• Avtooperatorlar.
  •  Yukni tushiruvchi mexanizmlar va avtooperatorlar




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/88
    Sana31.01.2024
    Hajmi8,74 Mb.
    #149272
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   88
    Bog'liq
    AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK

     
    7.3 Yukni tushiruvchi mexanizmlar va avtooperatorlar. 


    190 
    Avtomatlashtirish jarayonida detallarga to’liq ishlov berilganidan so’ng 
    ishchi pozitsiyadan chiqarish, ya’ni ularni tushirish zarur. Buning uchun ba’zi 
    hollarda maxsus qurilma – yukni tushiruvchilardan foydalanishga to’g’ri keladi. 
    Ularning konstruksiyasi yuklovchilarga nisbatan biroz oddiyroq, chunki Yukni 
    tushirish jarayonida mahsulotlar orientirini yo’qotilishi ruhsat etiladi. YUk 
    tushiruvchilar sifatida ko’pincha oddiy itaruvchilar, tashlab Yuboruvchilar va 
    boshqalardan foydalaniladi. Lekin shunday operatsiyalar borki, tushirib olishni 
    mexanizasiyalash katta ahamiyatga ega, masalan sovuqlayin shtamplovchi ishlar. 
    Bir qator holatlarda shtamplangan detal puanson yoki matrisada qoladi va 
    tushirib yuborish kerak. Shtamplangan detallarni tushirib olish uchun (qo’l 
    hizmatidan foydalanilganda) ketadigan vaqt oddiy shtamplarda ushbu operatsiya’ni 
    bajarish uchun ketadigan umumiy vaqtning 35-50% (yordamchi vaqtlar bilan 
    birgalikda) tashkil etadi. 
    Ushbu vaqtni kamaytirish, shtamplangan detalni tushirib olishda inson 
    bevosita ishtirok etishini yo’qotish yoki texnologik chiqindilarni kamaytirish 
    uchun shtampga maxsus mexanizmlar kiritish yo’li bilan bajarish mumkin. 
    Tushirib olishni mexanizasiyalash unumdorlikni oshiradi va mehnat 
    sharoitini yaxshilaydi, qo’l mehnati bilan detallarni tushirib olishda ehtimoli 
    bo’lgan bahsiz xodisalarni to’liq bartaraf etadi. Shtamp konstruksiyalari va 
    shtamplanadigan detallar shakllari turlicha bo’lganligi sababli detallarni tushirib 
    olish uchun turli-tuman mexanizmlar mavjud. 
    Avtooperatorlar. Avtooperatorlarning ish jarayoni ancha murakkab: ular 
    mashinaga yuklash hamda yukni tushirib olishni bajaradi, ba’zida esa qo’shimcha 
    transportlash operatsiyasini bajaradi. 
    Avtooperatorning ish jarayoni quyidagilardan iborat: shesternyalarga ishlov 
    berish jarayoni tugallangach qisqich bo’shatiladi, detal ko’tariladi va avtooperator 
    tutgichi dastgoh ishchi zonasiga, detal tagiga kiritiladi. Shundan so’ng tutgich 
    ko’tariladi va detalni mashinalararo traspartyorga o’tkaziladi, transpartyor mashina 
    tomonidan barcha tarmoq uchun bir tizimda joylashtirilgan bo’lib, dastgohlar 
    ishlamaydigan zonada joylashgan, detal unga tushiriladi. Bunday holatda tutgich 


    191 
    zagotovkani bir qadamga siljishi va yana yangi zagotovkani joylashtirishga imkon 
    yaratadi va uni mashinani ishchi zonasiga o’tkazadi, qisqichli qurilma tushiriladi. 
    Avtooperatorlar xalqalarga ishlov berish uchun keng qo’llaniladi. 
    Zagotovkali patron dastgoh patronlar kulachogi zonasiga kirib, zagotovkani 
    bo’shatadi va uni dastgoh patronlari tayanchiga siqadi. Zagotovka dastgoh 
    patronlariga siqilgach, itargich orqaga – daslabki holatiga qaytadi. SHu bilan 
    avtooperator ishi yakunlanadi. Dastgoh shpindeli aylana boshlaydi, shpindelli 
    baraban o’giriladi va yuklash pozitsiyasiga ishlov berilgan xalqa bilan navbatdagi 
    shpindel keladi. So’ng barcha jarayon tushirish va o’rnatish qaytariladi. Ishlov 
    berilgan va zagotovkani tayyorlashni avtooperator, boshqa shpindellarda 
    xalqalarga ishlov berilayotgan vaqtda bajariladi, ya’ni qo’shimcha ish vaqti 
    sarflanmaydi. 


    192 

    Download 8,74 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   88




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Yukni tushiruvchi mexanizmlar va avtooperatorlar

    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish