1-jadval.
SO‘Z TURKUMLARI
|
OT
|
SIFAT
|
SON
|
OLMOSH
|
FE’L
|
1. Shaxs, narsa va joy nomini bildiradi
|
1. Shaxs va narsaning belgisini bildiradi
|
1. Shaxs, narsaning sanog‘i va tartibini bildiradi
|
1. Kishilik olmoshlari shaxsni bildiradi va ot o‘rnida qo‘llaniladi
|
1. Shaxs, narsaning harakatini bildiradi
|
2. Kim?, nima?, qaer? so‘roqlariga javob bo‘ladi
|
2. Qanday? yoki qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘ladi
|
2. Necha? yoki nechanchi? so‘rog‘iga javob
bo‘ladi
|
2. Kishilik olmoshlari kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladi
|
2. Nima qil-di?, Nima qiladi?, Nima qilyapti? Nima qilmoqchi kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi
|
3. Birlik va ko‘plikda qo‘llanadi
|
3.O‘zgarmaydi
|
3. Asosan o‘zgarmaydi
|
3. Ular birlik va ko‘plikda bo‘ladi
|
3. Bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi
|
4. Egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgaradi
|
4. Gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi
|
4. Gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi
|
4. Kishilik olmoshlari kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi
|
4. Shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanadi
|
5.Kelishiklar bilan turlanadi
|
5. Sifatlar yasaladi
|
5. Sonlar yasalmaydi
|
5. Ular gapda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar vazifasida keladi
|
5. Uch zamonni bildiradi
|
6. Gapda ega yoki ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi
|
|
|
6. Olmoshlar yasalmaydi
|
6. Gapda kesim vazifasida keladi
|
7. Otlar yasaladi
|
|
|
|
7. Fe’llar yasaladi
|
O‘quvchilarda so‘z turkumlarini bilish ko‘nikmasi ularning belgilari yig‘indisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, gutdor, gulladi so‘zlarining qaysi so‘z turkumiga kirishini bilish uchun 2-sinf o‘quvchisi quyidagicha fikr yuritadi: nima? — gul, bu so‘z narsani bildiryapti, ko‘plikda qo‘llanadi — gullar, bu — ot; guldor so‘zi qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lyapti, narsaning belgisini bildiryapti, bu — sifat; gulladi so‘zi nima qildi? so‘rog‘iga javob bo‘lyapti, narsaning harakatini bildiryapti, bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi — gullamadi, bu - fe’l.
Boshlang‘ich sinflar dasturi o‘quvchilarni so‘z turkumlari mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga bo‘linishi bilan maxsus tanishtirishni ko‘zda tutmaydi, ammo o‘qituvchi bolalarni so‘z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. So‘z turkumlarini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilaming og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o‘quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so‘zlaming ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlar, ulaming o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o‘quvchilaming shaxsiy tajribalari, bevosita ko‘rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog‘lash muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko‘nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o‘stirish vazifasi ham amalga oshiriladi.
“Ot” mavzusini o‘rganish tizimi maqsadga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, bunda shu so‘z turkumining umumlashtirilgan ma’nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog‘liqlikda o‘rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to‘g‘ri foydalanish va to‘g‘ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.
Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o‘rganish vazifalari, o‘quvchilaming yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ulami o‘rganish izchilligi belgilangan. Boshlang‘ich sinflarda otni o‘rganish vazifalari quyidagilar: 1) ,,ot“ haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish; 2) kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan) otlarni farqlash ko‘nikmasini hosil qilish; 3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlar va geografik nomlami bosh harf bilan yozish ko‘nikmasini shakllantirish; 4) otlarda son (otning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi) bilan tanishtirish; 5) otlarni egalik qo‘shimchalari bilan to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish; 6) otlaming kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish; 7) o‘quvchilar lug‘atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish; 8) so‘zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish. Bu vazifalarning har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda hal etiladi. Shu bilan birga, ,,Ot“ mavzusini o‘rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim bo‘lgan bir vazifani hal qilishga ko‘proq ahamiyat beriladi. Masalan, 1 —2-sinflarda so‘z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, so‘roqlari) o‘rganiladi, 3-sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko‘plikda qo‘llanishini o‘zlashtirishga ahamiyat beriladi.
