|
Axborot manbalari va axborotga bo‘lgan ehtiyoj
|
bet | 5/73 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 37,34 Mb. | | #248646 |
Bog'liq Media savodxonlik umk 04 09 2023 061.4. Axborot manbalari va axborotga bo‘lgan ehtiyoj
Media manbalaridan va boshqa yetkazib beruvchilardan olingan axborotdan mos ravishda foydalanish jurnalistning kasb nuqtai nazaridan axborot ehtiyojlarini tahlil qilishi, shuningdek, axborotni izlashi va uni baholashiga bog‘liq.
«Axborot» atamasi ko‘plab tavsifga ega. U ma’lumotlar, tadqiqot jarayonida olingan bilimlar, tajriba yoki tahsil olish, shuningdek, signal yoki belgilarni anglatishi mumkin. Oddiy qilib aytganda, axborot – bu to‘plangan, qayta ishlangan va izohlangan, foydalanish uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etiladigan ma’lumotlardir. Axborotni yana bir boshqacha tavsifi - «tushunishga oson shaklda berilgan bilimlar»dir.
Lotin tilida “informatio” – tushuntirish, bayon qilish demakdir. O‘tmishda mazkur tushuncha ortida odamlar tomonidan bir biriga og‘zaki, yozma va boshqa usulda beriladigan ma’lumotlar tushunilgan. Keng ma’noda axborot ta’rifi kibernetika fanida keltirilgan. Uning asoschisi Norbert Vinerning yozishicha, “axborot – bu biz unga va uning bizning hissiyotlarimizga moslashuvchi, tashqi dunyodan olingan mazmun tavsifidir”3.
Boshqa tomondan, “axborot” istilohi shuningdek “axborot berish”, axborotni uzatish va uning tarqatish ma’nosida ham qo‘llaniladi. Ayrim tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, axborot deb oldindan ma’lum bo‘lmagan biror narsa haqidagi xabar yoki ma’lumotlar tushuniladi4. Nima bo‘lgan taqdirda ham axborot muhim unsur bo‘lib, usiz nafaqat alohida insonni, balki jamiyatni ham tasavvur qilib bo‘lmaydi. Masala, uning sifati, mazmuni, ohangi va yo‘naltirilganligidadir. Shu bois axborot chegaralangan, qalbakilashtirilgan, tezkor, dolzarb va h.k. bo‘lishi mumkin.
Inson va jamiyat doimiy ravishda ma’lum bir axborot muhitida bo‘ladi. Buni xattoki “axborotning yo‘qligi ham, baribir axborot” degan ibora tasdiqlaydi. Axborotdan mahrum bo‘lish, dezinformatsiya har qanday jarayonni turg‘unlashuvga, shaxs va jamiyatni esa degradatsiya holatiga olib keladi. Sotsiologlarning ta’kidlashicha, axborot qanchalik ko‘p to‘plansa, jamiyat shuncha tez rivojlanar ekan. Albatta, bu fikr to‘g‘ri, ammo u izoh talab etadi. Bu yerda axborot mazmuni aniqlashtirilmaganligi bois, uning “mohiyati” - siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy va h.k. bo‘lishi mumkin.
Totalitar tuzum (o‘tmishda militarizmga g‘arq bo‘lgan Yaponiya, fashizm o‘chog‘iga aylangan Italiya va Germaniya, “temir parda” egasi bo‘lgan SSSR va b.)larga “ongni tozalaydigan”, unga saralab olingan qadriyatlarni shafqatsizlarcha singdiradigan axborot xos bo‘lib, buning natijasida insonlar manqurtlik va zombilashtirish qurboniga aylangan. Demokratiya sari taraqqiyotga yuz tutgan mamlakatlarga esa fuqarolarning turfa manfaatlarini qondirishga yo‘naltirilgan keng miqyosdagi va mazmundagi axborot xosdir.
Axborot hokimiyat demakdir. Axborotga egalik holatga egalik qilish demakdir. Shuning uchun ham qadimdan u qabila yetakchilari va kohinlar, shamanlar va siyosiy elita quroli bo‘lib kelgan. Omma esa hokimiyat vakillari qo‘lida to‘plangan mazkur bilimlarning juda ham oz hajmiga ega bo‘lgan. Faqatgina xalqlarning ma’rifatga va demokratiya sari intilishlari natijasida yuqoridagilar axborotga bo‘lgan monopoliyadan chekinishga majbur bo‘ldi. Ammo hozirgi kungacha ham axborot erkinligi ajralmas qismi bo‘lgan fuqarolik erkinliklari va ularga davlat hokimiyatining munosabati o‘z dolzarbligini yo‘qotganicha yo‘q. Zero, ochiq jamiyatlarda ham fuqaro erkinliklari, ularning fikr va axborot erkinliklarini chegaralash holatlari kuzatilmoqda. Demak, axborotga u yoki bu tarzda egalik qilish uchun kurash davom etmoqda.
Axborot - bu pul, aniqrog‘i, xarid qilinadigan va sotiladigan mahsulot bo‘lib, u orqali ba’zi bir insonlar katta kapitalga ega bo‘ladi. Masalan, AQShda Ted Terner, Fransiyada Fr.Buig, Italiyada S.Berluskoni va b.
Bugungi kunda insoniyat axborot sohasidagi “inqilob”ga tayanib, o‘z evolyusiyasining yangi bosqichiga ko‘tarildi. Bugungi kunda media, turli axborot va kommunikatsion texnologiyalari turli xil shakllarining tez ommalashishi, ularning shaxsiy, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotga bo‘lgan ta’siri, insonning yashashi uchun axborot muhitining “elektron kottej” nomini olgan sifat jihatidan yangi ko‘rinishini taqozo etdi. Shu bois insonlarning axborot jamiyati hayotida faol va samarali ishtirok etishi uchun yangi bilim, ko‘nikma va ko‘rsatmalar zarur.
Axborot taqdim etayotganlar unga bo‘lgan egalikni rag‘batlantiradi, ba’zi holatlarda esa insonlarga muayyan axborotni saqlab berish imkonini ham ta’minlaydi. OAVdan tashqari boshqa axborot manbalari ham (masalan, tibbiy sharhlar, hukumat byulletenlari, hisobotlari va og‘zaki xabarlari) mavjud.
Axborot texnologiyalari yordamida (masalan, televidenie orqali ko‘rsatiladigan saylovoldi munozaralar) yoki shaxsiy muloqot (masalan, fuqaro yig‘inlari majlisida) natijasida uzatilishi mumkin. Uni media va insonlar vositasida ham tarqatish mumkin. Bugungi kunda misli ko‘rinmagan miqyosda axborot, kontent va resurlar, shu jumladan, Internet zaxiralari mavjud bo‘lib, ularning barchasi aniqligi, ishonchliligi va muhimligi jihatidan farqlanadi.
Axborot turli shakl(masalan, statistika ma’lumotlari, elektron yoki qog‘oz ko‘rinishda)larda mavjud bo‘lib, u onlayn fayl va portallarda, virtual va real 15 kutubxonalarda, hujjatlar jamlanmasida, turli ma’lumotlar bazasida, arxivlar, muzeylar va h.k.larda saqlanadi. Lekin bundan qat’iy nazar turli axborot manbalari taqdim etgan axborot ishonchli yoki ishonchsiz bo‘lishi mumkin. Demak, jurnalist axborotni izlay boshlar ekan, unga, eng avvalo qanday mazmundagi ma’lumot zarurligini anglashi lozim.
|
| |