• Yoqimli
  • Kecha
  • Shahrisabz davlat pedagogika instituti




    Download 8,11 Mb.
    bet27/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    1. Mustaqil so‘z turkumlari lug‘aviy ma’noga ega bo‘lib, morfologik jihatdan o‘zgaradigan, gap ichida ma’lum sintaktik vazifa bajaradigan so‘zlardir. Bu guruhga ot, sifat son, olmosh, fe’l, ravish kiradi.
    2. Yordamchi so‘zlar yakka holda ma’no anglatmaydigan, gap bo‘lagi bo‘la olmaydigan, grammatik ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladigan so‘zlardir. Ular mustaqil so‘zlar va ayrim gaplar orasidagi munosabatni anglatishga xizmat qiladi, so‘zga va gapning mazmuniga turli qo‘shimcha ma’nolar qo‘shadi. Yordamchi so‘zlarga ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama kiradi.
    3. Alohida olingan guruh so‘zlar lug‘aviy ma’no bildirmaydigan, lekin ba’zan gap bo‘lagi vazifasini bajaradigan so‘zlardir. Bularga modal so‘zlar, undov so‘zlar, taqlid so‘zlar kiradi.
    Demak, o‘zbek tilida jami 12 ta so‘z turkumi mavjud ekan.
    Narsa-buyum, kimsalarning nomini bildiradigan so‘zlar turkumi ot deyiladi. Ot kim?, nima?, qaer? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
    Otlar egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi, birlik va ko‘plikda ishlatiladi.
    Otlar sifat o‘rnida qo‘llanishi mumkin: asfalьt yo‘l, oltin bilaguzuk, temir sandiq.
    Otlar gapda bosh bo‘lak, ikkinchi darajali bo‘lak, shuningdek, undalma bo‘lib keladi: Onam parrandachilik fermasida ishlaydi. Bugungi ishni ertaga qo‘yma! Bolalar, ko‘cha harakati qoidalariga rioya qiling!
    Predmetning belgisini bildirib, qanday?, qanaqa?, qaysi? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar sifat deyiladi. Sifatlar ma’no jihatidan predmetning rang-tusi, shakl-hajmi, maza-ta’mi, xil-xususiyati, o‘rin va payt munosabat kabi belgilarni bildiradi.
    Sifatlar odatda belgining darajasini ham ko‘rsatadi: sho‘x, sho‘xroq, eng sho‘x. Sifat, odatda, otga, ba’zan fe’lga bog‘lanadi: Yoqimli shamol esa boshladi. Sattor chiroyli yozadi. Sifat gapda ko‘pincha aniqlovchi, kesim, ba’zan hol bo‘lib keladi: Odobli bola elga manzur. Tabiat go‘zal. CHiroyli va xatosiz yoz.
    Sonning nomini, narsa-buyumning son-sanog‘ini, tartibini bildirgan so‘zlar turkumi son deyiladi. Son necha?, qancha?, nechta?, nechanchi? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi. S o n l a r:
    1. Sonning nomini bildiradi: 3, 6, 19 kabi. Bunday sonlar egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan xuddi otlardek o‘zgaradi, gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari bo‘lib keladi: Ikki o‘n besh — bir o‘ttiz.
    2. Sanaladigan narsa-buyumlarning son sanog‘ini bildiradi. Bunday sonlar o‘zgarmaydi, gapda aniqlovchi va kesim bo‘lib keladi: Jo‘raxon opam bergan ikkita konfetim bor edi. O‘zi bitta — qulog‘i to‘rtta.
    S o n boshqa so‘z turkumlaridan ya s a l m a y d i.
    Sonlar ko‘pincha raqam bilan yoziladi:

        1. arab raqamlari bilan: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9.