4-sinfda otning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining yozilishini o‘rganishga e’tibor qaratiladi. O‘quvchilaming nutqi va tafakkurini o‘stirish vazifasi esa mavzuni o‘rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik materialni o‘rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni o‘quvchilar lug‘atini boyitishga, bog‘lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishga qaratiladi. So‘z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma’nolari va grammatik belgilari bilan ajralib turadi. Barcha otlaming umumiy leksik ma’nosi shaxs va narsani ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi, qush, hayvon, asalari), yer va osmonga oid narsalar (quyosh, yulduz, daryo, tog‘), o‘simliklar (paxta, beda, gul), voqealar (yig‘in, majlis), tabiat hodisalari (shamol, bo‘ron, yomg‘ir, momaqaldiroq), belgi-xususiyat (ahillik, kuchlilik, samimiyat), harakat-holat (uyqu, sevinch, kurash), o‘rin va vaqt (yoz, bahor, joy) nomlarini bildiradi. Otlaming grammatik belgilari: otlar birlik va ko‘plikda qo‘llanadi, egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko‘proq ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hoi va kesim vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, son, olmosh, fe’l bilan birika oladi. Otning ma’nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning uchun ham ot haqidagi bilim o‘quvchilarda amaliy vazifalarni bajarish jarayonida asta shakllantira boriladi. Otni o‘rganishda izchillik. Otni o‘rganishga tayyorlov bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda o‘quvchilar shaxs-narsalarni va ularning nomi bo‘lgan so‘zlarni farqlashga o‘rganadilar, so‘zning leksik ma’nosiga e’tibor ko‘proq qaratiladi, ma’nolarini hisobga olgan holda so‘zlar (qushlar, meva va sabzavotlar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni guruhlash ko‘nikmasi shakllantiriladi.
So‘zlarni leksik ma’nosi asosida guruhlash mashqlari otlarni taqqoslash, o‘xshash tomonlarini aniqlash, umumlashtirish ko‘nikmasini o‘stiradi. Shunga qaramay, grammatik tushunchani shakllantirish uchun o‘quvchilar so‘zning aniq ma’nosini yetarli bilmaydilar, so‘zning leksik ma’nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik belgilarini ham o‘zlashtirish zarur. Keyingi bosqichda otning leksik ma’nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi (kim?'yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘lishi, shaxs, narsani bildirishi tushuntiriladi). O‘quvchilar kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlarni nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlardan farqlashni, ularni so‘roq berish bilan ajratishni o‘rganadilar, o‘quvchilarda mavhum grammatik tafakkur o‘sa boradi, ularda atoqli otlarni bosh harf bilan yozish ko‘nikmasi shakllana boradi. 2-sinfda otlaming leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz) haqidagi bilim chuqurlashtiriladi.
“Ot” tushunchasini shakllantirish uchun shu so‘z turkumiga kiradigan otlarni asosiy leksik guruhlarga ajratish, barcha otlarga xos bo‘lgan belgilarni, ularning nutqimizdagi o‘rnini ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda mavzuni o‘rganishga bag‘ishlangan birinchi darslardayoq shaxs va narsani bildiradigan so‘zlar bir tizimga solinadi, kishilami, buyum, o‘simliklar va hayvonlami, tabiat hodisalarini, voqealami bildiradigan so‘zlar guruhlarga ajratiladi. Shu so‘zlaming hammasi uchun umumiy bo‘lgan belgilar aniqlanadi: bu so‘zlar shaxs, narsalarni bildirib kim?yoki nima?so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Dasturga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sifat va boshqa so‘z turkumlaridan yasalgan mavhum ma’nodagi (yaxshilik, go‘zallik, ishonch, sevinch, o‘kinch, qo‘rqinch, tayanch kabi) otlar bilan tanishtirish talab etilmaydi. Ammo matnda uchrasa va o‘quvchilar qiziqib so‘rasalar, otning bolalar o‘rgangan belgilari asosida (nima?so‘rog‘iga javob bo‘lishi, shaxs yoki narsa nomini bildirishi) tushuntiriladi. Otlar250 ning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun 0‘qituvchi o‘qish kitobidan matn tanlab, o‘quvchilarga matndagi otlarni topishni, so‘ngra matnni shu so‘zlarsiz o‘qishni topshiradi.
