«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati




Download 434,34 Kb.
bet56/73
Sana18.06.2021
Hajmi434,34 Kb.
#15104
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73
Oilaviy marosimlar

O‘zbek farzandi uchun oila oldidagi mas’uliyati, mahalla

qarshisidagi burchi muqaddasdir. Bu tushunchalar rivoj

topib, Vatanga muhabbat tuyg‘usi bilan uyg‘unlashadi.

Shuning uchun qadim zamonlardan buyon shakllanib kelgan

oilaga munosabat o‘zbeklarda mazmunan teranligi

bilan ajralib turadi. Ota-ona, aka-uka, opa-singil, tog‘ajiyan,

amaki va amakivachcha tushunchalari hamisha

o‘zbek uchun e’tiborli bo‘lgan. Hatto o‘zbekning otasi

olamdan ko‘z yumsa, u otasining do‘stlarini e’zozlagan.

Binobarin, oilaviy marosimlarga bizning alohida e’tibor

bilan qarashimiz tabiiydir. Oilaviy marosimlarimiz shu

qadar boy va rang-barangki, uning har bir a’zosi balog‘atga

156


yetguniga qadar marosimlar ta’sirida bir-biriga bog‘liq va

mas’ul bo‘lib qoladi. Oilaviy marosimlar to‘ylardan, azama’rakalardan

va so‘zning mo‘jizali quvvatiga asoslangan

odatlardan tashkil topadi. O‘zbekda beshik, xatna (sunnat)

va nikoh to‘ylari o‘tkaziladi. Beshik to‘ylarida yangi

tug‘ilgan go‘dakni turli ins-jinslardan muhofaza qilish,

ko‘rinmas yovuzliklarni aldash va shu yo‘l bilan chaqaloqni

ulardan asrash, farzandning dunyoga kelganiga shukronalar

bildirish maqsadi amalga oshiriladi. Yurtimiz viloyatlaridagi

beshik to‘yi ularning o‘tkazilishidagi farqlardan qat’i

nazar, mohiyat jihatidan umumiylikka ega. Xususan,

to‘yning go‘dak chillasi chiqqanidan keyin boshlanishi,

beshikni go‘dakning onasi tomon olib kelishi, beshikni turli

bezaklar bilan yasatilishi ko‘p viloyatlarda bir xil saqlangan.

O‘rtada turli tomoshalar uyushtiriladi. Bolani beshikka

yotqizishdan oldin uni odatdagidan boshqacha, turli holatda

yotqizishadi va shu tarzda yotishining ma’qul ekani atrof

xotinlardan so‘raladi. Ayollar bir ovozdan ≪Yo‘q, Yo‘q!≫

deb javob qaytaradilar. Oxiri chaqaloq beshikda qanday

yotishi lozim bo‘lsa, shunday yotqiziladi va bu udum

nihoyasiga yetadi. Go‘dak quyidagi qo‘shiq jo‘rligida

belanadi:

— Qoch-qoch, babasi

Keldi eshikning egasi,

Ota-onang gapirishsa,

Qichqirishsa yana qo‘rqma!

Beshik to‘yida ham juda qadimgi dunyoqarash belgilari

saqlanib qolgan. Jumladan, yosh go‘dakning sog‘ qolishini

ta’minlash uchun shartli yovuz kuchlarni aldash usulidan

foydalanishlar fikrimiz dalilidir.

Xatna to‘ylari asosan yurtimizda islom dinining shakllanishi

bilan bog‘liq. Uni o‘tkazishda bolaning ota-onasi

tomonidan hamma qatnashadi. To‘y bir necha qismdan

iborat bo‘ladi. Xususan, mahalladagi qariyalar ishtirokida

xudoyi qilish, bola xatna bo‘ladigan xonani jihozlash,

qarindosh-urug‘lar uchun bazm tashkil etish va ko‘pincha

yurtga osh berish kabilar shular jumlasidandir.

