’ Щ
ИТЯ&Ы И & П ч*
■■■’
373
-----
SOLIQLAR VA BOSHQA MAJBURIY TO'LOVLARNING T O 'G R I
HISOBLANISHI
HAMDA
TO'LANISHI
USTIDAN
SO'NGGINAZORAT-davlattomonidansoliqorganlariyordamida
ikki bosqichda amalga oshiriladi: a) korxonalardan buxgalteriya
hisobotlari va soliq hisob-kitoblari qabul qilinayotganda; b) bevosita
korxonaning o'zida boshlang'ich buxgalteriya hujjatlarini tekshirish
yo'li bilan.
SOLIQLARNI
UNIFIKASIYA
QILISH
-
soliq
mexanizmini
soddalashtirish maqsadida iqtisodiy mohiyati, soliqqa tortish
obyekti o'xshash bo'lgan soliq turlarini birxillashtirish.
SOLIQLARNING FISKAL FUNKSIYASI - soliqlarning eng asosiy
ijtimoiy mo'ljallanganligini o'zida aks ettiradi, davlatning moliyaviy
natijalarini shakllantiradi, uning o'z funksiyalarini bajarishi uchun
zarur bo'lgan resurslarni budjet tizimi va nobudjet fondlarga
to'plash imkonini beradi.
SOLIQLARNING FUNKSIYALARI
-
shu
iqtisodiy kategoriyaning
daromadlarni qiymat jihatidan taqsimlash va qayta taqsimlash
instrumenti sifatida ijtimoiy mo'ljallanganligining qay darajada
amalga
oshirilayotganligini
ko'rsatadi.
Soliqlar
quyidagi
funksiyalarni bajaradi: fiskal, tartibga solish (rag'batlantirish).
SOLIQLARNING
TARTIBGA
SOLISH
(RAG'BATLANTIRISH)
FUNKSIYASI - moliyaviy (soliq) mexanizm (i) orqali davlatning
mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishini ta’minlaydi. Bu
funksiyaning quyidagi bir necha shakllari bo'lishi mumkin: nazorat;
rag'batlantirish; tartibga solish; takror ishlab chiqarish. Ular
soliq mexanizmining samaradorligini baholash imkonini beradi,
moliyaviy resurslarning harakati ustidan nazoratni ta’minlaydi, soliq
tizimi va budjet siyosatiga o'zgartirish kiritish zarurligini aniqlaydi.
Rag'batlantirish imtiyozlar, cheklashlar, chegirmalar, afzal ko'rish
tizimi orqali amalga oshiriladi va ular soliqqa tortish obyektining
imtiyozlarni shakllantirish belgilari bilan uzviy ravishda bog'liq
bo'ladi, soliqqa tortish obyektining o'zgarishida, soliqqa tortiladigan
baza (asos)ning kamayishida, soliq stavkasining pasaytirilishida
va shu kabilarda namoyon bo'ladi. Takror ishlab chiqarish tabiiy
resurslardan foydalanganlik uchun to'lovlarda, yo'l fondlari uchun
olinadigan soliqlarda, mineral xomashyo bazalarini takror ishlab
chiqarishga mo'ljallangan soliqlarda namoyon bo'ladi.
SOLIQLARNING
TURLARI
-
O'zbekiston
hududida
olinadigan
umumdavlat soliqlari, mahalliy soliqlar va yig'imlardan iborat.
Umumdavlat soliqlarining tarkibiga yuridik shaxslardan olinadigan
374
daromad (foyda) solig'i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig'i, qo'shilgan qiymat solig'i, aksizlar, yer osti boyliklaridan, suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq kabilar kiradi. Mahalliy
soliqlar va yig'imlar mol-mulk solig'i, yer solig'i, reklama solig'i,
avtotransport vositalarini sotganlik uchun soliq, savdo-sotiq qilish
huquqi uchun yig'im, shu jumladan, ayrim turdagi mahsulotlarni
sotish huquqini beruvchi litsenziya yig'imlari, yuridik shaxslarni,
shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy
shaxslarni ro'yxatga olganlik uchun yig'im, avtotransport to'xtash
joyidan foydalanganlik uchun yig'im, obodonlashtirish ishlari
uchun yig'imlardan iboratdir.
SOLIQQA TORTISH - qonuniy ravishda o'rnatilgan soliq undirish (olish)
tartibi. Iqtisodiyotni tartibga solish soliqqa tortishning asosiy
funksiyasidir. Soliq siyosatining richaglari yordamida davlat xo'jalik
kon’yunkturasining holatiga tasir ko'rsatadi va iqtisodiy o'sishni
rag'batlantiradi. Soliqqa tortishning boshqa bir funksiyasi pul
mablag'larini qayta taqsimlashdir. Soliqqa tortishning bir-biridan
farq qiluvchi digressiv, progressiv, proporsional va regressiv turlari
mavjud.
SOLIQQA TORTISH MANBAI - soliqlarni to'lash uchun foydalaniladigan
rezerv, odatda, soliq to'lovchining daromadi va kapitali. Engumumiy
shaklda soliqqa tortish manbai bo'lib soliqqa tortish obyektidan
qat’iy nazar ijtimoiy takror ishlab chiqarish asosiy qatnashchilarining
va davlatning birlamchi pul daromadlarini shakllantiruvchi yalpi
ijtimoiy (ichki) mahsulot hisoblanadi.
SOLIQQA TORTISH NAZARIYALARI - soliqqa tortish amaliyotini nazariy
jihatdan asoslashga urinish. Soliqqa tortish nazariyasi tarixida
eng dolzarb muammo sifatida quyidagi savollarning javobini
izlab topish sanaladi: budjet daromadlarini shakllantirishda sof
fiskal usullardan foydalanish maqsadga muvofiqmi yoki soliqlarni
pasaytirish orqali tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish va soliqqa
tortish bazasini kengaytirish kerakmi? Bularning qaysi biri afzal?
Qaysi biri maqsadga muvofiq? Va hokazo.
SOLIQQA TORTISH NORMASI - soliqqa tortiladigan qiymatning haqiqiy
qiymatga nisbati.
SOLIQQA TORTISH OBYEKTLARI - qonunga muvofiq foyda (daromad),
ma’lum bir mahsulotlar qiymati, yuridik va jismoniy shaxslarning
mulki, mol-mulkni berish (meros, hadya etish), qimmatbaho
qog'ozlar bo'yicha operatsiyalar, faoliyatning ayrim turlari va
boshqalardan iborat. Soliqqa tortishning bir obyekti bir turdagi
375
soliq bilan belgilangan muddatda (oy, chorak, yarim yil, yil) bir
marta soliqqa tortilishi mumkin.