O‘quvchilar matndagi otlarni tushirib qoldirib o‘qiganda, matn mazmunini tushunib bo‘lmasligini anglaydilar. Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o‘rab olgan shaxs va narsalarning nomi, bu so‘zlarsiz bir-birimizga o‘z fikrimizni tushuntira olmaymiz. Otlaming birlik va ko‘plikda qo‘llanishi. 3-sinfda „Otlar, ya’ni otlaming birlik va ko‘plikda qo‘llanishi" ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarda: 1) birlik va ko‘plikda qo‘llangan otlaming ma’nosi va qo‘shimcha orqali farqlash, 2) birlikdagi oldan ko‘plik shaklidagi va, aksincha, ko‘plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish, 3) gapda so‘zlaming bog‘lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Otlaming birlik va ko‘plikda qo‘llanishi taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni bildirgan otlar taqqoslanadi: daftar — daftarlar, qalam — qalamlar, nok — noklar kabi. Suhbat asosida daftar so‘zi nechta (bitta) predmetni va daftarlar so‘zi nechta (ikki va undan ortiq) predmetni bildirishi aniqlanadi. Boshqa so‘zlar bilan ham shunday ishlanadi. Oddiygina xulosa chiqariladi va fikrlar iimumlashtiriladi: agar otlar bir predmetni bildirsa, birlikda qo‘llanadi, agar ikki va undan ortiq shaxs yoki narsani bildirsa, ko‘plikda qo‘llanadi. Ko‘plikdagi otni yasash uchun birlikdagi otga -lar qo‘shimchasi qo‘shiladi. Birlikdagi otlar kim? yoki nima? so‘rog‘iga, ko‘plikdagi otlar esa kimlar? yoki nimalar? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Bu sinf o‘quvchilariga faqat birlikda qo‘llanadigan otlar. birlik shaklida qo‘llangan armiya, qo‘shin, xalq kabi otlar ko‘plik ma’nosini bildirishi, bunday otlarga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilganda anglatadigan ma’nosi maxsus tushuntirilmaydi. Agar o‘quvchilar bu haqda savol bersalar, soddagina shaklda tushuntirish mumkin. Otlaming birlik va ko‘plikda qo‘llanishini kuzatish aslida so‘z shakli ustida ishlashning boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi.
O‘quvchilarga egalik qo‘shimchasi shaxs, narsa birlik va ko‘plikdagi uch shaxsdan biriga taalluqli ekanini bildirishini tushuntirish qiyin. Shularni hisobga olib, o‘quvchilarni otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishini o‘zgatishda o‘qituvchi ishni sarlavhadagi „egalik" so‘zining leksik ma’nosini tushuntirishdan boshlashi maqsadga muvofiq: „egalik" ega bo‘lish, qarashlilik, tegishlilik, oidlik ma’nolarini bildiradi, demak, egalik qo‘shimchasi deganda biror narsaga ega bo‘lishni, shu narsa tegishli, shu narsaning egasi ekanini bildiradigan qo‘shimchalar tushuniladi. Otlar egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi. Otga qo‘shilgan egalik qo‘shimchasi shu ot ifodalagan shaxs, narsaning kimgadir qarashli ekanini, shu narsaning egasi ekanini bildiradi. Misollarni kuzataylik: Kecha o‘qigan kitobim juda qiziqarli ekan. Sening kitobing ham qiziqarlimi? Ra’noning kitobi ham qiziqarli edi. Kitobim, kitobing, kitobi so‘zlari so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil qilinadi va o‘quvchilar kitob — o‘zak, -im, -ing, -i qo‘shimcha ekanini aniqlaydilar.
