olinishiga qaramasdan u ehtimollik, dastlabkilik xarakteriga egadir.
Mamlakatyokianiqbirmintaqaiqtisodiyvaijtimoiyrivojlanishining
kompleks dasturi bashoratlashning asosidir.
Shu bilan birgalikda
bunda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan cheklanish (og'ish)lar,
hukmron tendensiya (oqim)lar va ularni farq qilish sohalarini
aniqlashga ham e’tibor bermoq lozim. Bashoratlash shoshilinch
(operativ, bir oygacha), qisqa muddatli (bir yilgacha), o ‘rta muddatli
(besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq) kabi turlarga
bo'linishi mumkin. Xilma-xil davriy gorizontlarga (ufqlarga) ega
bo'lgan istiqbolni belgilashning (bashoratlashning) mazmuni
istiqboli belgilanayotgan jarayonlarning tabiati bilan belgilanadi:
qanchalik barqarorlik bo'lsa, bashoratlash gorizonti (ufqi)
shunchalik keng bo'ladi. Bashoratlash hisob-kitob qilinayotganda
o'tgan davrlarda soliqlarning qanchalik
tushib turganligini
xarakterlaydigan haqiqatdagi dinamik qatorlar ham hisobga olinishi
kerak.
SOLIQ, YUKI - mablag'larni boshqa foydalanish mumkin bo'lgan
yo'nalishlardan olib, soliqlarni to'lash uchun yo'naltirish orqali
vujudga keladigan iqtisodiy cheklovlar darajasi bo'lib, odatda,
soliq to'lovchining muayyan davrda budjetga to'langan soliqlar va
boshqa majburiy to'lovlarning yig'indisi sifatida namoyon bo'ladi.
Mamlakat miqyosida soliq yuki darajasi soliqlarning yalpi ichki
mahsulotdagi salmog'i orqali ifodalanadi.
SO LIQ YU KIN I YENGILLASHTIRISH - soliqlarning foiz stavkalarini
kamaytirish va imtiyozlar yaratish.
SOLIQ, YURISDIKTSIYASI
-
davlat
soliq
organlarining
huquqiy
masalalarni va soliq huquqbuzarligi to'g'risidagi
ishlarni hal
qilish bo'yicha qonunga binoan (yoki boshqa me’yoriy hujjatga
ko'ra) belgilangan vakolatlari yig'indisi. Bu vakolatlar ikki me’zon
bo'yicha aniqlanadi: l ) rezidentlik; 2) hududiylik. Bular, o'z
navbatida soliqqa tortiladigan daromadlarning tarkibini aniqlab
beradi. Barcha mamlakatlarda bu me’zonlami qo'llashda yagonalik
bo'lmaganligi uchun ikki marta soliqqa tortish muammosi vujudga
keladi. Me’zonlarni tanlash har bir mamlakatning milliy manfaatlari
bilan bog'liqdir. Ayrim mamlakatlar amaliyotida bu me’zonlarni
turli variantlarda kombinatsiya qilib qo'llash keng tarqalgan.
Masalan, AQSH va Buyuk Britaniyada asos sifatida rezidentlik
me’zoni
olinsa-da, u mamlakatlarning aniq manfaatlariga bog'liq
ravishda hududiylik mezoni bilan to'ldirilgan. Lotin Amerikasi
mamlakatlarida esa soliq yurisdiktsiyasi ustuvorlik bilan hududiylik
me’zonini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu tartib Fransiya,
Shveytsariya va boshqa mamlakatlarning soliq amaliyotida ham
muhim ahamiyat kasb etgan.
SOLIQLAR - davlatning korxona va tashkilotlardan hamda aholidan undiradigan
pul mablag'laridir. Soliq ikki vazifani o'taydi: fiskal va iqtisodiy.
Uning fiskal vazifasi asosiy bo'lib, u hamma davlatlarga xos. U
davlat pul daromadlarini shakllantirishi va davlat harakati uchun
moddiy asos yaratishdan iboratdir. Iqtisodiy vazifasi soliqlar ishlab
chiqarishni tartibga soluvchi vosita sifatida qo'llashda
namoyon
bo'ladi. Uning yordamida iqtisodiy o'sish sur atlarini tiyib turish yoki
rag'batlantirish kapital jamg'arishni ko'paytirish yoki susaytirish,
aholining to' lashga qodir talabini o'stirish yoki kamaytirish mumkin.
Iqtisodiy mohiyatiga ko'ra soliqlar to'g'ri va egri soliqlarga bo'linadi.
To'g'ri soliqlar to'g'ridan-to'g'ri ochiq daromad yoki mulklarga
solinadi. Bu turdagi soliqlarga korxona va tashkilotlardan olinadigan
daromad solig'i, mol-mulk daromadi, aholidan daromad solig'i va
boshqalarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Egri soliqlar tovar mol-
mulki narxidan qimmatga, ustiga qo'yib
sotish yordamida davlat
xazinasiga kelib tushadigan soliqlardir. Masalan, aksizlar, bojlar va
boshqalar.
SOLIQLAR KLASSIFIKATSIYASI
-
soliqlarning
undirilish
uslubi,
qo'llaniladigan stavkalarning xarakteri, soliq imtiyozlari,
soliqqa
tortish manbai va obyekti kabibelgilar bo'yicha guruhlarga ajratilishi
(bo'linishi). Belgilanish uslubiga ko'ra soliqlar to'g'ri (bevosita) va
egri (bilvosita) soliqlarga bo'linadi. Daromad solig'i, foyda solig'i,
resurs to'lovlari va mol-mulk solig'i kabilar to'g'ri (bevosita)
soliqlardir. Egri (bilvosita) soliqlar xo'jalik aktlari va aylanmalari,
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishdan vujudga keladi.
Qo'shilgan qiymat solig'i, boj to'lovlari, aksizlar, qimmatbaho
qog'ozlar bo'yicha operatsiyalardan olinadigan soliq va boshqalar
ana shular jumlasidandir. Soliqqa tortish manbalari bo'yicha ham
soliqlar guruhlanadi: ishlab chiqarish xarajatlarining (tannarx)
ning tarkibiga kiruvchi, foyda (daromad) dan
olinuvchi va boshqa
soliqlar. Soliqqa tortish obyektlari bo'yicha soliqlar klassifikatsiya
qilinganda ular quyidagi guruhlarga bo'linadi: mulk soliqlari, resurs
soliqlari (er solig'i ham shu guruhga kiradi), daromad yoki foyda
solig'i, harakat soliqlari (xo'jalik aktlari, moliyaviy operatsiyalar,
realizatsiya bo'yicha aylanmalar, bazi
bir qolgan soliqlar va bir
martalik yig'imlardan iborat bo'Igan soliqlar.