SOLIQQA TORTISH PRINSIPLARI (TAMOYILLARI) - soliq siyosatini
amalga oshirishni belgilab beradigan va soliqlar bo'yicha budjet
topshiriqlarini tuzish orqali realizatsiya qilinadigan mustahkam
o'rnashib qolgan qoidalar yig'indisi. Ularning eng muhimlari
qatoriga quyidagilar kiradi: l ) adolatlilik. Bu prinsip fuqarolar
o'rtasida ularning daromadlariga mos ravishda soliqlarning bir tekis
taqsimlanishini va soliqqa tortishning hammaga (eng umumiyligini)
tegishli ekanligini taqozo etadi; 2) aniqlilik. Bu prinsip soliqning
summasi, uni hisoblash tartibi (uslubi) va to'lov vaqti soliq
to'lovchiga oldindan aniq ma’lum bo'lishi kerakligini talab qiladi;
3) qulaylilik. Bu prinsip soliq to'lovchilar uchun soliqning olinish
uslubi (tartibi) va vaqti eng qulay bo'lishi kerakligini anglatadi;
4) iqtisod qilish, tejab-tergash. Bu prinsipning mazmuni soliqqa
tortish tizimini oqilonalashtirish va soliqlarni undirish xarajatlarini
kamaytirishdan iboratdir. Vaqt o'tishi bilan soliqqa tortishning
bu prinsiplari qatoriga soliqlarning harakatchanligi va yetarliligini
ta’minlash (davlatning obyektiv ehtiyojlari va imkoniyatlariga
muvofiq soliq oshirilishi yoki qisqartirilishi (kamaytirilishi)
mumkin), soliqqa tortishning zaruriy manbasi va obyektini tanlash,
soliqqa tortishning bir martaliligi kabi prinsiplar ham qo'shildi.
SOLIQQA TORTISH TIZIM I - qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan
belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarning
tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari yig'indisiga aytiladi.
SOLIQQA TORTISHNING MAQBULLIGI - to'lovchining muddatlari, turi
va summalari har bir kishiga, ya’ni ham soliq to'lovchilarga, ham
soliq oluvchilarga tushunarli bo'lishi kerak.
SOLIQQA TORTISHNING TENGLIGI - soliq to'lovchilar soliqlarni
o'z imkoniyatlariga, ya’ni ularning davlat yordamida olingan
daromadlariga bog'liq holda to'lashi lozim. Boshqacha qilib
aytganda, imkoniyatlardan kelib chiqib soliq to'lashi kerak.
SOLON (taxm. m.a. 640/635-559) - Yunoniston siyosiy arbobi, islohotlar
o'tkazgan. Qullarni qarzga berishni man etgan (chet elliklar bundan
mustasno).
SOMUELSON POL - amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sovrindori
(1970), neoklassik sintezi nazariyasi asoschisi. U keynschilik
va neoklassik nazariyasini qo'shishga harakat qilgan. Davlat
iqtisodiyot uchun maqsadlarni aniqlashni o'z zimmasiga olishi va
bu maqsadlarga erishish uchun o'z kuchidan foydalanishi kerak,
376
ammo shu bilan birga davlat iqtisodiy tanazzul davrida iqtisodiyotni
tartibga solmog'i zarur, iqtisodiy o'sish davrida esa uni susaytirish
lozim, deb hisoblaydi.
SOTIB OLISH SOLIG'I - davlat daromadlarini ko'paytirish yoki ayrim
mahsulotlarni ishlab chiqarishni cheklab qo'yish maqsadida
mamlakatda ishlab chi qarilay otgan ayrim mahsulotlardan olinadigan
soliq. Odatda eksportga mo'ljallangan mahsulotlardan olinmaydi.
SOTIB OLUVCHI NARXI - bu narx sotib oluvchi tomonidan to'lanadi,
ammo QQS yoki ana shunga o'xshash soliqlar bundan istisnodir.
Sotib oluvchi narxi barcha transport xarajatlarini o'z ichiga oladi.
Sotib oluvchi tomonidan alohida to'lanadigan bu chiqim xarid
qilingan narsa shartlashilgan furs at da belgilangan joyga yetkazib
berilishini ko'zda tutadi.
SOTILGAN
MAHSULOTLAR
-
l )
korxona
tomonidan
ishlab
chiqarilgandan so'ng sotilgan, pullangan mahsulot; 2) ta’minot
yoki savdo tashkiloti, iste’molchi to'lagan tovar mahsulotining pul
ko'rinishidagi ko'rsatkichi.
SOTISH (XARID) NARXI - tovarga xaridor to'laydigan narx.
SOTISH OPSIONI (RUT) - o'z egasiga kelajakda bazis aktivini qimmatli
qog'oz xosilasi shartlariga muvofiq sotish huquqini beradi.
SOTISH SHARTI - eksport narxlarining import narxlariga nisbati.
SOTISH SOLIG'I - mahsulotlarning sotish qiymatiga nisbatan foizlarda
belgilanadigan va ishlab chiqaruvchilar tomonidan to'lanadigan
soliq. Aksizlarning ko'rinishlaridan biri.
SOTISHDAN OLINADIGAN SOLIQ, - ayrim xorijiy mamlakatlarda
(masalan, AQSHning ayrim shtatlarida) qo'llaniladi va iste’moldan
olinadigan egri (bilvosita) soliqni o'zida gavdalantiradi. Odatda,
bu soliqqa iste’mol mahsulotlari (restoranlar bundan mustasno)
tortilmaydi.
SOTISHNI RAG'BATLANTIRISH - iste’molchilarni xarid qilishga undash
faoliyatidan farqli bo'lgan, sotish tarmogi ishi samaradorligini
oshirishga qaratilgan marketing faoliyatidir. Bunday shakl sotuvlarni
qisqa muddatli o'sishiga olib kelib, harakatlantirishning (ilgari
surishning) yuqorida tilga olingan turlarini to'ldiradi.
SOTSIAL SUG'URTA AJRATMALARI - korporatsiya tomonidan har bir
mamlakatda qonun bilan belgilangan tartibda to' lanadigan majburiy
sug'urta to'lovlardan iborat. Ishchi-xizmatchilarning ixtiyoriy
ravishda sug'urta korporatsiyalariga to'lagan sug'urta badallari
bunga kirmaydi. Ular joriy transfert sifatida qayta taqsimlash
operatsiyalari hisoblanadi.
