XALQ OG‘ZAKI IJODIDAN NAMUNALAR
(Majmua)
Maqollar
Ona yurting omon bo‘lsa,
Rangu ro‘ying somon bo‘lmas.
Betashvish bosh qayda,
Mehnatsiz osh qayda.
Bilmagandan bilgan yaxshi,
To‘g‘ri ishni qilgan yaxshi.
Olim bo‘lsang, olam seniki.
Hunarmandning noni butun.
Aytar so‘zni ayt,
Aytmas so‘zdan qayt.
Ko‘pdan quyon qochib qutilmas.
Haq so‘zga o‘lim yo‘q.
Boriga rozi bo‘l,
Yo‘g‘iga sabr qil.
Hisobini bilmagan,
Hamyonidan ayrilar.
Aql yoshdan,
Bola boshdan.
Odob oltindan qimmat.
Bola aziz, odobi undan aziz.
Serjanjal uyda baraka yo‘q.
Qobil o‘g‘il ot mindirar,
Noqobil o‘g‘il otdan indirar.
163
Besh panjangni og‘zingga tiqma.
Dangasaning vaji ko‘p.
Yomonga bosh bo‘lguncha,
Yaxshiga yo‘ldosh bo‘l.
Ko‘ngli ochiqning qo‘li ochiq,
Qo‘li ochiqning — yo‘li.
Matallar
Alifni kaltak deydi.
Attorning qutisida ham yo‘q gaplar.
Betga chopdi.
Bilsa hazil, bilmasa chin.
Bor otangga, bor onangga.
Igna tashlasang, yerga tushmaydi.
Oyog‘ingni qo‘lingga olib yugur.
Popugi pasayib qoldi.
Tomdan tarasha tushganday.
Topishmoqlar
Ko‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas.
O‘yib oldim izi yo‘q.
Novcha yigit tom teshar.
Otlari har xil,
Yoshlari bir xil.
Suvga tushsa suv bo‘lmaydi,
Loyga tushsa, loy bo‘lmaydi.
Uzun terak yiqildi,
Uchi mening qo‘limda,
Zag‘izg‘oni sayraydi,
Sochi mening qo‘limda.
Tog‘da talaymonni ko‘rdim,
Suvda sulaymonni ko‘rdim,
Dumalab yotgan toshni ko‘rdim,
Tuzsiz pishgan oshni ko‘rdim.
164
|