|
Infografikani yaratish texnologiyalari
|
bet | 63/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligiInfografikani yaratish texnologiyalari.
Infografikani yaratishda quyidagi qadamlarni tavsiya etamiz:
1-qadam-infografika yordamida erishish kerak bo‘lgan maqsad va vazifalarni aniqlash(mavzu sohasiga qarab). Shuni hisobga olish kerakki, grafikada haqiqatda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rsatish juda oson, mavhum tushunchalarni (fikr va sharhlar) vizual tekislikka o‘tkazish murakkab jarayonni taqozo etadi.
2-qadam–infografikaga o‘tkaziladigan ma’lumotni bo‘limlarga, qismlarga, nuqtalarga ajratish. Har bir bo‘lim alohida rasm yoki grafikabilan taqdim etiladi. Ishtirokchilarga tanish va tez-tez foydalanadigan to‘g‘ri vizual tasvirlarni tanlash maqsadga muvofiq.
3-qadam- ya’ni infografika quriladigan hikoya, asosiy vizual metafora bilan tanishish. Bu oddiy va hamma uchun ma’lum bo‘lishi kerak. Nafaqat tayyor infografikadan foydalanish, balki mustaqilyaratish ham foydalidir: aloqalar, algoritmlar va diagrammalar chizish, g‘oyalar uchun belgilarni o‘ylab topish. Infografikani yaratish jarayonida mustaqil ravishda kerakli ma’lumotlarni olish va uni mustaqil ravishda qayta ishlash kerak. Faqat faktlarni tizimlashtiribgina qolmay, balki ularni tizimlashtirish natijasini ham vizual tarzda ifodalash lozim.
Infografikaga murojaat qilganda maqsadni aniq qo‘yishimiz kerak. Shuni esda tutish kerakki, infografika materialning mazmuniga qat’iy muvofiq bo‘lishi kerak. Har xil turdagi infografikalardan foydalanganda haddan tashqari ko‘p ob’yektlardan foydalanmaslik kerak, bu ishtirokchlarning e’tiborini chalg‘itadi va asosiy ma’lumotni idrok etishga xalaqit beradi. Ishni boshlashdan oldin, kelajakdagi infografika prototipelementlarini qo‘lda chizilishi mumkin. Keyin infografika yaratishda qaysi dasturdan foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilish kerak. Bunday dasturni tanlashda N.V.Kubrak ilmiy maqolasida optimal mezonlarni ajratib ko‘rsatib beradi.
Infografikani tez yaratish imkoniyati: ko‘p sonli shablonlar, tayyor grafik elementlarning mavjudligi va boshqalar;-har xil shriftlarda lotinalifbosini qo‘llab-quvvatlash. Masalan, mavjud Power Point dasturidan (Microsoft Office to‘plami) foydalanish mumkin. U slaydlarni yaratish uchun turli maketlar va mavzularga ega, ammo eng oson yo‘li bu dasturda infografika yaratish uchun maxsus mo‘ljallangan shablonlardan foydalanishdir. Masalan, dastur ishlab chiqaruvchi Hubspotkompaniyasibesh turdagi shablonlarni taklif qiladi.34
rangli infografika;
statistik ma’lumotlarga ega infografika;
qiyosiy infografika;
Pinterest sayti ruhida ishlangan infografika;
infografika uchun shablon.
PowerPointning so‘nggi versiyalarida (2019, 2021) SmartArt grafikasi mavjud(SmartArt yorlig‘ini kiritish tugmasi). Asosan, bu strukturalash uchun vositadir, ya’ni matnli ma’lumotlar va uni grafik shaklda taqdim etish (tushunadigan shaklda sxemalar). SmartArt chizmalaridan "blankalar" sifatida ham muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Ixtisoslashgan dasturlarda infografikani yaratish qulayroqdir. Quyidagi onlayn xizmatlardan foydalanishni tavsiya qilamiz: Easel.ly, Piktochart.com va Infogr.am.
Infografika yaratishda Easel.ly dasturini tavsiya qilishimiz mumkin.
|
| |