• BITIRUV MALAKAVIY ISHI
  • Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova




    Download 0.8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet99/104
    Sana11.03.2022
    Hajmi0.8 Mb.
    #18524
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
    Bog'liq
    Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika
    kasallik qo\'zg\'atuvchi bir hujayralilar vakillari Kurs ishi (2), Алибаева , fayl org, matematik analiz, Nutq nuhsonlar, KREDIT TEST, Уста ва маргарита.(2), Sapr-madcad MadhCad Hujjatda matematik belgilar va operatorlarn, Yulduz Usmonova Umumiy kimyo, Hujjat (1) (9), Elektrokimyo fani va uning mohiyati, ’lumot. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi, 39-SQL-va-malumotlar-bazalarining-keyingi-dasturlash-2006-Oquv-qollanma-Sh.А.-Nаzirоv-R.V.-Qobulоv, Muslima kurs ishi
    Sifatli dars —bu o‘quvchilar tomonidan samarali o‘zlashtirilgan dars.
    Dars boshlangandan keyin hech kimning ushbu jarayonga xalaqit
    berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Darsning tahlili quyidagi turlarga bo‘linadi:
    1. Ilmiy tahlil. 2. Psixologik tahlil. 3.Metodik tahlil. 4. Didaktik tahlil.
    5. Umumpedagogik tahlil va boshqa tahlillar (yoki bularning hammasini
    qamrab oladigan kompleks tahlil).
    O‘qituvchilarning darslarini tizimli tahlil qilish amaliyotining joriy
    etilishi o‘qituvchilarga amaliy-metodik tavsiyalar bergan holda darslarning
    samaradorligi oshishiga yordam beradi.
    Topshiriq:
    1. Siz pedagogik amaliyotni qanday tasavvur qilasiz?
    2. Maktab amaliyoti bilan bog‘liq taassurotlaringizni o‘rtoqlashing.
    3. Oliy ta’limda sizning mutaxassisligingiz bo‘yicha qanday amaliyot turlari
    o‘tkazilishini bilasizmi? Yuqori bosqich talabalari bilan shu haqda suhbatlashing.
    BITIRUV MALAKAVIY ISHI
    Bitiruv malakaviy ishi oliy ilm dargohida talabalar bajaradigan mustaqil
    yozma ishlarning tuzilishi, mazmuni va maqsad-vazifalari jihatidan eng
    murakkab, sermazmun va oliy darajadagi ilmiy-tadqiqot ish shakli
    hisoblanadi. Malakali mutaxassislar tayyorlashda respublikamiz oliy ilm
    dargohlarida uning to‘la kursini tamomlashda bajariladigan yakuniy topshiriq
    o‘ziga xos ilmiy tadqiqot – bitiruv malakaviy ish sanaladi. Maqsad va
    vazifalari jihatdan uning oliy ta’limda ahamiyati juda kattadir.
    Mazkur tadqiqot nazorat va kurs ishlaridan o‘zining mazmuni, muam-
    molarni qamrab olish darajasi, ilmiy tahlillarning chuqurligi, miqyosining
    kengligi, o‘rganilayotgan mavzuning dolzarbligi bilan ajralib turadi. Bitiruv
    ishlarida muayyan yoki masalalar bo‘yicha mavjud bilimlarni umum-
    lashtirishning o‘zi kifoya qilmaydi. Ularni ma’lum darajada rivojlantirish
    maqsad qilib qo‘yiladi. Shu sababli u mustaqil tayyorlangan ilmiy-tadqiqot
    hisoblanadi. Malakaviy-bitiruv ishlari qobiliyatli, iste’dodli, iqtidorli tala-
    balarni yuzaga chiqaradi, ularni aspiranturaga tayyorlashga yordam beradi.


    149
    148

    Download 0.8 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




    Download 0.8 Mb.
    Pdf ko'rish