Bolalar folkloridan namunalar
Bir, ikki, uch, to‘rt,
Besh, olti, yetti, sakkiz,
To‘qqiz, o‘n...
O‘nu o‘n,
Tulkiga to‘n,
Tulkining to‘nining bahosi,
Bir-ikki so‘m!
Bir anor, ikki anor;
Uch anor — uchginasi,
To‘rt anor — to‘rtginasi.
Besh anor chambarda,
Oltisi omborda...
Alag‘ay-palag‘ay,
Uchdi-yu ketdi!
204
1 Cho‘karib — cho‘kka tushirib.
Bir tup tut,
Tutning tagida
Bir tup turp.
Tut turpni turtib turibdimi?
Turp tutni turtib turibdimi?
Boychechak
Boychechagim boylandi,
Qozon to‘la ayrondi,
Ayroningdan bermasang,
Qozonlaring vayrondi.
Qattiq yerdan qazilib chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yugurib chiqqan boychechak!
Boychechakni tutdilar,
Tut yog‘ochga osdilar.
Qilich bilan chopdilar,
Baxmal bilan yopdilar.
Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak!
Laylak keldi yoz bo‘ldi
Laylak keldi yoz bo‘ldi,
Qanoti qog‘oz bo‘ldi.
Laylak boradi toqqa,
Quloqlarida halqa.
Halqasi tushib qoldi,
O‘tirdi yig‘lamoqqa:
— Men bibi hoji edim,
Qizlarga boshchi edim.
Qizlar o‘yin tushganda,
Men nog‘orachi edim.
Bir kun nog‘oram buzildi.
Tanoblari uzildi,
Qorbuvaning dastidan
Qanotlarim suzildi.
Oq terakmi, ko‘k terak
(aytishma o‘yinlar)
— Qamar, qamar qamchini,
Qovurg‘aning yanchini.
Oq terakmi ko‘k terak?
Bizdan sizga kim kerak?
— Kichkina Salim kerak.
— Biz boyagi hovlida,
205
Bo‘lib tarafma-taraf,
Navbat bilan aytishdik,
Taraf-tarafga qarab,
Oq terakmi, ko‘k terak?
Bizdan sizga kim kerak?
— Bizga kerak maktabda
Eng a’lochi Alisher,
Oq terakmi, ko‘k terak?
Bizga Alisher kerak.
MAROSIM FOLKLORIDAN NAMUNALAR
Sust xotin
Sust xotin, suzma xotin
Ko‘lankasi maydon xotin!
Yomg‘ir yog‘dir, ho‘l bo‘lsin,
Yeru jahon ko‘l bo‘lsin,
Maysalar quloq yozsin,
Sutu qatiq mo‘l bo‘lsin.
Naqorat:
Yomg‘ir yog‘dir, ko‘l bo‘lsin,
Qurg‘oqchilik yo‘q bo‘lsin,
Arpa bug‘doy bosh tortsin,
Kayvonilar osh tortsin.
Yomg‘ir yog‘dir ho‘l bo‘laylik,
Biz ham senga jo‘r bo‘laylik.
Ko‘klamda o‘ynab-kulib
Ham sho‘xu ham zo‘r bo‘laylik.
Naqorat:
Yomg‘ir yog‘di, do‘l bo‘ldi!
Yeru jahon ko‘l bo‘ldi!
Shaftolilar barg yozdi
Dunyo to‘la gul bo‘ldi.
Sust xotin, suzma xotin.
Yo, haydar
Haydar ota-onang o‘libdir,
Moli senga qolibdir.
Bolang suvga oqqandir,
Shamolingni qo‘yvor.
206
MUNDARIJA
Kirish ............................................................................................ 3
Xalq og‘zaki ijodi va qadriyatlari davlat maqomida ...................... 6
O‘zbek xalq og‘zaki ijodining xususiyatlari ................................... 12
Eng qadimgi xalq og‘zaki ijodi namunalari, miflar ....................... 20
Xalq og‘zaki ijodi janrlari, ularning tarkibi ................................... 27
Maqollar ........................................................................................ 33
Topishmoqlar ................................................................................ 42
Afsona va rivoyatlar ....................................................................... 49
Latifalar ......................................................................................... 56
Loflar ............................................................................................ 60
Ertaklar ......................................................................................... 64
Xalq qo‘shiqlari ............................................................................. 72
Termalar ........................................................................................ 99
Askiya ........................................................................................... 103
Xalq dostonlari ............................................................................. 110
≪Alpomish≫ dostoni ....................................................................... 118
≪Alpomish≫ dostonining badiiy xususiyatlari ................................. 126
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li .............................................................128
Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li ..................................................................... 131
Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li Po‘lkan ...................................... 135
Islom shoir Nazar o‘g‘li ................................................................ 138
Bolalar folklori .............................................................................. 141
O‘zbek marosim folklori ............................................................... 151
O‘zbek folklori va eng qadimgi yozma manbalar ......................... 159
Xalq og‘zaki ijodidan namunalar .................................................. 163
Maqollar ....................................................................................... 163
Matallar ........................................................................................ 164
Topishmoqlar................................................................................. 164
Rivoyat va hayot ........................................................................... 165
Loflar ............................................................................................ 165
Latifalar ........................................................................................ 167
Ertak ............................................................................................. 171
Mehnat qo‘shiqlari ....................................................................... 175
Mavsum-marosim qo‘shiqlari ........................................................176
Askiya ........................................................................................... 178
Alpomish (dostondan parchalar) ................................................... 180
Bolalar folkloridan namunalar ...................................................... 204
Marosim folkloridan namunalar ................................................... 206
207
Muqovada rassom
Ro‘zi Choriyev
asaridan foydalanildi
OMONILLA MADAYEV, TOJIXON SOBITOVA
XALQ OG‘ZAKI POETIK IJODI
≪Sharq≫ nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi
Bosh tahririyati
Toshkent — 2010
Muharrir G. Xaitova
Badiiy muharrir T. Qanoatov
Texnik muharrir R. Boboxonova
Musahhihlar Yu. Bizaatova, Sh. Xurramova
Sahifalovchi L. Soy
Terishga berildi 17.05.2010. Bosishga ruxsat etildi 18.06.2010.
Bichimi 84x1081/32. Tayms garniturasi. Ofset bosma.
Shartli bosma tabog‘i 10,92. Nashriyot-hisob tabog‘i 11,71.
Adadi 3010 nusxa. Buyurtma 1... Bahosi kelishuv asosida.
«Sharq» nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasi
100000, Toshkent shahri, Buyuk Turon, 41__
|