A h l
shaxslarbusoliqningto'lovchilaridir.Soliqningstavkasi O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yer solig'i
yuridik shaxslar tomonidan har yili birinchi yanvargacha bo'lgan
holatga qarab mustaqil hisoblab chiqariladi va soliq bo'yicha
hisob-kitoblar yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga
joriy yilning birinchi fevraligacha taqdim etiladi. Yuridik shaxslar
tomonidan (qishloq xo'jaligi korxonalaridan tashqari) soliq yilning
har choragida ikkinchi oyning 15-kunigacha to'lansa, qishloq
xo'jaligi korxonalari bu soliqni bir yilda bir marta - hisobot yilining
15-dekabrigacha to'laydilar. Bu muddat jismoniy shaxslar uchun
joriy yilning birinchi noyabrigacha belgilangan.
YER TRANSFORMATSIYASI - qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlarni bir
turdan boshqa turga o'tkazilishi, yer fondiga tarkibiy o'zgartirishlar
kiritiUshi.
YER UCHASTKASI - yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga,
joylashish manziliga, huquqiy rejimi hamda davlat yer kadastri va
yer uchastkasiga bo'lgan huquqlariga, davlat ro'yxatidan o'tkazish
hujjatlarida aks ettiriladigan boshqa jihatlarga ega bo'lgan muayyan
qismi.
YER UCHUN IJARA HAQI - uning hajmi (o'lchami), shartlari va o'tkazish
muddatlari shartnomaga muvofiq o'rnatiladi. Qishloq xo'jaligi
maqsadlariga mo'ljallangan yerlar ijaraga olinganda uning miqdori
ijaralangan uchastkalardan olinadigan yer solig'ining summasidan
oshmasligi kerak. Yer uchun ijara haqi alohida yoki butun ijaraga
olingan mulkning ijara haqi tarkibida ham olinishi mumkin. Lekin
bu holda ham yer uchun ijara haqi, albatta, mahalliy budjetning
daromadiga o'tkazilishi kerak.
YER UCHUN TO'LOVLARNING SHAKLLARI - yer solig'i, ijara haqi
va yeming normativ bahosidan iborat. Yerning egalari, yerning
mulkdorlari va yerdan foydalanuvchilar yillik yer solig'iga tortiladi.
Ijaraga berilgan yer uchun ijara haqi olinadi. Qonunda ko'zda
tutilgan hollarda sotib olish va bankdan kredit olish uchun garov
sifatida yerdan foydalanilganda yeming normativ bahosi belgilanadi
(o'rnatiladi).
YERNING BAHOSI - yer egasi yerdan olgan daromadini boshqa yo'l bilan
topishi uchun zarur bo'lgan pul miqdori. Yerning bahosi rentaning
miqdoriga to'g'ri proporsional, ssuda foizi darajasiga teskari
proporsionaldir.
YERNING NORMATIV BAHOSI - hisobli qoplash muddati davomida
olinishi lozim bo'lgan potensial daromaddan kelib chiqqan
468
holda ma’lum sifatdagi va joydagi yer uchastkasining qiymatini
ifodalaydigan ko'rsatkich. Yerni mulk sifatida berish uchun, unga
nisbatan jamoa-hissali mulkni o'rnatish uchun, meros sifatida
berish, taqdim etish, bank kreditini olish uchun yer uchastkasidan
garov sifatida foydalanilganda yer munosabatlarini iqtisodiy tartibga
solishni ta’minlash uchun joriy etilgan. Odatda yeming normativ
bahosi yer maydoni birligiga to'g'ri keluvchi yer solig'ining 50
martalik hajmi miqdorida o'rnatiladi. Bu baho hisoblanayotgan
paytda yer solig'i bo'yicha berilgan imtiyozlar inobatga olinmaydi.
YETAKCHI - raqobat bozoridagi mo'ljal hisoblanadi. Boshqa firmalar o'z
strategiyasi va taktikalarini to'g'ridan-to'g'ri yoki bir vosita
yetakchiga o'xshash taktikasi yoki kelishmovchilikni bartaraf etish
harakati bo'lishi mumkin.
YETAKCHI BANK - sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashabbusi bilan chiqqan
va zimmasiga ishtirokchi-banklar nomidan kredit hujjatlarini
yuritish mas’uliyati yuklatilgan qarz oluvchining asosiy talab qilib
olinguncha depozit hisob-varag'iga xizmat ko'rsatuvchi bank.
YETAKCHI TOVAR NARXI - biror assortiment guruhida eng katta talabga
ega bo'lgan tovar bo'lib, iste’molchilarni butun assortimentga
ko'proqjalb etish maqsadida unga nisbatan pastroqnarxbelgilanishi.
YETAKCHILIK - boshqaruvi o'zaro hamkorlikning, hukmronlikning har xil
manbalarini samaraliroq birlashishiga asoslangan va odamlarni
umumiy maqsadlarga erishishga undashga qaratilgan o'ziga xos
odob.
YETAKCHINING KASBGA EGALIGI - menejer tomonidan ishlab
chiqarish (tijorat)ni tashkil qilish va boshqaruv sohasidagi maxsus
bilimlar va ko'nikmalarni egallashi, har xil sohalardagi odamlar bilan
ishlash mahorati.
YEVRO KREDITLAR - yevro valyutalarda beriladigan kreditlardir.
YEVROPA DOLLARLAR - yevropa banklaridagi dollar jamg'armalari,
kredit, operatsiyalarida foydalaniladi. AQSHdan tashqarida, ya’ni
Yevropa banklarida mulk egalarining AQSH dollarida qo'ygan pul
mablag'lari.
YEVROPA HAMJAMIYATI
-
tarkibiga
G'arbiy
Yevropa
regional
tashkilotlaridan 3 tasi, ya’ni Yevropa iqtisodiy uyushmasi, Yevropa
ko'mir va po'lat birlashmasi hamda Yevroatom kirgan G'arbiy
Yevropa mamlakatlarining davlatlararo birlashmasi bo'lib, 1957-
yilda tashkil topgan.
469
YEVROPA HAMJAMIYATI KOMISSIYASI - uning 17 a’zosini milliy
xukumatlar tayinlaydi, lekin ular o'z faoliyatlarida buxukumatlaridan
tamomila mustaqildir.
YEVROPA IQTISODIY UYUSHMASI - 1957-yilda G'arbiy Yevropadagi
6 ta davlat: Fransiya, Italiya, Germaniya, Niderlandiya, Belgiya
va Lyuksemburg davlatlari o'rtasida boj chegaralarini yo'qotish
va “Umumiy bozor” barpo etish maqsadida tuzilgan iqtisodiy
uyushma. 1973-yilda unga Buyuk Britaniya, Daniya va Irlandiya,
1981-yilda Gretsiya, 1986-yilda Ispaniya va Portugaliya ham a’zo
bo' lib kirdi. Bu uyushmani tuzishdan ko'zlangan maqsad boj ittifoqi
va uyushmaga kirgan davlatlar o'rtasida tovar, kapital, xizmatlar va
ishchi kuchining Umumiy bozorini tashkil etishdan iborat. Shuning
uchun ham u “Umumiy bozor” nomini oldi. YEIUning tashkil
etilishi G'arbiy Yevropa markazining rivojlanishini tezlashtirdi.
YEVROPA KENGASHI - 1974 yilda tuzilgan bo'lib, uning doirasida bunday
kengashlaming muntazam o'tkazib turilishi kerakligi haqida qaror
qabul kildilar. Yevropa kengashi oliy bosqich ahamiyatini kasb etib,
murakkab holatlarda hamjamiyatning boshqa muassasalari bilan
kelishishga erishishning iloji bo'lmagan hollarda Yevropa kengashi
va Vazirlar kengashi unga murojaat etishlari mumkin.
YEVROPA KREDITLAR - mamlakatlar yirik tijorat banklarining Yevro
valyuta bozori resurslari hisobidan chiqaradigan xalqaro zayomlari.
YEVROPA OBLIGATSIYALAR - Yevropa bozorida uzoq muddatli zayom
olish bilan zayomchi tomonidan chiqariladigan uzoq muddatli
majburiyatnoma,- qimmatli qo'g'oz turlari.
YEVROPA PARLAMENTI - Yevropa xalqlarining demokratik jarchisi.
Unda umumiy ovoz berish yo'li bilan saylanadigan 518 deputat bor.
Asosiy vazifasi - Komissiya faoliyatini nazorat kilish, hamjamiyat
budj eti va qonunlarini ma’qullash va ularga o'zgartirishlar kiritishdir.
YEVROPA TARAQQIYOT TIKLANISH BANKINING MAQSAD I -
demokratiya va bozor iqtisodi tamoyillariga sodiq Markaziy va
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida bozorni, xususiy tadbirkorlik
faoliyatiniyo'naltirilganochiqiqtisodgao'tishiniqo'llab-quwatlash.
1990-yilda tashkil qilingan.
YEVROPA VALYUTA BIRLIGI - G'arbiy Yevropa mamlakatlarining o'zaro
hisob-kitoblarida amal qiluvchi valyuta birligi. 1979-yilda tashkil
etilgan.
470
YEVROPA VALYUTA BIRLIGI - Yevropa valyuta tizimida qatnashuvchi
mamlakatlar o'rtasida qo'llaniladigan xalqaro schyot birligi.
YEVROPOLIS - Yevropa iqtisodiy hamjamiyati mamlakatlarida sug'urta
shartnomasi tuzganlik faktini tasdiqlovchi sug'urta polisi.
YEVRO VALYUTA - Yevropaning qator rivojlangan mamlakatlari muomalaga
chiqargan va mamlakat hududidan tashqarida naqd pulsiz deposit -
ssuda operatsiyalarini amalga oshirishda foydalaniladigan valyutalar.
