Mah-mah, jonivor
Afandi ariq bo‘yida o‘tirib, qo‘y kallasini yuvar edi.
Kalla suvga tushib oqib ketdi. Darrov Afandi bir tutam o‘tni
yuldi-da:
— Mah-mah, jonivor, — deb qichqirdi.
Chuchvara tugab qoladi
Afandi yoshligida ota-onasi bilan chuchvara yer edi.
Chuchvara issiqlik qilib, Afandining og‘zi kuydi, ko‘zlaridan
yosh tirqirab ketdi. Bu ahvolni ko‘rgan otasi unga
aytdi:
— Nasriddin! Sovutib yesang o‘lasanmi?!
Afandi ko‘z yoshlarini artar ekan, javob berdi:
— Men-ku sovutib yeyin deyman, ammo sizlar sovutmasdan
yeb, chuchvara tugab qoladi, deb qo‘rqaman.
167
|