• Mavzu: Arifmetik mantiqiy qurilma uning vazifasi, tashkil etuvchilari bilan tanishish. Reja: Asosiy qism.
  • Xulosa. Foydalanilgan Adabiyotlar ro’yxati.
  • Sharof rashidov




    Download 0,58 Mb.
    bet1/2
    Sana03.12.2023
    Hajmi0,58 Mb.
    #110306
      1   2
    Bog'liq
    musstaqil ish
    РДАТУ ва НамМҚИ халқаро к я ахборот хати кискаси, Hujjat, Tafakkur Operatsiyalari, test, 1 Mavzu Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar, Kompyuter tarmoqlarining asosiy protokollari. Tayyorladi Davron-fayllar.org, Mavzu kirish usullari csma CD, csm ca belgilagichlarini o’rnat, Doshanova M.Yu



    SHAROF RASHIDOV
    NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNVERSITETI URGUT FILIALI BIZNESNI BOSHQARISH VA TABIIY FANLAR FAKULTETI KOMPYUTER TA’MINOTI FANIDAN MUSTAQIL
    ISHI

    Bajardi: Vasliddinova Nodira


    O’qituvchi:Xursandov H

    Mavzu: Arifmetik mantiqiy qurilma uning vazifasi, tashkil etuvchilari bilan tanishish.
    Reja:

    1. Asosiy qism.

    2. Arifmetik mantiqiy qurilma, uning vazifasi.

    3. Arifmetik mantiqiy qurilma, tashkil etuvchilari.

    4. Arifmetik mantiqiy qurilma strukturasi.

    5. Xulosa.

    6. Foydalanilgan Adabiyotlar ro’yxati.

    1) Arifmetik-mantiqiy qurilma axborotni o‘zgartirishga oid arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan qurilma sanaladi. Funksional jihatdan AMQ, odatda, ikkita registr, summator va boshqaruv sxemasidan (mahalliy boshqaruv qurilmasidan) tashkil topgan. Summator - kirish qismiga kelayotgan ikkilik sonli kodlarni qo‘shish amalini bajaruvchi hisoblash sxemasi bo‘lib, mashinaning ikkilangan so‘ziga oid razryadlik darajasiga ega. Uzunligi turlicha bo‘lgan tez ishlovchi xotira registrlari: 1- registr (Pr1) ikkilangan so‘z, 2- registr (Pr2) esa bitta so‘zga oid razryadlik darajasiga ega. Operatsiya bajarilayotgan paytda Pr1 ichida operatsiyada ishtirok etayotgan birinchi son, operatsiya yakuniga yetgach - natija joylashadi; Pr2 ichida esa operatsiyada ishtirok etayotgan ikkinchi son joylashib, operatsiya yakuniga yetgach, uning ichidagi axborot o‘zgarmay qoladi. 1- registr axborotni ma’lumotlarning kodli shinasidan olishi va xuddi shu shinasi orqali uzatishi mumkin. Boshqaruv sxemasi yo‘riqlarning kodli shinasi orqali boshqaruv qurilmasidan boshqaruv signallarini qabul qilib, registrlar va AMQ summatori ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan signallarga aylantiradi. MQ arifmetik (+, - , *, :) operatsiyalarni faqat so‘nggi razryaddan so‘ng qayd etilgan vergulli ikkilik axborotga, ya’ni faqat butun ikkilik sonlarga nisbatan bajaradi. O‘zgaruvchan vergulli ikkilik sonlar hamda ikkilik-kodlashgan o‘nli sonlarga nisbatan operatsiyalar ijrosi matematik soprotsessor yoki maxsus tuzilgan dasturlar jalb etilgan tarzda bajariladi.


    2)Arifmetik va mantiqiy amallar bajariladigan qurilma arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) deb ataladi.

