f Л
Я
П
..
uchinchi shaxs foydasiga sug'urta shartnomasini tuzishga xaqli.
Sug'urtalanuvchi sug'urta mukofotini o'z vaqtida to'lashi shart.
Sug'urta shartnomasini tuzish jarayonida sug'urtalanuvchi
sug'urta obyektiga taalluqli bo'lgan barcha ma’lumotlarni sug'urta
kompaniyasiga ma’lum qilishi shart.
SUG'URTALASH - bankning amalga oshirayotgan operatsiyalarida yuzaga
kelishi mumkin bo'lgan risklarni ma’lum bir sug'urta badali asosida
sug'urta kompaniyalari tomonidan ko'rilgan zararni qoplab berish
shartnomasini tuzish.
SUG'URTALOVCHI - sug'urtani amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot.
Tabiiy ofat yoki boshqa ko'zda tutilmagan sabablar natijasida
ko'rilgan zararlarni sug'urta qonunchiligi yoki sug'urta shartnomasi
asosidagi shartlarni ko'zda tutib qoplashni o'z zimmasiga oluvchi
tashkilotlar.
SUG'URTALOVCHILAR UYUSHMASI - sug'urta faoliyatini muvofiq-
lashtirish, uyushma a’zolarining manfaatini davlatning qonun
chiqaruvchi va ijroiya organlari oldida himoya etish hamda mahalliy
sug'urta kompaniyalari va xorijiy sug'urta kompaniyalari o'rtasida
o'zaro foydali aloqalarni o'rnatish maqsadida tashkil etiladigan
sug'urta kompaniyalarining uyushmasi. Bunga o'zaro sug'urtalash
jamiyatlarining xalqaro uyushmasini, texnik risklarni sug'urtalovchi
kompaniyalar ittifoqini,
Buyuk Britaniya
sug'urtalovchilar
uyushmasini misol qilib keltirish mumkin. Hozirgi paytda
O'zbekistonda sug'urtalovchilar uyushmasi tashkil etilmagan.
Faqat, avtosug'urtalovchilar ittifoqi faoliyat ko'rsatmoqda.
SUG‘ URTALOVCHINING JAVOBGARLIK LIMITI - tuzilgan sug'urta
shartnomasidan kelib chiqqan holda belgilanadigan sug'urta
kompaniyasining mumkin bo'lgan eng yuqori darajadagi
javobgarligi. Sug'urtalovchining javobgarlik limiti sug'urta polisida
o'z aksini topadi.
SUG'URTANI TURKUMLASH (KLASSIFIKATSIYALASH) - l) sug'urta
turlarini ierarxiya ko'rinishida tarmoqlarga, tarmoqchalarga va
turlarga bo'linishi. Bunda har bir keyingi bo'g'in oldingi bo'g'inning
bir qismi shaklida ifodalanadi. Sug'urta obyekti sug'urtaning
toifasi, sug'urta javobgarligining hajmi va sug'urta qismining shakli
sug'urtani turkumlashning asosiy mezoni bo'lib hisoblanadi. 2)
xorij amaliyotida sug'urta turlarining tartiblashtirilgan tizimi.
Hozirgi vaqtda Evropa Ittifoqi davlatlarida sug'urtaning yagona
klassifikatsiyasi ishlab chi qilgan va hayotga joriy etilgan.
390
SUG'URTANING OBYEKTI VA PREDMETI - mulk sug'urtasida
obyekt sifatida moddiy boyliklar mol-mulk sifatida ko'zda tutilsa,
shaxsiy sug'urtada fuqarolarning hayoti, sog'lig'i va mehnat
qobiliyati ko'zda tutiladi. Sug'urta predmeti - ana shu obyektlarning
tarkibiy qismlaridir, masalan, qishloq xo'jaligi sug'urta obyekti
bo'lsa, ekinlar, hosili, chorva mollarining soni, mol-mulk xillari,
binolar, inshootlar, transport vositalari sug'urta predmeti
hisoblanadi. Uy-joyda saqlanuvchi mol-mulklar obyekt bo'lsa, uy-
ro'zg'or buyumlari, mebellar, gilamlar, televizorlar bu sug'urtaning
predmeti hisoblanadi. Shaxsiy sug'urta predmetiga ma’lum yoshga
yetish, mehnat qobiliyatini yo'qotish va vafot etish hodisalari misol
bo'la oladi.
