadi, bu esa pul taklifining 
multiplikatsion ortishiga olib keladi. Majburiy bank rezervlari 
me’yorini ko'tarish yordamida davlat pul taklifini kamaytiradi, zero, 
banklarning ortiqcha bank rezervlari qisqarishi pul miqdorining 
kamayishiga olib keladi.
MAJBURIY ZAXIRALAR SIYOSATI - tijorat banklari jalb qilgan mablag'lar
ma’lum bir qismining Markaziy bankning zaxira fondiga 
o'tkazilishidir.
254


MAJBURIYAT - majburiyat, va’da, vazifa, burch, tilxat; shartnoma bilan
rasmiylashtirilgan fuqarolik huquqiy munosabatlar.
MAK-KULLOX JON RAMSEY (1789-1864) - ingliz olimi, Maltusni
qo'llagan, mehnat bilan birga kapital ham boylik yaratishda ishtirok 
etadi, degan fikrni ilgari surgan.
MAKLER - vositachi, u fond va valyuta birjasi bitimlarini tuzishda qatnashadi,
operatsiyalarni mij oz hisobiga amalga oshiradi va bitim summasidan 
ma’lum miqdorda mukofot (ulush) oladi.
MAKROIQTISODIY KO'RSATKICHLAR - mamlakat yaxlit iqtisodiyoti
darajasidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarni o‘ lchash 
hamda baholash imkoniyatini beruvchi ko‘rsatkichlar. Masalan, 
yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, iqtisodiy o'sish, ishsizlik, 
inflyatsiya darajasi va boshqalar.
MAKROIQTISODIY MUVOZANAT - iqtisodiyot turli tomonlarining
o'zaro tengligi bo'lib, eng awalo, yalpi talab va yalpi taklifning 
tengligi orqali namoyon bo'ladi.
MAKROIQTISODIY MUVOZANATNING KEYNSCHA MODELI -
narxlar darajasi o'zgarmas bo'lgan sharoitda jami sarflar va real yalpi 
milliy mahsulot o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni aks ettiruvchi model 

Download 22,32 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Download 22,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning

Download 22,32 Mb.
Pdf ko'rish