        2. Rim raqamlari bilan: II chorak, XX asr.

    Badiiy asarlarda sonlar so‘z bilan yoziladi: To‘rt-besh yil sabr qildi.
    Nutqimizda tez-tez ishlatiladigan 23 ta sodda son bo‘lib, boshqa sonlar shularning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi: nolь, bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz, o‘n, yigirma, o‘ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to‘qson, yuz, ming, million, milliard.
    Qadimgi o‘zbek tilida tuman (o‘n ming), lak (yuz ming) sonlari bo‘lgan.
    Ot, sifat, son, ravish o‘rnida qo‘llanadigan so‘z turkumi olmosh deyiladi. Olmoshlar turlanadi, gapda ko‘pincha ega, to‘ldiruvchi va aniqlovchi bo‘lib keladi: Hamma keldi. Bizni tabriklang. SHu kitobni bering.
    O lmoshlar quyidagi grammatik xususiyatlarga ega: 1) so‘z yasalish xususiyati yo‘q (lekin olmoshlar asosida fe’l, ravish, sifat yasalishi mumkin: sensirama, o‘zicha, menbop, hozirgi); 2) juftlanib boshqa so‘z turkumi vazifasida keladi: o‘sha-o‘sha, shu-shu; 3) olmoshlar otlarga xos so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni olishi mumkin: unga, shunisi.
    Predmetning harakatini bildirib, nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarga f ye ‘ l deyiladi.
    Fe’llar bo‘lishli va bo‘lishsiz shakllarga ega, zamon va shaxs-sonda ifodalana oladi, o‘zining vazifadosh (xoslangan) shakllariga ega, mayl ko‘rsata oladi, o‘timli-o‘timsizlik xususiyatiga ega. Fe’llar gapda ko‘pincha kesim vazifasini bajaradi: Kuz keldi.
    Ish-harakat va holatning belgisini bildirgan so‘zlar turkumi ravish deyiladi. Ravish qanday?, qachon?, qaerda?, qaerdan?, qaerga?, qancha? nega?, qay darajada? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi. Ravish ko‘pincha fe’lga bog‘lanib, ish-harakatning qay holatda bajarilishini, paytini, o‘rnini, daraja-miqdorini, sababini, maqsadini bildiradi. Ayrim ravishlar sifat yoki otga bog‘lanib kelishi ham mumkin: Kecha havo sovuq edi. Ko‘p odam to‘plandi. Uning yuzida bolalarcha samimiy kulgi zohir bo‘ldi. Ravish gapda ko‘pincha hol bo‘lib keladi: Ikkisi do‘stlarcha ko‘rishdi.
    Ot, olmosh, harakat nomi, sifatdoshlardan keyin kelib, ularni boshqa so‘zlarga tobelanish yo‘li bilan bog‘laydigan yordamchi so‘zlar ko‘makchi deyiladi.
    Ko‘makchi qaysi so‘zdan keyin kelsa, o‘sha so‘z bilan birgalikda bir so‘roqqa javob bo‘lib, bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajaradi.
    Gapning uyushiq bo‘laklarini va qo‘shma gapdagi sodda gaplarni bir-biriga bog‘lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so‘zlar bog‘lovchi deb ataladi. Bog‘lovchilar qo‘llanishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:

    1. Yakka holda qo‘llanadigan bog‘lovchilar: va, ammo, chunki.

    2. Takrorlangan holda qo‘llanadigan bog‘lovchilar: yo…yo, yoki…yoki.

    Bog‘lovchilar vazifasiga ko‘ra teng bog‘lovchilar va ergashtiruvchi bog‘lovchilarga bo‘linadi.
    Mustaqil so‘z va gaplarga qo‘shimcha ma’no beradigan yordamchilar yuklama deyiladi. Yuklamalar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:

      1. so‘z yuklamalar: faqat, ham, axir, hatto.

      2. qo‘shicha ko‘rinishdagi yuklamalar: -ku, -mi, -a, -gina.

    So‘zlovchining o‘z fikriga bo‘lgan munosabatini bildiradigan so‘zlar modal so‘zlar deyiladi deyiladi: Ehtimol bugun yetib kelar.
    His-hayajon, tuyg‘uni, haydash-chaqirishni bildiradigan so‘zlar turkumi undov deyiladi. Bu so‘zlar mustaqil so‘zlarga ham, yordamchi cho‘zlarga ham kirmaydigan ayrim so‘z turkumidir.
    Tovushga va holatga taqlidni bildirgan so‘zlar taqlid so‘zlar deyiladi. Bunday so‘zlar ma’no jihatidan ikki turga bo‘linadi:

      1. Tovushga taqlid bildiradigan so‘zlar: gumbur-gumbur, dup-dup, duk-duk, shiq-shiq, qiy-chuv, taq-taq, g‘arch-g‘urch, inga-inga, pix-pix, qult-qult, bidir-bidir, vov, uv, irr, mo‘o‘, maa, baa, mee, ing-ing, ang-ang, miyov, vaq-vaq, vish-vish, qu-qu, qa-qa, g‘a-g‘a, qag‘-qag‘, pit-pildiq, parr, viz-viz.


    Download 8,11 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

    Download 8,11 Mb.