SUG' URTAVTY FOYDA - sug'urta xizmatining bahosi va tannarxi
o'rtasidagi farq. Sug'urtaviy foyda sug'urta operatsiyalarini amalga
oshirish natijasida shakllanadi. Sug'urtaviy foyda balans uslubi
asosida sug'urta mukofotlari tushumi va sug'urta operatsiyalari
tannarxini o'zaro taqqoslash natijasida aniqlanadi. Sug'urta
operatsiyalarining tannarxi bu - sug'urta kompaniyasining sug'urta
himoyasini ta’minlashga qaratilgan to'g'ri va egri, (shu jumladan
zaxira fondlariga ajratmalar) xarajatlarning yig'indisidir. Odatda,
sug'urta tarifini hisoblashda netto-stavkaga yuklamada foyda
ulushi ham ko'rsatiladi. Shakllanish manbaiga ko'ra, haqiqatdagi
sug'urtaviy foyda o'z ichiga quyidagi foyda turlarini oladi: sug'urta
summasi zararlik ko'rsatkichini kamaytirishdan olingan foyda,
boshqaruv xarajatlarini iqtisod qilish natijasida olingan foyda,
investitsiyadan olingan foyda va sug'urta tarifida belgilangan foyda.
SUG'URTAVIY TIBBIYOT - turli kasalliklardan majburiy sug'urtani
nazarda tutuvchi sog'liqni saqlash ishini tashkil etish shakli.
Sug'urtaviy tibbiyot bo'yicha sug'urta fondi ishchi-xodimlarning
ish haqidan, tadbirkorlarning foydasidan, davlat dotatsiyasi
hisobidan hamda xayr-ehson fondlarining majburiy ajratmasi
hisobidan shakllanadi. Sug'urtaviy tibbiyot bo'yicha sug'urtalangan
kontingentgatibbiysug'urtapolisiberiladi.Sug'urtalanuvchidatibbiy
sug'urta polisi bo'lgan taqdirda tibbiy xizmat ko'rsatiladi. Bunda
tibbiy sug'urta kompaniyasi, bir tomondan sug'urtalanuvchilar
bilan, ikkinchi tomondan tibbiyot muassasalari bilan shartnoma
tuzadi.
SUPERMARKET - xaridorning o‘z-o‘ziga xizmat ko'rsatishiga asoslangan
juda keng assortimentda oziq-ovqat istemol tovarlari sotiladigan
do'kon. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi.
—
—
1
0
1
—
tovarlarni buyurtmaga ko'ra xaridor uyiga yetkazadi va boshqa
turdagi xizmatlar ko'rsatadi,
SUPERVAYZER - (superviser) kuzatuvchi; inspektor.
SUST TALABLI TOVARLAR - ayni paytda tovarga talab imkoniyat
darajasidan ancha past bo'ladi.
SUV KADASTRI - suv obyektlari to'g'risida, ularning suv resurslari, suv
obyektlaridan foydalanish, suvdan foydalanuvchilar to'g'risida
tizimlashtirilgan ma’lumotlar to'plamidir.
SUZIB YURUVCHI INFLYATSIYA - bunda narxlar tez o'sa boshlaydi,
yiliga 10 foiz atrofida o'sish kuzatiladi.
SVIFT - 1. Kompyuter tarmog'i orqali xalqaro to'lovlarni amalga oshirishning
avtomatik tizimi. 2. Maxsus telekommunikatsiyalar yordamida
amalga oshirilgan hisob-kitoblar haqida banklar o'rtasida axborotni
elektron ayirboshlash maqsadida 1973 yilda tuzilgan xalqaro
banklararo tashkilot. Hozirgi paytda SVIFT tizimida 54 ta davlatdan
1500 dan ortiq bank ishtirok etmoqda.
SVOP (SWAP) - savdo qoidalariga amal qilgan holda bitta qarzni to'lash bo'yicha
ma’lum bir muddat o'tgandan so'ng shartlarni o'zgartirish bo'yicha
bitim.
SVOP OPERATSIYASI - bir valyutani spot operatsiyasi bo'yicha sotib
olish va forvard sharti bo'yicha sotishiga yoki forvard sharti bo'yicha
sotib olish va spot sharti bo'yicha sotishga aytiladi.
SYURVEYER - sug'urtaga tortiladigan mol-mulkni ko'rikdan o'tkazuvchi
sug'urta
kompaniyasining
xodimi.
Sug'urta
kompaniyasi
syurveyerning xulosasi asosida sug'urta shartnomasini tuzish
to'g'risidaqaror qabul qiladi. Chetelamaliyotidayong'inhavfsizligini
ta’minlovchi ixtisoslashgan firmalar, mehnat muhofazasi bo'yicha
tashkilotlar syurveyer funksiyasini bajaradi.
392
Т - KO RINISHIDAGI SCHYOTLAR - ikki ustundan iborat bo'ladi.