Nikoh to‘ylari turli vaziyatlarda o‘ziga xos an’analar

bilan o‘tkaziladi. Toshkent, Farg‘ona, Buxoro va boshqa

viloyatlarning o‘z odatlari va rasm-rusumlari bor. Ammo

hamma hududlarda sovchi, fotiha to‘yi, yor-yor aytish,

157


kelin salomlar kabi an’analar saqlangan. Kelinning ku -

yovnikiga kelishi, to‘y kechalarini o‘tkazish odatlarida bir

qator farqlar bor. Xullas, to‘ylar insonning hayotidagi

muhim o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Ularni turli o‘yin-kulgilar,

shodiyonalar, bazmlar birlashtirib turadi. Inson to‘y

bilan tug‘iladi va aza marosimi bilan hayotdan ko‘z yumadi.

Shuning uchun xalqimizda odamning qo‘shiq bilan ha -

yotga kelishi, qo‘shiq bilan hayotdan ketishi qayta-qayta

ta’kidlanadi.

Motam marosimi ham juda qadim tarixga ega. Mahmud

Koshg‘ariyning ≪Devonu lug‘otit turk≫ asarida saqlanib qolgan

Alp Ertunga (Artunga) haqidagi marsiya fikrimizga

dalildir. Motam marosimida juda ko‘p kichik-kichik

yig‘inlar o‘tkaziladi. Uch, yetti, yigirma, qirq kunliklar, qor

yog‘di, gul, shir oshi, qovoq kabi movliyatlar shular jumlasidandir.

Avvalo hayotdan ko‘z yumgan kishining ijobiy

xislatlari, qarindoshlik aloqalari esga olinib yig‘i beriladi:

Baland tog‘lar past bo‘ldimi, voy otam?

O‘lganingiz rost bo‘ldimi, voy otam?

Shamol kelmay o‘chdi chirog‘im, voy otam,

Kuz kelmay xazon bo‘ldi bog‘im, voy otam.

Shu tarzda ota, ona, bola, umuman jigar nomlari

tilga olinadi. Bunday qo‘shiq turlari marsiya deyiladi.

Marsiyalarda yig‘i aytuvchi shaxs boshiga tushgan kulfat,

yaqin kishidan judo bo‘lish qismati, o‘ta ruhiy

kechinmalar ta’sirida o‘z ifodasini topadi. Ayrim hududlarda,

ba’zan esa oilalarda marsiyalarni alohida ta’sirchan

va mahorat bilan kuylaydigan ayollar aytadilar.

Ular motam marosimlarining markazida harakat qiluvchi

bosh shaxslarga aylanadilar. Xalq orasida ko‘pincha

marsiyani ≪aytib yig‘lash≫ deb ham atashadi. Odatda,

motam marosimi hayotdan ko‘z yumgan shaxs vafotiga

yillik ma’rakalar o‘tkazish bilan yakunlanadi.

Xullas, o‘zbek xalqi mavsumiy va oilaviy marosimlarni

ko‘plab o‘tkazgan. Xalq qadriyatlariga munosabat yomonlashgan

zamonlar ta’sirida bu marosimlarning ko‘pchiligi

yo‘qolib ketdi. Mustaqillik sharofati bilan ularni qaytadan

tiklashga alohida e’tibor berilmoqda.

Xalq marosimlari shakl va mazmunidan qat’i nazar

bugungi kunni o‘tmish bilan bog‘lab turuvchi ma’naviy

zanjir hisoblanadi. Marosimlarning mo‘jizali ta’siriga

ishonish ham xalq vakillarining halolligi, tabiatan pokizaligi

bilan uzviy bog‘liqdir. Marosim folklori xalq qadriyatla -

158


rining go‘zal namunalari sifatida milliy dunyoqarash va

mafkurani shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.




Download 434,34 Kb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73




Download 434,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati

Download 434,34 Kb.