• Badiiy asar matni ustida ishlash.
  • Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok etishidagi psixologik xususiyatlari




    Download 8,11 Mb.
    bet52/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok etishidagi psixologik xususiyatlari. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar hisobga olinadi. Ruhshunos olimlarning tekshirishlaridan ma’lum bo‘lishicha, asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, uni emotsional-estetik his etish ham kiradi. Badiiy asarni yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning o‘zigina yetarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo‘lib, asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o‘z ichiga oladi. Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning adabiy qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xusisiyatlari o‘rganilgan va ular adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo‘lishlari aniqlangan:
    1. Adabiy qahramonga emotsional munosabat.
    2. Elementar tahlil qilish.
    Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o‘quvchilar o‘z shaxsiy va axloqiy tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik yoshdagi o‘quvchilarda chegaralangan bo‘ladi, albatta. Ular axloqiy sifatlardan botirlik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, yaxshilik tushunchalarini ko‘p ishlatadilar.
    Asardagi qahramonlarning xarakteri ularning axloqiy sifatlarini anglash asosida tushuniladi. Bunda qahramonning nima qilishi emas, nima uchun shunday qilishi kerakligini bilish muhimdir. Ushbu jarayonda asar qahramonlarining axloqiy sifatlari ustida qo‘proq ishlash lozim.

    O‘qish darslarida o‘qilayotgan asarning ongli o‘zlashtirilishini ta’minlashda o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini albatta hisobga olish zarur.
    Badiiy asar matni ustida ishlash. Boshlang‘ich sinflarda to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qishga o‘rgatish vazifasi o‘quvchilarda asarni tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O‘qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o‘zaro bog‘liqligi asarni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi.
    Badiiy asar ustida ishlashning ikkinchi bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil qilishning asosiy yo‘nalishi matnning aniq mazmuni (voqealar va uning rivojlanishi)ni, kompozistiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va xarakterli xususiyatlarini, asarning g‘oyasini aniqlash hisoblanadi.
    Asarni tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-ifodaviy vositalari bilan bog‘liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo‘nalishini belgilaydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar bajaradigan topshiriqlarni va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini aniqlab olishga yordam beradi.
    Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok etishidagi psixologik xususiyatlari

    Download 8,11 Mb.