Qo‘shnilar eshitdi
Afandining qozoni suvga tashlangan1, u uyida, hozir
qo‘y go‘shtlik qaynatma sho‘rva bo‘lsa edi, deb, xomxayol
qilib o‘tirgan edi. Shu vaqtda qo‘shnisining o‘g‘li kosa
ko‘tarib kirib qoldi.
— Pochcha! — dedi u Afandiga. — Agar sho‘rva qiladigan
bo‘lsalaring, ayamga bir kosa berar ekansiz, toblari
yo‘q.
— Bu uyda bir narsani orzu ham qilib bo‘lmaydi, darrov
qo‘shnilar eshitadi, — dedi Afandi o‘z-o‘zicha.
Yaxshiyam ishonmaganim
Afandi uzoq bir yurtga sayohatga borib, qaytishida yo‘l
ustidagi qalin to‘qayzorda salqinlanib o‘tirgan edi, bir sipohi2
kelib, afandidan so‘radi:
— Qayoqdan kelayotibsiz?
— Shu yurtga sayohat qilib kelgan edim, safar qarib,
endi yurtimga ketayotibman.
168
1 Qozoni suvga tashlangan — bir necha kundan buyon ovqat qilinmaydi
ma’nosida;
2 Sipohi — harbiy askar.
— Qalay, bizning shaharlar sizga ma’qul bo‘ldimi?
— Menga ma’qul bo‘lmadi. Shaharlaringiz iflos, qarovsiz,
pashshasi ko‘p, narx-navo qimmat...
— Odamlari qalay?
— Odamlari juda qo‘pol, xasis, firibgar, ochko‘z ekan.
— Bu shaharning begi to‘g‘risida nimalar deysiz?
— Shahari shu bo‘lsa, uni begi nima bo‘lardi.
Anchagina zolim, maishatparast odam, deyishadi.
Sipohining rangi-quti o‘chdi, mo‘ylovini burab,
Afandiga ko‘zlarini chaqchaytirdi:
— Men shu shaharning begiman!
Afandi darrov so‘rashgani qo‘l berdi:
— Salomatmilar?.. Shahar to‘g‘risidagi gaplarga
yaxshiyam ishonmaganim...
|