Schyotlarda ko'rsatkichlar ikki tomonlama yozuvga asolangan
bo'lib, schyotning o'ng tomonida iqtisodiy ko'rsatkichlar (turlari
bo'yicha), schyotning mazmunidan kelib chiqqan holda, resurs
(daromad manbasi) sifatida keltiriladi. Schyotning chap tomonida
ko'rsatkichlar schyotning mazmuniga ko'ra sarf qilinishi yoki
ishlatilishi nuqtai nazaridan yoziladi.
TA’LIM - l) shaxsning jismoniy va ma’naviy shakllanishining yagona jarayoni,
ijtimoiy etalonlarning ijtimoiy ong sifatida u yoki bu darajada qayd
qilingan, tarixan shartlangan ideal timsollarga ongli yo'naltirilgan
ijtimoiylashish jarayoni; 2) muayyan bilimlarni egallash, g'oyaviy-
axloqiy qadriyatlar, malaka, ko'nikma, axloq me’yorlariga qaratilgan
jamiyat a’zolarining ta’lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy
mustaqil tizim.
TA’LIM KREDITLARI - tijorat banklari filiallari tomonidan oliy ta’lim
muassasalarining kunduzgi bo'limlariga to'lov-kontrakt asosida
qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan
talabalarning o'qishi uchun talabalarning o'zlariga, ularning ota-
onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkin.
TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH - o'qitish mazmuni va natijalarining
davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish.
TA’MINLANMAGAN KREDITLAR - biror-bir ta’minotsiz berilgan kreditlar.
TA’RIF ISH HAQI FONDI - ishlab chiqarish texnologiyasiga ko'ra
bajariladigan ishning hajmi, me’yori va razryadi stavkasiga ko'ra
aniqlanadigan ish haqi fondi.
TA’RIF JADVALI - mehnatga haq to'lash razryadlari, ta’rif koeffitsientlari va
stavkalarini ichiga olgan jadval.
TA’SIS HUJJATLARI - yangi tashkil qilinuvchi korxona, kompaniya, aksiyadorlik
jamiyatini ta’sis etish va ularni belgilangan tartibda ro'yxatga olish
uchun asos bo'lib xizmat qiluvchi hujjatlar.
TA’SIS
SHARTNOMASI
- firmani
ta’sis
etuvchilarning o'zaro
munosabatlarini aniqlovchi hujjat.
TA’SISCHILARFOYDASI - aksionerlar jamiyati a’zolari tomonidan chiqarilgan
aksiyalarning umumiy qiymati bilan aksiyalarni sotish orqali
olingan umumiy qiymati o'rtasidagi farq bo'lib, u jamiyatni tashkil
etuvchilar tomonidan aksiyadorlik jamiyatini tuzishda qo'shgan
mablag' lariga
qarab,
ular
tomonidan
dividend
shaklida
o'zlashtiriladigan qiymatdir.
TABAQALANGAN
MARKETING
STRATEGIYASI
-
bozor
bo‘g‘inlaridan bir nechtasi tanlanib, ularning har biri uchun alohida
tovar taklif etish va maxsus marketing kompleksini qo'llashga
mo'ljallangan marketing turi yoki strategiyasi.
TABAQALANGAN NARX - bir xil yoki o'xshash tovarlarga, tovarning turli
variantlari, turli savdo shart-sharoitlari farqiga qarab belgilanadigan
har xil narx.
TABIAT YODGORLIKLARI - ekologik, ilmiy, estetik, madaniy jihatdan
qimmatli, noyob, o'mini to'ldirib bo'lmaydigan, kelib chiqishi
tabiiy va sun’iy bo'Igan obyektlar hisoblanadi.
TABIATDAN FOYDALANISH - tabiiy-resurs potensiali ekspluatatsiyasining
va ularni saqlab qolish tadbirlarining barcha shakllari majmuyidir.
Agar tabiatdan foydalanish tabiiy-resurs potensialining keskin
o'zgarishiga olib kelmasa, u tabiatdan ratsional foydalanish
hisoblanadi.
TABIATDAN FOYDALANISHNI LITSENZIYALASH - ma’muriy-huquqiy
yo'l bilan iqtisodiy-ekologik munosabatlarni tasdiqlash, ruxsat
va vakolat berish metodlari orqali tartibga solishning namoyon
bo'lishidir.
TABIIY BOYLIK - tabiat tomonidan yaratilgan yer osti va yer usti
boyliklari yig'indisi.
TABIIY ISHSIZLIK - ishchi kuchi harakati va uning ma’lum bir jamiyat
a’zosi sifatidagi mehnat hulqiga aloqador bo'Igan ish bilan band
bo'lmaganlik holatiga aytiladi.
TABIIY MONOPOLIYA - ishlab chiqarish xarajatlarida iqtisod qilishga
asoslangan monopoliya, bir firma o'z mahsulotini boshqa firmalarga
nisbatan kam xarajatlar bilan ishlab chiqaradigan tarmoq.
