|
-§. Anketa, so‘rovnomalari va nazorat testlarini yaratuvchi dasturlar
|
bet | 65/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligi 13-§. Anketa, so‘rovnomalari va nazorat testlarini yaratuvchi dasturlar. Google Clasroom.
Shu paytgacha test yaratuvchi dasturlardan ta’lim jarayonida foydalanib kelingan va hozirgacha foydalanilmoqda. Lekin dars jarayonida onlayn test yaratuvchi platformalardan deyarli foydalanilmaydi. Hozirgi rivojlangan texnika asrida internet axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish kerak. Shu paytgacha test yaratuvchi dasturlar ustida olimlar ko‘plab ilmiy ishlar ustida ishlashgan va amalda sinab ham ko‘rishgan.
Ta’lim jarayoni an’anaviy yoki masofaviy ta’lim bo‘lishidan qat’iy nazar o‘quvchilarning darsga qiziqishini orttirish ularni o‘z ustida ishlashlari uchun undash mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. O‘quvchi dars jarayonida savolni javobini bilmasa qo‘rqib “bilmayman” deb emas aksincha shu savolni javobini qo‘rqmasdan katta qiziqish bilan “bilmayman” lekin bilishni hohlayman deb javob berishi kerak deb o‘ylayman nazarimda. O‘quvchilar dars jarayonida bilim olishga bo‘lgan ishtiyoq, tirishqoqlik, qiziqish, dars jarayoni boshlanishini intizorlik bilan kutish ko‘nikmalarini shakllantirish kerak. Shundagina ta’limda ancha o‘sish va rivojlanish bo‘ladi.
Hozirgi fan texnika rivojlangan davrda dars jarayonida interaktiv test yaratuvchi onlayn platformalardan foydalanish o‘quvchilarning bilimini nazorat qilish, fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish va dars jarayonining qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi. Quizizz, Kahoot, Wordwall va Google docs kabi onlayn test yaratuvchi platformalardan foydalanib o‘quvchilar bilimini nazorat qilish darsda interaktiv savol javob o‘tqazish o‘quvchilar qiziqishini orttirishi mumkin. Bu platformalar viktorinalar yaratuvchi maktablar va boshqa ta'lim muassasalarida sinfda qo‘llaniladigan o‘yin o‘rganish platformasi. Platforma veb-versiyasiga ega hamda mobil smartfonlardan foydalanish ham mumkin. Quizizz, Kahoot, Wordwall, Google docs onlayn platformalardan foydalanib test topshiriqlarini yaratib o‘quvchilar bilimini tekshirish uchun, guruh faoliyati uchun yoki darsda tanaffus sifatida foydalanish mumkin.
Bu onlayn platformalarda yaratilgan interaktiv o‘yinli testlar o‘quvchilar diqqatini tortadi. O‘quvchilar o‘yinlar orqali test savollarini yechadilar. O‘quvchilar o‘rtasida raqobatlashish, chaqqonlik, ziyraklik, diqqatlilik kabi ko‘nikmalari shakllanadi. Zero raqobat bor joyda o‘sish bor deb bejizga aytilmagan. Har bir savol uchun vaqt belgilangan bo‘ladi shu vaqt ichida o‘quvchilar javob berishlari kerak bo‘ladi. Vaqt tugagach yoki barcha o‘quvchilar test savollariga javob bergach ularning natijasi shu zahoti ekranda paydo bo‘ladi. Agar savolni javobini qanchalik tez va to‘g’ri javob bersa ushbu o‘quvchiga ko‘proq ball qo‘shiladi. Test yakunlanganda podium ya’ni birinchi, ikkinchi va uchinchi, o‘rinlar aniqlanadi.
O‘quvchilar interfaol doska, proyektor, monitor yoki VNC orqali virtual ulashiladigan ekran kabi umumiy ekran atrofida to‘planishadi. O‘yin jarayoni oddiy: barcha o‘quvchilar o‘z qurilmalarida bir vaqtning o‘zida savollarga javob berishadi. Savollar ekranda birin-ketin o‘quvchilarga ko‘rsatiladi. Ishtirokchilar har bir to‘g'ri javob uchun ball oladi. Viktorina oxirida ekranda barcha ishtirokchilarning savollariga javob berish paytida to‘plagan ballari ko‘rsatiladi.
Shuni aytish mumkinki dars jarayonini Quizizz, Kahoot, GoogleDocs va Wordwall onlayn test yaratuvchi o’yinli platformalarda elеktron testlar kompleksini yaratish va uni ta’limda qo`llash natijasida o‘quvchilarning bilim bеrish uchun onlayn platformalardan foydalanish mumkin.
13.1-rasm Test tuzuvchi dasturlar
|
| |