—
зкккгэтн»— 177 —
—
SOTSIAL TA’MINOT - qariganda, nogironlik bo'yicha, boquvchisini
yuqotganda va qonunda belgilangan boshqa holatlarda fuqarolarni
moddiy ta’minlash uchun milliy daromadning bir qismini pul
mablag' larining ijtimoiy fondini shakllantirish va undan foydalanish
jarayoni bilan bog'liq bo'lgan taqsimlash munosabatlari tizimi.
SOTUV VA TAQSIMOT - sotuv va tovar harakati kanallarini tanlash. Tovar
aylanmasi prognozi va uni rejalashtirish. Tovarni sotish usullarini
aniqlash.
SOTUVGACHA VA UNDAN KEYING I XIZMAT KO'RSATISH -
xaridorlarni turli ma’Iumotlar, detallar, mutaxassislar yordami,
qulaylik va rangbarang xizmatlar bilan ta’minlash.
SPONSOR - bironta tadbir yoki faoliyatni amalga oshirishda moliyaviy yordam
ko'rsatuvchi puldor, obro'-e’tiborli shaxs, firma, korporatsiya,
tashkilot va boshqalar.
SPOT - naqd pul yoki valyuta oldi-sotdisi, sotilgan narsaning haqini darhol,
narsaning o'zini esa xaridorga ertasigayoq berishni nazarda tutadigan
kelishuv turi.
SPOT OPERATSIYALARI - valyuta bitimi tuzilgandan so'ng, valyutalar
ikki ish kunida kelib tushadigan operatsiyalar.
SSUDA - foiz to'lash sharti bilan qarzga berilgan pul mablag'lari. Masalan,
tadbirkor bankdan 200 ming so'm ssuda oladi. U bir yilga 10 foiz
sharti bilan berilgan, deb faraz qilamiz. Demak, tadbirkor bir yildan
keyin 200 ming emas, balki 220 ming so'mni bankka qaytarishi
shart. Aksariyat banklar korxonaning maqsadlari bo'yicha, ya’ni
muayyan maqsadlarni moliyalash uchuy maqsadli ssuda beradi.
Qisqa (1 yilgacha) va uzoq (bir necha yilga) muddatli ssudalar bor.
SSUDA FOIZI - kapital egasiga uni kapitalidan foydalangani uchun iqtisodiy
subyekt tomonidan to'lanadigan narx.
SSUDA KAPITALI - qarzga berilgan pul ishga solinib, yangidan pul topish,
daromad olish uchun ishlatilishidir.
SSUDALARNI BERISH - bank tomonidan qarz mablag'larini berish, tarqatish.
STABILIZATSIYA - barqaror bo'lish, mustahkamlash, masalan, narx-navoning
barqaror bo'lishi, pul muomalasining mustahkamlanishi.
STAGFLYATSIYA - (lot. stagno - “harakatni so'ndiraman” va inflatio-
"shishmoq”, “puflangan”) iqtisodiy tanglik bilan inflyatsiyaning
birgalikda yuz berishidir. U ishlab chiqarishning turg'unlashtirilishi
yoki pasayishi (stagnatsiya), o'sib boruvchi ishsizlik va inflyatsiya
bilan xarakterlanadi. Shuningdek, stagflyatsiya ishlab chiqarish
378
quwatlarining to‘la ishlatilmasligi investitsiya jarayonining
sustlashuvi, ijtimoiy beqarorlik bilan ham xarakterlanadi.
Stagflyatsiya g'arb mamlakatlarida 70 yillarda, SSSRda 80 yillarda
yuz bergan. Bu holatdan chiqish uchun ishlab chiqarishni tashkil
etish, investitsiya, texnika, texnologiya tizimini yangilash, ishlab
chiqarish tarkibini o'zgartirish va boshqa bir qator tadbirlami
amalga oshirish zarur.
STAGNATSIYA - jamiyat va iqtisodiyotning o'ziga xos holati. Iqtisodiy jihatdan
olib qaralsa, bunday vaziyatda ishlab chiqarish ko'lamining keskin
pasayishi, ishsizlikning, inflyatsiyaning kuchayishi, aholi turmush
darajasining pasayib ketishi, ijtimoiy tanglikning oshib ketish hollari
kuzatiladi.
STAJIROVKA- (ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida, xorijda tajriba
orttirish)magistraturamutaxassisligibo‘yichamaqsadlikasbiyta’lim
o'quv reja va dasturlarini o'zlashtirish, magistratura talabalarida
ilmiy-tadqiqot
kompetensiyalarni
shakllantirish
maqsadida
ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini rivojlantirish
yo'li orqali magistrlarni eng yangi ilmiy-texnik rivojlanishdagi
yutuqlar hamda iqtisod, fan, texnika, madaniyat va sog'liqni saqlash
tarmoqlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bazasida ilmiy
tadqiqot olib borishi.
STANDARTLASHTIRISH - ishlab chiqarishning ma’lum bir sohasida faoliyatni
tartibga solish maqsadida barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida
qoidalar belgilash va qo'llash. Normativ hujjatlar, standartlar,
yo'riqnomalar, usullar, talablarda aks ettiriladi.
STANDART - faoliyat natijalarini baholovchi mezon; standartizatsiya obyektiga
nisbatan norma va talablarni belgilovchi mezon.
STANDART (O RTA KVADRATIK) CHETLANISH - dispersiyadan olingan
kvadrat ildiz.
STANDART КО ST - hamma xarajatlarni qattiq me’yorlashtirgan va
mahsulotning standart (me’yoriy) tannarxini hisoblash imkoniyatini
yaratadigan kalkulatsiya qilish tizimi. Xarajatlarning sarflanishi
jarayonida chetga chiqishlarni nazorat qilish, mas’uliyat va xarajat
markazlari, xarajat moddalari bo'yicha hisobga olish, chetga
chiqishning sabablarini aniqlash maqsadida chuqur tahlil qilish
hamda nazoratni o'matish imkoniyatini yaratadigan tizim. Hozirda
amaliyotda qo‘ llanilayotgan me’yoriy hisobga olish va tannarxni
kalkulatsiya qilish usuliga o'xshaydi.
ч Н Т С Х З Д Э Т Ь »"
3 7 9 ------ ----------------------------------
STATISTIK GIPOTEZA - tanlanma ma’lumotlar asosida tekshirish mumkin
bo'lgan bosh to'plam xossasi haqida oldindan aytilgan ilmiy
taxmindir.