TABIIY RESURSLAR - tabiatning bir qismi (uning obyektlari jarayonlari,
sharoitlari), ular insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini
qondirish maqsadida jamiyat tomonidan ishlatiladi yoki ishlatilishi
mumkin.
Quyidagilar tabiiy resurslarning muhim turlari
hisoblanadi: mineral, yer-suv resurslari, o'simlik va hayvonot
dunyosi, quyosh energiyasi. Tabiiy resurslar iqtisodiy resurslarning
tarkibiy qismi hisoblanadi. Ishlatilish turiga qarab baholangan u
yoki bu hududdagi resurslarning jami tabiiy resurslar potensialini
394
tashkil etadi. Mamlakatning tabiiy resurslar potensiali uning milliy
boyligining tarkibiy qismini tashkil etadi.
TABIIY RESURSLAR UCHUN TO 'LO V - yer, suv, qazilma boyliklaridan
foydalanganlik uchun korxona daromadidan davlat budjetiga
to'lanadigan to'lov, joriy normativlar bo'yicha belgilanadi. Ushbu
mablag'lar, birinchi navbatda, tabiat muhofazasi tadbirlariga
sarflanadi.
TADBIRKOR - iqtisodiy resurslarni bir-biriga qo'shilishini ta’minlaydigan
tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va
boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo'rqmaydigan kishilar. Bunday
TADBIRKORLIK - mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida tavakkal
qilib va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunchilik doirasida
tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko'rsatishdir. Amalda qabul
qilingan qonunlar doirasida korxona, firma tashkil qilish, foyda
olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish (yoki xizmat ko'rsatish)
bilan shug'ullanuvchi faoliyat. Tadbirkorlik faoliyati bir yoki bir
necha xususiy va huquqiy shaxslar mulklarini yoki qarzga olgan
mulk, to'lov vositalarini ishga solish orqali amalga oshiriladi.
O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining sohiblari: l ) respublika
fuqarolari; 2) bir guruh fuqarolar (mehnat jamoalari va boshqalar);
3) chet ellik fuqarolar yoki xususiy shaxslar; 4) respublika fuqarosi
bo'lmagan shaxslar (o'z vakolatlari doirasida); 5) qo'shma mulk
egalari.
TADBIRKORLIK KAPITALI - tadbirkor (ishbilarmon) o'z faoliyatini
yuritish uchun qo'lida zarur bo'lgan pul kapitaliga aytiladi.
TADBIRKORLIK QOBILIYATI - insonning ishlab chiqarish jarayonida
qo'llaniladigan resurslardan qanday foydalanish xususida oqilona,
maqsadga muvofiq qarorlarni qabul qila olishi, innovatsion
jarayonlarda faol qatnashishi, tavakkal qilish va yutuqqa erishish
layoqati; iqtisodiy resurslarning elementi.
TADQIQOT MUAMMOSI - ijtimoiy ziddiyatlarni hal etish va ularni tartibga
solish uchun turmushning biron-bir jabhasini o'rganishga bo'lgan
ehtiyoj dir.
TAFAKKUR - inson aqliy faoliyatining oliy shakli, insonlarni o ‘rab olgan
dunyodagi o'zaro bog'langan narsa va hodisalarni bilish jarayoni,
muhim hayotiy jarayonlarni his qilish va muammolarni hal qilish,
ma'lum bo'lmagan voqea hodisalarni qidirish, kelajakni ko'ra olish.
Tafakkur, tushuncha, hukm, xulosa shakllarida namoyon bo'ladi.
TAHLIL USULLARI - grafiklardan foydalangan holda tahlil qilish usullari.
TAJRIBA (EKSPERIMENT) O'TKAZISH - shunday tadqiqot o'tkazish
uslubiki, nazorat qilinadigan vaziyatda bir yoki bir necha omillar
o'zgarishi bilan qolganlari o'zgartirilmas holatini saqlab qoladilar.
TAKLIF - ishlab chiqaruvchilar bozorda sotishga tayyorlagan (chiqargan),
muayyan narxlarga ega tovarlar va xizmatlar miqdori.
TAKLIF CH IZIG 'I - tovar narxi bilan taklif qilinadigan ushbu tovar miqdori
o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalovchi egri chiziq.
TAKLIF EGILUVCHANLIGI (ELASTIKLIGI) - narx o'zgarishiga nisbatan
taklifning ortib borishi.
TAKLIF EGRI CH IZIG'I - sotuvchilar bozorda taklif eta oladigan tovar narxi
va miqdori o'rtasidagi bog'liqlikning grafik ifodasi.
TAKLIF FUNKSIYASI - taklifga tasir qiluvchi omillar miqdori bilan taklif
miqdori urtasidagi bog'liqlikni ifodalovchi matematik bog'liqlik.