O‘qituvchi kitob va kitobim so‘zlarini taqqoslashni, -im qo‘shimchasining ma’nosi haqida o‘ylab ko‘rishni topshiradi, muammoli vaziyat yaratadi; o‘quvchilar qo‘shimchaning ma’nosi haqida fikr yuritadilar, ammo kitobim so‘zining ma’nosiga (mening kitobim — kitob meniki) tushunsalar ham, fikrlarini shakllantirib aytib berolmaydilar. O‘qituvchi qisqa tushuntiradi: — Tilda uchta shaxs mavjud: I shaxs - so‘zlovchi II shaxs — tinglovchi III shaxs — o‘zga Hozir men sizga so‘zlayapman, tushuntiryapman, demak, men — so‘zlovchi, hozir siz meni tinglayapsiz, demak, siz (sen) tinglovchi, hozir tinglashga qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) — o‘zga hisoblanadi. Siz otlar birlik va ko‘plik sonda qo‘llanishini bilasiz. Ma’lumki, biror narsa bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxsga tegishli bo‘lishi mumkin. Mana shu ma’nolarni, ya’ni biror shaxs va narsaning birlik yoki ko‘plikdagi uch shaxsdan biriga qarashli ekanini otga qo‘shilgan egalik qo‘shimchalari bildiradi. Masalan, kitobim so‘ziga qo‘shilgan -im qo‘shimchasi kitobning I shaxsga taalluqli ekanini, ya’ni kitobing egasi I shaxs ekanini bildiradi (-ing, -i qo‘shimchalari ham shunday tushuntiriladi). Kitobimiz so‘zidagi -imiz qo‘shimchasi kitob so‘zlovchi shaxsga, shu bilan birga, ko‘p shaxsga (ko‘p so‘zlovchiga) tegishli ekanini bildiradi (-ingiz, -i goShimchalari ham shunday tushuntiriladi). Qisqa xulosa chiqariladi: otlarga qo‘shilgan mana shunday qo‘shimchalar egalik qo‘shimchalari deyiladi. Egalik qo‘shimchalari tegishlilik, egalik ma’nosini bildiradi. Egalik qo‘shimchalari otlarga ikki variantda qo‘shiladi. Akam va kitobim, akang va kitobing, akasi va kitobi kabi oxiri unli hamda undosh tovush bilan tugagan otlar so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil qilinadi, qo‘shimchalar taqqoslanadi, suhbat asosida xulosa chiqariladi: oxiri unli tovush bilan tugagan otlarga -m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -si egalik qo‘shimchalari, oxiri undosh tovushlar bilan tugagan otlarga -im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo‘shimchalari qo‘shiladi. Shundan so‘ng o‘quvchilar „Ona tili" darsligidagi qoidani o‘rganadilar, jadvalni tahlil qiladilar.
Sifatni o‘rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko‘zda tutadi. O‘quvchilar 1- va 2-sinfda sifatning leksik ma’nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so‘rog‘ini berishga o‘rganadilar; 3-sinfda sifat so‘z turkumi sifatida o‘rganiladi; 4-sinfda ilgari o‘rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda qip-qizil, yam-yashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o‘rgatiladi. Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma’lum bo‘lgan sifatlarning ma’nosiga aniqlik kiritiladi. Sifatni o‘rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko‘rinishi, maza-ta’mi, xarakter-xususiyati, hidi, vazni, o‘rin va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma’nosi uni ot bilan bog‘liq holda o‘rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun 1-sinfdanoq o‘quvchilar e’tibori sifatning otga bog‘lanishini aniqlashga qaratiladi.
O‘quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so‘roq yordamida gapda so‘zlaming bog‘lanishini aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi, ya’ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so‘z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu bog‘Iiqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) yo‘nalishda olib borishni talab etadi. Boshlang‘ich sinflarda „Sifat" mavzusi quyidagi izchillikda o‘rganiladi: I) sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-, 2-sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (3-sinf); 3) shu grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o‘zlashtirish (4-sinf). Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik ma’nosi va so‘roqlari ustida kuzatish o‘tkazishdan boshlanadi.