STATISTIK HISOB - ommaviy xo'jalik hodisalar to'g'risidagi ma’lumotlarni
yig'ish va ishlash tizimidan iborat. Xo'jalik hisobining bu turi butun
xo'jalik va uning tarmoqlari rivojlanish jarayonini o'rganishga
yo'naltirilgan. Undan korxona, tashkilot va muassasalarda sodir
bo'layotgan turli-tuman ommaviy hodisalami kuzatish uchun
foydalaniladi. Uning yordamida xo'jalik faoliyatining turli-tuman
miqdoriy va sifat ko'rsatkichlari hisoblab chiqiladi. Sanoatda
bundaylarga, masalan, ishlab chiqarish hajmi, o'rtacha ish haqi, ish
vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi darajasi o'sishi vahokazo
ко'rsatkichlar kiradi. Dastlabki statistik kuzatuvlarning ma’lumotlari
tumanlar, viloyatlar va umuman respublika xalq xo'jaligining ayrim
tarmoqlari bo'yicha umumlashtiriladi.
STATISTIK MASALALAR - barcha parametrlari vaqtincha bog'liq ravishda
o'zgarmaydigan masalalar.
STATISTIKA - ко'plab ijtimoiy voqealarning miqdoriy tomonlarini, ularning sifat
tomonlari bilan uzviy boqliqligini, shuningdek, ijtimoiy voqealarni
aniq sharoitlar, joy va vaqtlarda rivojlanish qonuniyatlarini
o'rganuvchi ijtimoiy fan. Buning uchun turli statistika usullari
qo'llaniladi: statistik kuzatish, iqtisodiy indekslar, guruhlash,
o'rtacha kattalik va boshqalar. Shu bilan birga statistika tezkor va
buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalaniladi. O'zbekiston
Respublikasida statistika ma’lumotlarini yig'ish va ishlab chiqish
bilan har bir viloyat va tumanlardagi davlat statistika organlari
shug'ullanadi. Bu organlaming barchasi yagona metodologiya
asosida ish olib boradi va Davlat statistika qo'mitasi boshchiligida
yagona tizimni tashkil etadi.
STORNO - buxgalteriya hisobi hujjadaridagi xatolami tuzatishning usullaridan
biri bo'lib, mohiyati shundan iboratki, bunda xato yozuv qizil
siyoh bilan xuddi o'zidek qilib yana bir marta yoziladi, undan keyin
to'g'ri yozuv awalgidek tegishli registrda aks ettiriladi. Hisob-varaq
bo'yicha jami oborot topilayotganida qizil siyoh bilan yozilgan
summa umumiy yig'indidan ayirib tashlanadi.
STOXASTIK YOKI STATISTIK QONUNLAR - bir turli hodisalarni
ommaviy takrorlanishida namoyon bo'ladigan qonunlar.
STRATEGIK BIZNES-BIRLIK (SBB) - xo'jalik yurituvchi subyektning
tashkiliy tarkibini mukammallashtirishga imkoniyat yaratadigan
konsepsiya. Har bir biznes birligi uchun mustaqil strategiyani ishlab
chiqishni taqozo qiladi.
380
STRATEGIK GURUHLAR KARTASI - tarmoqda raqobatlashayotgan
firmalaming raqobat mavqelarini aks ettiruvchi asbobdir. Bu tahliliy
usul tarmoqning umumiy tahUli va har bir firmaning bozordagi
mavqeyini bir-biriga bog‘ laydi. Buning uchun tarmoqda ishlayotgan
barcha kompaniya va firmalar strategik guruhlarga bo'linadi.
STRATEGIK MARKETING - l ) asosiy iste’molchilar guruhlari talab va
ehtiyojlarini muntazam, sistemali tahlil qilish, shuningdek,
kompaniyaga
xaridorlarning
tanlab
olingan
guruhlariga
raqobatchilarga qaraganda yaxshiroq xizmat ko'rsatish va shu tariqa
raqobatchilik ustunligiga ega bo'lish imkonini beruvchi tovar va
xizmatlar konsepsiyasini ishlab chiqish; 2) tashkilotlar va jismoniy
shaxslar ehtiyojlarini tahlil qilish; 3) firmaning maqsadlarinibelgilab
olish, rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va muvozanatlangan
tovar portfeli tuzilmasini ta’minlash; 4) strategik majmua - miks
hamda muntazam o'zgarib turuvchi marketing muhiti omillarini
xisobga olgan holda firmaning tovar, narx, kommunikatsiya,
taqsimlash va sotish sohasidagi strategik siyosatining asosiy
yo'nalishlarini ishlab chiqish jarayoni.
STRATEGIK REJALASHTIRISH - firmaning maqsadlari, uning marketing
sohasidagi potensial imkoniyatlari o'rtasidagi strategik muvozanatni
yaratish va qo'llab-quwatlashni boshqarish jarayoni. U firmaning
aniq shakllantirilgan dasturi, qo'shimcha vazifa va maqsadlarni
ifodalash,sog'lomxo'jalikportfeliva o'sish strategiyasiga asoslanadi.
STRATEGIK RIVOJLANTIRISH - korxonaning maqsadi, resurslari va
marketing imkoniyatlarining o'zaro strategik muvofiqligini
ta’minlash jarayoni.
STRATEGIYA - grekcha “strategos” iborasidan olingan bo'lib, “general san’ati”
ma’nosini bildiradi. Bozorlarning va huquqiy tizimning holati, ichki
va tashqi korxonalar bilan raqobatchilik kabi korxonaning hozirdagi
va kelajakda tushib qolishi mumkin bo'lgan turli vaziyatlarni hisobga
olgan holda korxonaning boshqaruvchilik, texnik, moliyaviy va
boshqa resurslarini ishlatish haqida qaror qabul qilishdir. Strategiya
mahsulot nomenklaturasi va ishlab chiqarish hajmlari, sotish
bozorlari, xomashyo va investitsiya manbalarini o'z ichiga oluvchi
restrukturizatsiyaning turli bosqichlarida korxona rivojlanishining
asosiy yo'nalishlarini belgilab berishi lozim.
STRATEGIYA IKKIGA BO'LINISHI - korxona o'z raqibining bozordagi
o'rnini egallash maqsadida, shu bilan birga, o'z o'rnini ham saqlab
qolgan holda faoliyat yuritishda o'rinlidir. Bunda ushbu korxona
o'z mahsuloti xarakteristikalariga qo'shimcha tarzda raqibining
faoliyatini takrorlab, yaxshilaydi. Ko'p hollarda bu holat korxona
uchun mag'lub bir murosalarga borish muammolarini tug'diradi.
STRATEGIK MOLIYAVIY BOSHQARUVNING O'SISH STILI - korxona
moliyaviy faoliyatining rivojlanish darajasi yuqori bo'Igan holatda
qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar muqobil variantlarini
minimallashtirishni va rivojlanish darajasini saqlab qolishni o'zida
aks ettiradi.
