• 2. Savol asosida gap tuzish.
  • Konstruktiv mashqlar
  • Shahrisabz davlat pedagogika instituti




    Download 8,11 Mb.
    bet34/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    Namuna asosidagi mashq aniq, to‘g‘ri tuzilgan sintaktik qurilmalarni amaliy o‘zlashtirishni, ularning ichki bog‘lanishini, mazmunini tushunishni ko‘zda tutadi. Bunday mashqlar ichida analitik mashqlarga, shuningdek, gapni kuzatish va eshitish, uni o‘qishga muhim o‘rin beriladi. Namuna asosidagi mashqlarga quyidagilar kiradi:
    1. Gap ustida ishlashning eng oddiy, boshlang‘ich, shu bilan birga, eng zaruriy shakli − namunani o‘qish (yozish), intonatsiyasi, ifodaliligi ustida ishlash, gapning asosini va mazmunini tushuntirish, ba’zan esa gapni yodda saqlash, yodlash hisoblanadi.
    Gapni o‘qish va kuzatish nutq o‘stirishga katta yordam beradi. Gap intonatsiyasi ustida ishlash gap mazmunini va bog‘lanishini tushunishga, namunaga qarab, uni o‘zlashtirish va yodda saqlashga, gap qurilishini yaxshi tushunishga yordam beradi. Bu jarayonda nutqdan gapni intonatsiyaga qarab ajratishga, intonatsion tugallanganlikni ifodalashga, darak, so‘roq va his-hayajon gaplarning intonatsiyasiga, uyushiq bo‘lakli gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardagi sanash ohanggiga, bog‘langan qo‘shma gap intonatsiyasiga e’tibor berish kerak.
    2. Savol asosida gap tuzish. Bunda berilgan savol javob (gap tuzish) uchun asos bo‘ladi va «namuna» vazifasini bajaradn. Savolda uning asosiy mazmunigina emas, balki barcha so‘zlari va sintaktik qurilishining chizmasi ham beriladi. Masalan: Bolalar bog‘da nima terdilar? (Bolalar bog‘da olma terdilar).
    Savollar asta-sekin murakkablashtirib boriladi: bolalar oldin so‘roq so‘z o‘rniga bir so‘z qo‘shib gap tuzgan bo‘lsalar, keyinroq o‘z so‘zlarini ko‘proq qo‘shishga majbur bo‘ladilar: Bolalar bog‘da nima qildilar? (Bolalar bog‘da olma terdilar. Bolalar bog‘da olma terdilar va uni savatlarga soldilar). Yoki «Bolalar qaerda bo‘ldilar? Ular nima qildilar?» (Bolalar bog‘da bo‘ldilar. Ular olma terdilar va savatlarga soldilar). Sen tipratikan haqida nimalarni bilasan? Nega qushlar uyasini buzii mumkin emas? kabi.
    Konstruktiv mashqlarga gap tuzish va uni qayta tuzishga qaratilgan mashqlar kiradi. Bunday mashqlar grammatik tushuncha va qoidaga asoslanadi. Konstruktiv mashqlarning turlari quyidagilar:

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

    Download 8,11 Mb.