• 15-mavzu: OʻQUVCHILARNI PIRLS TOPSHIRIQLARI ASOSIDA BADIIY ASARNI TAHLIL QILISHGA OʻRGATISH Reja
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati




    Download 8,11 Mb.
    bet46/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
    1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi.–T.: Noshir, 2009. – 163 b.
    2. A’zimova I., Mavlonova K., Quronov S., Sh.Tursun. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” , 1-sinflar uchun darslik, -Toshkent, Respublika ta’lim markazi, 2021.
    3. A’zimova I., Mavlonova K., Quronov S., Sh.Tursun. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” , 2-sinflar uchun darslik, -Toshkent, Respublika ta’lim markazi, 2021.
    4. G‘afforova G, Shodmonov Y, G‘ulomova X , “Ona tili”, 1 - sinf, -T,: “Sharq”, 2019.


    15-mavzu: OʻQUVCHILARNI PIRLS TOPSHIRIQLARI ASOSIDA BADIIY ASARNI TAHLIL QILISHGA OʻRGATISH
    Reja:
    1. PIRLS haquda maʻlumot berish
    2. Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini PIRLS tizimi asosida baholashga oʻrgatish.


    Tayanch so‘z va iboralar: boshlang‘ich sinf, o‘qituvchi, o‘quvchi, xalqaro baholash tizimi, PIRLS tizimi, baholash, takomillashtirish.

    Mamlakat ravnaqi va taraqqiyotini ta’lim istiqboli, yosh avlodning ma’naviy kamoloti belgilaydi. Kelajak egalarining zamonaviy bilim, intellektual salohiyat, ilmu ma’rifat, erkin fikr, ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, jahonda e’tirof etilgan uslub va an’analarni qo‘llash malakasiga ega bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Ta’lim tizimidagi islohotlar ana shu maqsadga qaratilgan bo‘lib, xalqaro mezon asosida dunyoning yuksak taraqqiy etgan davlatlarida qo‘llanaѐtgan va katta samara berayotgan ta’lim texnologiyalari, baholashning xalqaro talablariga muvofiq bo‘lishiga qaratilmoqda.


    Dunyoning yuksak taraqqiy etgan davlatlarida ta’lim sohasida baholashning PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro baholash dasturlari amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. Taraqqiyot odimlari bilan jahonga yuz tutayotgan mamlakatimizda ham ta’lim sohasida baholashning xalqaro mezonlari qo‘llanilmoqda. Ma’lumki, ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida baholash orqali dunyo mamlakatlari bilan qiyosiy tahlillar olib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 8-dekabrda "Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror qabul qilingan. Qarorda ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi huzurida ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etilib, ta’lim sifatini belgilash bo‘yicha qator xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi belgilangan.
    Qolaversa, O‘zbekiston Pespublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning "O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmonida inson kapitalini shakllantirishning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan tizimda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va ularni hayotga tatbiq etish yo‘llari atroflicha belgilab berildi. Jumladan, unda mamlakatimizning 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) - o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur reytingida jahonning 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifasi qo‘yilgan. Xalq ta’limida sodir bo‘layotgan mazkur o‘zgarishlar bevosita oliy ta’lim muassasalari bilan ham bog‘liq bo‘lib, maktab va oliy ta’lim muassasalari hamkorlik aloqalari yuksalishiga sabab bo‘lmoqda.
    Ma’lumki, o‘zgarishlar davrida ta’lim tizimi ijtimoiy jaraѐnlardan kelib chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta’lim orqali jamiyatda kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan yangi avlod shakllantiriladi. Shuni inobatga olgan holda umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlodning har tomonlama puxta bilim olishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. SHuningdek, mazkur ta’lim sohalariga kadrlar yetishtirib berish masalasi, oliy ta’lim tizimida mazkur sohalar uchun alohida kvotalar ajratilishi, pedagogik amaliѐtlar bevosita ishlab chiqarish muassasalarida olib borishi oliy ta’lim tizimida ham ancha o‘zgarishlar bo‘layotganidan dalolatdir.
    Xususan, dunyoda ta’lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA (O‘quvchilarni ta’limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS (Maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo‘lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta’lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo‘llanilib kelinmokda. PISA - o‘quvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur bo‘lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o‘quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo‘llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi - 15 yoshli o‘quvchilar ta’lim dargohida olayotan bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi o‘smirlar ishtirok etadi.