TAKLIF HAJMI - tadbirkor ma’lum narxga va vaqtda ishlab chiqarmoqchi
hamda sotmoqchi bo'lgan mahsulotning miqdori. Masalan, bugun
ertalab tadbirkor ishlab chiqargan 20 juft oyoq kiyimini bozorga
olib chiqdi va har birini 40 ming so'mdan sotmoqchi, binobarin,
taklif hajmi 20 juft oyoq kiyimga teng.
TAKLIF HAJMINING O'ZGARISHI - tovar narxining o'zgarishi natijasida
uning taklif miqdorining o'zgarishi. Masalan, shakar narxining
ko'tarilishi uning taklifini oshiradi, uning pasayishi esa shakar
taklifni qisqartiradi.
TAKLIF INFLYATSIYASI - iqtisodiyotda tovar va xizmatlar taklifi kamayib
borishi natijasida narxning ko'tarilishi. Taklif qisqarishining asosiy
sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o'sishidir.
Xarajatlarning o'sishi natijasida vujudga keladigan inflyatsiyaning
ikki shakli mavjud: a) ish haqining o'sish inflyatsiyasi ishlab
chiqarilayotgan mahsulot hajmi to'lanadigan ish haqi va
daromadlarga mutanosib borishi shart, agarda u buziladigan bo'lsa,
jami taklif kamayadi, narx ko'tariladi; b) taklif mexanizmining
buzilishi natijasida vujudga kelgan inflyatsiya, u kutilmaganda
birdaniga xomashyo va energiya narxining ko'tarilishi natijasida
vujudga keladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda 1973-1974 va
1979-1980-yillarda chetdan olib kelinadigan neft narxining keskin
ko'tarilishi.
TAKLIF IQTISODIYOTI NAZARIYASI - hozirgi davr makroiqtisodiy
nazariyasining bir qismi, unda inflyatsiya va ishsizlikni tushuntirish
uchun xarajatlari va jami taklif tushunchalaridan foydalanilgan.
396
TAKLIF M IQDORI - ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) muayyan vaqtda, muayyan
joyda va muayyan narxda sotishni xohlaydigan va sotishi mumkin
bo'Igan tovar va xizmatlar miqdori.
TAKLIF QONUNI - baho bilan taklif o'rtasidagi bog'liqlik, ya’ni bahoning
o'sishi bilan taklifning hajmi ortishi, bahoning pasayishi natijasida
esa taklifning qisqarishi. Ushbu o'ziga xos bog'liqlikka taklif qonuni
deyiladi. U ishlab chiqaruvchilarning past bahoga nisbatan yuqori
bahoda mahsulotlami ishlab chiqarish va bozorga taklif etish
xohishlarini ko'rsatadi. Bunga sabab, tovarlarni yetkazib beruvchilar
mahsulot evaziga pul oluvchi sifatida maydonga chiqadilar. Unga
baho har bir mahsulot birligi uchun olgan tushumni tashkil etadi,
bu esa mahsulotning o'rtasida bevosita ishlab chiqarish va sotishga
rag'bat bo'lib xizmat qiladi. Taklif hajmiga bahodan tashqari bir
qancha omillar ta’sir ko'rsatadi: resurslarga baholarning o'zgarishi,
texnologiyalarning o'zgarishi, soliqlar va dotatsiyalardagi o'zgarish
va h.k.
TAKLIF QONUNI - narx bilan sotishga chiqarilayotgan tovarlar o'rtasidagi
bevosita, ya’ni to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlikdir.
TAKLIF SETKASI - ish toifalari nisbatiga qarab ish haqi to'lash.
TAKLIF STRUKTURASI - tovar turlarining umumiy hajmiga nisbatan hissasi.
TAKLIFGA TA’SIR ETUVCHI G'AYRINARXIY OMILLAR - talabga
narxdan bo'lak ta’sir etuvchi omillar. 1. Resurslar baholarining
o'zgarishi. Masalan, mineral o'g'itlarga bo'Igan bahoning pasayishi
paxtaning taklifini oshiradi. 2. Texnologiyadagi o'zgarishlar.
Masalan, paxta viltiga qarshi samarali vositani yaratish paxtaning
taklifini oshiradi. 3. Dotatsiya va soliqlardagi o'zgarishlar. Masalan,
sigaretlarga aksiz soliqlarining ortishi uning taklifini qisqartiradi;
universitetlarga beriladigan dotatsiyalar kamayishi oliy ma’lumotli
mutaxassislar taklifini kamaytiradi; 4. Boshqa tovarlarga bo'Igan
bahoning o'zgarishi. Masalan, mol go'shtiga bo'Igan bahoning
pasayishi qo'y go'shtining taklifini oshiradi. 5. Kutishdagi
o'zgarishlar. Masalan, kelgusida neftga bo'Igan bahoning pasayishi
neft kompaniyalarini uning j oriy taklifiga ko'nishlariga majbur qiladi.