STRATEGIK MOLIYAVIY BOSHQARUVNING TADBIRKORLIK STILI
- moliyaviy faoliyatning barcha yo'nalishlari va shakllari bo'yicha
samarali boshqaruv qarorlari ustida faol ishlashni tashkil etadi.
Moliyaviy boshqaruvning bu stili tashqi omillar o'zgarishini hisobga
olgan holda qo'yilgan strategik maqsadlarga erishish uchun barcha
yo'llarda moliyaviy faoliyatlami amalga oshirishning yo'nalishlari,
shakllari va metodlari doimiy transformatsiyasi bilan bog'liq.
STRUKTURA - (lot. tuzilish) narsalar tarkibiy qismlarining o'zaro bog'liq
ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.
STRUKTURAVIY (TARKIBIY) ISHSIZLIK - ishchi kuchi strukturasi sekin
o'zgaradi va har doim takomillashib boradigan ishlab chiqarishning
strukturasiga mos kelmaydi, ish kuchiga bo'Igan taklif va talabning
mos kelmasligi natijasida ishsizlik vujudga keladi, bu strukturaviy
ishsizlik deyiladi. Masalan, 80-yillardadunyobozoridaneftnarxining
pasayishi natijasida AQSHda shu sohada ishlaydiganlarning
ko'pchiligi ishsizga aylandilar. Kompyuterning kashf etilishi va
ishlab chiqarishga joriy etilishi natijasida idora xizmatchilarining
ko'pchiligi o'z ishlarini yo'qotadilar, ammo shu vaqtning o'zida
matematiklar, programmistlarga minglab bo'sh joylar bor edi.
SUBSCHYOTLAR - obyektlarning turli nomenklaturadagi hisobini olib borish
uchun foydalaniladi. Asosiy schyotlar ko'rsatkichiga qo'shimcha
sifatida kiritiladi.
SUBSIDIYA-muhtojxo'jaliklargaalohigayordamko'rsatishuchundavlatiqtisodiy
sarflarining turi. Dotatsiya subsidiyaning bir turi hisoblanadi. U
iqtisodiyotni tartibga solish vositasi bo'lib, uning maqsadi mavjud
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda moliyaviy yordam
ko'rsatishdir. Masalan, o'ta muhim ilmiy-texnikaviy ishlar, ekologik
muammolarni hal etishda qatnashadigan korxonalar, eksportni
ko'paytirish yoki kamaytirish uchun tovarlar zaxirasini hosil etishda
subsidiyalardan foydalaniladi. Subsidiya ikki yo'l bilan berilishi
mumkin: a) bevosita budjetdan qaytarib bermaslik sharti bilan
pul ajratish; b) davlat tomonidan har xil imtiyozlar berish (soliq va
bojlarni kamaytirish, davlat tomonidan kamaytirilgan stavkada qarz
berish va boshqalar).
SUBSTANDART - aktivlar aniq ifodalangan kamchiliklarga ega bo'lib, bu holat
dastlabki shartnomaga muvofiq qarz qaytarilishi shartlarining
bajarilishiga shubha uyg'otadi. Substandart sifatida tasniflangan
aktivlar bo'yicha tijorat banklar qarzining to'lanmagan summasi 25
foiziga teng bo'lgan zaxiralari ikkilantirishi lozim.
SUBSTANDART KREDITLAR - 2
to'lov
davrida
foiz yig'indisi
to'lanmagan kreditlardir.
SUBSTITSIYA - lotinchada, “o'rnimga boshqani tayinlayman”, degan ma’noni
bildiradi. Vasiyatnomada ko'rsatilgan merosxo'rdan tashqari,
yana (rezerv) boshqa merosxo'rni (substitut) ko'rsatish huquqi.
Substitut tovarlar deganda bir-birining o'rnini bosishi mumkin
bo'lgan mahsulotlar tushuniladi.
SUBVENSIYA - konkret maqsadga mo'ljallangan subsidiya, davlat tomonidan
boshqaruvni mahalliy organlarga markaz tomonidan ma’qullagan
loyiha va dasturlarni amalga oshirish uchun beriladi. Shu maqsadda
davlat budjetida maxsus subsidiya fondi tashkil etiladi.
SUBYEKT - (lot. - ega) faol amal qiluvchi hamda biluvchi ong va irodaga ega
bo'lgan inson tushuniladi. Masalan: mulk subyekti deganda, o'sha
mulkka egalik qiluvchi inson tushuniladi.
SUD
TOMONIDAN
TAYINLAN GAN
ISH
BOSHQARUVCHI
-
bankrotlikni e’tirof etish bilan bog'liq masalalar yuzasidan huquqiy
taomilga ko'ra ish olib boruvchi yoxud qonunlarda ko'rsatilgan
boshqa xildagi vakolatlardan foydalana olish huquqiga ega bo'lgan
shaxs.
SUDGA MUROJAAT QILGUNGA QADAR AMALGA OSHIRILADIGAN
HUQUQIY TAOMILLAR - xo'jalik sudining aralashuvidan
ilgariroq qarzdorning o'z kreditorlari bilan murosaga kelishiga
yordam beradigan chora-tadbirlar.
SUDXO'R - sudxo'r, ijarachi, foydaxo'r, foyda olishni ko'zlab pulni qarz beruvchi
kishi.
SUG'URTA - har xil noxush hodisalar ro'y berishi natijasida ko'rilgan zararni
qoplash hamda fuqorolaming hayotida tegishli sug'urta hodisalari
ro'y berganda ularga moddiy yordam ko'rsatish maqsadida tashkil
etiladigan va undan foydalanish bilan bog' liq (maqsadli pul fondlari)
iqtisodiy munosabatlar yig'indisi. O'tkazish shartiga qarab, sug'urta
majburiy va ixtiyoriy bo'ladi. Obyektiga ko'ra, mulkiy, shaxsiy va
javobgarlik sug'urtasiga bo'linadi. Sug'urtaning asosini risk tashkil
etadi. Sug'urta - bu riskni taqsimlash usulidir.
SUG'URTA BAHOSI - sug'urtalash maqsadida aniqlanadigan mol-mulkning
qiymati. Amaliyotda mol-mulklar haqiqiy qiymati, bozor qiymati
va boshqa qiymatlar vositasida baholanadi. Zarur hollarda sug'urta
383 —
—
bahosini to‘g'ri hisoblash uchun malakali ekspertlar jalb etiladi.