    Maktabdagi ta’lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yo‘nalishda: o‘qish, matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo‘yicha olib boriladi. Umuman olganda, PISA dasturi davlatlarning ta’lim sohasidagi siyosatiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi. Har bir davlat o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida o‘zining ta’lim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqeini ko‘radi hamda ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirishda o‘z yo‘nalishlarini va strategiyasini belgilab oladi.
    PIRLS - tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtirok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlardagi boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o‘qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.
    TMSS - ham jahon mamlakatlari ta’lim tizimida keng tadbiq etilmoqda. TMSS dasturi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (International Association for the Evaluation of Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tadqiqot 4 va 8 sinf o‘quvchilari orasida matematika va ijtimoiy fanlar bo‘yicha ta’limning sifati, darajasi, fanga bo‘lgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. Ushbu tadqiqot PIRLS tadqiqotiga o‘xshab, o‘quvchilar, maktab ma’muriyati va o‘qituvchilari orasida qo‘shimcha so‘rovnomalar o‘tkazadi va fan sohasida to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa o‘sha mamlakatda ishlab chiqilgan ta’lim standartlarini va ta’lim samaradorligini boshqa davlatlar bilan solishtirib ko‘rish imkonini beradi. SHu paytga qadar TMSS tadqiqotlari natijalariga ko‘ra AQSH, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ta’lim tizimi eng yuqori ko‘rsatkichlarni egallagan. Ta’kidlash lozimki, ayni shu davlatlarda yuqori texnogiyalarni o‘zlashtirish, sanoatlashtirish va yuksak darajadagi taraqqiyot erishish maqsadida aniq fanlarni yuqori darajada o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratilib, unda o‘quvchilar tug‘ma iste’dod va qobiliyatlardan ko‘ra o‘z ustida doimiy ishlash hamda aniq fanlarni o‘qitishda guruh yoki sinfdagi o‘quvchilar sonining 16 nafardan oshmasligi belgilangan.
    Bunday tajriba AQSHda ham mavjud bo‘lib, 1999 yildan boshlab bitta o‘qituvchi 40 minutlik dars mashg‘uloti davomida 16 ta bolaga bilim va tarbiya bera olish imkoniyatiga ega ekanligii inobatga olgan holda prezident qarori bilan ta’lim muassasalaridagi guruhlarda o‘quvchilar soni 16 nafar etib belgilangan.
    Umuman olganda mamlakatimizda aynan mana shunday xalqaro dasturlarning ta’lim tizimini baholash va monitoring qilishdagi ishtiroki mavjud emasligi yoki o‘quvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki monitoring qilishning “Milliy dasturi” yaratilmaganligi, hududlar kesimida yoshlar tomonidan u yoki bu fanni o‘zlashtirish darajasining sifati va soxada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lamini belgilab borish va tegishli islohotlar o‘tkazish imkoniyatini cheklab qo‘ymoqda. SHuningdek, boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi o‘qitish darajasining islohotlar tempidan ortda qolayotganligi yaqin kelajakda malakali kadrlar tanqisligini keltirib chiqaradi.
    SHuni inobatga olgan holda quyidagi takliflarni amalga oshirish joiz deb hisoblaymiz:
    1. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda o‘quvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki monitoring qilishning “Milliy dasturi”ni yaratish;
    2. Ilm-fan yutuqlarining eng ilg‘or natijalari va adabiyotlarning ingliz tilida nashr qilinishini inobatga olgan holda, maktablarda ingliz tilini o‘rgatuvchi turli xorijiy dasturlarni tadbiq etish masalasini ko‘rib chiqish;
    3. Maktabgacha ta’lim hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi guruh va sinflarda xalqaro tajribada sinalgan usullardan kelib chiqqan holda o‘quvchilar sonining maksimal hamda minimal ko‘rsatkichlarini belgilab qo‘yish;
    4. Psixologik testlar yordamida boshlang‘ich sinflardagi iste’dodli bolalarni ajratib olib 8-9 yoshlilar uchun har bir maktabda ixtisoslashgan sinflar tashkil etish.
    5. Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika ixtisosligidagi yo‘nalishlarda mazkur xalqaro baholash dasturlarini o‘rgatuvchi maxsus kurslar tashkil qilish va talabalarni xalqaro baholash mezonlari, xorij tajribalari bilan tanishtirib borish.
    O‘qitish jarayonida o‘qituvchining nazorat qilib borishi, o‘quvchilar bilimini tekshirishi va baholashi muhim ahamiyatga ega. Dars jarayonida tekshirish, baholash bilimlarni mustahkamlash va aniqlashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘qishga bo‘lgan qiziqishini ham oshiradi .
    Bugun kunda taʼlim sifatini yangicha xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash tizim shakllanmoqda. Shuning uchun har bir fan o‘qituvchisi xalqaro baholash tizimi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi va o‘quvchilarni PISA va PIRLS baholash imtihonlariga tayyorlashi lozim. PISA va PIRLS o‘quvchilarni ta'lim sohasidagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi bo‘lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o‘quvchilarining bilimini va ularni amaliyotda qo‘llay olishini baholaydi.
    PISA dasturida 15 yoshli o‘quvchilar bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda, inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyati baholanadi va uch yilda bir marotaba o‘tkaziladi.
    PIRLS dasturida 4-sinf o‘quvchilari¬ning matnni o‘qish va tushunish daraja¬si aniqlanadi va baholanadi. Bunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi, murakkab muammoli vaziyatlarini hal etish, o‘rtoqlarining fikrini tahlil qilib, asoslangan xulosalar chiqarish, boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishishi, ularning har xil yutuqlari aniqlanib baholanadi.
    O‘quvchilarning har xil topshiriqlar asosida javoblari ularning bilimlarini aks ettiradi va o‘qituvchi tomonidan har bir o‘quvchining qanday o‘zlashtirayotganligini, u o‘quv materialini qanchalik egallaganligi darajasiga qarab baholanadi. Shuning bilan birga ular ma’lum darajada o‘qitishning sifatini ham aniqlaydi.
    Boshlang`ich sinf O`qish kitoblarida badiiy matn, hikoya namunalari keng o`rin olgan. Xususan, 3-sinf darsligida hikoyalar uchdan bir qismni tashkil etadi. Ularning aksariyati do‘stlik, vatanparvarlik, ona-tabiatga e‘tibor, axloqiy-tarbiyaviy mavzulardadir. Hikoyalar bolalar o`qishiga mo`ljallangan badiiy kompozitsion, janriy xususiyatlarga egaligi bilan ham muhimlik kasb etadi. O`quvchilar ixcham hikoyalarning qahramonlari orqali realistic hayotimiz haqida ma‘lum tushunchalarga ega bo`la boshlaydilar. Ularda go`zallik va nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan esa nafrat tuyg`usi hikoyalar tahlili orqali shakllanib boradi. Hikoya tahlili adabiy janrning o`ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib chiqib ish ko`rishni taqozo etadi.Undagi har bir so`z, ibora, gap yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi.
    Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o`rganishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o`qish, muammoli usullardan foydalanish uchun ham manba bo`lishi lozim. Boshlang‘ich sinflarda hikoya sujeti, kompozitsiyasi, qahramonlarini o`rganish bo`yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda o`quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi. O‘qish kitoblarida hikoya janri sinfdan-sinfga o`tilgani sayin oshib borishi, mavzumundarijasi kengaya borgani ayonlashadi. Ixchamlik hikoyaning muhim belgisi, lekin unda personaj hayotidan birgina lavha, uzoq davrlik voqealar, personajlarning butun umr yoʻli, bir emas, bir necha odamlar taqdiri, xarakterning shakllanish jarayoni, ruhiy holatlarning almashinib turishi, muhim fazilat boʻlib qolishi mumkin.
    Biroq har qanday koʻrinishda ham tasvir siqiq tarzda beriladi. M.Murodovning “Olma”, O‘tkir Hoshimovning “Xazonchinak”, “Chana”, E.Malikovning “Unitilmas bayram”, Z.Ibrohimovaning “Hisobda adashgan bola”, “Qorboboga elektron maktub”, M. Osimning “Jaloliddin Manguberdi”, U.Hamdamning “Ko‘prik ustidagi do‘st”, “Vatan haqida qo‘shiq”, H.Murodovning “Oq tumshuq jasorati” kabi hikoyalar esa aynan o`quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga asos bo`la olishi bilan e‘tiborli. Jumladan, H.Murodovning “Yangi uy” hikoyasi o`quvchilarga alohida qiziqish uyg`otadi. Qishlog`imiz chekkasidagi eski bog` o`rnida g`ishtli, chiroyli uylar quriladigan bo‘libdi! Bu gapni sinfdoshimiz Xurshidbek topib keldi. O‘rtoqlari uni birpastda o‘rab olishdi.