    15.1-rasm. AMQ kirishi va chiqishlari.
    K155IP3 IS misolida to‘rt razryadli AMQning funktsional imkoniyatlari bilan tanishib chiqamiz. Uning shartli belgilanishi 15.1 – rasmda keltirilgan. Mazkur sxema yoki mantiqiy, yoki arifmetik amallarni bajaruvchi ikkita rejimda ishlashi mumkin. Qurilma ikkita 4-razryadli operandlardan foydalanib 16 ta mantiqiy va 16 ta arifmetik amallarni bajarishi mumkin. Bajariladigan amal turi M (mode control) kirishga beriladigan boshqaruv signali darajasi bilan belgilanadi. Agar M kirishga katta kuchlanish darajasi (M=1) berilgan bo‘lsa, barcha ichki o‘tkazishlar berkiladi (blokirovka qilinadi) va qurilma ketma-ket u yoki bu mantiqiy amalni bajaradi. Agar M kirishga kichik kuchlanish darajasi M (M=0) berilgan bo‘lsa, barcha ichki o‘tishlarga ruxsat beriladi va ikkita to‘rt razryadli operandlar ustidan arifmetik amallar bajariladi. 15.1-jadval 4-razryadli AMQ tomonidan bajariladigan mantiqiy va ularga mos arifmetik amallar majmuasi. Rejimni boshqaruvchi M kirishdan tashqari mikrosxema S0-S3 parallel kirishlar bilan ham boshqariladi. Bu kirishlardagi signallar kombinatsiyasi bajarilishi kerak bo‘lgan aniq amalni tanlaydi.
    3) Arifmetik mantiqiy qurilmani funksional qismi jihatdan ikkiga bo‘lish mumkin: a) mikrodasturli qurilma (boshqarish qurilmasi) u mikrobuyruqlar ketma-ketligini beradi. b) operatsion qurilma (arifmetik mantiqiy qurilma) mikrobuyruqlar bajariladi. Arifmetik mantiqiy qurilmaning tarkibiga Rg1 – Rg7 registrlari kiradi, ularda tezkor xotiradan kelayotgan axborot qayta ishlanadi. Axborotni qayta ishlash qonuniyati M mikrobuyrug‘i bilan beriladi. U A1, A2,...,An ketma-ket mikrobuyrug‘lar sifatida yoziladi. Shu yerning o‘zida mikrobuyrug‘lar ikki xilga farqlanadi: Tashqi mikrobuyrug‘lar ya’ni bular arifmetik mantiqiy qurilmaga tashqi qurilmalardan keladigan buyruqlar; Ichki mikrobuyrug‘lar ya’ni arifmetik mantiqiy qurilmada yaratiladigan va mikrodastur qurilmasiga ta’sir etadigan. Masalan: arifmetik mantiqiy qurilma hisoblash natijalariga qarab turib holatlarni generatsiyalashi mumkin. Arifmetik mantiqiy qurilmada hisoblashlar natijalari u1, u2,…,un kodli shinalar orqali beriladi. Arifmetik mantiqiy qurilma tarkibiga kiruvchi registrlar funksiyalari:
    Rg1 - summator, arifmetik mantiqiy qurilmaning asosiy registri, unda hisoblash natijalari yaratiladi. Rg2, Rg3 - qo‘shiluvchi, ko‘paytuvchi, bo‘luvchilar registrlari. Rg4 - adresli registr operandalar adresini va natija adresini eslab qolishga mo‘ljallangan. Rg6-adreslarni tashkillashtirish uchun kerakli indeksli registr. Rg7- qo‘shimcha yordamchi registr, u dastur xohishiga qarab akkumlyator, indeksli registr yoki oraliq natijalarni eslab qoluvchi xotira sifatida ishlatilishi mumkin.Tezkor registrlar bir qismi dasturiy murojatli hisoblanadi, ya’ni ular buyruqlar bilan adreslanishi mumkin. Ularga quyidagilar kiradi:

    -summator; -indeksli registr: -ba’zi yordamchi registr: qolgan registrlar dasturiy murojaatga tegishli emas, ya’ni ular dasturda adreslanishi mumkin emas. Operatsion qurilmani qayta ishlanadigan ko‘rinishiga qarab klassifikatsiyalash mumkin (7-rasm). Arifmetik mantiqiy qurilmaning to‘liq kvalifikatsiyasi chizmada keltirilgan. Arifmetik mantiqiy qurilmaning mantiqiy strukturasining qiyinligini Arifmetik mantiqiy qurilmaga qo‘yilgan masalani yechishda ishlatiladigan mikrodasturlar, ko‘pligi bilan tushuntiriladi. Har bir registrning kirish yo‘liga tegishli mantiqiy sxemalar yig‘ilgan. Ular registrlararo muloqotni qo‘llashda ishlatiladi. So‘zlar ustida olib boriladigan operatsiyalarni bajarilishi so‘zlarni o‘zgartiradigan va arifmetik mantiqiy qurilmada so‘zlarni yetkazadigan mikro buyruqlarga olib boriladi. Mikrobuyruqlarning bajarilish tartibi bajariladigan operatsiyalar algoritmi bilan aniqlanadi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, arifmetik mantiqiy qurilma registrlar va ular bajaradigan funksiyalar bo‘ladigan operatsiyalarning uslubiga bog‘liq, arifmetik mantiqiy maxsus arifmetik amalga ega.


    7-rasm.



    Arifmetik mantiqiy qurilma bajaradigan operatsiyalar ro‘yxati raqamli hisoblash mashinasi turiga bog‘liq. Shu tariqa arifmetik mantiqiy qurilma strukturasi berilgan arifmetik mantiqiy va maxsus operatsiyalarni bajarilishi bilan belgilanadi. Arifmetik mantiqiy qurilma qurilishi esa mikrodasturlarda bajariladigan mikrobuyruqlar bilan belgilanadi. Arifmetik mantiqiy qurilmaning undanda soddaroq sxemasini olish uchun arifmetik mantiqiy operatsiyalardan eng minimalini tanlash lozim. Bunda arifmetik mantiqiy qurilmaning berilgan tezkorligini hisobga olish zarur. · natija to‘lib-toshishi (AV) · ishora (AS) · holati (AQ) Sikl oxirida arifmetik statusga ega bo‘lgan signallar o‘z holatlarini o‘zgartiradi (ASTAT): X kirish porti 2 ta manbadan ma’lumot qabul qilishi mumkin: AX- registr blokining va natijalar shinasidan natijalar shinasi (R) barcha hisoblovchi qurilmalarning kirish registrlarini birlashtiradi. 4) Arifmetik mantiqiy qurilmaning blok-sxema 8-rasm ko‘rinishida keltirilgan. Arifmetik mantiqiy qurilmaga dasturlovchi murojaat etishi uchun ruxsat etilgan 3 ta 32 bitlik registrga ega: x, u operandalar registri, R- natija registri mavjud. Arifmetik mantiqiy qurilmaning arifmetik holatda bitni o‘tkazuvchi kirish signalidan foydalaniladi. Arifmetik mantiqiy qurilma 6 ta statik signalni generatsiyalaydi: · natija (AZ)

    AX registrlar bloki ikkita registrdan tashkil topgan: AX0 va AX1. Bu registrlar DMD shinasi orqali o‘qilishi va yozilishi mumkin.
    Download 0,58 Mb.
      1   2




    Download 0,58 Mb.