YIG'ILIB QOLISH - alohida bosqichlar orasida oldingi bosqich natijalarining
(chiqish) to'planib qolishi. Buning sababi shuki, oldingi bosqich
natijalari keying bosqichga, ushbu bosqich haddan tashqari
yuklanganligi sababli, o'tmaydi. Yig'ilib qolish - oldingibosqichning
o'tkazish imkoniyati keyingisiga nisbatan ko'proq bo'lgan holda
o'rinli.
YIG'IM LAR - qonun aktlariga muvofiq belgilangan tartibda va shartlarda
to'lovchilar tomonidan tegishli darajadagi budjetlarga yoki
budjetdan tashqari fondlarga o'tkaziladigan majburiy badallar.
Ularning tarkibiga savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig'im, shu
jumladan, ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi
litsenziya yig'imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik
faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro' yxatga olganlik
uchun yig'im, avtotrasport to'xtash joyidan foydalanganlik uchun
yig'im, obodonchilik ishlari uchun yig'im va boshqalar kiradi.
YIG'ISH
LINIYASI
-
alohida
mahsulotlar
ishlab
chiqilishiga
maxsuslashtirilgan tizimli ishlab chiqarish oqimi. Mahsulotlar, har
birida bitta maxsus operatsiya bajariladigan ish bekatlaridan nazorat
qilinib, tezlik bilan o'tadi.
YIG'ISH LINIYASINI MUVOZANATLASHTIRISH - har bir ish
bekatida shunday sikl vaqtini belgilashki, bunda har bir ishchi
shuncha ish qilsinki, yig'ish liniyasi sikli vaqti ichida ulgurib, uning
bo'sh vaqti barcha ish joylarida imkon boricha kam bo'lsin.
YILLIK HISOBOT - bir yillik davlat budjet daromadlari va xarajatlarini aks
ettirgan hujjat.
YILLIK MOLIYAVIY HISOBOT - hisobot yilida korxona faoliyatini har
tomonlama ta’riflovchi hisobot turi. Yillik moliyaviy hisobot
inventarizatsiya va boshqa usullar bilan tekshirilgan hisob
ma’lumotlariga asosan tuziladi. Uni tuzishga qadar turli tayyorgarlik
ishlari bajariladi: inventarizatsiya o'tkazilib, uning natijalari hisobda
aks ettiriladi; yilning oxirida buxgalteriyaga kelgan barcha hujjatlarni
ishlab chiqarish tugatiladi; yordamchi ishlab chiqarishlar ish va
—
4
7
1
—
xizmatlarining haqiqiy tannarxi aniqlanadi; umumishlab chiqarish
xarajatlari taqsimlanadi; tugallanmagan ishlab chiqarishlar tannarxi
va tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi; moliyaviy
natijalar (foydayokizarar) aniqlanadi; ayrimko'rsatkichlarningo'zaro
aloqalari tekshiriladi va boshqalar. O'zbekiston Respublikasining
“Buxgalteriya hisobi to'g'risida’ gi qonuni (16-modda) bilan yillik
hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan: 1. Korxona
balansi. 2. Moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot. 3. Asosiy vositalar
harakati to'g'risidagi hisobot. 4. Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot. 5.
Xususiy kapital to'g'risidagi hisobot. Yuqoridagi hisobot shakllariga
izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi. Moliyaviy
hisobot quyidagi organlarga taqdim etiladi: soliq organlariga; ta’sis
hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga; davlat statistika organlariga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.
YILNING SOF FOYDASI - soliq to'lagandan keyin xo'jalik yurituvchi
subyekt, ya’ni korxona (firma) ixtiyorida qoladigan hamda xo'jalik
subyekti mustaqil tasarruf etadigan foyda.
YO 'L
FONDINI
SHAKLLANTIRUVCHI
SOLIQLAR
-
yoqilg'i-
moylovchi materiallarni sotishdan olinadigan soliq, avtomobil
yo'laridan
foydalanuvchilardan
olinadigan
soliq,
transport
vositalarining egalaridan olinadigan soliq va transport vositalarini
sotib olganlik uchun to'lanadigan soliqdan iborat.
YOLLOVCHILAR VA O 'Z I UCHUN ISHLAYDIGAN SHAXSLAR -
muayyan haq evaziga ishlaydigan yollanma xodimlar bilan o'zini-
o'zi band etuvchi shaxslar yollovchilar deb ataladi, muayyan haq
evaziga ishlamaydigan va yollanma xodimlari bo'lmagan shaxslar
esa o'zi uchun ishlaydigan shaxslar deb ataladi.
YOLLOVCHILARNING
IJTIMOIY
SUG'URTAGA
HAQIQIY
AJRATMALARI - sug'urta korxonalariga yoki boshqa turdagi
institutsion birliklarga, o'zxodimlarini nafaqa bilan ta’minlash uchun
ijtimoiy sug'urta dasturi boshqaruviga yollovchilar tomonidan
bevosita ijtimoiy ta’minot jamg'armasiga ijtimoiy sug'urta evaziga
to'lanadigan ajratmalar.
YO'LOVCHI AYLANMASI - yo'lovchilar tashish bo'yicha transport ishi
hajmini ifodalaydigan ko'rsatkich. Bunda yo'lovchilarni qanchalik
uzoq masofaga olib borilishi ham hisobga olinadi.
YO'LOVCHI KILOMETR - yo'lovchi tashishning o'lchov birligi. Yo'lochi
kilometr tashilgan yo'lovchilar sonini ular qancha masofaga
(kilometrga) olib borilgani bilan o'lchanadi.
472
YO'LOVCHI OQIM I - transport yo'lagida biron-bir vaqt davomida
tashilgan yolovchilar miqdori. Ko'pincha shahar va shahar atrofi
yo'nalishlarida yo'lovchi oqimi nisbatan yuqori bo'ladi. Yo'lovchi
oqimi sutkaning ma’lum vaqtida, hafta kunlarida va yil mavsumiga
qarab ham farqlanishi mumkin.
YO'NALISHLI
REGRESSIYA CH IZIG'I
-
ushbu
chiziq
baholar
o'rtachalashtirilishidan iboratdir. Agarda ushbu chiziq teng vaznli
baho sifatida tasawur etilsa, unda yangisini yuqoriga yoki pastga
bo'Igan har qanday og'ishi Bull VS Bear kuchini ko'rsatadi.
YOLLANIB ISHLAYDIGANLAR - korxona rahbariyati bilan mehnat
faoliyati shartlari to'g'risida tuzilgan yozma kontrakt (shartnoma)
yoki og'zaki bitim bo'yicha ishlaydigan shaxslar bo'lib, ular ana shu
faoliyat uchun yollanish vaqtida kelishib olingan ish haqini oladilar.
YOLLANMA XODIM - ma’lum shartlar asosida yollanib ishlovchi.
Korxona bilan shaxs o'rtasida rasmiy yoki norasmiy kelishuv mavjud
bo' lgan hollarda yollanma xodim munosabati paydo bo' ladi. Bunday
kelishuv har ikki tomon uchun ixtiyoriy hisoblanadi va yollanuvchi
shaxs muayyan pul yoki natura shaklidagi haq evaziga korxona
uchun mehnat qilishi zarur.
YOLLANMA XODIMLAR MEHNATIGA HAQ, TO'LASH - korxona
tomonidan yollangan mehnat xodimlariga hisobot davrida ular
qilgan ish evaziga pul va natura shaklida ko'rsatiladigan barcha
rag' batlantirish.
YOLLANMA XODIMLARGA MAXSUS JAMG'ARMASIZ
(FOND)
BERILADIGAN IJTIMOIY SUG'URTA NAFAQASI - ijtimoiy
sug'urta bo'yicha beriladigan nafaqa yollovchilar, ijtimoiy sug'urta
dasturi boshqaruvchilari tomonidan maxsus jamg'arma tashkil
etmasdan, o'z xodimlariga, ularning boqimandalariga va o'z
boshqaruvchisini yo'qotgan shaxslarga to'lanadigan nafaqalardan
iborat bo'ladi.
YOLLANMA XODIMLARNING IJTIMOIY SUG'URTA AJRATMASI -
ijtimoiy ta’minot jamg'armalariga, sug'urta korxonalariga, yoki
boshqa turdagi institutsion birliklarga farovon ta’minlasb uchun
ijtimoiy sug'urta dasturi boshqaruvi rahbarlariga yollanma xodimlar
to'laydigan ijtimoiy sug'urta ajratmasi.
YOPILISH BAHOLARI - birja yopilishiga qayd etilgan baho.
Y O PIQ AKSIYADORLAR JAMIYATI - aksiyalari faqat o'zining muassislari
orasida yoki oldindan belgilab qo'yiladigan boshqa shaxslar
doirasida taqsimlanadigan, o'zi chiqaradigan aksiyalarga ochiq
obuna o'tkazishga yoki ularni sotib olish uchun cheklanmagan
——
473
*****SKKKtefrb»--—
doiradagi shaxslarga boshqacha tarzda tavsiya etishga haqli
bo'lmagan jamiyat.
YOPIQ. AUKSION - bunda tovar uchun auksion qatnashchilari bir-biriga
bog'liq bo'lmagan holda stavkalarini qo'yadi va tovar kim ko'p
stavka qo'ygan bo'lsa shunga beriladi.
YOPIQ, IQTISODIYOT - tovar va xizmatlarning eksport va importini
amalga oshirmaydigan mamlakat iqtisodiyoti; xalqaro savdoda
ishtirok etmaydigan iqlisodiyot; hozirgi mutlaq yopiq iqtisodiyot
mavjud emas. Yopiq iqtisodiyot modelida tovarlar, xizmatlar va
kapital oqimlari, milliy chegaralar tashqarisiga chiqmaydi.