6. Tovar ishlab chiqaruvchilarning sonining o'zgarishi. Masalan,
muzlatkichlarni ishlab chiqaruvchi firmalar sonining o'sishi uning
taklifining ortishiga olib keladi.
TAKLIFNING O'ZGARISHI - g'ayrinarxiy omillar ta’siri natijasida ishlab
chiqaruvchilarning sotmoqchi bo'Igan tovarlari yoki xizmatlari
miqdorining o'zgarishi. Masalan, paxta viltiga qarshi samarali
vositani yaratish paxtaning taklifini oshiradi.
197
TAKROR ISHLAB CHIQARISH - uzluksiz davom etib, takrorlanib va
tiklanib turuvchi ishlab chiqarish jarayoni. Ushbu jarayonning
mavjudUgi sababi ehtiyojlarning mavjudligi va ularning о'sib
borishidir. Uning amalga oshishi uchun ishlab chiqarishning barcha
omillari (ish kuchi, ishlab chiqarish vositalari) mavjud bo'lishi
kerak. Takror ishlab chiqarish ikki xil bo'ladi: a) oddiy takror
ishlab chiqarish - ishlab chiqarishning miqdori o'zgarmagan holda
takrorlanadi, ishlab chiqarish omillari o'zgarmagan holda harakat
qiladi, yaratilgan qo'shimcha mahsulot shaxsiy iste’molga sarflanadi;
b) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish - ishlab chiqarish hajmi
navbatdagi har bir ishlab chiqarish siklida ko'payadi, ishlab chiqarish
omillari miqdori ortib boradi. Tovar ishlab chiqarish kengaytirilgan
miqyosda sodir bo'lishi uchun har bir siklning boshida qo'shimcha
sifatliroq resurslar zarurdir. Bunga erishish kengaytirilgan takror
ishlab chiqarishning manbai bo'lib qo'shimcha mahsulot xizmat
qiladi, uning hammasini shaxsiy iste’molga sarf etmay, ma’lum qismi
ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sarf etiladi.
TAKTIK REJALASHTIRISH - kompaniya (korxona) faoliyatining barcha
yo'nalishlari bo'yicha muayyan xatti-harakatlarni aniqlash; joriy
reja tuzish va uni amalga oshirish yo'llarini ishlab chiqish.
TALAB - iste’molchining muayyan joyda va muayyan vaqtda tovar yoki xizmat
sotib olish imkoniyatidir. Boshqacha qilib aytadigan bo'Isak, bu pul
bilan ta’minlangan ehtiyoj, ya’ni to'lovga qodir ehtiyojdir. Aynan
mana shu ehtiyojga qarab, bozorga chiqarilishi lozim bo'lgan
tovarlarning miqdori va assortimenti aniqlanadi.
TALAB CH IZIG'I - talab bilan narx o'rtasidagi bog'liqlikning chizma ifodasi.
TALAB CH IZIG'I - tovar narxi bilan sotib olinadigan ushbu tovar miqdori
o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalovchi egri chiziq.
TALAB EGRI CH IZIG'I - tovarga qo'yilgan narx bilan talab miqdori
o'rtasidagi bog'liqlikning grafik ifodasi.
TALAB FUNKSIYASI - talabga ta’sir qiluvchi omillar miqdori bilan talab miqdori
o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalovchi matematik bog'liqlik.
TALAB HAJMI - iste’molchilar ma’lum narxda va vaqtda xarid qilishi
mumkin bo'lgan mahsulot miqdori. Masalan, hozir xaridor 10 kg
kartoshka sotib olmoqchi va unga imkoniyati bor, binobarin 10 kg
kartoshka talab hajmini tashkil etadi.
TALAB HAJMINING O'ZGARISHI - tovarlar narxining o'zgarishi
natijasida xarid qilinayotgan tovarlar miqdorining o'zgarishi.
Masalan, guruch narxining pasayishi unga bo'lgan talab hajmini
oshiradi va aksincha. Talabga ta’sir etuvchi g'ayrinarxiy omillar
398
- talabga narxdan bo'lak tasir etuvchi omillardir. Bular: 1.
Iste’molchilar didlarining o'zgarishi. Masalan, jismoniy sog'lom
bo'lish keng yoyilsa, bunda sport anjomlariga talab oshadi. 2.
