-bob. Yig’ish va nazorat qilish jarayonlarini avtomatlashtirish




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/88
Sana31.01.2024
Hajmi8,74 Mb.
#149272
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   88
Bog'liq
AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK

8-bob. Yig’ish va nazorat qilish jarayonlarini avtomatlashtirish. 
8.1 Mashinasozlik korxonalarida yig’ish jarayonlari. 
Mashinasozlik korxonalarida mahsulot ishlab chiqarishda metallarni kesib 
ishlash va yig’ish texnologik jarayonlari muxim rol o’ynaydi. Metallarni 
kesib 
ishlash texnologik jarayoni uchun har xil turdagi dastgohlar, uskunalar, avtomat va 
avtomatik liniyalar mavjud. Bu jarayonlarni avtomatlashtirish darajasi boshqa 
turdagi texnologik jarayonlarga nisbatan ancha Yuqori. 
Yig’ish jarayonlari o’zining murakkabligi bilan boshqa texnologik 
jarayonlardan ajralib turadi. Bu texnologik jarayondagi yig’iladigan detal va 
birikmalar xilma xilligi sababli ular uchun umumiy bir o’zgarmas texnologiya 
yaratish ancha qiyin. Ular uchun umumiy texnologik jihoz ham yaratish mumkin 
emas. Bular o’z navbatida yig’ish jarayonlarini mexanizasiyalash va 
avtomatlashtirish darajasini ancha pasaytirib yuboradi. Shu sababli bu jarayonlar 
asosan qo’l kuchi yordamida bajarilib kelinmoqda. 
O’zaroalmashinuvchanlik prinsiplariga tayangan holda yuqori aniqlikdagi 
yig’ish jarayoni yalpi va ko’p seriyali korxonalarida olib boriladi. 
Mayda 
seriyali, 
donalb 
ishlab 
chiqarish 
korxonalarida 
o’zaroalmashinuvchanlik prinsiplari iqtisodiy jixatdan yaxshi natijalar bermaydi. 
Bu korxonalarda detallar asosan universal o’lchov asboblari yordamida bajariladi. 
Shuning uchun ishlov berilayotgan detal yuzalari ko’p xollarda ruxsat etilgan 
o’lchovlardan oshib ketadi. Bu o’z navbatida yig’ish jarayoni davrida detal 
Yuzalariga qo’shimcha ishlov berishni taqazo etadi, ya’ni joyida kerakli o’lchamga 
(prigonka) yetkazish kerak. O’lchamga yetkazish usuli seriyali korxonalarda ham 
ishlatilishi mumkin, chunki ayrim xollarda oraliq masofalarni kichikligi (dopusk) 
iqtisodiy jihatdan qulayroq bo’lgan variantlardan foydalanishni taqozo etadi. 
Agarda yig’ish jarayonidagi aniqlik o’lchamga yetkazish usuli yordamida 
bajarilsa, o’lchov zanjiridagi detallarni ortirilgan oraliq masofali qilib tayyorlanadi. 
Zanjirdagi oxirgi zvenoning oraliq masofasi 
1
1
1







m
i
holat uchun talab etilgan 


dan katta bo’ladi. Bu o’z navbatida 
k









193 
bu erda 
k

-o’lcham xatoligi. 
O’lchamiga yetkazish ishlarida kompensatsiya detallari ushbu holat uchun 
tayyorlandi, ya’ni faqat mana shu birikma uchun yaroqli hisoblanadi. 
Demak, o’lchamiga yyetkazish ishlari yig’ish jarayonida texnik jixatdan 
kerakli hisoblanib sexlarda detallarga ishlov berish sifati pastligidan kelib chiqadi. 
O’lchamiga yetkazish jarayoni ikki etapdan iborat: xatolikni kattaligini 
aniqlash va ushbu kattalikni yo’qotish maqsadida ortiqcha metall qatlamini olib 
tashlash. Ushbu jarayonni vaqtini chegaralash juda qiyin masala, sababi har bir 
holat uchun xatolik har xil bo’lishi mumkin. 
Og’ir jihozlar ishlab chiqadigan mayda seriyali korxonalarda o’lchamiga 
yyetkazish ishlari umumiy ishning 17-28% ni tashkil qiladi. 
SHundan 6-7% ichki slindrik yuzalarda ishlov berish bo’lsa 7-14% har-xil 
yuzalarga ishlov berishdir. 
O’lchamiga yetkazish usullardan ko’p tarqalganlariga egovlash, tozalash, 
ishqalash, yaltiratish, shaberlash, teshik teshish, teshikni razvertkalash, egish va 
boshqalar ma’lumki, kesish asboblari yordamida detallarga beriladigan yuzalarda 
har-xil notekisliklar, chuqurchalar, g’adir budurliklar hosil bo’ladi. Ularning 
o’lchamlari ishlov berish usuliga bog’liq. 
SHu narsani ta’kidlab o’tish kerakki xalq xo’jaligida har yili bir necha ming 
traktor va mashinalar remont qilinadi. Remont davrida mashina mexanizmlari 
alohida-alohida birikmalarga, detallarga ajralib yaroqsiz holatga kelganlari 
almashtirilib har hil nosozliklarga barxam berilib yana boshqalatdan yig’ilib 
tiklanadi. Bu jarayon mashina va jihozlar uchun butun ishlash faoliyatida bir necha 
marta takrorlanishi mumkin. Misol uchun traktorni kapital remont qilishdagi 
mehnat ayrim holatlarda traktor ishlab chiqarishdagi mehnatdan ham oshib ketadi. 
Bu o’z navbatida ishlab chiqarish korxonalari oldida katta vazifalarni yuklaydi. 
Mashina va jihozlar yuqori sifatga ega bo’lishi yig’ish jarayonlari qanday 
bajarilganligiga ham bog’liq. SHuning uchun yig’ish jarayoniga keyingi paytlarda 
ko’p e’tibor berilib kelinmoqda. 