YOPIQ, TENDER КО‘ RINISHDAGI AUKSION - sotib oluvchilarning
shaxsiy
ishtirokisiz
ularning
bergan
takliflariga
asosan,
qatnashuvchilar taklif etgan eng yuqori (yoki past) baho bo'yicha
qimmatbaho qog'ozlar, tovarlar, mol-mulkni sotishning tashkil
qilinishi.
YORDAMCHI ISHLAB CHIQARISH - ishlab chiqarish jarayonining
bir qismi bo'lib, u asosiy ishlab chiqarish fondlarini qayta tiklash,
ta’mirlash, asosiy ishlab chiqarish jarayonini energiya va boshqa
yordamchi materiallar bilan ta’minlash ishlarini amalga oshiradi.
YORDAMCHI MATERIALLAR - asosiy materiallardan farq qilib, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning asosini tashkil qilmaydi, balki
mahsulot ishlab chiqarishda biron-bir vosita sifatida ishtirok etadi.
Yoqilg'i o'z mohiyatiga ko'ra yordamchi materiallarning bir turi
hisoblanadi.
YORDAMCHI MOLIYA KORPORATSIYALAR - kichik sektor faoliyati
moliyaviy vositachilik bilan yaqindan bog'liq, ammo ularning
o'zlari vositachi sifatida ishtirok eta olmaydigan barcha rezidentlik
korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalardan tarkib topadi.
YORDAMCHI TARM O Q - korxonaning tovar mahsuloti bo'yicha asosiy
tarmog'idan keyingi o'rinda turadigan, asosiy tarmoq bilan
texnologik hamda tashkiliy jihatdan bog'langan, asosiy tarmоqning
muttasil rivojlanib borishi uchun bevosita yordam ko'rsatadigan
tarmoq.
YORDAMCHI-TEXNIK PERSONAL
-
rahbarlar
va
mutaxassislar
faoliyatiga xizmat ko'rsatuvchi hodimlar. Ular qoida bo'yicha,
alohida boshqaruv operatsiyalariga qarab tasniflanadi. Bunday
hodimlarga kotiblar, mashinistlar, texniklar va boshqalar kiradi.
474
YUK OBOROTI - ma’lum vaqt davomida tashilgan yukning hajmi
(miqdori), yuk oboroti, transport sohasining asosiy ko'rsatkichi.
Tashilgan yukning soni va tashish masofasi (km)ga ko'ra hisoblab
chiqiladi.
YUKSALISH - iqtisodiyotning davriy rivojlanishining jonlanish bosqichidan
keyin keladigan bosqich, unda talab oshib boradi, investitsiyalar
hajmi o'sadi, bank foizi kamayadi, ishlab chiqarish hajmi oshib
boradi, ishsizlik tabiiy darajasi kamayadi.
YUMSHOQ, NARX - xaridorning savdolashish qobiliyatiga bog'liq tarzda
uzil-kesil aniqlanadigan narx.
YUNESKO - (maorif, fan va madaniyat masalalari bo'yicha BMT maxsus
tashkiloti) - hukumatlararo tashkilot, BMTning ixtisoslashgan
tashkiloti. 1946-yilda tashkil etilgan, unga 158 mamlakat a’zodir.
YUNESKO ning asosiy maqsadi xalq ta’limi va madaniyat
sohasida xalqaro hamkorlikka yordam berish, madaniyat va ilmiy-
texnika sohasiga taalluqli axborotlarni yoyish, ta’lim sohasidagi
kamsitishlarga qarshi kurash, milliy madaniyatlarni himoya qilishdir.
YUNKTAD - oliy tashkiloti savdo va rivojlanish bo'yicha konferensiya bo'lib,
uning ixtiyorida 6-ta komitet ishlaydi. U BMTning xalqaro savdo
tashkiloti hisoblanmaydi. U 1964-yil tashkil topgan, unga 168 ta
davlat a’zo. Uning asosiy vazifasi xalqaro savdoni rivojlantirish, teng
huquqli iqtisodiy munosabatlarni o'rnatishga yordam berish. Uning
qarorlari taklif xarakteriga ega.
YUPI - AQSH axborot agentligi, dunyoda eng yirik axborot agentliklaridan
biri, 1958-yilda tashkil etilgan. “Associated Press” bilan birgalikda
AQSHda axborot tarqatishni o'z qo'lida monopolizatsiya qilgan
“YUPI” 1000 ta amerika ro'znomalari, 4150 radio va telestansiyalari,
jahonning 100 dan ortiq mamlakatlarida 800 ta ro'znoma va 300
ta radiostansiyaga xizmat ko'rsatadi. Shtab-kvartirasi Vashingtonda
joylashgan.
YURIDIK SHAXS - alohidalashgan mulkka ega mulkni mustaqil sotib
olish va shaxsiy nomulkiy huquqlariga va majburiyatlariga ega
tashkilot. Yuridik shaxslar sudlarda, xo'jalik sudlarida da’vogar
va javob beruvchi bo'lishi mumkin. Masalan, korxonalar ham
yuridik shaxs hisoblanadi, ustav (nizom) asosida vujudga keladi va
harakat qiladi. Yuridik shaxs o'z nomiga, manzilgohiga va bankda
hisob raqamiga ega bo'ladi. Yuridik shaxs o'zining mulki doirasida
javobgar hisoblanadi. Davlat yuridik shaxslar qarzlari bo'yicha,
o'z navbatida yuridik shaxslar davlat qarzlari bo'yicha javobgar
hisoblanmaydi. Yuridik shaxs faoliyati uni tashkil etgan organ yoki
mavjud qonunchilik nazarda tutgan hollarda to'xtatiladi.
47^5 —
—
YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR - qo'shilgan
qiymat solig'i, korxona va tashkilotlarning daromadi (foydasi)
dan olinadigan soliq, aksizlar, yo'l fondini shakllantirish uchun
manba sifatida foydalaniladigan soliqlar, korxona mol-mulki solig'i,
yer uchun to'lovlar, reklama solig'i, birjada amalga oshirilgan
bitimlardan olinadigan yig'im, mahalliy auksion va lotoreyalami
o'tkazish huquqi uchun litsenziya yig'imi, boshqa soliq, yig'im va
majburiy to'lovlardan iborat.
YURIDIK
SHAXSLARNING
(NO Q ISH LOQ
XO'JALIK)
YER
SOLIG'I - o'zining mulkida, egaligida va foydalanishida yer
uchastkalari bo'lgan yuridik shaxslar yer solig'i to'lovchilari bo'lib
hisoblanadi.
YURIDIK
SHAXSLARNING
DAROMAD I DAN
(FOYDASIDAN)
SOLIQ, - yuridik shaxslarning hamma faoliyatidan olgan
daromadlari (foydasi) bir qismining budjetga majburiy to'lovidir.
Bu yerda soliq to'lovchilar soliqqa tortish maqsadida rezident va
norezidentlarga bo'linadi
YURIDIK SHAXSLARNING
MOL-MULK SOLIG'I
-
korxonalar
mulklarining dastlabki qiymati, o'rnatilmagan mulklar qiymatidan
hisoblanib, ularning daromadidan budjetga to'lanadigan majburiy
to'lovlardir.
YURI ST MASLAHATCHI - muassasa, korxona, yoki tashkilotdagi yuridik
masalalar bo'yicha doimiy maslahatchi. Huquq masalalari bo'yicha
ushbu korxona yoki tashkilotning manfaatini sud va boshqa
vaziyatlarda himoya qiladi.
YUSUF XOS HOJIB BOLASOG'UNIY - turk tilidagi ilk “Qutadg'u bilig”
(“Saodatga yo'llovchi bilim”, 1069-70) asarida ajoyib iqtisodiy
g'oyalarni bayon etgan (1990-yilda chop etildi). Ayniqsa, hunar-
kasb o'rganish, savdo-sotiqning ahamiyatiga e’tibor berilgan.
Kitobda “sanat, hunar - kishiga chiroy, turli-tuman hunarlarni
o'rganmaslik tubanlik belgisi” (64-bet) ekanligi haqida fikrlar va
mehnat taqsimoti g'oyalari bor. Davlat va iqtisodiyot masalalaridagi
bog'Ianishni yaxshi tushungan.
Y U T U Q - lotoreyalar, o'yinlar, tanlovlar, musobaqalar (olimpiadalar), festivallar
va shu kabi boshqa tadbirlarda olingan, natura holida yoki pulda
ifodalangan to'lovlar, sovrinlar va boshqa daromadlar.
476
ZAXIRA - l ) Valyuta zaxirasi - boshqa mamlakatlar Markaziy banklarining
xalqaro hisob-kitob uchun mamlakat valyutasida yig'ib va
saqlaydigan mablag'lari. 2) Kapital (fond) zaxirasi - korxona,
aksionerlik jamiyati va hokazolarning foydadan chegirib qolib
tashkil qilinadigan xususiy mablag'lar qismi bo'lib, xo'jalik
operatsiyalari faoliyatidagi zararlarni qoplash, asosiy fondlarni
to'ldirish va kundalik foyda yetarli bo'lganda dividendlar to'lash
uchun foydalaniladi.
ZAXIRA FONDI - joriy yilda kelib tushgan sug'urta mukofotlari hisobidan
sug'urta qoplamasini to'lash imkoniyati bo'lmaganda, ushbu
sug'urta qoplamasini to' lash uchun foydalaniladigan pul mablag' lari
fondi. Ma’lumki, sug'urta hodisalari tufayli ko'rilgan yo'qotishlar
va zararlar miqdori har yili har-xil bo'ladi. Ayrim yillari sug'urta
hodisalari kam, boshqa yili esa ko'proq bo'lishi mumkin. Agar
sug'urta hodisalari soni ko'p bo'lib, ko'rilgan zarar miqdori joriy
yilda kelib tushgan sug'urta mukofotlaridan bir necha marta ko'p
bo'lsa, ularning farqi zaxira fondi hisobidan qoplanadi.
