«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati




Download 434,34 Kb.
bet24/73
Sana18.06.2021
Hajmi434,34 Kb.
#15104
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73
Hayvonlar haqidagi ertaklar

Miflar mavzusida totem tushunchasi haqida ma’lumot

bergan edik. Uzoq qadimgi zamonlarda ajdodlarimiz tuya,

ot, ayiq, bo‘ri, ilon, qaldirg‘och kabi hayvon va qushlarni

o‘zlariga homiy deb, bilganlar. Bu hayvon va qushlar avval

miflarda, keyin afsona, rivoyatlarda qahramon sifatida

ishtirok etganlar. Ertaklar yaratila boshlaganda esa mazkur

an’ana bu janrga ham meros bo‘lib o‘tgan. Shuning uchun

hayvonlar haqidagi ertaklarning yaratilish davrini ularda

obraz sifatida ishtirok etayotgan hayvon va qushlar nomiga,

voqealar tavsifiga va harakat doirasiga qarab belgilash

mumkin. Masalan, ≪Quyosh yerining pahlavoni≫ ertagida

ona ayiq Rustamni parvarish qiladi, uning hayotida alohida

o‘rin egallaydi: Rustam va otasi yamoqchi cholga qo‘lidan

kelganicha yaxshiliklar qilib, dushmandan asraydi. O‘zbek

xalq ertaklari haqida maxsus o‘rganish ishlarini olib borgan

Mansur Afzalov ≪Ilon og‘a≫ ertagini alohida ajratib ko‘rsatadi.

≪Ilon-kuyov niqobini olsa, insonga aylanadi. Qiz

ilonning niqobini kuydirib yuborsa, u kaptar bo‘lib uchib

ketadi. Ilon og‘aning onasi va xolasi yalmog‘iz kampir

bo‘ladi. Ular ilon og‘a bilan qizga ko‘p to‘sqinlik qiladilar.

Lekin Ilon og‘a va qiz o‘z tadbirlari orqali yalmog‘iz kampirni

yengib, murod-maqsadlariga yetadilar≫1.

Bu misollarda ayiq va ilonning yovvoyi hayvon sifatidagi

belgisi emas, balki, totem tushunchasi ta’siridagi insonga

homiylik qilish xususiyati yetakchilik qiladi. Ma’lum

bo‘ladiki, qadim zamonlarda totem hayvon sifatida e’zoz -

lanuvchi jonivorlar ishtirok etgan ertaklar bu janrga mansub

qadimiy asarlar sifatida baholanishi mumkin ekan.

Hayvonlar haqidagi ertaklarning yana bir turini ulardagi

belgilarni izohlashga atalgan asarlar tashkil etadi. Bunday

ertaklarning yaratilishi go‘yo qarg‘aning nima uchun qora

ekanini, kiyikning dumi nega to‘mtoq ekaninin yoki nima

uchun musichaning ko‘kragi chakichlangandek ko‘rinishini

izohlashga bag‘ishlangan asarlarni eslatadi. Ular qatoriga

≪Kiyik bilan kadi≫, ≪Xo‘roz bilan tulki≫ kabi namunalarni

kiritish mumkin.

≪Kadi kiyikni qo‘rqitadi. Kiyik kadidan o‘ch olmoqchi

bo‘ladi va uni dumiga bog‘lab cho‘ktiradi. Kadi kiyikni suv

tagiga tortadi, kiyik—qirg‘oqqa. Oxiri kiyikning dumi

66

1 Afzalov M. O‘zbek xalq ertaklari haqida. T., ≪Fan≫ 1964. 25-bet.



uzilib, to‘mtoq bo‘ladi. Kiyik dumi yo‘qligini masxara qilgan

barcha kiyiklarning dumini bir-biriga bog‘lab, ≪mergan

kelyapti≫ — deb qochadi. Dumi bog‘liq kiyiklar turli

tomonga qochadilar va dumlaridan judo bo‘ladilar.