Sug'urta bahosi to'g'risidagi haqiqiy ma’lumot ta’rif stavkasi va
sug'urta mukofoti miqdorini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Amaldagi qonunchilikka binoan, sug'urta summasi mol-mulkning
sug'urta bahosidan oshib ketmasligi zarur.
SUG'URTA BOZORI - oldi-sotdi obyekti o'ziga xos tovar - sug'urta
xizmati bo'lgan va unga nisbatan taklif va talab shakllanadigan
pul munosabatlari sohasi. Sug'urta huquqiy munosabatlari
ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikning shakli.
SUG'URTA BOZORI ASSORTIMENTI - sug'urtalanuvchi murojaat qilishi
mumkin bo'lgan sug'urta turli ko'rinishlarining (turlarining)
to'plami (majmuyi).
SUG'URTA DALOLATNOMASI - sug'urta hodisasi ro'y berganda sug'urta
kompaniyasi tomonidan tuziladigan hujjat. Dalolatnomada mol-
mulkning zararlanish yoxud nobud bo'lish sabablari, ko'rilgan
zarar miqdori va boshqa ko'rsatkichlar bo'ladi. Dalolatnomaga
zarur hollarda sug'urta hodisasi va mol-mulkning zararlanganligini
tasdiqlovchi tegishli tashkilotlarning (yong'inga qarshi kurash,
davlat avtomobil nazorati, qishloq xo'jaligi, veterinariya xizmati
va boshqalar) yozma hulosasi ilova etiladi. Xalqaro sug'urta
munosabatlarida sug'urta dalolatnomasini adjaster tuzadi va
mohiyatan avariya sertifikatiga yaqinlashadi.
SUG'URTA GUVOHNOMASI (SUG'URTAVIY POLIS) - tuzilgan sug'urta
shartnomasi va uning shartlari mazmunini o'zida mujassam
etganligiga
guvohlik
beruvchi
sug'urtalovchi
tomonidan
sug'urtalanuvchiga o'rnatilgan namunaga muvofiq beriladigan
hujjat. Sug'urtalanuvchiga u tomonidan birinchi marta yoki
bir martalik sug'urta badali to'langanidan so'ng beriladi. Unda
sug'urtaning asosiy shartlari: sug'urtalanuvchining familiyasi va
ismi sharifi, uning rekvizitlari, sug'urta hajmi, sug'urta majburiyati
hajmi, sug'urta summasining miqdori, sug'urta tarifi, sug'urta
qoplanmasini oluvchi va boshqalar o'z ifodasini topadi.
SUG'URTA HIMOYASI - ijtimoiy ishlab chiqarish va aholining turmush
darajasiga nisbatan yetkazilgan yo'qotmalarga barham berish yoki
ularni qoplash (tiklash) bilan bog'liq bo'lgan o'ziga xos taqsimlash
va qayta taqsimlash munosabatlarining majmuyini o'zida mujassam
etgan iqtisodiy kategoriya (keng ma’noda); konkret obyektlarga:
moddiy boyliklar, hayot, sog'lik, fuqarolarning mehnatga
layoqatliligi va boshqalarga yetkazilgan ziyonlarni tiklash va ularga
barham berish borasidagi qayta taqsimlash munosabatlarining
majmuyi (tor ma’noda).
384
SUG'URTA HODISALARI CHASTOTASI - inshoodarning yonish,
transport vositalarining avariya bo'lish darajasini, aholi nogironligi
darajasi va shunga o'xshash darajalarni ifodalovchi ko'rsatkich.
Sug'urta hodisalari sonini sug'urta qoplamalari miqdoriga yoki
sug'urtalangan obyektlar miqdoriga nisbati sug'urta hodisalari
chastotasini aniqlaydi.
SUG'URTA HODISASI - stixiyali, tabiiy yoki oldindan ко'rib bo'lmaydigan
voqea-hodisalarning amalda yuz berishi. Sug'urta hodisasi yuzaga
kelgan zarar sug'urta kompaniyasi tomonidan shartnomaga
muvofiq qoplanadi. Mulkiy sug'urtada sug'urta hodisasi deyilganda,
stixiyali hodisalar, yong'in, avariya, portlash, zilzila, dovul va
boshqalar tushuniladi. Shaxsiy sug'urtada esa sug'urta hodisasiga
fuqarolarning ma’lum bir muddatgacha yashashi, ularning hayotida
baxtsiz hodisalarning ro'y berishi yoki o'limi kiradi. Xalqaro
amaliyotda sug'urta hodisasi ba’zan “fors-major” deb yuritiladi.
SUG'URTA HUQUQI - sug'urtalovchilar, sug'urtalanuvchilar va ular o'rtasidagi
vositachilarning xatti-harakati qoidalari yig'indisi. Sug'urta huquqi
qonun va qonun hujjatlarida o'z aksini topadi. Sug'urta huquqi
moliyaviy huquqning bir qismi hisoblanadi.
SUG'URTA KOMPANIYASI - sug'urta shartnomasini tuzish va unga xizmat
qilishni amalga oshiruvchi, sug'urtalanuvchi bilan huquqiy
munosabatda bo'luvchi yuridik shaxs. U o'z nizomi asosida faoliyat
yurituvchi mustaqil xo'jalik subyektidir. Tegishli iqtisodiy muhitda
faoliyat yurituvchi sug'urta kompaniyalarining yig'indisi sug'urta
tuzimini tashkil etadi. Sug'urta kompaniyalari bajaradigan sug'urta
operatsiyalariga ko'ra, ular universal va ixtisoslashgan bo'ladi. Ustav
kapitali miqdori hamda kelib tushgan sug'urta mukofotlari hajmiga
muvofiq, sug'urta kompaniyalarini yirik, o'rta va kichik guruhlarga
bo'lish mumkin.
SUG'URTA КО RP О RATS IYAL ARI VA NAFAQA JAMG'ARMALARI -
kichiksektor,rezidentsug'urtakorporatsiyalari,kvazikorporatsiyalar
va muxtor nafaqa jamg'armalaridan tarkib topadi.
SUG'URTA KORPORATSIYALARI VA NAFAQA JAMG'ARMALARIDAN
TASHQARI BOSHQA MOLIYA VOSITACHILARI - kichik
sektor, depozit korporatsiyalar, sug'urta korporatsiyalar va
nafaqa jamg'armalaridan tashqari asosan moliyaviy vositachilik
bilan shug'ullanuvchi barcha rezident korporatsiyalari va
kvazikorporatsiyalarni o'z ichiga oladi.
