• O‘qituvchi hikoyasi
  • Shahrisabz davlat pedagogika instituti




    Download 8,11 Mb.
    bet50/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    Film namoyish qilish. Tarixiy materiallarni, asar muallifi hayotini o‘rganishdan oldin film namoyish qilinsa, o‘quvchilarning asarni idrok qilishlari faollashadi. Masalan, 2-sinfda “Gulzorda” hikoyasini o‘qishda ”Mehrobdan chayon” filmidan parcha ko‘rsatilishi, 3-4-sinflarda Ibn Sino haqidagi asarlarni o‘rganishda ”Ulug‘bek xazinasi”, Alisher Navoiy haqidagi asarlar bilan tanishtirishda “Alisher Navoiy” filmi namoyish etilishi mumkin.
    Kinofilm va diafilmlardan o‘quvchilarni asarni o‘qishga tayyorlash davrida foydalaniladi. Ular o‘quvchilarning tasavvur qilishlariga, tushunchalarini oydinlashtirishga, ongli o‘qish va hissiy idrok etishlariga yordam beradi. O‘quvchilarning film namoyishida tug‘ilgan ayrim savollariga ularning o‘zlari yangi o‘qiydigan asarlardan javob topadilar. Tayyorgarlik ishlarini bunday uyushtirish o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini ham oshiradi.
    O‘qituvchi hikoyasi. Bu metod asar muallifi haqida ma’lumot berishda eng samarali hisoblanadi. Asar muallifi shoir va yozuvchilar haqida so‘zlab berilayotganda ularning portretlari, bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilsa, o‘quvchilarning muallif ijodiga qiziqishlari ortadi. Boshlang‘ich sinfda shoir, yozuvchilarning o‘z tilidan o‘qigan asarlari yoki ular haqida boshqalar aytgan fikrlarni magnit tasmasidan eshitttirilsa yoki video tasmadan ko‘rsatilib, unga o‘qituvchi hikoyasi qo‘shilsa, darsning samaradorligi yanada oshadi. Masalan, 4-sinfda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mathiyasi aytilgach, A.Oripovning o‘zi aytgan ”O‘zbekiston” she’ri qo‘yib eshittirilishi mumkin.
    O‘qituvchi yozuvchi va shoirlar haqidagi ma’lumotlarni o‘quvchilar saviyasiga mos qilib, hajonli qilib hikoya qilsa, o‘quvchilarning badiiy asarni o‘qishga ichki istagi kuchayadi, ularda kitob o‘qishga muhabbat ortadi. Yozuvchi haqidagi ma’lumot 1- sinfdan 4- sinfga borgunga qadar ko‘paytirilib, chuqurlashtirilib boriladi.
    Asarni o‘qishga tayyorgarlik bevosita o‘quvchilarning mustaqil izlanishlari asosida ham tashkil etiladi. Masalan, “Kitobga ixlos” (4-sinf) asarini o‘qishga tayyorgarlikda o‘quvchilarning o‘tmishda yashagan tarixiy shaxslar haqidagi tushunchalari aniqlangach, o‘quvchilar xayolan sayohatga olib chiqiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarni Buxorodagi tarixiy muzeyga taklif etadi. Muzeyda o‘quvchilar Abu Ali ibn Sino portretini kuzatadilar, u haqdagi yozuvlarni o‘qiydilar (Muzey uchun sinfning biror qismi ajratiladi).



    Abu Ali ibn Sino – ma’rifatpar alloma


    Abu Ali ibn Sino – buyuk hakim




    Men kechalari kam uxlar, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsa bilan shug‘ullanmas edim. (Ibn Sino)




    Bir kuni shohdan kutubxonasiga kirishga va u erda tibga oid kitoblarni mutolaa qilishga ruxsat so‘radim.
    Shoh menga ruxsat berdi. (Ibn Sino)




    Ibn Sino dorivorlar tayyolash, yurak kasalligi, jarrohlik va boshqa sohalarga doir 400 dan ziyod asar yozgan

    O‘quvchilarni mustaqil izlanishga o‘rgatishning yana bir usuli o‘quvchilarga oldindan yozuvchi yoki asar yozilgan davr haqida kitoblar, manbalar tavsiya etib, ulardan ma’lumotlar to‘platish, albomlar tayyorlatish, so‘ng o‘quvchilar o‘zlari aniqlagan ma’lumotlarni o‘qib, so‘zlab berishidir.


    Sinfdan sinfga ko‘chish bilan yozuvchi hayoti va ijodi haqidagi o‘quvchilar bilimi ortib boradi. Asar muallifi bilan tanishtirishga qo‘yilgan talablar ham ko‘payadi. O‘qituvchi qisqa ma’lumot berishdan yozuvchi hayoti bilan to‘liqroq tanishtirishga o‘tadi. Bunda u kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning yoshiga mos imkoniyatlarni, ular yozuvchi bilan qay darajada tanish ekanligi va uning asarlaridan nimalarni o‘qiganligini hisobga oladi.

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

    Download 8,11 Mb.