    – Qanaqa uylar deding?
    – Kimlar qurar ekan?
    –Kimlar turadi yangi uylarda?...
    O‘quvchilarning savollariga ustozi Orif aka javob berdi. Bu quriladigan uylar qishlog‘imizning uyga ehtiyoji bor yosh oilalariga ekan. Qurilayotgan uylar siz-u bizniki. Endi kimning bo`sh vaqti bo`lsa, o`qishdan keyin yordamga chiqsin. Albatta, o`quvchilar ushbu hikoya tahlilini mustaqil bajarishlari uchun ularni mantiqiy mushohadaga yetaklovchi suratlar, mantiqiy savollar, loyiha ishlari taqdim etilishi maqsadga muvofiq.



    Masalan, yuqoridagi ikkita rasmni o`zaro taqqoslash orqali 3-sinf o`quvchilarida baland qavatli uylar qanchalik ko`rkam, chiroyli ekanligini ko`z oldilariga keltirish bilan, qurish uchun hashar zarurligi, juda ko`p odamlar birgalikda ishlashlari, quruvchilarning mehnati ham oson emasligini anglashga, shundan keyingina o`zlari mustaqil xulosa qila olishlari mumkin.
    Boshlang‘ich sinf bitiruvchi o‘quvchilarini PIRLS – baholash tizimi topshiriqlari asosida badiiy asarni tahlil qilishga o‘rgatishga harakat qilamiz. Unda 4-sinf o‘quvchilariga sinfdan tashqari o‘qish darslarini inobatga olib, “Hikmatli boylik” hikoyasini tahlilga tortamiz. Hikoyada ikki kishi sayohat qilib yurib, bir g‘orga duch kelishgani, g‘orning ichida kumush eshikli xonada bir sandiq kumush tanga, tilla eshikli xonadan ham bir sandiq tilla tanga topishibdi. Har ikkala sayohatchi cho‘ntaklarini va qo‘ynilarini tilla tangaga to‘ldirib olishibdi. Ketmoqchi bo‘lib turishganida yog‘och eshikli xonani ham ko‘rib qolibdilar. Bu xonada yog‘och sandiq ichida to‘la kitoblarni ko‘rib, birinchi sayohatchi: “Kitoblarni bunchalik ichkariga yashirishning nima hojati bor edi? Bu sandiq g‘orning og‘zida tursa ham bo‘lar edi” deb orqasiga qaytibdi. Ikkinchi sayohatchi esa: “Bu sandiqning ichkariga yashirilishining bir hikmati bo‘lsa kerak”, deb tillalarni to‘kib, kitoblardan ko‘targanicha olibdi. Sherigi uning qilgan ishidan kulib, har ikkalasi o‘z yo‘lida davom etibdi.
    Oradan yillar o‘tib, tilla olib kelgan odam boy-badavlat bo‘lib ketibdi. Kitob olgan odamning esa bolalari kitoblarni o‘qib, elga tanilgan olimlar bo‘lib yetishibdi. Bu paytda esa ikki sayohatchi keksayib qolgan, tilla olib kelgan odamning bolalari otasining boyligini talashib, bir-birlari bilan urushib, har tomonga tarqab, otasini ham unutishibdi. Kitob olib kelgan odamning bolalari esa otasiga minnatdorchilik bildirib, uni qarigan chog‘ida parvarish qilishibdi.
    O‘quvchilar matn bilan tanishtirilgach, asarning voqealar rivojini, mazmunini, g‘oyasini, badiiyatini, shaklini va umumiy xulosasini tahlil asosida o‘rganib, bolalarning savodxonlik darajasini aniqlaymiz. O‘quvchilarning matnni to‘liq, mazmun va g‘oyasini kengroq ochtirishga, har bir so‘z mohiyatini tushuntirishga, hikoyadan kelib chiqadigan g‘oyani anglatishga va to‘g‘ri xulosa chiqarishlariga yordam berish maqsadida PIRLS test topshiriqlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Buning uchun quyidagi test topshiriqlaridan foydalanamiz.