ZAXIRA SIG'IMISIZ XARAJATLAR - tijorat, sotish va ma’muriy
boshqaruvxarajatlari. Ushbu xarajatlar TM Z bevosita ta’sir qilmaydi
va ishlab chiqarish tannarxini kalkulatsiya qilishda qatnashmaydi,
ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga qo'shilmaydi.
ZAXIRAGA ISHLAB CHIQARISH - standart mahsulotlar ishlab chiqarib,
tayyor mahsulot zaxirasini yaratishga imkon beruvchi jarayon.
ZAXIRALARGA BO'LGAN XARAJATLAR - tovar moddiy zaxiralarni
sotib olish, saqlash va ularning tabiiy kamayishi bilan bog' liq xaraj at,
sarf va zararlarning yig'indisi.
ZAXIRALARNI ASRASH UCHUN SARFLANGAN XARAJATLAR -
tovar moddiy zaxiralarni sotib olish va ularni saqlash bilan bog'liq
xarajatlar.
ZAXIRALARNI BAHOLASH - tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi
tayyor mahsulot va TM Z tannarxini hisoblash.
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR (1483-1530) - Andijon, Qobul va
Hindiston hukmdori, “Boburnoma”, “Mubayyin” asarlarida soliq
siyosati, masalan, zakot to'g'risida qimmatli g'oyalari berilgan.
477
Eng muhimi, daromad oshgan sari soliqning kamayib borishining
ahamiyati tushuntiriladi. Savdo va ayniqsa tashqi munosabatlarga
katta e’tibor bergan.
ZAIFLIK - kompaniya faoliyati uchun zarur bo'lgan nimaningdir yetishmasligi,
kompaniya qila olmaydigan qandaydir ish yoki kompaniyani
noqulay vaziyatga solib qo'yadigan sharoit.
ZAKOT - (arab. - tozalanish, sadaqa berish) mol-mulk va daromaddan ixtiyoriy
ravishda beriladigan xayr-ehson. Zakot - Islom dinining besh asosiy
talablaridan biri. Unga ko'ra, har bir musulmon yillik umumiy
daromadining qirqdan bir ulushini (ya’ni 2,5%ni) zakot sifatida
berishi lozim.
ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALAR! - kompyuter texnikasi,
dasturiy va telekommunikatsiya vositalarini qo'llagan holda
foydalanuvchining faol ishtirokida amalga oshiriladigan yuqori
darajadagi do'stona interfeysli axborot texnologiyasidir.
ZARARLAR - fuqarolik huquqida qonunga xilof harakatlar tufayli bir shaxs
(yuridik yoki jismoniy) tomonidan ikkinchi shaxsga (yuridik yoki
jismoniy) yetkazilgan ziyonning pulda ifodalangan shakli. Zararlar
mahsulot, ish, xizmatlami sotishdan, tabiiy ofatlar, debitorlik
qarzlarni talab qilib olmasdan voz kechishdan, to'liq amortizatsiya
qilinmagan asosiy fondlarga barham berishdan va boshqalardan
vujudga kelishi mumkin. Mahsulot, ish va xizmatlaming bahosi
ularning to'liq tannarxi dan past bo'lganda ham zararlar paydo
bo'ladi.
ZARARSIZLIK NUQTASI - umumiy xarajatlar umumiy daromadga yoki
o'rtacha xarajatlar, mahsulot narxiga teng bo'lganda, ishlab
chiqarish hajmi agarda bozor narxi zararsizlik nuqtasidan pasaysa,
unda korxonalar, tabiiyki, o'z tarmoqlarini tashlab, boshqa
tarmoqqa o'tib ketadilar. Bu nuqtada faqat yangi mahsulotni ishlab
chiqarishga o'tgan korxonalar faoliyat ko'rsatishlari mumkin bo' ladi
yoki korxona tomonidan o'tkazilgan tahlil shu tarmoqda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotga qisqa muddatda talabning ko'tarilishi
natijasida narxning ko'tarilishini tasdiqlasa, korxona o'z faoliyatini
davom ettirishi mumkin.
ZARAR.SI ZLIKNIN G
TAHLILI
-
subyekt
faoliyatining
zararsizlik
nuqtasini aniqlashga yordam beruvchi qisqa muddat ichida
olinadigan daromad, xarajatlar va foydalarning o'zaro qaramligiga
asoslangan tahlil.
478
ZARURIY ISH VAQTI - sarflangan ish vaqtining bir qismi. Zaruriy ish
vaqti davomida ishchi o'zining yashash sharoitini ta’minlash uchun
zarur bo'lgan qiymatdagi mehnat mahsulotini yaratadi. Zaruriy
ish vaqtining umumiy sarflangan ish vaqtidagi ulushi miqdori
ishchilarning mehnat unumdorligi darajasi, mehnatning intensivligi,
ish haqi darajalariga bog'liq bo'ladi. Zaruriy ish vaqti ishchi sarf
etgan jismoniy va aqliy quwatini qayta tiklash, malakasini oshirish,
o'zi va oila a’zolarining hayot kechirishini ta’minlash uchun zarur
bo'lgan mablag'ni yaratadi.
ZARURIY MAHSULOT - zaruriy ish vaqti davomida yaratilgan mahsulotga
zaruriy mahsulot deyiladi. U ishchi va xodimlarning oladigan ish
haqiga to'g'ri kelishi yoki rivojlangan mamlakatlardagidek aholi
qo'liga nafaqalar, imtiyozlar ko'rinishida kelib tushishi mumkin.
ZARURIY MEHNAT - ishchi va xodimlar tomonidan zaruriy mahsulotni
yaratish uchun sarflangan mehnat.
ZARURIY TAKLIF - mavjud talabni to'la qondirish uchun kerak bo'ladigan
tovarlar, ularning turlari va hajmi.
ZAVOD ICHIDA ZAVOD - ishlab chiqarish alohida liniyalarga bo'linishini
tavsiflaydigan konsepsiyadir. Shu bilan birga alohida mustaqil
bo'limlar ajratilib, ularning har biri uchun alohida operatsion
strategiya ishlab chiqiladi. Bunda, strategiyalar almashishida
ehtimoli bo'lgan xarajatlarni kamaytirish maqsadida, har bir bo'lim
o'z operatsion strategiyasiga suyangan holda faoliyat yuritadi.
ZAYOM - (olingan yoki berilgan qarz) 1. Davlat tomonidan iqtisodiyotni
rivojlantirish, budjetdagi kamomadni to'ldirish yoki boshqa
maqsadlarda sotuvga chiqarilgan zayom obligatsiyalari shaklidagi
qimmatbaho qog'ozlar. 2. Fuqarolar huquqidagi shunday
shartnomaki, bunda bir tomon (zayom beruvchi) boshqa tomon
(zayom oluvchi)ga pullar yoki narsalarni xususiy mulkchilikka yoki
operativboshqarishga beradi, ikkinchi tomon esa zayom beruvchiga
shuncha miqdordagi pulni yoki teng miqdordagi narsani qaytarib
berishiga majburiyat oladi.
ZAYOM OLISH USULLARI - zayom olish usullari oldi-berdi munosabatlarini
rasmiylashtiradi va qimmatli qog'oz emmitentini uning egasiga
(kreditlarga) belgilangan pul summasini qo'llashni ifoda qiladi.
ZAYOM QIMMATBAHO Q O G 'O ZLAR - bozor muomalasidagi pul hujjati
bo'lib, zayom egasining ushbu hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan
munosabatini tasdiqlaydi.
^
479
O'QITISH SIFATINI NAZORAT QILISH - talabaning bilim saviyasini
tekshirish va uning o'quv dasturini o'zlashtirish darajasini aniqlash;
O'QITISHNING ME’YORIY MUDDATI - ta’lim oluvchilar tomonidan
o'quv rejalari va fanlar dasturi o'zlashtirilishi uchun belgilangan
muddat;
O 'Q U V FANI - ta’lim muassasasida o'rganish uchun fan, texnika, san’at, ishlab
chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar,
o'quv va ko'nikmalar tizimi;
O 'Q U V FANI DASTURI - ta’lim mazmuni, uning talabalar tomonidan
o'zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari
ko'rsatilgan normativ hujjat.
O 'Q U V FANLARI BLOKI - o'quv rejalari va fanlar dasturlarining kadrlar
tayyorlash jarayonida aniq maqsad va vazifalarga erishish
uchun muayyan bilim sohasi yoki faoliyatning o'zlashtirilishini
ta’minlaydigan o'quv fanlarini birlashtiruvchi tarkibiy qismi;
O 'Q U V REJASI - oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim yo'nalishi yoki
magistratura mutaxassisligi bo'yicha o'quv faoliyati turlari, o'quv
fanlari va kurslarining tarkibi, ulami o'rganishning izchilligi va
soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat;
O 'Q U V SEMESTRI - oliy ta’lim muassasasida o'quv yilining yarmini tashkil
etuvchi o'zaro bog'langan fanlarning ma’lum majmuyini
o'zlashtirishga mo'ljallangan va ular bo'yicha yakuniy nazorat bilan
tugallanadigan qismi.
O 'Q U V YILI - oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim kursini yakunlashga
mo'ljallangan o'quv faoliyati davri. O'quv yili ikki kalendar yil bilan
belgilanadi, masalan, 2016/2017 o'quv yili.
O'RGANISH EGRISI - berilgan bitta mahsulotni ishlab chiqarish vaqti
va bu mahsulotdan oldin ishlab chiqarilgan mahsulotlar soni
orasidagi bog'liqlikni ko'rsatuvchi grafik.
O'RINDOSH TOVARLAR - iste’mol qilishda bir-birining o'rnini bosuvchi
tovarlar yoki bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar.