Sotib oluvchilar sonining o'zgarishi. Masalan, aholining kamayishi
xaridorlaming kamayishiga olib keladi, buning natijasida tovar va
xizmatlarga bo'lgan talab kamayadi. 3. Daromadlarning o'zgarishi,
daromadlarning o'sishi insonlarning mahsulot sotib olish
imkoniyatlarini oshiradi, bu esa talabning o'sishiga olib keladi va
aksincha. 4. Bir-biriga bog'liq tovarlar baholarining o'zgarishi. 5.
Iste’molchilarning kutishidagi o'zgarishlar. Masalan, biron davlatda
iqtisodiyot keyingi yilda tanazzulga yuz tutishi kutilmoqda, bu esa
inflyatsiyaning o'sishi demakdir. Buning natijasida insonlarning
ko'chmas mulk, uzoq muddat ishlatiladigan uy-ro'zg'or anjomlariga
bo'lgan joriy talabi oshadi.
TALAB INFLYATSIYASI - iqtisodiyotda talabning keskin oshib ketishi va uni
ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirilishi mumkin emasligi
sababli talabning taklifga nisbatan ortiqligi natijasida narxlarning
ko'tarilishi. Talab inflyatsiyasining asosiy sababi aholining ish
bilan to'liq bandligi, ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Talab
inflyatsiyasi ayrim hollarda quyidagi ibora bilan tushuntiriladi:
“juda ko'p pullar juda oz miqdordagi tovarlarni ovlaydi”.
TALAB KO'RSATKICHLARI - talabni miqdor va sifat jihatidan ifoda
etadigan belgilar, vositalar.
TALAB M IQDORI - iste’molchi muayyan vaqtda, muayyan joyda va muayyan
narx bo'yicha sotib olishni xohlaydigan va sotib olishi mumkin
bo'lgan tovar va xizmatlar miqdori.
TALAB QAYISHQOQLIGI - talabning unga ta’sir etuvchi omilning
o'zgarishi natijasida o'zgarish qobiliyati bo'lib, qayishqoqlik
koeffitsientida o'z aksini topadi.
TALAB QONUNI - mahsulot narxi bilan sotib olinayotgan tovar miqdori
o'rtasida bo'ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog'liqlikning
mavjudligi. Talab qonuni orqali talabni tovarlar va xizmatlarga
bo'lgan ehtiyojlari aniqlanadi. Baho bilan talab o'rtasida
teskari bog'liqlik mavjud ekanini ifodalaydi. Tovarlarning va
ko'rsatilayotgan xizmatlarning baholari bilan talab hajmi o'rtasida
bog'liqlikbo'ladi. Ana shu bog'liqlikka talab qonuni deyiladi. Uning
asosida nima yotishini tushunish uchun quyidagilarga e’tibor berish
zarur: insonga mahsulotning keyingi birliklari borgan sari kamroq
qoniqishberadi, xaridor qo'shimcha mahsulotlarningbahosipasayib
borishi sharoitida sotib oladi. Yuqoriroq darajada talab qonunini
—
399
.....
daromad va o'rnini bosish samarasi bilan tushuntirish mumkin.
Daromad samarasi mahsulot bahosi pasayishi xaridorni sotib olish
qobiliyatini oshiradi va buning natijasida u oldingiga nisbatan bu
tovardan ko'proq tovar sotib oladi. Masalan, mol go'shtiga bahoning
pasayishi xaridor daromadining sotib olish quwatini to'ldiradi va
u oldingiga nisbatan ko'p hajmda mol go'shti sotib oladi. O'rnini
bosish samarasida baho past bo' lgan sharoitda insonda arzon tovarni
sotib olishga rag'bat paydo bo'ladi, qimmatga nisbatan, masalan,
mol go'shtiga baho past bo'lganda, xaridorlar qo'y yoki parranda
go'shti o'rniga mol go'shtini sotib oladi. Daromad samarasi bilan
o'rnini bosish samarasi birga qo'shiladi. Natijada iste’molchilarda
mahsulotlarni ko'proq miqdorda qimmat emas, balki arzon
baholarda sotib olishga layoqat va xohish vujudga keladi. Talabni
faqat baho aniqlamaydi unga boshqa omillar, xususan, xaridorlar
didlarining o'zgarishi, bog'liq tovarlar baholarining o'zgarishi,
iste’molchilaming kutishlaridagi o'zgarishlar va h.k. tasir ko'rsatadi.
TALAB VA TAKLIFNING NARXSIZ DETERMINANT (ANIQLOVCHl)
LARI - muayyan tovar uchun talab va taklifning o'zgarishiga
sabab bo'luvchi, narxdan tashqari omillar. Talab uchun bunday
aniqlovchilarga, masalan, moda, mavsum yoki iste’molchilar
daromadlarining o'rtacha ko'rsatkichi kiradi, taklif uchun esa -
umumiy xarajatlar.
TALABALARNI KASBGA YO'NALTIRISH - talaba-yoshlarga kelajakda
o'z kasblarini aniqlab olish uchun yordam ko'rsatishga qaratilgan
ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, pedagogik, tibbiy-biologik va ishlab
chiqarish texnik tadbirlarning asoslangan tizimi.
TALABNI BAHOLASH - umuman yoki aniq tovar bo'yicha talab hajmi,
darajasi, o'zgarishini uning ko'rsatkichlari yordamida aks ettirish,
taqqoslash va xulosa qilish jarayoni.
TALABNING O'ZGARISHI - g'ayrinarxiy omillar natijasida so'ralayotgan
tovarlar miqdorining o'zgarishi. Masalan, faraz qilamizki,
iste’molchilar didlarining o'zgarishi natijasida jismoniy sog'lom
bo'lish keng yoyiladi, unda sport anjomlariga talab oshadi.
TALABNI PROGNOZ QILISH - talabning kelgusida bo'lajak holati va
o'zgarishlarini ilmiy asosda oldindan aniqlash jarayoni.
TALABNI TAHLIL QILISH - umumiy talabni tarkibiy qismlarga,
elementlarga bo'lib, ulardan qiziqtirganlarini ajratib olib6 o'rganish
jarayoni.
TALABNING DARAJASI - talab hajmining biror ko'rsatkich, belgi, mo'ljalga
nisbatan qiyosiy ifodasi.
400
TALAB NING HAJMI - ma’lum tovarga bo'Igan talabning natural birlik yoki
so'mda ifodalangan umumiy miqdori.
TALABNING
NARX BO'YICHA
O'ZGARUVCHANLIGI
-
narx
o'zgarganda, sotish hajmi qanchaga o'zgarganligini ko'rsatadi.
TALABNING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI - talabning zaruriy
obyektiv o'zgarishlarini aks ettiruvchi jarayonlar.
TALABNING STRUKTURASI - umumiy talabni tashkil etuvchi elementlar
va ularning hissalari.
TALABNING TARKIBI - umumiy talabni tashkil etuvchi elementlar ro'yxati.
TAMOYIL - belgilangan qoida, u bilan har qanday faoliyatda, shu jumladan
boshqaruv faoliyatida ham foydalanish mumkin.
TANLANMA - o'rganilayotgan to'plamdan saylab olingan birliklar majmuasidir,
ularning har biri ushbu to'plamning tarkibiy elementi.
TANNARX - korxonalar mahsulot tayyorlashga qiladigan sarflarning pul shaklida
ifodalanishi. Mahsulot tannarxini hisoblash iqtisodiyotning har
bir tarmog'ida o'z xususiyatiga ega. Shuning uchun ham amalda
mahsulot birligi tannarxi, yuk tashish tannarxi, qurilish-montaj
ishlari tannarxi kabi tarmoq hisob-kitob usullari qo'llaniladi.
Birlik tannarxi qilingan sarf-xarajatlarni tayyorlangan mahsulot
yoki bajarilgan ishlarning miqdoriga bo'lish orqali hisoblanadi.
Sanoatda tovar mahsuloti tannarxi qo'llanilib, o'z navbatida 3 ta
turga - sex, korxona va to'la yoki tijorat tannarxiga bo'linadi. Sex
tannarxi shu sex doirasida, korxona tannarxi korxona doirasidagi
tovar ishlab chiqarish xarajatlarini o'z ichiga oladi. To'la tannarx esa
barcha ishlab chiqarish xarajatlaridan tashqari, tovarni iste’molchiga
yetkazib berish bilan bog'liq bo'Igan xarajatlarni o'z ichiga oladi.
Mahsulot tannarxiga quyidagilar kiradi: a) xomashyo va materialiar;
b) yoqilg'i va moylash materiallari; d) elektr energiya xarajatlari;
e) amortizatsiya ajratmasi; f) ish haqi; g) ijtimoiy sug'urta
ajratmalari; h) umumiy ishlab chiqarish xarajatlari; i) umumiy
xo'jalik xarajatlari. Bozor iqtisodiyotiga o'tilishi munosabati bilan
“Korxonalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to'g'risida’ gi
O'zbekiston Respublikasi qonuniga binoan tibbiyot sug'urtasiga
to'lov, majburiy sug'urta to'lovi, qisqa muddatli bank kreditiga
foiz ajratmasi to'lovlari joriy etilishi tannarx tarkibiga qo'shimcha
xarajatlar kiritdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot ishlab
chiqarish va sotish tannarx miqdoriga bog'liqdir. Zero, ishlab
chiqarish uchun eng asosiy masala shuki, yuqori foyda olish va
raqobatda yutish tannarxini qanchalik kamaytira olishga bog'liq
bo'ladi.
—
|