( ushbu
tushunchalarga qarang).
IQTISODIY SIYOSAT - hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash,
ayirboshlash va iste’mol qilish sohasidagi davlatning aniq maqsadga
yo'naltirilgan tadbirlari tizimidan iborat.
IQTISODIY TA’LIMOT, NAZARIYA,
QONUN, KATEGORIYA -
merkantilizm, fiziokratizm, klassik iqtisodiy maktab, marjinalizm
- bu iqtisodiy ta’limotlardir; “nufuz” “so'nggi soat”, “uchinchi
shaxslar”, yuqori foydalilik, umumiy bandlik, qiymatning mehnat
nazariyasi; qiymat, qo'shimcha qiymat, talab va taklif qonunlari;
tovar, mehnat taqsimoti, pul, narx, ish haqi, renta va boshqalar
iqtisodiy kategoriyalardir.
IQTISODIY VA IJTIMOIY KENGASH (EKOSOS) - BMTning asosiy
boshqaruv organlaridan biri bo'lib, uningXIM sohasidagi faoliyatini
muvofiqlashtirib turadi.
IQTISODIY-EKOLOGIK BOSHQARUVNING MA’MURIYNAZORAT
INSTRUMENTLARI - yuridik (korxonalar, tashkilotlar) va
jismoniy shaxslaming iqtisodiy-ekologik faoliyati natijalariga
ushbu shaxslar amal qilishi va erishishi kerak bo'lgan maqsadlar,
standartlar, reglamentlarni qonunlar va boshqa tartibga solish
vositalarini qo'llash orqali bevosita ta’sir ko'rsatishga mo'ljallangan.
IQTISODIY-EKOLOGIK SIYOSAT - iqtisodiy siyosatning o'ziga xos
turi va yo'nalishidir. Iqtisodiy-ekologik siyosat - davlatning tabiiy
muhit va tabiiy resurslardan foydalanish, ularni saqlash, asrash,
muhofaza qilish hamda tabiatdan foydalanishga asoslangan ishlab
chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol sohalarida maqsadga
muvofiq yo'naltirilgan tadbirlar tizimidir. U mamlakatning
iqtisodiy-ekologik manfaatlarini aks ettirishi vaekologikxavfsizlikni
mustahkamlashga yo'naltirilishi lozim.
IQTISODIY-EKOLOGIK TIZIM LAR - ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiatdagi
tabiiy jarayonlarning o'zaro bog'liq va o'zaro shartlangan
harakatini ifodalaydigan iqtisodiyot va tabiat integratsiyasidir.
Iqtisodiy-ekologik munosabatlar - insonlar o'rtasida tabiatdan
foydalanish, ekologik tizimlarni tiklash va muhofaza qilish, foydali
qazilmalarni qazib olish va ularni qayta ishlash, ishlab chiqarishni
ekologiyalashtirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlardir.
IQTISODIY-MATEMATIK USULLAR - kompleks iqtisodiy va matematik
ilmiy fanlarning umumiy nomi bo'lib, ular yordamida iqtisodiy
jarayonlarni o'rganish vositalari ishlab chiqiladi.
IQTISODIYOT - 1. Iqtisodiyot, xalq xo'jaligi tarmoqlari, bo'limlari yig'indisi.
2. Sektorlar (sanoat, qishloq xo'jaligi, xizmat ko'rsatish) va davlat
xo'jaligi bo'limlari, ishlab chiqarish sharoitlari va elementlarini
o'rganuvchi fan. Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli
foydalanib, insonlar uchun zarur bo'lgan hayotiy vositalarni ishlab
chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan hamda chambarchas
bog'liqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligidir.
IQTISODIYOT AKTIVLARI - obyektlar bo'lib, ularga institutsion birliklar
yakka holda yoki jamoa bo'lib egalik qilish huquqiga ega bo'ladilar.
Ularning egalari ma’lum vaqt davomida ularga egalik qilishdan
yoki ulardan foydalanishdan iqtisodiy naf ko'radilar. Iqtisodiy
aktivlarmoliyaviy va nomoliyaviy aktivlarga bo'linadi. Nomoliyaviy
aktivlarga ishlab chiqarilgan (asosiy fondlar, material aylanma
mablag'lar, boyliklar) va ishlab chiqarilmagan (yer, yer osti qazilma
boyliklar, o'rmon resurslari, patentlar, litsenziyalar va h.k.) aktivlar
kiradi. Moliyaviy aktivlarga ega monetar oltin, mavjud pul va
depozitlar, qimmatli qog'ozlar, ssudalar, debitor va kreditor qarzlari
kiradi.