480
O'RINDOSH
TOVARLARNI
ALMASHTIRISH
SAMARASI
iste’molchining iste’mol majmuasiga kiruvchi ne’matlardan
binning narxi o'zgarishi natijasida iste’mol tarkibining o'zgarishi.
О ‘ RIND OSHLIK SAMARASI - iste’molchining narxi oshgan tovarlarning
o'rniga xuddi shunday, ammo arzon tovarlarni sotib olishga harakat
qilishi.
O 'R O V (QADOQLASH) - l) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchiidish, material.
Tovar ishlab chiqarilgandan so'ng uning xususiyatlarini saqlash
hamda yukni tashishda qulaylik yaratish uchun mo'ljallanadi; 2)
muhim reklama manbai.
O'RTA TA’M IR - tamirlanadigan agregatni qisman ajratib yig'ish yoki detallar
qismlarini qayta tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi.
O'RTACHA DAROMAD - bir birlik tovarni sotishdan tushgan daromad.
O'RTACHA DOIM IY XARAJATLAR - mahsulot birligiga sarflangan doimiy
xarajatlar, ya’ni doimiy xarajatlarning mahsulot chiqarish hajmiga
nisbati.
O'RTACHA MAHSULOT - ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan moddiy
va ish kuchi resurslarining bir birligiga to'g'ri keladigan ishlab
chiqarilgan mahsulot birligiga aytiladi.
O'RTACHA O'ZGARUVCHAN XARAJAT - mahsulot birligiga mos
keluvchi o'zgaruvchan xarajatlar, ya’ni o'zgaruvchan xarajatlarning
mahsulot chiqarish hajmiga nisbati.
O'RTACHA QIYMAT - asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, lizing shartnomasi
bo'yicha sotib olingan vositalarning hamda ishga tushirilmagan
mulklar qiymatining yil boshi va oxiridagi summalarining yarmi,
boshqa oylar boshidagi balans qiymatining to'liq summalari
yig'indisini 12 ga bo'lish bilan aniqlanadigan qiymatdir. Bu qiymat
choraklik va yil bo'yicha aniqlanadi.
O'RTACHA UMUMIY XARAJATLAR - mahsulot birligiga hisoblangan
umumiy xarajatlar, ya’ni umumiy xarajatlarning mahsulot chiqarish
hajmiga nisbati.
O'RTACHA XARAJATLAR - ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan umumiy
mahsulotning birligiga sarf etilgan xarajatlardir.
O'SAYOTGAN TALAB - talab darajasining dam-badam o'sib va pasayib turish
holati.
O'SIB BORUVCHI XARAJATLAR SAMARASI - olish oson bo'lmagan
va kam munosib resurslardan foydalanish zaruriyati natijasida
mamlakat
ixtisoslashgan
mahsulotni
ishlab
chiqarishni
ko'paytirganda o'rtacha umumiy xarajatlarning o'sishi.
O'STIRILMAYDIGAN KREDITLAR - belgilangan tartibga muvofiq
foizlar hisoblanishi to'xtatiladigan kreditlar.
O 'TISH DAVRI - bir mulk shakliga asoslangan iqtisodiy tizimdan boshqa mulk
shakllariga asoslangan yangi iqtisodiy tizimga o'tish bilan bog'liq
bo'lgan davr.
О ' TKAZILGAN AUDIT NATIJALARI BO'YICH A AUDITORNING
YOZMA MA’LUMOTLARI - xo'jalik yurituvchi subyekt
rahbarlariga va mulkdoriga yuboriladigan, auditorlik tekshirish
jarayonida xatda to'liq ma’lumotlarni, buxgalteriya hisoboti yuritish
tartibiga buzilishlar haqida, buxgalteriya hisobotini tayyorlashdagi
buzilishlar tekshiruvlarda olingan va shartnomada nazarda tutilgan
ma’lumotlarni o'zida mujassamlashtirgan hujjatdir.
O'XSHASH TOVARLAR - bir ehtiyojni qondirishga mo'ljallangan, lekin bir-
biridan qandaydir hislatlari bilan farq qiladigan tovarlar.
O'YIN - oldindan belgilangan qoidalar asosida iqtisodiy subyektlar o'rtasidagi
o'zaro munosabatlar (qarorlar qabul qilish).
O'YINLAR NAZARIYASI - fan yo'nalishi bo'lib, u o'yin qatnashuv-
chilarining vaziyat bo'yicha harakat qilish va qaror qabul qilishni
matematik usullar yordamida o'rganadi.
O 'Z DAROMADLARI - mahalliy hududdan yig'iluvchi va shu hudud
budjetiga tushuvchi mahalliy soliq va yig'imlar.
O 'ZARO ALOQADOR SHAXSLAR - tijorat banki aksiyadorlari va
boshqaruvida o'z faoliyati yurituvchi shaxslarning qarindoshlari
hisoblanadi.
O 'ZA RO BIR-BIRINI TO'LDIRADIGAN TOVARLAR - foydalani-
layotganda bir-birini to'ldiruvchi tovarlar, uning biri narxining
oshishi ikkinchisining narxi oshishiga olib keladi, pirovard natijada
ularga talab kamayadi.
O 'ZARO BIR-BIRININ G O'RNINI BOSADIGAN TOVARLAR -
xususiyat-lari bilan bir-biriga yaqin va bir-birlarini almashtira
oladigan tovarlar. Bir mahsulot narxining o'sishi iste’molchini
482
uning o'rnini bosa ola-digan tovarga o'tishga va uning narxining
ko'tarilishiga olib keladi.
O 'ZA RO HISOBLAR - davlat bilan korxonaning yoki korxona bilan
tashkilotning o'zaro hisoblari. Masalan: tovar, mahsulot ishlab
chiqarish, sotish va xizmat ko'rsatish borasida.
O 'ZA RO SUG'URTALASH JAMIYATI - foyda olishni ko'zlamaydigan
notijorat shaklidagi sug'urta kompaniyasi. Sug'urta qilishning
tashkiliy shakli. O'zlarining mulkiy manfaatlarini sug'urtaviy
himoyalash uchun yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy bitim
asosida birlashuvi. O'zaro sug'urtalash jamiyati yuridik shaxs
hisoblanib, harbir sug'urtalanuvchi ushbu jamiyatninga’zosibo'ladi.
AQSh va Yaponiyada asosan, hayot sug'urtasi bilan shug'ullanuvchi
kompaniyalar o'zaro sug'urtalash jamiyati shaklidadir. Hozirgi
paytda Yaponiyada o'zaro sug'urtalash jamiyatlari hayotni
sug'urtalash bozorining 89,4% ni tashkil etadi.
O'ZBEKCHA MODEL
-
O'zbekiston
Respublikasining
o'ziga xos
xususiyatlari, shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda tanlangan
o'zining bozor iqtisodiyoti modeli. U o'zining tarkibiga bozor
va harakat qilish tamoyillarini, chunonchi, xususiy mulk, erkin
tadbirkorlik, raqobat va narxlarning erkin shakllanishini qamrab
olgan. Undan tashqari O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilga, ya’ni:
qonun ustuvorligi, iqtisodning siyosatdan ustunligi, islohotlarni
bosqichma-bosqlch amalga oshirish, davlat tomonidan iqtisodiyotni
tartibga solishni, islohotlarning ijtimoiy yo'naltirilishiga asoslanadi.
Ushbu modelning o'ziga xos ta’rifi kuchli ijtimoiy siyosatni olib
borishga yo'naltirilganligidir.
O'ZBEKISTAN RESPUBLIKASINING G'AZNA MAJBURIYATLARI -
emissiyaviy qimmatli qog'ozlar bo'lib, ular emissiyaviy qimmatli
qog'ozlar egalari O'zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga
pul mablag'lari kiritganligini tasdiqlaydi va bu qimmatli qog'ozlarga
egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy belgilangan
daromad olish huquqini beradi.
O'ZBEKISTON METALLURGIYA ZAVODI - O'zbekiston metallurgiya
zavodi - qora metallurgiya sanoati korxonasi Toshkent viloyatining
Bekobod shahrida joylashgan. U O'rta Osiyo respublikalaridagi
mashinasozlik korxonalari va qurilish tashkilotlarini metall bilan
ta’minlaydi, navli prokat, tunuka, emallangan idishlar ishlab
chiqaradi. O rta Osiyoda yig'iladigan temir-tersakni qayta eritadi.
O'ZBEKISTON RESPUBHKASI TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT
MILLIY BANKI - ixtisoslashtirllgan aksionerlik, tijorat banki.
Respublikada valyuta zaxirasini to'plash va uni maqsadga muvofiq
sarflash, xalqaro valyuta muomalasi, tovarlar eksporti va importi
bo'yicha hisob-kitoblar, korxona va tashkilotlarning tashqi iqtisodiy
faoliyatlarini kreditlash, davlat valyuta siyosatini ta’minlash va
nazorat qilishni amalga oshiradi.
O'ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
SO LIQ
TO'LOVCHILARINING
YAGONA REESTRI - soliq to'lovchilarga oid davlat ma’lumotlar
bazasi tizimi
O'ZBEKISTON
TADBIRKORLARI
UYUSHMASI
-
respublikada
ishbilarmonlikni
rivojlantirish
va
unga
rahbarlik
qilish
maqsadlarida ishbilarmonlaming birinchi ta’sis qurultoyida (1991-
yil 6-iyunda) tashkil etilgan. Uyushma o'z nizomi va dasturi
asosida iqtisodiyotni barqarorlashtirish, xo'jalik aloqalarini tiklash,
raqobatni rivojlantirish, iste’mol bozorini tovarlar bilan to'ldirish,
chet ellardagi tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish va
boshqa yo'nalishlarda ish olib boradi.
O'ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
TIKLANISH
VA
TARAQQIYОТ
FONDI - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi moliyaviy muassasa bo'lib, faoliyatining asosiy
maqsadi iqtisodiyotning yetakchi, eng awalo bazaviy tarmoqlarini
modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo'yicha
loyihalarning
amalga
oshirilishini
ta’minlash,
shuningdek,
mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali tarkibiy va
investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat.
O'ZGARUVCHAN ALMASHUV KURSI - ichki muvozonatni tiklash
maqsadida mamlakat almashuv kursiga ega bo'ladigan xalqaro
hisob-kitoblar tizimi.
O'ZGARUVCHAN ALMASHUV KURSI - ichki muvozonatni tiklash
maqsadida mamlakat almashuv kursiga ega bo'ladigan xalqaro
hisob-kitoblar tizimi.
O'ZGARUVCHAN CHIQIMLAR - korxonaning ishlab chiqarish hajmlari
ko'paygan sari oshib boruvchi xarajatlar.
484
O'ZGARUVCHAN NARX - bozordagi vaziyatga qarab o'zgartirib boriladigan
narx.
O'ZGARUVCHAN TALAB - erkin bozorda mahsulot narxining ma’lum bir
foizga o'zgarishi, talabning necha foizga o'zarishini belgilovchi
ko'rsatkich. U baholarning o'zgarishi va ularning darajasi bo'yicha
qaror qabul qilish jarayonida keng qo'llaniladi.
O'ZGARUVCHAN XARAJATLAR - ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar
miqdoriga bog'liq xarajatlar, xomashyo materiallari, ish haqiga va
h.k. sarflangan xaraj atlardan tashkil topadi.
O 'ZIN I-O 'ZI BAND ETUVCHI SHAXS - bunday shaxs o'zi mehnat
qiladigan korporatsiyalashmagan korxonalarning shaxsiy yoki
sherik mulkdori hisoblanadi, ammo kvazikorporatsiyalar deb
baholanuvchi korporatsiyalashmagan korxonalar bundan istisno.
O 'Z I-O 'Z IN I ISH BILAN BAND QILUVCHI VA ISH BILAN BAND
BO'LMAGAN SHAXSLARNING IJTIMOIY SUG'URTA
AJRATMASI - yollanma xodim bo'lmagan, ya’ni o'z-o'zini ish bilan
band qiluvchi va ish bilan band bo'lmagan shaxslar tomonidan o'z
shaxsiy farovonligini ta’minlash uchun to'laydigan ijtimoiy sug'urta
ajratmasi.
O 'ZLIK KAPITALI - uchinchi shaxslar talablari qondirilgandan so'ng
korxona mulkdorlarga tegishli korxona aktivlari qiymatining bir
qismi hisoblanadi. O'zlik kapitalining baholanishi rasmiy (ikkita
usul yordamida, balansli baholash, ya’ni joriy xisob-kitoblar va
hisobotlarga asosan yoki bozor baholarida) yoki haqiqiy baholarda
amalga oshirilishi mumkin, ya’ni korxona tugatilishi vaqtida.
O 'Z -O 'Z IN I
MOLIYALASHTIRISH
-
qo'shimcha
mablag'lar
manbalarini jalb qilishning eng ko'zga ko'ringan usuli, lekin uni
uzoq muddatlar uchun prognoz qilish qiyin va miqdor jihatidan
ham chegaralangan.
O 'Z -O 'Z IN I QOPLASH - korxona o'z xarajatlarini olgan foydasi bilan
qoplashi, mahsulotni sotish va xizmat ko'rsatishdan kelgan daromad
bilan korxona o'z xarajatlarini qoplashi.
485
G 'AZNA BILETI - davlat tomonidan chiqarilgan qo'g'oz pullar.
G AZNA MAJBURIYATI - g'azna (qog'oz pul) majburiyati: davlat
qimmatli qo'g'ozi, ma’lum muddat davomida daromad olish
huquqini beradi. Uzoq muddatli, qisqa, o'rta muddatli g'azna
majburiyatlari mavjud.
G'AZNA MAJBURIYATLARI - davlat emmitet bo'lgan qimmatli qog'ozlar
yokiuningoxirgiegasigama’lumbelgilanganshartlarasosidanominal
summasi va foizlami to'lashi bo'yicha davlatning majburiyatlari.
G'AZNACHILIK - davlat budjeti ijrosini ta’minlashning bir shakli bo'lib,
unda maxsus idora davlat soliqlariyig'imini vaulardan foydalanishni
ta’minlaydi, mablag'lar ustidan nazoratni amalga oshiradi,
shuningdek, davlat tashqi va ichki qarzlarini boshqaradi hamda
budjetdan tashqari maqsadli jamg'armalar, budjet tashkilotlarining
budjetdan tashqari mablag'lari pul oqimlarining monitoringini olib
boradi.
1
486
SHAKLLANAYOTGAN
TALAB
-
biror
narsaga
bo'Igan
ehtiyoj
konkret darajaga, talabga aylana borish va talabning rivojlanib
borish bosqichi.
SHAKLLANGAN TALAB - ma’lum tovarga ehtiyoj konkret, aniq bo'lib,
talabning o'sib barqaror darajaga yetishi.
SHAKLLANMAGAN TALAB - biror narsaga bo'Igan ehtiyoj hali abstrakt
darajada bo'lib, uni qanday tovar va tovar turi bilan qondirish aniq
emas.
SHARQJY YEVROPA UCHUN QAYTA QURISH VA TARAQQIYOT
YEVROPA BANKI - Sharqiy Yevropa mamlakatlariga, jumladan,
MDHga kredit berish orqali ularning taraqqiyotiga ko'maklashuvni
ko'zda tutgan Yevropa banki. 1990-yil yanvar oyida tuzilgan. Mazkur
bank 42 davlat ishtirokida tuzilgan. Dastlabki kapitali 12 mlrd dollar.
SHARTLI FOYDA birlamchi daromadning bir elementi hisoblanadi. U real
operatsiya emas. U buxgalteriya hisoblarida qayd etilmaydi.
SHARTLI MAJBURIYATLAR - mazkur xo'jalik subyektining kelajakdagi
xo'jalik faoliyatining natijasi bo'Igan va uning auditorlik firmasi
tomonidan tasdiqlangan hozirgi buxgalteriya hisobotida aks
ettirilgan moliyaviy holatiga sezilarli darajada ta’sir etuvchi noaniq
summadagi kelgusi davr majburiyatlarning qutilishi.
SHARTNOMA - tomonlar o'rtasida o'rmatilgan, o'zgartirilgan yoki bekor
qilingan huquq va majburiyatlar to'g'risidagi kelishuv, bitim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shartnoma tomonlarining o'zaro
majburiyatlarini o'z vaqtida aniq bajarishini ta’minlash va
intizomni mustahkamlash, mahsulot sifatini yaxshilashning vositasi
hisoblanadi. Shartnomaning muhim bandlari bo'lib uningpredmeti,
baho, muddati hisoblanadi. Tomonlar barcha muhim bandlar
bo'yicha kelishgan holdagina shartnoma qabul qilingan hisoblanadi.
Shartnoma qonun talab etadigan tarzda rasmiylashtirilishi shart.
SHARTNOMA BAHOSI - tovarlar oldi-sotdisi bo'yicha shartnomada
ko'rsatilgan baho.
SHARTNOMA BO'YICH A TANNARX KALKULATSIYASI - tannarxning
buyurtmali kalkulatsiya tizimi bo'lib, u ishlab chiqarish ko'p
vaqt talab qilinadigan mahsulotning katta miqdordagi biletlarga
qo'llaniladi.
487
SHARTNOMA NARXLARI - bozor iqtisodiyotiga xos baholar, tovar ishlab
chiqaruvchi va savdo tashkilotlari orasida kelishish natijasida
belgilanadi. Bunda tovarlarga bo'lgan talab va taklif hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo'ladi. Ichki va xalqaro shartnoma narxlari
farqlanadi. Ichki shartnoma belgilanganida tovarlar sotuvchi ham,
xaridor ham naf ko'rgan narxlarda sotiladi. Ichki shartnoma narxlari
erkin bozor, raqobat bor joyda yaxshi natija beradi. Xalqaro yoki
tashqi shartnoma narxlari turli davlatlar yoki turli mamlakatlardagi
korxona, tashkilotlarnnng bevosita tashqi aloqalariga xizmat qiladi.
Tashqi shartnoma narxlari kontrakt narxlar deb yuritiladi. Ular
jahon bozori konyunkturasiga qarab vaqti-vaqti bilan o'zgarib
turadi.
SHARTNOMALAR CH IZIG'I - ikki iste’molchi o'rtasida ikkita ne’matning
samarali taqsimlanish variantlarini ifodalovchi chiziq.
SHAXS - o'z qobiliyatidan kelib chiqan holda ma’lum bir ijtimoiy vazifani
bajaruvchi inson. Shaxs vazifalarining turli xilligi, uning tuzilishini
ifodalaydi. Jamiyatda shaxs boshqa individlar, ijtimoiy holat, shaxs
va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, davlat turi
bilan uzviy bog'liq.
SHAXS TALABI - bitta iste’molchining tovarga talabi.
SHAXSAN TANLAB OLINADIGAN TOVARLAR - tovarning turlari,
variantlari ko'p bo'lib, har bir xaridor didi, istaklari, tasawuriga mos
keladigan turi, variantini tanlab, sotib olishi mumkin.
SHAXSIY (BIR NOMGA BERILGAN) AKSIYALAR - ushbu hujjat egasi
vakolatli shaxs bo'lgan aksiyalar. Ularningnomi aksiyada ko'rsatiladi
va aksionerlik jamiyati kitobiga kiritiladi. Shaxsiy aksiyalar bo'yicha
yonbosish, imtiyozlar, hujjatda boshqa shaxsga o'tkazilganligi va
hujjat ham boshqa kishiga tegishli bo'lganligi haqidagi yozuv bilan
amalga oshiriladi va uning yangi egasi hissadorlik jamiyati kitobiga
kiritiladi.
SHAXSIY DAROMAD - jismoniy shaxslarning soliq to'lagunga qadar daromadi.
SHAXSIY DAROMADDAN SOU Q , - uy xo'jaligi va korxonalarning mol-
mulklari va xizmatlaridan olgan daromaddan to'lanadigan soliq.
SHAXSIY EHTIYOJ - alohida kishilar shaxsiy hayoti va faoliyati uchun kerak
bo'ladigan narsalarga bo'lgan ehtiyoj.
SHAXSIY HISOB VARAQASI - bankning o'z mijozlari bilan bo'lgan barcha
pul-kredit va hisob-kitob munosabatlarini aks ettiruvchi bank
hujjati.
488
SHAXSIY HISOB-RAQAM - korxonalarning hisob-kitob operatsiyalarni
ko'rsatishga mo'ljallangan alohida ta’minotchilar, sotuvchilar
va javobgar shaxslar bilan, shuningdek, kredit muassasalarining
mijozlar, moliyaviy organlar va soliq to'lovchilar bilan analitik
hisob-kitob yuritishning hisob-raqami.
SHAXSIY INVESTITSIYALAR - tadbirkorlar, xususiy firmalar, konsernlar
va aksioner tashkilotlar tomonidan taqiqlanmagan faoliyatlarga
sarflanadigan mulkdorlik va intellektual boyliklarni anglatadi.
SHAXSIY ISTE’MOL FONDLARI - shaxsiy jamg'arma va iste’mol fondlarini
tashkil etib, aynan shaxsiy iste’mol fondining ana shu ikki qismi
tovar mexanizmining faoliyat ko'rsatishi uchun tegishli sharoitni
yaratadi.
SHAXSIY ISTE’M OL - jamiyat a’zolarining yashashi va barkamol inson
sifatida kamol topishlari uchun zarur bo'lgan moddiy va ma’naviy
ne’matlar yig'indisidir.
SHAXSIY ISTE’M OL UCHUN SARFLAR - uy xo'jaliklarining iste’mol
daromadidan
ayrim
chegirmalar
va
imtiyozlar
chegirib
tashlanganidan so'ng olinadi.
SHAXSIY JAMG'ARIB BORILADIGAN PENSIYA HISOB-RAQAMI
- fuqarolarning Xalq bankidagi egasi yozilgan shaxsiy hisob-
raqami bo'lib, badal kirituvchilarning jamg'arib boriladigan
pensiya badallari va shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisob-
raqamlaridagi mablag'larga hisoblab qo'shilgan foizlar ana shu
hisob-raqamga kelib tushadi va unda hisobga olinadi.
SHAXSIY MULK - jamiyatning alohida a’zolari tomonidan, individual yoki
oilaviy ehtiyojlami qondiruvchi moddiy ne’matlarni o'zlashtirish
bo'yicha tarkib topuvchi iqtisodiy munosabatlar, shaxsiy mulk
subyekti (egalari), ayrim fuqarolar, uning obyekti esa iste’mol
buyumlari (xolodilnik, televizor, mebel va h.k.) turar joy va
boshqalar, umuman shaxsiy ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan
vositalardir. Uning manbalari quyidagilar: topilgan daromad,
merosga olingan yoki in’om sifatida olingan mol-mulk, dividend,
bank foizi, xususiy tadbirkorlik daromadi va boshqalar O'zbekiston
Respublikasida harakat qiluvchi mulkchilik to'g'risidagi qonunda
shaxsiy mulk, umuman, fuqarolar mulki manbalari va uning davlat
tomonidan kafolatlari belgilab berilgan.
489
SHAXSIY SUG'URTA - sug'urta obyekti sifatida fuqarolarning hayoti,
sog'Iig'i va mehnat qobiliyatini saqlash bilan bog'liq manfaatlar
majmuasi shaklidagi sug'urta tarmog'i. Shaxsiy sug'urta hayot
sug'urtasiga va baxtsiz hodisalardan sug'urtaga va tibbiy sug'urtaga
bo'linadi. U riskli va jamg'arma funksiyalariga ega. Chet el
tajribasida shaxsiy sug'urta to'rtta sug'urta klassidan iborat bo'lib,
inson hayotida ro'y berish mumkin bo'lgan hodisalar (tug'ilish,
o'lim, voyaga etish, nikohdan o'tish, ma’lum bir yoshgacha yashash)
ehtimoli bilan bog'liq barcha sug'urta turlarini o'z ichiga oladi.
Keng ma’noda shaxsiy sug'urta - bu uzoq muddatli hayot sug'urtasi,
aralash sug'urta va annuitetlardir.
SHAXSIY TAJRIBA YIG'ILISHI - bu ishchi bir xil jarayonni ko'p takrorlashi
natijasida olinadigan ustachilik va o'z ishlab chiqaruvchanligi
oshishi hisoblanadi.
SHAXSIY TALAB - alohida odamlar, oilalar talabi.
SHAXSNI MUNTAZAM KAMOL TOPTIRISH - fuqarolik jamiyati
asoslarini barpo etishning muhim sharti va tarkibiy qismi. Shaxsni
rivojlantirish jarayonlari insonning salohiyat va maqsadlarini
ro'yobga chiqarish borasida nafaqat davlat, jamiyat ta’siri, balki
shaxsning o'z sa’y-harakatlarini faollashtirishni ham taqozo etadi.
SHAXSNING EHTIYOJI - inson harakatga intilishni vujudga keltiruvchi
biror-bir narsaning yo'qligini anglashidir. Uning normal hayot
kechirishi uchun ozuqa, uy-joy, ob-havo zarur.
SHAXTA - foydali qazilmalarni yer ostidan qazib olish bilan shug'ullanuvchi
konchilik korxonasi. Shaxtada yer osti va yer usti inshootlari bo'ladi.
Yirik shaxtalarda yiliga bir necha million tonnagacha foydali qazilma
olish mumkin. Shaxtalarning chuqurligi 100 m dan bir necha km ga
yetadi. Eng chuqur shaxtalar Janubiy Afrika va Hindistonda bo'lib,
ularning chuqurligi 3 km dan oshadi.
SHIRKAT - umumlashgan mulk va hamkorlik asosida ish yuritish faoliyati.
SHIRKAT FIRMA - bir necha tadbiroklarning o'zaro mulkiy birlashuvi va
tadbirkorlikdan olinadigan foydani baham ko'rishga asoslangan
sherikchilik korxonasi.
490
SHISHA SANOATI - sanoatning shishadan listli oyna, arxitektura-qurilish,
optika, yorug'lik texnikasi, elektrotexnika materiallari, shisha
idishlar, idish-tovoqlar, shisha tolalari va mahsulotlar ishlab
chiqaruvchi tarmog'i.
SHMOLLER GUSTAV - (1838-1917) nemis iqtisodchisi, yangi tarixiy
maktabning asoschisi, siyosiy iqtisodni xalq xo'jaligi tarixi bilan bir
deb qaradi, tarixiy formatsiyaga qarshi chiqdi, unga empirizm xos
edi. Iqtisodiyotda odob-huquq omilini birinchi o'ringa qo'ygan.
SHO'BA KORXONA - o'ziga biriktirib qo'yilgan mol-mulkka nisbatan
mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot.
SHOSSE - asfalt, beton, tosh va shag'al yotqizilgan 6 metrdan keng yo'llar.
SHOU-BIZNES - har xil pullik tomoshalar ko'rsatish yo'li bilan daromad
topish. Shou-biznesdan tushadigan daromad bu aholidan olinadigan
tomoshahaqi,firmalardantushadiganreklamapuli,tomoshabinlarga
savdo-maishiy xizmat ko'rsatish haqi va boshqalarda shakllanadi.
SHTAKELBERG MUVOZANATI - duopolik sharoitda lider firma bilan
ergashuvchi firma faoliyat ko'rsatganda lider tovar narxini va ishlab
chiqarish hajmini mustaqil belgilaydi, ergashuvchi firma lider
firmaga moslashgan holda narx va mahsulot hajmini belgilaydi.
SHUBHALI KREDITLAR - 1. Uch to'lov davrida foiz yig'indisi to'lanmagan
va bir marta asosiy qarz yig'indisi to'lanmagan kreditlardir. 2.
Ziyon qilish ehtimoli yuqori bo'Igan, lekin ayrim ijobiy amallari
mavjud bo'Igan ushbu kreditlar sharoit oydinlashguncha shubxali
deb tasniflanadi. Shubhali deb tasniflangan kreditlarga asosiy
to'lanmagan summasining 50 foizi miqdorida zaxira tashkil etiladi.
CHAKANA BAHOLAR - o'zining ko'p darajaliligi bilan ajralib turadigan
baholar tizimi. Unga davlat savdosi, dehqon bozori, tijorat savdosi,
vositachilik bozori baholari kiradi. Aholining real daromadlari
chakana baholar darajasiga bog'liqdir. Chakana baholar bilan
asosan aholiga iste’mol buyumlari va xizmatlari sotiladi.
CHAKANA NARX - tovarning xaridorga sotilayotgandagi narx. U ulgurji narxga
chakana savdo firmasining barcha boshqaruv, marketing va ishlab
chiqarish xarajatlarini hamda daromadini qo'shish orqali aniqlanadi.
CHAKANA REKLAMA - iste’molchilarga ma’lum xizmat yoki tovarni qachon
va qayerda sotib olish mumkinligi to'g'risidagi mazkur xabar.
CHAKANA SAVDO - iste’molchilaming pul daromadlariga ayirboshlash yo'li
bilan tovar sotish va xizmat ko'rsatishdagi oxirgi bo'g'in.
CHARTER -1 . Kema yoki boshqa transport vositasi bo'yicha belgilangan muddat
va reys bo'yicha tuzilgan fraxt shartnomasi. 2. Moliya kredit faoliyati
bilan shug'ullanish huquqi berilgan hujjat.
CHATISHGAN USULLAR - qimmatli qog'ozlarning bir qancha turlari mavjud
bo'lib, ular zayom va egalik huquqlari usullarining xususiyatlarini
birlashtiradi. Ular imtiyozli aksiyalar va konvertrlanadigan
(almashadigan) obligatsiyalar.
CHAYANOV ALEKSANDR VASILEVICH (1888-1937) - taniqli iqtisodchi,
Rossiyadatashkiliyishlabchiqarishmaktabiningasoschisi, dehqonni
mehnat xo'jaligining asosi deb, oilaviy mehnat yacheykasini tashkil
etgan (kollektivizatsiyaga qarshi); kooperatsiya va agrar sohalarda
200 ga yaqin asar yozgan, bosh asari “Xo'jalikning nokapitalistik
sistemalari nazariyasi”dir. Chayanov 1937 yilda repressiya qilinib,
qatl etilgan. Ilmiy g'oyalari hozirda ham ilmiy-amaliy ahamiyat kasb
etadi.
CHEGARADAGI XARAJATLAR (DAROMADLAR) - qo'shimcha ishlab
chiqarilgan mahsulotning birligiga to'g'ri keladigan qo'shimcha
xarajatlar (daromadlar).
CHEGARAVTY (O 'LIK ) NUQTA - subyektning sarflagan xarajatlarini
mahsulotni sotgandan olgan daromadi hisobidan qoplash uchun
zarur bo'lgan sotish hajmi.
CHEGIRIB
TASHLANADIGAN
QO'SHILGAN
QIYMAT
SOLIG'I (Q Q S) - Bu oraliq iste’moli, asosiy kapitalni yalpi
jamg'arish yoki qayta sotish uchun mo'ljallangan hamda tovar va
xizmatlar sotib olish uchun to‘ lanadigan qo'shilgan qiymat solig'idir.
Bu soliqni ishlab chiqaruvchi davlatga to'lamaslik huquqiga ega,
chunki u ishlab chiqaruvchining mijozi tomonidan hisobga olingan.
CHEGIRILMAYDIGAN QO'SHILGAN QIYMAT SOLIG'I - sotib
oluvchi tomonidan to'lanadi va bunday hoi ro'y berganda uning
QQS to'lash majburiyatidan chegirib tashlanmaydi.
CHEK - belgilangan ko'rinishdagi pul hujjati, l ) bankdagi o'z hisobidan
muayyan pul miqdorini chekda ko'rsatilgan shaxsga berish yoki
uning hisobiga pul o'tkazish bo'yicha yozma topshiriq. Chek
ikki ko'rinishda bo'ladi: a) oluvchining nomi yozilgan chek; b)
ko'rsatuvchiga berilgan chek. Chekning harakat muddati 10 kundan
oshmasligi kerak. Rivojlangan bank tizimida chek muomalada
kredit vositasi siyosatida ishlatiladi. Chek to'lovlari rivojlangan
mamlakatlarda, ayniqsa, AQSHda, Angliyada ichki to'lov sifatida
keng yoyilgandir.
CHEK DAFTARI - korxona chek daftarchalarini unga xizmat ko'rsatuvchi
bankmuassasasidan oladi. Mehnatga haq to'lash, pensiyalar, kasallik
varaqasi bo'yicha nafaqalar, mukofotlar, xizmat safarlari va xo'jalik
xarajatlari uchun naqd pullarni bank cheki asosida korxonaning
hisob-kitob schyotidan shu korxona kassasiga beradi.
CHEKLANGAN MAS’ULIYAT - ma’lum chegara doirasida cheklangan
mas’uliyat. Qarz majburiyati yoki o'ziga biror-bir hujjatga imzo
chekilayotganda mas’uliyati muayyan doiralarda cheklovchi shartni,
punktni kiritish.
CHEKLASH - tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar manfaatini himoya
qilish, umumdavlat manfaatlari va xalqaro majburiyatlarni bajarish
bo'yicha davlat yoki davlatlar guruhi tomonidan eksport va import
sohasida o'rnatiladi.
CHEKLI DAROMAD - bir birlik qo'shimcha tovar sotishdan tushgan
qo'shimcha daromad.
CHEKLI NAFLIK - oxirgi yoki navbatdagi birlik ne’matni iste’mol qilishdan I
olinadigan nafiik.
CHEKLI QO'YILM ALAR - chek yozib berish mumkin bo'lgan tijorat
banklari va jamg'arma muassasalaridagi omonatlar.
493
CHEKLI TEXNOLOGIK ALMASHTIRISH NORMASI - ishlab chiqarish
hajmi o'zgarmaganda bir birlik X omilini necha birlik Y omil bilan
almashtirish mumkinligini ko'rsatadi.
CHEKLI
TRANSFORMATSIYA
NORMASI
-
birinchi
tovardan
qo'shimcha bir birlik ishlab chiqarish uchun ikkinchi tovardan
qancha voz kechish kerakligini ko'rsatadi. Bu birinchi tovarning
altemativ qiymatini ifodalaydi va ikkinchi tovarning chekli ishlab
chiqarish xarajatlarini birinchi tovarning chekli ishlab chiqarish
xaraj ati nisbatiga teng b o' ladi.
CHEKSIZ QO'YILM ALAR - chek yozib berish mumkin bo'lmagan jamg'arma
hisob-raqami.
CHET EL VALYUTALARINI DIVERSIFIKATSIYA QILISH - bir
vaqtning o'zida bir nechta chet el valyutasida rezervlar tashkil qilish
tushuniladi.
CHET EL YURIDIK SHAXSLARI - rezidentlar va norezidentlarga bo'linadi.
Rezidentlar O'zbekistondagi yuridik shaxslar kabi soliqqa tortiladi.
O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatuvchi norezident
yuridik shaxslar: doimiy muassasa orqali faoliyat ko'rsatuvchi;
doimiy muassasa bo'lmasdan faoliyat ko'rsatuvchi yuridik
shaxslarga bo'linadi. Birinchi guruhdagilarning O'zbekistonda
olgan daromadlari ularning soliq idoralariga taqdim etadigan
deklaratsiyalari orqali soliq idoralari tomonidan hisoblab chiqilib,
soliqqa tortiladi. Ikkinchi guruh norezidentlarning O'zbekiston
hududidagi korxona va tashkilotlardan olgan daromadlari
manbayida jami daromaddan hech qanday chegirmasiz soliqqa
tortiladi.
CHET ELDAN T O 'G 'R I INVESTITSIYALAR - investorning korxonani
boshqarish niyatida uning aksiyalarini sotib olishga sarflagan
xarajatlari dan iborat. Investor aktivga ega bo'ladi, investitsiya
kiritilgan birlik majburiyatga ega bo'ladi.
CHETLANISH - kutiladigan natija bilan haqiqiy natija o'rtasidagi farq.
CHIQISH JOYIDAGI SIFAT - ishlab chiqarishning har bir ishtirokchisi o'zi
ishlab chiqarayotgan mahsulotning belgilangan talablarga javob
berishini ta’minlashga mas’uldir.
C H O 'Q Q I - trendning grafikdagi eng yuqori qismi.
494
CHORVACHILIK TIZIM I - chorva mollari sonini o'stirish va sifatini
yaxshilash, maxsuldorligini muntazam oshirib borish hamda
mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarni kamaytirish, umuman,
chorva mollari va chorvachilik vositalaridan maqsadga muvofiq
foydalanish orqali uni eng samarali tarmoqqa aylantirishni
taminlaydigan tashkiliy-iqtisodiy, texnologik va texnikaviy tadbirlar
yig'indisi.
CHAKANA BAHO - davlat va kooperativ savdosi, dehqon bozorida iste’mol
mollarini sotilish narxlari.
CHAKANA SAVDO - savdo-sotiq tarmoqlari orqali aholiga istemol mollarini
sotish.
CHET EL YURIDIK SHAXSLARI - rezidentlar va norezidentlarga bo'linadi.
Rezidentlar O'zbekistondagi yuridik shaxslar kabi soliqqa tortiladi.
O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatuvchi norezident
yuridik shaxslar: doimiy muassasa orqali faoliyat ko'rsatuvchi;
doimiy muassasa bo'lmasdan faoliyat ko'rsatuvchi yuridik
shaxslarga bo'linadi. Birinchi guruhdagilarning O'zbekistonda
olgan daromadlari ularning soliq idoralariga taqdim etadigan
deklaratsiyalari orqali soliq idoralari tomonidan hisoblab chiqilib
soliqqa tortiladi. Ikkinchi guruh norezidentlarning O'zbekiston
hududidagi korxona va tashkilotlardan olgan daromadlari
manbayida jami daromaddan hech qanday chegirmasiz soliqqa
tortiladi (ushlanib qolinadi).
495
SH.I. MUSTAFAKULOV, О.A. RAXIMBERDIYEV,
M.SH. EGAMBERDIYEVA
IQTISODIY ATAMALARNING IZOHLI LUG‘ATI
Muharrirlar: X. Saloyeva,
F. Muxammadiyeva
Sahifalovchi: A. Ergashev
Nashriyot litsenziyasi: A I009 20.07.2018.
Bosishga ruxsat etildi 27.07.2019. Format 70x100 1 /16.
Arno Pro. Ofset qogozi. Rizograf bosmausuli
Shartli bosma tabog'i 30,6 Nashr bosma tabog'i 28.5
Adadi 100. Buyurtma № U/29-2019
“IMPRESS MEDIA” MChJ bosmaxonasida chop etildi.
Toshkent shahar, Qushbegikochasi, 6 uy.
4 9 6
1
'* i
t1
— |