ADABIYOTLAR……………………………………………………………….196




Download 6.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/79
Sana14.04.2023
Hajmi6.14 Mb.
#51390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
12681 2 F72F427EAC6752EA0683D51B2230A167C650D20A
qijOVkpMdgXf9gT0rlWJDN9pdgw3si8YdFfGw5IH, O’ktamboyev Samandar Xurramjon o’g’li, tilshunosliknazariyasinashr2020 0, Mavzu Kompyuter o’yinlari-manqurtlik vositasi, 4-lab, 1-lab
ADABIYOTLAR……………………………………………………………….196 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
ANNOTATSIYA 
Mazkur o`quv qo`llanma 5111700-Boshlang`ich ta`lim va sport -tarbiyaviy ish 
ta`limy o`nalishi talabalari va umumiy o`rta ta`lim muassasalarining 
―Texnologiya‖ fan o`qituvchilari uchun mo`ljallangan bo`lib,unda fanning maqsad 
va vazifalari,metodologik asoslari,tarixiy taraqqiyoti,diddaktik asoslari,ta`lim 
metodlarining 
tasnifi,ilmiy 
tadqiqot 
metodlari,amaliy 
fanlar 
bilan 
integratsiyasi,fanni o`qitish jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan 
foydalanish, ―Texnologiya‖ fanini o`qitish metodikasiga qo`yiladigan metodik 
talablar kabi masalalar yoritilgan. 



АННОТАЦИЯ 
Учебное пособие предназначено для студентов специальности 5111700-
Начальное образование и физкультурно-воспитательная работа и 
преподавателей специальности «Технология» общего среднего образования 
Цели и задачи науки, методологические основы, историческое развитие, 
дидактические основы, классификация методов обучения, методы 
исследования , интеграция с прикладными науками, использование 
инновационных педагогических технологий в обучении науке, методика 
преподавания «Технология» Освещены такие вопросы, как методические 
требования. 
ANNOTATION 
The textbook is intended for students of the specialty 5111700-Primary education 
and physical culture and educational work and teachers of the specialty 
"Technology" of general secondary education Goals and objectives of science, 
methodological foundations, historical development, didactic foundations, 
classification of teaching methods, research methods, integration with applied 
sciences, the use of innovative pedagogical technologies in teaching science, 
teaching methods "Technology" Issues such as methodological requirements are 
highlighted. 
Kirish 
Oʻzbekiston Respublikasining ―Harakatlar strategiyasi‖da taʼlim sifatini 
oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalari alohida oʻrin 
egallaydi. Harakatlar strategiyasidan koʻzlangan asosiy maqsad – Oʻzbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha yoshlar uchun 
2017-2021 yillarga moʻljallangan harakatlar strategiyasiga yanada kengroq jalb 
qilishdir. Talim sohasidagi islohotlar O‗zbekiston Respublikasi ijtimoiy iqtisodiy 
va 
madaniy 
taraqqiyoti 
istiqbolini 
belgilash, 
jahon 
hamjamiyati 
mamlakatlari 
safidan munosib o‗rin egallashga intilish 



yo‗lidagi keng ko‗lamli ishlarni amalga oshirish bilan kechmoqda. Yoshlarning 
bilim va iqtidorini chuqurlashtirish, ularning kelgusida malakali kadrlar boʻlib 
Oʻzbekistonni yanada rivojlantirishdagi ishtirokini taʼminlash maqsadida taʼlim 
jarayonida zamonaviy yondashuvlar joriy etilmoqda, shunga javoban bu ishni 
samarali va amaliyotga joriy etishda natijaviylikka eʼtiborni qaratamiz. 
Texnologiya va uni oʻqitishi metodikasi fani pedagogika, psixologiya, tasviriy 
sanʼat, tabiatshunoslik fanlari bilan bogʻlanadi. Talabalarning bilish faoliyatini 
faollashtirishi asosida ularni toʻgarak ishlariga, ilgʻor oʻqituvchilarning ish 
tajribalarini oʻrganishi va ommalashtirishga, mustaqil ishlar, maʼruzalar, kurs 
ishlari va bitiruv malakaviy ishi yozishga jalb qilish tavsiya etiladi. Texnologiya va 
uni oʻqitish metodikasi fani taʼlim metodikalari kursi fani hisoblanib, fanning 
asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilgʻor oʻqituvchilarning ish 
tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida yoritib beriladi. Oʻquvchilarni amaliy 
ishga tayyorlash va ularni mehnat malaka va koʻnikma]arini egallashlarini 
taʼminlaydi. Texnologiya fanining tarbiyaviy ahamiyati oʻquvchilarda 
mehnatsevarlik, masʼuliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini 
tarbiyalashda, oʻquvchilaring aqliy oʻsishida eng muhim iroda va axloqiy 
sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Oʻquvchilar oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan 
oʻzaro yordam esa, ularda doʻstlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi 
fazilatlarni tarbiyalaydi. Talabalarning fanni oʻzlashtirish jarayonida darsliklar, 
oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, maʼruza matnlari, texnik vositalardan unumli 
foydalanish, uzatish qurilmalari yordamida slaydlardan va elektron materiallar yoki 
boshqa texnik vositalardan foydalanishda pedagogik texnologiya yutuqlarini 
qoʻllash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, interfaol usullarni, 
taʼlimiy vositalarni va taʼlimiy oʻyinlarni taʼlim jarayoniga tadbiq etishda muhim 
ahamiyatga ega. Fanni oʻqitishdan maqsad — talabalarni boshlangʻich sinflarda 
texnologiya fanining mazmuni va vazifalari, oʻqitish usullari, taʼlimiy vositalar 
bilan tanishtirish va ularni taʼlim jarayoniga tadbiq etish boʻyicha bilim, koʻnikma 
va malakalarini shakllantirishdir. Fanning vazifalari — boshlangʻich sinflarda 
texnologiya fanining asosiy vazifalari oʻquvchilarni mehnatga tayyorlash, bilim 



berish va umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflarida kasblar haqida 
maʼlumot berish izchilligini takomillashtirish, Davlat taʼlim standartlari talabi 
boʻyicha nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat. Qoʻllanmada har bir amaliy 
mashgʻulotlarning mavzusi, unga tayyorlanish jarayonida talaba bajarishi lozim 
boʻlgan topshiriqlar, metodik koʻrsatmalar va eng muhim nazariy manbalar 
keltirilgan. Ushbu qoʻllanmada fan dasturidan kelib chiqib berilgan maʼruza 
mashgʻulotlarini tashkil etish yuzasidan amaliy mashgʻulotlar mazmuni va 
mashgʻulotlar uchun qoʻshimcha materiallar berilgan. Shuningdek,qollanmada 
o`quv 
muassasida 
bo`lishi 
lozim 
bo`lgan 
o`quv 
ko`rsatmali 
metodlar,shakllari,texnologiyalarining muhimligi,texnologiya fani o`quv-uslubiy 
jarayonlarini samaradorligini oshirishdagi ahamiyati,ko`rgazmali qurollar,tarqatma 
materiallarni tayyorlash haqida ham ma`lumotlar bayon qilingan. 
Mazkur o`quv qo`llanma barcha berilgan talablar asosida ishlab chiqilgan 
bo`lib,oliy ta`lim muassasalarining ―Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy 
ish‖yo`nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda umumiy o`rta ta`lim 
muassasalari texnologiya fani o`qituvchilari uchun qo`llanma sifatida tavsiya 
qilinadi. 

Download 6.14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Download 6.14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ADABIYOTLAR……………………………………………………………….196

Download 6.14 Mb.
Pdf ko'rish