Predmetning belgilari xilma-xil bo‘lib, uni rangi, mazasi, shakli, xil-xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi. O‘qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko‘rsatadi, o‘quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma — qizil, shirin, yumaloq olma; (qanday?) ip — uzun, ko‘k ip. Albatta, suhbat asosida o‘quvchilar olma, ip so‘zlari nima? so‘rog‘iga javob bo‘lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so‘zlar qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli) ni bildirishini aniqlaydilar. O‘qituvchi atrofimizni o‘rab olgan predmetlarning o‘z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi (Qanday? daraxt — Katta, chiroyli, sershox, ко ‘m-ko ‘k daraxt. Qanaqa ? shkaf — Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar predmet belgisini bildiradi. O‘quvchilar belgi bildirgan bunday so‘zlaming nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko‘p uchraydigan matn tanlanib, awal sifatlarini tushirib qoldirib, so‘ngra sifatlari bilan o‘qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko‘rsatiladi.
Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so‘zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko‘rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, sujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi. O‘quvchilar qanday?, qanaqa?so‘roqlariga javob bo‘lgan (predmet belgisini bildirgan) so‘zlarni o‘zlashtirishlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali hisoblanadi: 1) so‘roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so‘zlarni tanlash; 2) aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish; 3) matndan kim? yoki nima?so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni va unga bog‘langan qanday? va qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni tanlab (so‘z birikmasini topib) aytish va yozish; 4) tayanch so‘zlar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish. Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: “Sifat” tushunchasini shakllantirish hamda o‘quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikmi aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish hal qilinadi. “Sifat” tushunchasini shakllantirish o‘quvchilaming „predmet belgisi" degan umumlashtirilgan kategoriyani o‘zlashtirish darajasiga bevosita bog‘liq. Shu maqsadda rang, maza, shakl, hajm, xil-xususiyat bildiradigan so‘zlar guruhlanadi va shu so‘zlaming xususiyatlari umumlashtiriladi.
Sifatning leksik ma’nosi bilan birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umumlashtirish asosida o‘quvchilar uning so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos ko‘rsatkichlarini ajratadilar:
a) predmet belgisini bildiradi,
b) qanday? yoki qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘ladi,
d) gapda otga bog‘lanib, shu ot bilan so‘z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.
Bu sinfda og‘zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog‘i yoki parkka ekskursiya vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoya tuzish kabilar)ga katta o‘rin beriladi. O‘quvchilaming sifatning leksik ma’nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o‘stirish uchun: 1) berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish: Qanday? shaftoli — Shirin, suvli, tuksiz shaftoli. Qanday? kitob Qalin, qiziqarli kitob; 2) berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash: Tikanli, kichkina, foydali ... (tipratikan). Ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi ... (tulki); 3) predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini aytish kabi mashqlardan foydalanish mumkin. Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o‘rnini puxta o‘zlashtirishga erishish uchun ma’nodosh va zid ma’noli sifatlar ustida ishlash, o‘qish darslarida sifatning o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq. Sifatni o‘rganish jarayonida so‘z yasashga oid mashqlarni muntazam o‘tkazib borish o‘quvchilarda u yoki bu so‘z turkumini yasash uchun so‘z yasovchi qo‘shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi. Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og‘zaki va yozma nutqda sifatlardan aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish bilan bog‘liq holda -roq qo‘shimchasi bilan qo‘llangan sifatlarni va ko‘m-ko‘k, yam-yashil kabi sifatlarni to‘g‘ri yozish malakasi shakllantiriladi. Ish mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va o‘quvchilar nutqini o‘stirishga qaratiladi. Nazariy ma’lumotlarga asoslanib: matnda berilgan otlaming belgilarini ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo‘yish, gapda sifat bog‘langan otni (so‘z birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so‘z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq materialini tanlashda -roq qo‘shimchasi bilan qo‘llangan yaxshiroq, aqlliroq kabi, shuningdek, tip-tiniq, sap-sariq kabi sifatlar ko‘proq bo‘lishiga e’tibor beriladi. O‘quvchilaming mustaqilligi osha borgan sayin mashq topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtira boriladi. Shunday qilib, sifatni o‘zlashtirishda uni ot bilan o‘zaro bog‘liq holda o‘rganishga asoslaniladi.
