|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti matematika va informatika kafedrasi media savodxonlik va axborot madaniyati
|
bet | 9/73 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 37,34 Mb. | | #248646 |
Bog'liq Media savodxonlik umk 04 09 2023 06Media savodxonlik.
Media savodxonlikning bir nechta ta’rifi mavjud. Biz “Media savodxonlikning asosiy jihati sifatida mediamuhitga tahliliy yondashuv, ya’ni uni tanqidiy qabul qilish va media vositasida o‘zini ifoda etish”, degan ta’rifga tayanamiz. Bu ma’noda media savodxonlik o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
– utilitar, funksional va pragmatik ko‘nikmalar u yoki bu axborotning amaliy foydaliligini ko‘rish, eshitish, tasavvur etish, tushunish va namoyish etishni bildiradi;
– tanqidiy tahlil ko‘nikmalari turli tahliliy vositalardan foydalangan holda turfa mediakontentni adekvat tarzda talqin eta olish, mediamatnni baholashni bildiradi. Ushbu ko‘nikmalar rang-barang mediakontent va janrlar vositasida yaxshiroq rivojlanadi;
– estetik va kreativ ko‘nikmalar mediamatnni ijodiy jihatdan anglash, yaratish va talqin qilish qobiliyatini bildiradi. Talaba mazkur ko‘nikmalarni o‘zida media-resurslar yaratish orqali shakllantirishi mumkin.
– interfaollik ko‘nikmalari media orqali muloqot qilish va turli mediarollarni bajarib ko‘rish qobiliyatini ko‘rsatadi. Mazkur ko‘nikmalarni ta’lim va amaliyot doirasida rivojlantirish mumkin. Interfaollik ko‘nikmalari o‘z fikri va ko‘rsatmalarini ifoda etishga tayyorligini ko‘rsatadi.
– xavfsizlik ko‘nikmalari murakkab vaziyatlardan chiqish va ularga duch kelmaslik qobiliyatini namoyon etadi. Virtual makonda xavfsizlikka rioya qilishning muhim ko‘nikmalaridan hususiy makonni himoyalash hamda kerak bo‘lmagan kontent va muloqotdan voz kechishni nazarda tutadi.
Mavzu bo‘yicha topshiriq
1. Mediamatnni tayyorlashda siz qanday mediako‘nikmalarga ega ekanligingizni o‘ylab ko‘ring.
2. Sizning qanday qobiliyatingiz hanuz yuzaga chiqmagan?
Media va axborot savodxonligining asosiy unsurlari
Media va axborot savodxonligiga ega bo‘lgan jurnalist quyidagilarni bajara oladi:
– dolzarb, ijtimoiy axborotni yaratish;
– mavjud ijtimoiy jarayonlarni tanqidiy jihatdan tahlil eta olish;
– medianing ijtimoiy jarayonlarga ta’sir etish ko‘lami va darajasini, unda axborotni namoyish etish shakllarini bilish, ulardan hozirgi zamon dolzarb masalalarini ijodiy anglab, ular yuzasidan mustaqil fuqarolik pozitsiyasini ifoda etish uchun foydalanish;
– o‘ylangan va mustaqil qarorlar qabul qilish;
– atrof-muhit haqida yangi axborot olish;
– umumiylik hissining shakllanishiga ko‘maklashish;
– jamiyat taraqqiyotining dolzarb masalalari bo‘yicha ommaviy munozara va muloqotlarni ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash;
– inson hayoti davomida uzluksiz ta’lim olishni qo‘llab-quvvatlash;
– mediadan o‘z xavfsizligini ta’minlagan va ijtimoiy mas’uliyatni his qilgan holda foydalanish;
– fuqarolik jamiyati va global axborot tarmog‘ini shakllanishi va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash.
Mediani ifoda etish shakllari va vositalari doimiy ravishda rivojlanib keladi. Demak, jurnalistning media va axborot savodxonligi ham uzluksiz tarzda takomillashib borishi aniq. Bunda jurnalistning media ko‘nikmalari, uning media tanqidga qobiliyati va media tilini bilishi haqida so‘z yuritilishi joiz. Buning barchasi muallifning tahlil qila olishi, texnik-texnologik hamda shaxsiy mediaresursni yarata olishi malaka va ko‘nikmalari bilan bog‘liqdir.
|
| |