SUG'URTA KVOTASI - l ) bir necha sug'urta kompaniyasi tomonidan
birgalikda tegishli obyekt sug'urtalanayotganda, bitta sug'urta
kompaniyasiga to'g'ri keladigan hissa. Bunday holatda har bir
sug'urta kompaniyasiga tegishli kvota yagona sug'urta polisida
o'z aksini topadi; 2) qayta sug'urtalash kompaniyasini qayta
sug'urtalashda qatnashish hissasi.
SUG'URTA MANFAATI - sug'urtada moddiy manfaatdorlik chorasi. Sug'urta
hodisasi ro'y berishi natijasida sug'urtalanuvchiga moddiy zarar
keltiruvchi predmetlar (mol-mulk) yoki sug'urtalanuvchining
uchinchi
shaxsga
zarar
keltirish
holatlari.
Masalan,
sug'urtalanuvchining avtomobil transporti yo'l-transport hodisasi
tufayli shikastlanganda, sug'urtalanuvchida ushbu mulkka nisbatan
manfaatdorlik yuzaga keladi va sug'urta moddiy manfaatdorlik
chorasi sifatida maydonga chiqadi.
SUG'URTA MAYDONI - sug'urtaga tortilishi zarur bo'lgan obyektlaming eng
katta soni. Ayrim ekspertlarxulosasiga ko'ra, O'zbekistonda sug'urta
maydoni hali to'la o'zlashtirilmagan. Faqat mol-mulklarning 20-30
foizigina sug'urtaga tortilgan.
SUG'URTAMUKOFOTI - sug'urta mukofotining miqdori sug'urta summasiga
nisbatan foizlarda aniqlanadi. Sug'urta mukofotining miqdori
aniq summalarda ham ifodalanishi mumkin. Masalan, avtomobil
egalarininguchinchi shaxsga zarar keltirish fuqarolikj avobgarligining
sug'urtasida sug'urta mukofoti aniq pul birligida ko'rsatiladi.
SUG'URTA MUKOFOTLARI ZAXIRASI - hayotni va nafaqani uzoq
muddatli sug'urtalash bo'yicha to'lovlami oldindan to'lash uchun
sug'urta kompaniyasida tashkil etiladigan fond. Bu fond sug'urta
operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda hamda
sug'urtalovchi zimmasidagi majburiyatlami bajarishda muhim
о'rin tutadi. Hayot sug'urtasi shartnomalari, odatda, bir necha
yilga tuziladi. Sug'urta mukoftlarini kelib tushish va sug'urta
summasini to'lash vaqtlari o'zaro to'g'ri kelmaganligi uchun,
sug'urta kompaniyasiga kelib tushgan sug'urta mukofoti ma’lum
vaqt mobaynida uning ixtiyorida bo'sh xolda bo'ladi. Kelib tushgan
sug'urta mukofotlarining bir qismi joriy to'lovlar uchun sarflanadi,
qolgan qismi esa zaxira fondini shakllantirish uchun yo'naltiriladi.
Uzoq muddatli hayot sug'urtasi bo'yicha zaxira fondining
mablag'lari kredit resursi sifatida foydalanilishi mumkin.
SUG'URTA OBYEKTI - shaxsiy sug'urtada fuqarolarning hayoti, sog'lig'i,
mehnat qobiliyati: mulkiy sug'urtada binolar, qurilmalar, transport
vositalari, uy-joy mulki, tashiladigan yuklar va boshqa moddiy
boyliklarni saqlash bilan bog'liq manfaatlar; jismoniy yoki yuridik
shaxsning o'z xatti-harakati bilan uning shaxsga zarar keltirish
386
fuqarolik mas’uliyati - mas’uliyatni sug'urtaiashda sug'urta
obyektlari bo'lib hisoblanadi. Riskni baholash maqsadida sug'urta
obyekti sug'urta kompaniyasining mutaxassislari tomonidan
ekspertiza qilinishi mumkin.
SUG'URTA POLISI EGALARINING MULK UCHUN DAROMADLARI -
Sug'urta kompaniyalari fuqarolarning hayotini sug'urta qiladilar.
Natijada yig'ilgan mablag'lar investitsiya sifatida ishlatilib evaziga
ma’lum bir daromad keltiradilar. Sug'urta kompaniyalarining bu
daromadlari (aslida sug'urta qilingan fuqarolarning mablag'lari
evaziga kelgani uchun va MHT qoidalariga ko'ra) uy xo'jaligi
sektorining mulkdan olgan daromadi sifatida talqin qilinadi. Chunki,
bu mablag'lar pirovardida sug'urta polisiga ega bo'lgan fuqarolarga
sug'urta mukofoti sifatida beriladi.
SUG'URTA POLISI - sug'urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlovchi
hujjat. Sug'urta polisida quyidagi rekvizitlar bo'lishi shart: sug'urta
kompaniyasining yuridik manzili, sug'urtalanuvchining nomi,
sug'urta obyekti, sug'urta mukofotining miqdori, shartnomaning
amalqilishmuddati.Sug‘urtaqoplamasinito‘lashdasug'urtalanuvchi
sug'urta polisini sug'urta kompaniyasiga taqdim etishi zarur.
SUG'URTA POLISIDAN DAROMAD - sug'urta polisi egalarining sug'urta
shartnomasiga ko'ra oladigan daromadlari.
SUG'URTA PORTFELI - sug'urta kompaniyasiga kelib tushgan sug'urta
mukofotlarining yig'indisi. Sug'urtalangan obyektlar soni, sug'urta
shartnomalarining miqdori ham sug'urta portfeli tushunchasini
anglatadi. Chet mamlakatlar sug'urta amaliyotida ushbu ibora
ishlab topilgan sug'urta mukofotining hajmi tushunchasiga to'g'ri
keladi.
SUG'URTA PULI - sug'urta majburiyatini bajarish hamda sug'urta
operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida
yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmasdan o'zaro kelishgan holda bir
qancha sug'urta kompaniyalarining ixtiyoriy uyushmasi. Sug'urta
puli, asosan, xavfli, yirik obyektlami sug'urtalash maqsadida tashkil
etiladi. Har qaysi kompaniya o'z sug'urtalangan riskni pulga beradi
va buning uchun pul orqali yig'ilgan sug'urta mukofotlarining
bir qismini oladi. Olingan sug'urta mukofotlari hajmida sug'urta
qoplamasini to'lash bo'yicha javobgarlikni o'z zimmasiga oladi.
Xorijiy mamlakatlarda aviatsiya, atom, xarbiy risklarni sug'urtalash
uchun sug'urta puli tashkil etilgan.
