|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
|
bet | 30/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olinganNazorat uchun savollar:
1. Boshlang‘ich sinflarda ot va sifatni o‘rganish metodikasi haqida ma’lumot bering
2. So‘z turkumlarini leksik va grmmatik ma’nosi ustida ishlashda qanday mashqlardan foydalaniladi?
3. Son, Olmosh, Fe’l o‘rganish metodikalari haqida ma’lumot bering
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi.–T.: Noshir, 2009. – 163 b.
A’zimova I., Mavlonova K., Quronov S., Sh.Tursun. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” , 1-sinflar uchun darslik, -Toshkent, Respublika ta’lim markazi, 2021.
37. A’zimova I., Mavlonova K., Quronov S., Sh.Tursun. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” , 2-sinflar uchun darslik, -Toshkent, Respublika ta’lim markazi, 2021.
G‘afforova G, Shodmonov Y, G‘ulomova X , “Ona tili”, 1 - sinf, -T,: “Sharq”, 2019.
10-mavzu: SO‘Z TURKUMLARINING LEKSIK VA GRAMMATIK MA’NOSI
USTIDA ISHLASH
Reja:
1. Otni o‘rganish metodikasi
2. Boshlang‘ich sinflarda otni o‘rganish tizimi
3. Sifatni o‘rganish metodikasi
4. So‘z turkumlarini leksik va grmmatik ma’nosi ustida ishlash
5. Sonni o‘rganish metodikasi
6. Olmoshni o‘rganish metodikasi
7. Fe’lni o‘rganish metodikasi
Tayanch atamalar: grammatika, so‘z yasalishi,so‘z, so‘z birikmasi, gap, morfema, leksema, fonema, ot, sifat, son, olmosh
So‘z turkumlarini o‘rganish metodikasi
So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so‘zlaming leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra turli guruhlarga ajratilishi, ya’ni so‘z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi. So‘zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga:
1) leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni shaxs, narsa, harakat yoki holat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma’nolari),
2) morfologik (so‘zning turli shakllari tizimi)
3) sintaktik (turli morfologik shakllarning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asoslaniladi. Demak, so‘z turkumlari ustida ishlash o‘quvchilaming muayyan guruhdagi so‘zlaming umumlashtirilgan ma’nolarini, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi zarur. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l) bilan umumiy tanishtirilgandan so‘ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o‘rganiladi. Bu so‘z turkumlarini o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe’ining quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar:
1) so‘z nimani bildirishi (shaxs, narsa, belgi, miqdor va tartib, harakat yoki holat);
2) qanday so‘roqlarga javob bo‘lishi;
3) o‘zgarish-o‘zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mavjudligi;
4) gapda, asosan, qanday bo‘lak vazifasida kelishi.
O‘quvchilar mana shu o‘rgangan belgilari asosida so‘z turkumlarini taqqoslaydilar. Ular nimani o‘rganganlariga qarab, har bir so‘z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya va chuqurlasha boradi. Dasturga ko‘ra, boshlang‘ich sinfda so‘zlar dastlab javob bo‘ladigan morfologik so‘roqlariga qarab guruhlanadi. 3-sinfda “So‘z turkumi” tushunchasi shakllantiriladi. O‘quvchilar har bir so‘z turkumiga xos ayrim belgilar (so‘z turkumlarining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, otlaming birlik va ko‘plikda qo‘llanishi, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe’ining gapdagi vazifasi) bilan tanishtiriladi. 4-sinfda so‘z turkumlarining morfologik-sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o‘quvchilar otlaming egalik va kelishiklar bilan o‘zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini, kishilik olmoshlari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe’llarda shaxs-son va zamonni o‘rganadilar. Quyidagi jadvalda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z turkumlari yuzasidan bilimlari hajmi ko‘rsatilgan
|
| |