Shunday qilib, kiyiklarning dumlari to‘mtoq bo‘lib qolgan≫.

Ertak kiyiklar dumining kaltaligiga javob tariqasida paydo

bo‘lgan1.

Boshqa xalqlar og‘zaki ijodidagi ertaklarda ham turli

hayvon va boshqa jonzodlarning tashqi ko‘rinishi, ularning

xususiyatlari haqida ana shunday ertaklar yaratilgani

ma’lum. Jumladan, yoqut, tuva, qirg‘iz ertaklarida bunday

holat alohida ko‘zga tashlanadi. Taxmin qilishimiz

mumkinki, dono xalqimiz bu ertaklarni yosh bolalar

tomonidan takror va takror aytiladigan ≪nima uchun?≫

savollariga javob tarzda ermak qilib yaratgan.

Hayvonlar haqidagi ertaklarning aksariyati bevosita

bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda vujudga

kelgan. Ularda bo‘rining vahshiyligi, tulkining ayyorligi,

otning insonga do‘st ekani alohida bo‘rttirib ko‘rsatiladi.

Ertaklardagi bunday xususiyat ko‘proq ma’rifiy ahamiyatga

ega bo‘ladi. Biz bilamizki, yosh bolalar yovvoyi hayvonlarni

faqat rasmlarda, hayvonot bog‘larida ko‘rganlar. Fikr yuritilayotgan

asarlar bu hayvonlar haqida bola tasavvurini ke n -

gaytiradi, aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi.

≪Ikki boyqush≫. ≪Ilonning ishi zahar solmoq≫, ≪Qarg‘a bilan

qo‘zi≫ kabi asarlar shular jumlasidandir. Hayvonlar haqidagi

ertaklarning ayrimlari majoziy mazmunga egadir. Bunda

ertaklarda ishtirok etadigan qahramonlar hayvon, qush

bo‘lsa ham, asar mazmuni bevosita insonlar o‘rtasidagi

munosabatni izohlashga qaratilgandir. Jumladan, do‘stlik -

ning inson hayotidagi ahamiyati, yaxshilikka hayotda

hamisha ham yaxshilik qaytmasligi yoki aql-idrok vositasida

har qanday mushkul vaziyatning yechimini topish mumkinligi

aks ettiriladi. ≪Susambil≫, ≪Tulki bilan bo‘ri≫, ≪Hiylagar

bedana≫ ertaklari shular jumlasidandir. Masalan, birinchi

marta tulki go‘sht tishlab ketayotgan bo‘riga qarata:

≪bo‘rivoy qaerdan kelyapsan≫ deganda, bo‘ri: ≪Popdan≫ deb

og‘zidagi go‘shtni tushirib yuboradi. Aynan shu voqea

ikkinchi marta takrorlanganda bo‘ri: ≪G‘ijduvondan≫ — deb

go‘shtni og‘zida saqlab qoladi. Kulgili vaziyat bilan yo‘g‘ril-

67

1 Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O‘zbek xalq



og‘zaki poetik ijodi. T., ≪O‘qituvchi≫, 1990. 192-bet.

gan bunday ertaklarning zaminida insonlarning bir-biriga

bo‘lgan munosabatlari o‘z ifodasini topgan. Shunday qilib,

hayvonlar haqidagi ertaklar asosan, xalqimiz tomonidan

to‘qimalar asosida yaratilgandir. Ertaklardagi hayvonlarning

so‘zlashuvlari ularni hayotiylashtiradi. Bu ertaklar ko‘proq

ma’rifiy maqsadni nazarda tutgan holda ijod qilingan. Ular

qadim zamonlarda ham, hozirgi kunda ham yosh bolalarni

hayvonlar olami bilan tanishtiruvchi ma’rifiy, tarbiyaviy

asarlardir.




Download 434,34 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73




Download 434,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati

Download 434,34 Kb.