“Son”ni o‘rganish tizimi ham son haqidagi materialni leksik va grammatik tomondan sinfdan-sinfga o‘tgan sayin boyitib, murakkablashtirib borishni nazarda tutadi. Boshlang‘ich ta’limda son uch yo‘nalishda o‘rganiladi:
1. Sonlarning talaffuzi va ma’nosi ustida ishlash. 2. Sonning grammatik shakllari ustida ishlash. 3. Sonlarning imlosi ustida ishlash. Son boshlang‘ich sinflarda quyidagi izchillikda o‘rganiladi:
— 2-sinfda nechta?, qancha? so‘roqlariga javob bo‘lib, shaxs va narsaning sanog‘ini, nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lib, shaxs va narsaning tartibini bildirishi;
— 3-sinfda “Son - so‘z turkumi” tushunchasi kiritiladi. O‘quvchilarda son predmetning miqdorini bildirishini otga bog‘lanib kelishi yordamida aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi. Bularni o‘rganishda sonning leksik xususiyatlariga asoslaniladi. Sonning leksik ma’nosi uni ot bilan bog‘liq holda o‘rganishni taqozo etadi.
— 4-sinfda sanoq va tartib sonlar, tartib sonlarning harf, rim va arab raqamlari bilan yozilishi, qo‘sh undoshli sonlarning, grammatik shakllangan sonlarning (ikkov, o‘ntacha, beshtadan) imlosi, sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr, so‘m, tiyin so‘zlari bilan qo‘llanishi va shu so‘z bilan bitta so‘roqqa javob bo‘lishi o‘rganiladi. O‘quvchilaming sonlarni otga bog‘lanishi, so‘roqlar yordamida sonni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish ko‘nikmalari o‘stiriladi. Shunday qilib, sonning leksik-semantik va grammatik xususiyati uni leksik va grammatik aspektda o‘rganishni taqozo etadi. Son grammatika va imlo o‘qitishdagi suhbat metodida, yarim izlanishli muammoli metodda, analitik (tahlil), sintetik (tarkib), induktiv metodlarda o‘rganiladi. Bu metodlar son yuzasidan beriladigan tushunchalaming mohiyatiga, o‘quvchilaming tayyorgarlik darajasiga bog‘liq holda tanlanadi. Agar o‘quvchi son haqida ma’lum darajada bilimga ega bo‘lsa, yarim izlanishli muammoli metod yoki suhbat metodidan; agar bola son haqida umuman tushunchaga ega bo‘lmasa, induktiv va analiz metodlaridan foydalaniladi.
“Son” ustida ishlash dastur talabiga ko‘ra 1-sinfdan boshlansa ham, uni o‘rganish jarayoni, metodik jihatdan 4 bosqichga bo‘linadi. “Son” boshlang‘ich ta’limda elementar nazariy tushunchalar asosida amaliy o‘rganiladi. Lekin 1-bosqichni to‘liq ma’noda sonni amaliy o‘rganish bosqichi deb nomlaymiz. Chunki bu bosqichda umuman nazariyasiz son ustida ishlanadi va bu 1-sinfning savod o‘rgatish va 1-sinfning 2-yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu bosqich sonni o‘rganuvchi keyingi bosqichlarga zamin tayyorlaydi. Ma’lumki, savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar bilan kundalik ishlar, rasmlar, predmetlar, mavzular yuzasidan og‘zaki savol-javoblar o‘tkaziladi.
Fe’l ustida ishlashda izchillik, bo‘limlar orasidagi bog‘lanish, dastur materialining hajmi, uni har bir sinfda o‘rganish usullari va vositalari shu so‘z turkumini o‘rganish vazifasi, uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi o‘quvchilaming bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi. “Fe’l” mavzusini o‘rganishda asosiy vazifalar: so‘z turkumi sifatida fe’l haqida dastlabki tushunchani shakllantirish, o‘quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda og‘zaki va yozma nutqda fe’ldan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish, o‘quvchilaming aqliy faoliyatini rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim imloviy qoidalarni o‘zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir-biri bilan bog‘liq holda hal etiladi. Fe’ining lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilari faqat uning muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material tanlashda shu materialning nutq va imloga oid vazifalarni hal qilishda qanchalik zarurligi hisobga olinadi.
