yaratish texnologiyasi
Bugungi kunda grafik media mahsulotlarga boʻlgan talab va eʻtibor kun sayin ortib bormoqda. Ijtimoiy media marketing rivoji rivojlangani sayin, insonlarga xizmat, mahsulot hamda faoliyat haqida uzundan-uzoq tekstli maʻlumotlardan koʻr vizual kontent — infografikalar taqdim etilishi ancha effekt bermoqda.
Infografika — axborotni taqdim etishning grafik usulidir. Boshqacha qilib aytganda, buni rasm koʻrinishidagi maʻlumotlar desak ham boʻladi. Infografika boshqa elementlarni (matn, koʻrsatkichlar, diagrammalar, bloklar va ikonlar) oʻz ichiga olishi mumkin, unda grafik tasvirlar asosiy rol oʻynaydi.
Infografika, umuman olganda, axborot uzatishning mustaqil vositasidir. Bir soʻz bilan aytganda, infografika materialni tez, vizual va yorqin taqdim etish uchun moʻljallangan.32
Infografikaning koʻpgina afzalliklari bor:
Birinchidan, infografika sizga katta hajmdagi maʻlumotlarni koʻrsatishga imkon beradi — matnni uzoq vaqt oʻqish uchun bugungi auditoriyaning sabri va vaqti kamlik qilmoqda.
Ikkinchidan, yaxshi infografika maʻlumotni yanada aniqroq qiladi.
Uchinchidan, qiziqarli rasm tomoshabinlarning eʻtiborini jalb qilishga yordam beradi, shuning uchun bu format ommaviy ravishda qoʻllaniladi. Bugungi zamonaviy taʻlim tizimida ham infografik materiallardan koʻproq foydalanish tavsiya etilmoqda.
O‘ziga xos va ijodiy infografika ko‘pincha eng samarali hisoblanadi. Sababi, original infografika diqqatni o‘ziga tortadi va sizni e’tiborsiz o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Infografika sohasidagi birinchi ilmiy tadqiqotlar 20–30-yillarda boshlangan. XX asr Avstriyalik sotsiolog va iqtisodchi Otto Neyrat Isotype (Xalqaro tipografik rasm ta’limi tizimi) yagona grafik tilini yaratish g‘oyasini taklif qildi.
12.1 rasm Infografikaning foydalanish sohalari
Ushbu grafik tilning birinchi qoidalari O. Neurath tomonidan 1936 yilda "International Picture Language, The First Rules of Isotype" kitobidanashr etilgan.Ta’lim darajasi va tilni bilish darajasidan qat’i nazar, aholini o‘qitish uchun turli xil ta’lim ma’lumotlarini ifodalash uchun grafik belgilar lug‘atini yaratish kontseptsiyasi taklifini berdi.33 Edvard Tufte zamonaviy infografikaning otasi hisoblanadi, u infografikani rivojlantirish kontseptsiyasini va uning misollarining ulkan to‘plamini yaratgan. E.Tyufte infografikani o‘rganishga turli tomonlardan yondashadi. Shunday qilib, "Vizual tushuntirishlar: tasvirlar va miqdorlar, dalillar va hikoyalar"asarida u nafaqat infografikaning asosiy g‘oyalari va imkoniyatlarini,ma’lumotlarni vizualizatsiya qilishning aniqligi, ishonchliligi va ko‘lamini shakllantiradi, balki jiddiy muammolarni hal qilish uchun axborot dizayni samaradorligini ko'rsatadi.
Infografika turlari. Infografika yaratadigon shablonlar (konstruktor) ga quyidagilarni kiritish mumkin: Visme, Adobe Spark, Canva, Venngage, Snappa, Piktochart va Easel.ly. Venngage shabloni bepul infografik yaratuvchi shablonlarni 9 turga bo'lgan.
12.2-rasm Infografika turlari
|