387
SUG'URTA QOPLAMASI - mulkiy sug'urtada va sug'urtaianuvchining
uchinchi shaxs oldida fuqarolik javobgarligi sug'urtasida zararni
qoplash uchun sug'urta fondidan to'lanadigan pul mablag'i.
Sug'urta qoplamasi sug'urta summasiga teng yoki undan kam
bo'lishi mumkin. Sug'urta hodisasi ro'y berganlik holati va shakli
bo'yicha adjaster yoki avariya komissarining xulosasi sug'urta
kompaniyasi tomonidan sug'urta qoplamasi to'lanishida asos bo'lib
xizmat qiladi.
SUG'URTA QOPLAMASI LIMITI - sug'urta kompaniyasining filiali,
bo'limi,shu bakorxonasitomonidanbittasug'urtahodisasibo'yicha
mustaqil to'lanadigan sug'urta qoplamasining eng yuqori miqdori.
Bu miqdorni sug'urta kompaniyasi boshqaruvi joylardagi sug'urta
summasining zararlilik darajasidan, kadrlarning malakasidan va
boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilaydi.
SUG'URTA REZERVLARI - sug'urta badallari hisobidan shakllanadigan va
birinchi navbatda, sug'urtalanuvchilarga sug'urta to'lovlarini amalga
oshirishga sarf (xarj) qilinadigan maxsus fondlar. Daromadlarga
emas, balki sug'urtalovchining majburiyatlariga bog'liq ravishda
shakllanadi (tashkil qilinadi).
SUG'URTA SHARTNOMASI - ikki tomonlama yozma ravishdagi bitim
bo'lib, bunda sug'urta kompaniyasi sug'urta hodisasi tufayli
zarar ko'rilganda sug'urtalanuvchiga sug'urta qoplamasi yoki
sug'urta summasini to'lash majburiyatini, sug'urtalanuvchi esa
belgilangan muddatlarda sug'urta mukofotini to'lash majburiyatini
oladi. Sug'urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlash uchun
sug'urtalovchi sug'urtalanuvchiga sug'urta polisi beradi. Sug'urta
shartnomasini tuzishdagi asosiy, oddiy va qo'shimcha shartlar
sug'urta shartnomasining mazmunini tashkil etadi.
SUG'URTA SUMMASI - sug'urta manfaati va sug'urta riskiga mos keluvchi
pul mablag'i. Xalqaro amaliyotda sug'urta summasi sug'urta
qoplamasi deyiladi. Sug'urta summasiga nisbatan sug'urta mukofoti
aniqlanadi va sug'urta qoplamasi to'lanadi. Sug'urta summasi
iborasi, ko'proq, shaxsiy sug'urtada - fuqarolarning hayoti,
sog'lig'ini sug'urtalashda ishlatiladi.
SUG'URTA SUMMASINING ZARARLILIGI - sug'urta summasi va
sug'urta qoplamasi to'lovi o'rtasidagi nisbatni xarakterlovchi
iqtisodiy ko'rsatkich. Bu ko'rsatkich zarar miqdori ehtimolligini
ko'rsatadi va undan riskning o'zgarishi ustidan nazorat o'rnatishda
foydalaniladi. Sug'urta summasining zararlilik ko'rsatkichi quyidagi
388
omillar ta’siri ostida shakllanadi: sug'urtalangan obyektlar soni va
ularning sug'urta summasi, sug'urta hodisalarining soni, zarar
ko'rgan obyektlar soni va sug'urta qoplamasi. Sug'urta summasining
zararlilik ko'rsatkichi netto-stavka tuzilishiga qarab har bir sug'urta
turi yoki javobgarlik turi bo'yicha aniqlanadi. Agar zararlilik
ko'rsatkichi netto-stavkaga yaqinlashsa yoki undan oshib ketsa, bu
holda sug'urta summasining zararlilik ko'rsatkichi yuqori darajada
ekanligidan dalolat beradi.
SUG'URTA TIZIM I - l ) turli xil sug'urta kompaniyalari va ularni sug'urta
nazorati bilan aloqadorligining yig'indisi: 2) sug'urta huquqiy
munosabatlarni tashkil etishning davlat - huquqiy shakli.
SUG'URTA YIG'IM I - jismoniy shaxsning yo'lovchilarning majburiy sug'urta
bo'yicha bir marta to'lanadigan sug'urta mukofoti. Odatda, sug'urta
yig'imi yo'l haqi tarkibida bo'ladi va chiptada sug'urta yig'imi
“kiritilgan”, degan so'z bo'ladi.
SUG'URTA ZAXIRALARI - sug'urta summalarini to'lashni kafolatlash
maqsadida sug'urta kompaniyalari tashkil etgan fondlar. Agar,
ma’lum bir vaqtda sug'urta qoplamalarini to'lash uchun joriy
sug'urta mukofotlari etmasa, sug'urta kompaniyasi zaxira
fondlaridan foydalanishi mumkin. Sug'urta zaxiralariga quyidagilar
kiradi: hayotning sug'urtasi bo'yicha zaxira fondlari, ro'y bergan,
ammo arz qilmagan zararlarni qoplash zaxiralari va boshqalar.
Ushbu zaxira fondlarining mablag'lari vaqtincha bo'sh bo'lgani
uchun investitsiya maqsadlarida foydalanilishi mumkin. Buning
natijasida sug'urta kompaniyasi qo'shimcha daromad oladi.
SUG'URTADA TARIF SIYOSATI - sug'urta operatsiyalarining zararsiz
o'tkazilishini va sug'urtalanuvchilarning manfaati yo'lida sug'urta
tariflarini belgilash, aniqlash, tartibga solish va tabaqalashtirish
bo'yicha sug'urta kompaniyasining maqsadli yo'naltirilgan
faoliyati. Sug'urtada tarif siyosati quyidagi asosiy prinsiplarga
asoslanadi: Netto-mukofotlar va sug'urta qoplamasi o'rtasidagi
ekvivalentlik. Har bir sug'urta turi bo'yicha netto-stavka
zararlarning ehtimol tutilgan miqdoriga maksimal darajada to'g'ri
kelishi zarur. Sug'urtalanuvchilarning asosiy qismi uchun sug'urta
tarifi miqdorining qulayligi. Tarif stavkalarining yuqori darajada
belgilanishi sug'urta ishining rivojlanishi uchun to'siq bo'ladi.
SUG'URTALANUVCHI - qonun yoki ikki tomonlama shartnoma asosida
sug'urta kompaniyasi bilan fuqoralik-huquqiy munosabatlarga
kiruvchi
yuridik
yoki
jismoniy
shaxs.
Sug'urtalanuvchi
ii
1
|