F e’lni o‘rganishda izchillik. 1-sinfda fe’l ustida ishlash. Fe’l ustida ishlashga tayyorgarlik savodga o‘rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o‘quvchilaming diqqati fe’ining leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik-grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan aniq material yig‘iladi. Fe’l ustida ishlash mashqlarini ,,Alifbe“dagi so‘z va mashqlarni o‘qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bog‘lab o‘tkaziladi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe’lni topishga, so‘z nimani bildirishini va qanday so‘roqqa javob bo‘lishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni, daraxtlami kuzatib yoki rasmlarni ko‘rib, gapni mazmunga mos so‘zlar bilan to‘ldiradilar: Kuzda mevalar ттг. qiladi?... (pishadi), sabzavotlar nima qiladi?... (yetiladi), daraxt baiglari nima qiladi?... (sarg‘ayadi). Bolalar nima qilyaptilar?... (dam olyaptilar), ...(o‘ynayaptilar), ... (ishlayaptilar).
Fe’lni o‘rganishda maqsadga qaratilgan ishlar harakatni bildirgan so‘zlar mavzusini o‘rganishdan boshlanadi (1-sinf, o‘quv yilining 2-yarmi). Fe’l leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosi (harakat bildirishi) mos keladigan (nima qilyapti?) yugurayapti, arralayapti, sakrayapti, (nima qildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima qiladi?) yuguradi, arralaydi, sakraydi kabi misollardan foydalanish bilan, o‘quvchilar o‘zlari bajargan harakatlarni aytishni so‘rab, ular bergan javobini (fe’lni) so‘roqlari bilan xattaxtaga yozib, suhbat o‘tkazish bilan tushuntiriladi. O‘quvchilarni so‘roq berish bilan holat bildiradigan uxlayapti, о ‘ynayapti, faxrlanadi kabi fe’llami ham tanlashga o‘rgatib borish muhim ahamiyatga ega. Bunday mashqlar o‘quvchilarda predmet harakatini keng ma’noda tushunish ko‘nikmasining shakllana borishiga yordam beradi. Dastur o‘quvchilarda so‘zlarga so‘roq berib, ularni bir-biridan farqlash ko‘nikmasini shakllantirishni talab etadi. Buning uchun o‘qituvchi fe’ining har xil shakllaridan foydalanib, maxsus mashqlar o‘tkazadi. Nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z bilan nima qildi? (nima qilyapti?, nima qiladi?) so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar taqqoslanadi: nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar guruhi predmetni bildirishi, nima qildi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar esa predmet harakatini bildirishi aniqlanadi. Taqqoslash ot va fe’lni ajratishga o‘rgatadi, ularning nutqda bir-biriga ta’sir etishini aniqlashga imkon beradi.
Fe’lga so‘roq berishga o‘rgatish yuzaki bo‘lmasligi, o‘quvchilar harakat bir kishi tomonidan bajarilsa, nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? so‘roqlarini, ikki va undan ortiq kishi tomonidan bajarilsa, nima qildilar?, nima qilyaptilar?, nima qilmoqchilar? so‘roqlarini berishni bilishlari zarur. Bunday so‘roqlarga javob berishga o‘rgatish o‘z navbatida, fe’l zamonlarini o‘rganishga tayyorlash demakdir.
Boshlang‘ich ta’limda faqat kishilik olmoshlari o‘rganiladi. 4-sinfda kishilik olmoshlari haqidagi dastlabki umumiy tushuncha beriladi; ularning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishi va imlosi o‘rgatiladi. Kishilik olmoshlari bilan o‘quvchilarni tanishtirishda predmetni nomlamasligi, ular faqat ko‘rsatish uchun xizmat qilishi bilan tanishtiriladi. Boshlang‘ich sinfda kishilik olmoshlarining ot bilan almashinib qo‘llanishiga alohida to‘xtab o‘tilmaydi.
|