194 
Yig’ish jarayolarini takomillashtirib borish o’z oldiga quyidagi bir biriga 
bog’liq asosiy vazafalarni qo’yadi: maqbul texnologik jarayonni tanlash, uni 
bajarish uchun kerakli vosita konstruksiyasini yaratish, mexanizatsiyalash va 
avtomatizatsiyalash vositalarini tadbiq etish va jarayonni aniq boshqarish. Bu 
vazifalar ichidan texnologik jarayonlarni aniq tanlash muxim ro’l o’ynaydi. 
Mashinasozlik korxonalarining mahsuloti mexanizm yoki mashina
murakkab ishlab chiqarish jarayoni maxsuli bo’lib material va yarim fabrikalardan 
tayyor mahsulotga aylantiruvchi harakatlar majmuasidir.
Agarda mexaniq ishlov berishda “texnologik jarayon” detal tayyorlashni o’z 
ichiga olsa, yig’ish korxonasida bu jarayon ikki yoki undan ko’p detallarni bir 
biriga bog’lanish tushuniladi. Yig’ish jarayonlari asosan detal ishlab chiqariladigan 
ishlab chiqarish korxonasilarning o’zida olib boriladi yoki birikmalar tarzida 
yig’ilib kerakli ishlab chiqarish korxonasilarga jyonatiladi. Bu ayniqsa avtomobil 
ishlab chiquvchi ishlab chiqarish korxonasilarga ta’luqli bo’ladi. Misol tariqasida 
“Asaka GM” ishlab chiqarish korxonasiini oladigan bo’lsak butlovchi qismlar 
asosan chetdan keltirilib ishlab chiqarish korxonasida ular yig’ilib tayyor 
avtomobil chiqaridali. Kelajakda butlovchi qismlarni asosiy qismi ishlab chiqarish 
korxonasi atrofidagi ko’pgina qo’shma korxonalarda ishlab chiqish ko’zda 
tutilgan. Bularga Farg’onadagi “TAPO DISK” qo’shma korxonasi disklarni 
yetkazib berishga kirishdi. Umuman olganda yig’ish jarayoni bu murakkab 
texnologik hisoblanadi. 
Mahsulot sifatiga yig’ish jarayoni muhim ro’l o’ynaydi. Tayyor mahsulot 
sifatini oshirish omillariga yig’ish texnologiyasini takomillashtirish, jihozlarni 
mexanizasiyalash va avtomatizasiyalash borasida kerakli asbob uskunalar, 
moslamalar bilan ta’minlash, ishchilar malakasini doimiy ravishda oshirib borish 
hamda ularni moddiy tomondan rag’batlantirib borish muhim axamiyatga ega. 
Quyidagi jadvalda mashinasozlik tarmoqlarida yig’ish jarayonini o’rnini 
yaqqol ko’rish mumkin. 


195 
8.1-jadval 
Mashinasozlik tarmoqlari 
Umumiy mahsulot 
tayyorlashda yig’ish 
jarayonlarini tutgan 
o’rni, % 
Umumiy mehnat xajmiga 
nisbatan yig’ish jarayonlarini 
tarkibi, % 
Mexanizatsiya-
lashgan 
Qo’l kuchi 
yordamida 
Og’ir mashinasozlik 
30-35 
15-20 
80-85 
Dastgohsozlik 
25-30 
22-25 
75-78 
Avtomobilsozlik 
18-20 
50-55 
45-50 
Traktor va qishloq xo’jalik 
mashinasozligi 
20-25 
40-50 
50-60 
Elektr mashinasozligi 
35-40 
25-30 
70-75 
Qurilish va yo’l qurilish 
mashinasozligi 
25-30 
35-40 
60-65 

Download 8,74 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   88




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Yig’ish va nazorat qilish jarayonlarini avtomatlashtirish

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish