|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
|
bet | 29/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olinganMasalan: Bulbul chamanni sevar, Odam – Vatanni.
Xalqimizning turmushi bo‘ldi farovon paxtadan.
Belgi bildiradigan so‘zlar predmet yoki harakat ifodalovchi so‘zlar bilan grammatik munosabatga kirishib, gapda aniqlovchi yoki hol vazifasini bajaradi. Bunday so‘zlarga sifat, son, ravish kabi so‘z turkumlari kiradi.
Masalan: To‘g‘ri so‘z qilichdan o‘tkir.
Boya yelday uchib ketayotgan odam endi shoshilmasdi .(SH).
Talabalarimiz shaxardagi yigirma to‘rtinchi maktabga amaliyotga chiqishdi.
Predmet, belgi, miqdorning mavjudligiga ishora qiluvchi, ular o‘rnida almashinib qo‘llanuvchi s´zlar, ya’ni olmoshlar µam gapda turli xil grammatik shakllarda kelib, gap bo‘lagi (ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol) vazifasini bajaradi.
Masalan: Hech kim atrofga qaramaydi (K.I).
Qanday bilay, birovning yuragini bilib bo‘ladimi? (Oydin).
Seni mehnat yengmasin, sen mehnatni yeng. (Maqol).
Tilda mavjud bo‘lgan ayrim so‘zlar leksik ma’no ifodalamaydi, morfologik shakllarga ega emas. Demak, ular gapda sintaktik vazifa bajarmaydi. Bunday so‘zlarga ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklamalar kiradi. Bunday so‘zlar yuqorida sanab o‘tilgan uch xususiyatga ega emas. Bunday so‘zlar leksik ma’no anglatuvchi so‘zlar orasidagi grammatik munosabatni shakllantiradi, gap yoki uning tarkibidagi ayrim so‘zlarga qo‘shimcha ma’no qo‘shadi.
Masalan: O‘qituvchi va o‘quvchilar zalga yig‘ilishdi.
Ukam uchun kitob oldik. Bu binoni men ko‘rganman! – Sen-a?
Ayrim so‘zlar (bor, yo‘q, kerak, oh, uf, voy, duk-duk, piqir-piqir) biror hodisaning nomi bo‘lmasa ham gapda gap bo‘lagi, so‘z-gap sifatida qo‘llanadi.
Masalan: Uzoqdan duk-duk ovoz kelardi. Boyagidek dupur bor, lekin qayoqdan kelayotgani ma’lum emas. (M.Ism). Suv shildir-shildir oqmoqda.
So‘zlarning leksik-semantik, morfologik va sintaktik tamoyiliga ko‘ra guruxlarga ajratilishiga so‘z turkumlari deyiladi. Demak, hozirgi o‘zbek tilidagi barcha so‘zlar shu uch tamoyilga tayangan holda so‘z turkumlariga ajratilgan SHunga ko‘ra so‘zlar quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
1. Mustaqil so‘zlar: Ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish. Mustaqil holda leksik ma’no ifoda eta oladigan, biror morfologik shaklda kelib, gap bo‘lagi vazifasini bajaradigan so‘zlarga mustaqil so‘zlar deyiladi.
2. Yordamchi so‘zlar: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklamalar. Ular leksik ma’no ifoda etmaydi va gap bo‘lagi vazifasini bajarmaydi. So‘z va gaplar orasidagi munosabatni belgilaydigan yoki ularga qo‘shimcha ma’no qo‘shadigan so‘zlarga yordamchi so‘zlar deyiladi.
3. Modal so‘zlar. So‘zlovchining aytilayotgan fikrga bo‘lgan turli munosabatni bildiradigan so‘zlar modal so‘zlar deyiladi. Modal so‘zlar yuklamalar singari modal ma’no ifodalash uchun xizmat qiladi, lekin yuklamadan farqli ravishda gapda gap bo‘lagi, butun bir gap tarzida kela oladi. Modal so‘zlar biror so‘zning atamasi emas.
4. Undov va taqlid so‘zlar. Undov so‘zlar so‘zlovchining his-hayajonini, buyruq-xitobini bildirsa; taqlid so‘zlar turli tovush, shu’la-harakat, holat kabilarga tovush orqali taqlidni bildiradi. Undov taqlid so‘zlar gap bo‘lagi sifatida ham qo‘llanadi. Lekin mustaqil so‘zlar kabi biror hodisaning atamasi, nomi bo‘la olmaydi. SHuning uchun ham undov va taqlid so‘zlar ham alohida guruhni tashkil etadi.
|
| |