Boshi osmonda yurardi
Bir kuni ikki lofchi uchrashib qolishibdi.
— Rahmatlik otamning bo‘yi chunon uzun ediki, boshi
osmonda yurardi, — debdi bir lofchi.
— O‘shanda otangizning boshiga biror narsa tegib
turarmikan? — deb so‘rabdi ikkinchisi. Haligi lofchi bulutni
aytyapti, deb o‘ylab:
— Ha, tegib turar ekan, — desa, ikkinchi lofchi:
— O‘sha tegib turgan narsa, rahmatlik otam kiygan
to‘nning etagi edi, — debdi.
Qo‘l soat
Ikki lofchi uchrashib qolishibdi. Biri ikkinchisiga maqtana
boshladi:
— Bir qo‘l soat oldim, kattaligi Minskda chiqadigan
yuk mashinasining g‘ildiragidek keladi. Uyga borsang
ko‘rasan, strelkasiga sigir bog‘lab qo‘yibman.
— Jon o‘rtoq, o‘sha soatdan to‘rttagina topib ber, yangi
kastyum tiktirayotgan edim, tugma qilib qadab olaman.
166
|