    1. “Hikmatli boylik” hikoyasi nima haqida yozilgan?
    A. Boylik B. Ilm izlash
    C. Kitob D. Sayohat
    2. Ikki sayohatchi yo‘lda qanday voqealarga duch kelishdi? Hikoya mazmuniga to‘g‘ri keladigan mos fikrlarni aniqlang.
    1.Sayohatchilar yo‘lda yovuz jodugarga duch kelishdi.
    2.Ular yurib-yurib g‘orga duch kelishdi.
    3.G‘orda kumush, tilla, yog‘och eshikli xonalarni ko‘ishdi va uy ichini kuzatishdi.
    4. G‘orda sayohatchilarni qirq qaroqchilar tutib olishdi.
    5.G‘ordan ko‘pgina tilla va kitoblar olib chiqishdi.
    6.G‘ordan faqat kitob topishdi.
    7. Ikki sayohatchilar o‘z uylariga ketib, o‘z holicha yashashdi.
    A. 1,2,4,5. B. 2,3,5,7.
    C. 2,3,6,7 D. 1,2,3,5.
    3. Kitobni nimaga qiyoslaymiz?
    A. Oftob, nur, olam.
    B. Hikmat, soya, dur.
    C. Ona, oltin, hikmat.
    D. Tanga, ziyo, quyosh.
    4. Birinchi sayohatchi boyliklarini nima qildi?
    __________________________________________________________________________________________________________________________________________________
    5. Ikkinchi sayohatchining yo‘li to‘g‘rimi?
    __________________________________________________________________________________________________________________________________________________
    6. “Kitob” ikkinchi sayohatchiga nima berdi?
    __________________________________________________________________________________________________________________________________________________
    7. Hikoya mazmuniga mos keladigan to‘g‘ri fikrlarni aniqlang. Javoblar jadvaliga “HA” yoki “YO‘Q” so‘zlarini yozing.
    1. Hikoyada ikki sayohatchining hayotini tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘lgan g‘orga duch kelishdi va har biri o‘z hayot yo‘lini tanlaydi.
    2. Sayohatchilar g‘ordagi kumush, tilla tangalarni egallab boyib ketishadi.
    3. Ichkari xonaga yashiringan yog‘och sandiqdan eng qimmatbaho boylik “kitoblar” chiqadi.
    4. Ikkinchi sayohatchining g‘ordan olgan kitoblari unga va farzandlariga baxt-saodat olib keladi hamda ilm dunyosi eshiklarini ochadi.
    5. Birinchi sayohatchi butun umriga yetadigan boylikni olib, farovonlikda yashaydi, farzandlarini ham baxtli qiladi.
    6. Tilla tangalarni olgan sayohatchining farzandlari boylik uchun kurashib, otasini ham unutib, el hurmatidan chiqadi.
    7. Sayohatchilar umrining oxirida eng hikmatli boylik – kitob ekanligini anglashadi va xatolarini tushunishadi.
    8. Siz qaysi sayohatchiga o‘xshashni xohlaysiz? Nima uchun?
    __________________________________________________________________________________________________________________________________________________
    9. Hikoya mazmunidan kelib chiqadigan xulosa qaysi javobda berilgan?
    A. Sayohatga chiqib, boylik topib olish va boy-badavlat yashash.
    B. Boylik uchun ilmdan voz kechish mumkin. Bu johillik emas.
    C. Yoshi ulug‘ bo‘lgan kishilarni hurmat qilish.
    D. Ilm uchun boylikdan voz kechish mumkin, chunki ilm egasini boy qiladi.
    10. Hikoyadan kelib chiqadigan xulosaga mos keladigan o‘zbek xalq maqollaridan topib yozing?
    __________________________________________________________________________________________________________________________________________________
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasida davlat va jamiyat ahamiyatiga molik dolzarb masalalar qatorida ta’lim sifatini oshirishga, 2021-yildagi xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 
    SHuningdek, Prezidentimizning farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi” tasdiqlangan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA xalqaro baholash dasturining reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish ustuvor vazifa etib belgilangan. 




    Download 8,11 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

    Download 8,11 Mb.