• 1-guruh uchun savol-topshiriqlar
  • − ekskursiya
  • Shahrisabz davlat pedagogika instituti




    Download 8,11 Mb.
    bet49/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    Og‘zing ochilib qolsin – hayron bo‘lib qolgin
    Qolipdan chiqqan g‘ishtdek – hamma tomoni birdek tekis
    Loqayd – befarq
    Kashfiyot – izlanishlar natijasida yaratilgan narsa; ixtiro
    Ayilday botdi – qattiq tegdi, ranjitdi
    Pisanda qilmoq – oldindan biror shart qo‘ymoq; ta’kidlamoq.
    Tayyorgarlik ishlarining ta’limiy shakllari xilma-xil bo‘lib, o‘qituvchi asar mazmuni va sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davrida nimalar haqida ma’lumot berish maqsad qilingan bo‘lsa, avvalo, o‘quvchilarning o‘zlaridan ular haqida bilganlari so‘rab aniqlanadi. Masalan, “Kitobga ixlos” asarini o‘qishga tayyorgarlikda o‘quvchilarning dastlabki bilimlari quyidagicha aniqlanadi:
    O‘qituvchi: − Bugun biz Vatanimizning o‘tmishiga sayohat qilamiz. Sayohatimiz Buxoro shahriga bo‘ladi. Sayohatchilar ikki guruhga bo‘linadi. Buxoro darvozalari ochilishi uchun bir necha tilsimlarni echishimiz zarur. Buning uchun har bir guruh o‘ziga berilgan savol-topshiriqlarni bajarib, shohsupaga ko‘tarilishi zarur.
    1-guruh uchun savol-topshiriqlar:
    1. Tarixda yashagan buyuk olimlar, shoirlar, yozuvchilar, sarkardalardan kimlarni bilasiz?
    2. Buxoroda qaysi buyuk shaxslar yashagan?
    3. Buxorodagi tarixiy binolar, joylar nomini ayting.
    2-guruh uchun ham shu tarzdagi savol-topshiriqlar beriladi yoki har ikala guruh uchun shu savol-topshiriqlar berilib, “Kim oldin shohsupaga etib boradi?” sharti qo‘yiladi.
    Xattaxtaga buyuk shaxslar portreti, tarixiy joylar tasvirlangan rasmlar ilib qo‘yiladi.
    Tayyorgarlik shakllaridan biri − ekskursiyadir. Bu ish turidan tabiat tasviriga bag‘ishlangan yoki ishlab chiqarish, qurilish, shahar, qishloq hayotiga, kasbga doir mavzular va tarixiy asarlar o‘rganilganda foydalanish mumkin. Chunonchi, 1-sinfda “Issiqxonada”, 2-sinfda “Metropoliten” kabi mavzularni o‘rganishdan oldin ekskursiya qilish maqsadga muvofiq. Ekskursiya o‘quvchilarning asarda ifoda etilgan hodisalarni aniq va ongli o‘zlashtirishlariga yordam beradi, bilimlarini chuqurlashtiradi, tabiat hodisalarini kuzatish va ularni aniq tasvirlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.
    Ekskursiya bolalarda tabiatga mehr uyg‘otadi, uni sevish va tabiat ehsonlarini asrash hissini tarbiyalaydi.
    Ishlab chiqarish korxonalariga, muzey va boshqa joylarga ekskursiyalar esa tarixiy voqealarning to‘g‘ri idrok etishlarini ta’minlaydi, kattalar mehnati bilan tanishtiradi, o‘quvchida mehnatga muhabbat uyg‘otadi, kasbga yo‘naltiradi.

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

    Download 8,11 Mb.