• 2. Ijodkorlik
  • 3. Vizualizatsiya
  • 4. Tashkilotchilik
  • 5. Shaffoflik
  • 7. Muvofiqlik
  • Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi




    Download 8,31 Mb.
    bet62/84
    Sana14.05.2024
    Hajmi8,31 Mb.
    #230471
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84
    Bog'liq
    1 Media va axborot savodxonligi

    Infografikaning tamoyillari
    Quyida keltirilgan infografika tamoyillari tahlil qilib chiqsak:
    1. Qisqa va “lo‘nda” Infografikaning asosiy maqsadi muayyan masala yoki muammoni yoritishdir. Savol shunday shakllan tuzilishi kerakki, u grafik tarzda taqdim etilishi mumkin, hamda javob qisqa va aniq bo‘lishi kerak.Qisqa va “lo‘nda”infografikalardan foydalanish uchun qo‘shimcha faktlar yoki ma’lumotlardanqo‘shishmumkin. Ushbu tamoyilga asoslangan qisqa va aniqinfografika, yanada samaraliroq idrok etishga yordam beradi.
    2. Ijodkorlik-Ijodkorlik infografika va oddiy diagramma o‘rtasidagi asosiy farqshundaki, taqdim etilayotganinfografika afisha(reklama)ko‘rinishida taqdim etiladi. Ushbu tamoyilda g‘ayrioddiy tipografiya, rasmlar, piktogrammalar va boshqa elementlardan foydalanishtavsiya etiladi.Bu esaijodkorlik va o‘ziga xosdizaynko‘rinishdainfografikani ajralib turishiga yordam beradi.
    3. Vizualizatsiya-Agar infografikafaqat matndan iborat bo‘lib qolishini istamasangiz vizualizatsiya tamoyilidan foydalanishni tavsiya etamiz. Oddiy ma’lumotlar zerikarli va ba’zan tushunish qiyinchilik tug‘diradi. Geometrik shakllar, grafikalar, diagrammalardan foydalanish ma’lumotlarni vizuallashtirishga yordam beradi. Iloji bo‘lsa, so‘zlarni piktogramma va belgilar bilan almashtirish lozim. Shuni e’tiborga olish kerakki, bugungi kunda faoliyat olib borayotgan insonlargaoddiy matnga qaraganda grafik ma’lumotlarni ko‘proq qiziqish bilan qabul qilishadi.
    4. Tashkilotchilik-Aniq va yaxshi tashkil etilgan ma’lumotlar har qanday sifatli infografikaning asosidir. Turli ma’lumot manbalarini solishtirib, olingan ma’lumotlar ob’ektiv va to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish lozim. Agar taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri tasvirlansa, eng dizayni kuchli infografikahamishtirokchilarnio‘zigajalb qila olmaydi.
    5. Shaffoflik-Ishtirokchilar berilgan ma’lumotlarni chuqurroq o‘rganishlari uchun ularga imkoniyat yaratish hamda foydalanuvchilarga manbalarni taqdim etib turilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    6. Aniqlik-Infografika yaratishda ehtiyotkorlik bilan yaratish lozim. Ma’lumotni diagramma yoki grafik ko‘rinishida taqdimetishda xato qilib qo‘ymaslik kerak. Infografikani avvaldan tasavvur qilish uchun turli shakl va oʻlchamlardan foydalanish muhim. Infografikani yaratishda matematikava grafikadan foydalanish maqsadga muvofiq.
    7. Muvofiqlik-Infografikaga mos uslub va ko‘rinishtaqdim etish kerak. Agar jiddiy mavzuga ega infografika yaratilayotgan bo‘lsa uni yorqinranglardan foydalanish to‘g‘ri kelmaydi. Savollarni ma’noli aks ettiradigan mos dizaynni tanlash muvofiqlikni o‘rnatadi.
    8. Oddiylik-Vizual elementlar va ma’lumotlar miqdorini oshirib yubormaslik kerak. Juda ko‘p tafsilotlar infografikani tushunishni qiyinlashtirishi mumkin. Maqsadli auditoriyani avvaldan bilish yaratilayotgan infografikaning vizual murakkabligi va dizaynini o‘zgartirishga yordam beradi.Aytaylik, yangiliklar sayti uchun infografika tuzish kerak bo‘lsa, ko‘plab grafik elementlardan foydalanish ishtirokchilarnizeriktirib qo‘yishi mumkin. Biroq, agar OAVuchun infografika yaratiladigan bo‘lsa, yanada murakkab grafik elementlarni kiritish va batafsil ma’lumot qo‘shish mumkin.

    Download 8,31 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84




    Download 8,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi

    Download 8,31 Mb.