IQTISODIYOT NAZARIYASI - insonning cheksiz ehtiyojlarini yuqori darajada
qondirish uchun, cheklangan iqtisodiy resurslardan samarali
foydalanish yo'llarini tanlash sharoitida kishilik jamiyatining
rivojlanish qonuni va qonuniyatlarini o'rganadi. Shuningdek,
iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy tizimlar evolyutsiyasi, milliy boylik
va jamiyat farovonligini oshirish manbalari hamda harakatga
keltiruvchi kuchlarni tahlil etishni ham o'z ichiga oladi. Iqtisodiyot
nazariyasi fani barcha iqtisodiy fanlarning poydevori va davlat
iqtisodiy siyosatining ilmiy asosi hisoblanadi.
IQTISODIYOTDA XALQARO TENG MANFAATLI HAMKORLIKNI
O'RNATISHGA
INTILISH
-
yangi
ishlab
chiqarish
munosabatlarida iqtisodiy barqarorlik va tovar ayirboshlashda
xalqaro hurmat tamoyillariga rioya etish tashqi iqtisodiy aloqalar
rivojlanish garovidir.
IQTISODIYOTNI ANTITSIK BOSHQARISH - rivojlangan mamlakatlar
hukumatining iqtisodiy sikllari tebranishini yumshatish maqsadida
olib boradigan iqtisodiy siyosat.
IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH - 1.
Davlatning xo'jalik subyektlariga va bozor konyunkturasiga bozor
mexanizmlariga amal qilishi uchun normal sharoit yaratish hamda
ekologik va ijtimoiy muammolarni hal etish maqsadida ta’sir etishi.
2. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, tartibga solish bir maromda
ishlashini yo'lga qo'yish; iqtisodiy holatlar va ularning aloqalari
o'zgarishi yoki quwatlashni ta’minlovchi maqsadli yo'naltirilgan
jarayonlar. Mexanizmlari: soliqlar, narxlar, davlat budjeti va
tadbirkorligi, pul-kredit vositalari yordamida muayyan iqtisodiy
siyosatni amalga oshirish.
IQTISODIYOTNI DIVERSIFIKATSIYALASHTIRISH - ishlab chiqarish-
ning tarmoqlar tarkibini murakkablashtirish jarayoni. Bunda
mahsulot turlarining xilma-xilligi va ixtisoslashgan korxonalar soni
oshadi.
IQTISODIYOTNI ERKINLASHTIRISH - davlatlashtirishdan qaytish yoki
bu davlatning iqtisodiy faoliyatidagi hukmronligini, monopol
mavqeyini yo'qotib, iqtisodiyotni boshqarishda yagona davlat
mexanizmio'rnigaaralashiqtisodiyotgaxosbozormexanizmigakeng
yo'l berishni ifodalaydi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish iqtisodiyotni
tartibga solishni to'la bozor mexanizmiga topshirish emas, balki
bozor mexanizmibilan davlat aralashuvi optimal darajada bo'lishini
ta’minlashdan iborat.
IQTISODIYOTNI TARTIBLASH - bu davlatning undagi turli bo'g'inlar, soha
va tarmoqlar faoliyatining bir-biriga bog'lanishi hamda mos holda
rivojlanib borishi masalasida amalga oshiradigan ma’muriy va
iqtisodiy chora-tadbirlari majmuyidan iborat.
IQTISODIYOTNING
DINAMIK
MODELLARI
-
iqtisodiyotning
rivojlanishini ko'rsatuvchi modellar.
IQTISODIYOTNING
INTERNATSIONALIZATSIYALASHUVI
- xalqaro mehnat taqsimoti natijasida ayrim mamlakatlar
(internatsionalizatsiya) o'rtasida barqaror ishlab chiqarish iqtisodiy
aloqalarning yuzaga kelishi va ularning xalq xo'jaligida chambarchas
bog'lanib ketishi.
IQTISODIYOTNING NORASMIY SEKTORIDA ISH BILAN BAND LAR
- doimiy, vaqtinchalik, mavsumiy ishlarni yollanib bajaradigan, o'z
biznesiga ega, ro'yxatga olinmagan faoliyatdan ish haqi, daromad
topadigan shaxslar.
IQTISODIYOTNING
RAQOBATBARD OSHLIGI
-
mamlakat
iqtisodiyotining xalqaro savdoda ishtirok etish, jahon bozoridagi o'z
о ‘mi va mavqeini saqlab qolish va kengaytira olish, jahon talablariga
javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqara olish layoqati bo'lib,
quyidagilar orqali belgilanadi: mamlakatdagi ishlab chiqarishning
texnik-iqtisodiy darajasi, ishlab chiqarish xarajatlari miqdori, ishlab
chiqarilayotgan tovarlar sifati, infratuzilmaning rivojlanganlik
darajasi, mutlaq va nisbiy ustunliklarning mavjudligi.
|